XURSHID DOʻSTMUHAMMADNING "BOZOR" ROMANIDA QOʻLLANGAN FRAZEOLOGIZMLAR LINGVOPOETIKASI
Abstract
Mazkur maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning "Bozor" romanida qo'llanilgan frazemalarning til xususiyatlari va ularning lingvopoetikasi tadqiq qilingan.
Full text
15 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 XURSHID DOʻSTMUHAMMADNING "BOZOR" ROMANIDA QOʻLLANGAN FRAZEOLOGIZMLAR LINGVOPOETIKASI Sevinch Ostonova Navoiy davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17259570 Annotatsiya. Mazkur maqolada Xurshid Doʻstmuhammadning "Bozor" romanida qo'llanilgan frazemalarning til xususiyatlari va ularning lingvopoetikasi tadqiq qilingan. Kalit so'zlar: frazema, "Bozor", lingvopoetika, obraz. Аннотация. В данной статье рассматриваются лингвистические особенности фразеологических единиц, использованных в романе Хуршида Достмухаммада «Бозор», и их лингвопоэтика. Ключевые слова: фраза, «Bozor», лингвопоэтика, образ. Abstract. This article examines the linguistic characteristics of pharases used in Khurshid Dostmuhammad's novel "Bazar" and their linguopoetics. Keywords: phraseology, "Bozor", linguopoetics, image. Frazeologiya leksikologiya boʻlimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Frazeologizmlar nutqimizni yanada serjilo va ta'sirchan qilishga xizmat qiladi, shuningdek, badiiy asarning emitsional-ekspressivligini ta'minlaydigan asosiy vositalardan biri. Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad "Bozor" asarida ham qahramonlar shaxsi va ruhiyatini ochib berish maqsadida turgʻun birikmalardan unumli foydalangan. Jumladan, quyidagi misollarga e’tiboringizni qaratamiz: Naynov zakunchining vafoti haqida Fozilbek shunday oʻylaydi:" Soʻkadimi-alqaydimi, ishqilib, koʻpchilikning koriga yarab yurgan shunday odam toʻsatdan qaytish qildi..." Yozuvchi "koʻz yumdi", “dunyodan oʻtdi”, "omonatini topshirdi" kabi iboralar oʻrniga ularning sinonimi shevaga xos "qaytish qildi" frazemasini qoʻllagan. Mazkur parchaning oʻzida soʻzlashuv uslubiga xos leksemalar koʻp qoʻllanishi bilan oʻziga xoslikni ifodalash barobarida mazkur frazema semantik jihatdan shevaga / soʻzlashuv uslubi elemantlarida ta’sirchanlik kuchli boʻladi. Soʻz va birikmalarini mavjud frazeologik birlikdan oldin, keyin yoki frazema komponentlari oʻrtasida qoʻllash bilan oʻsha frazeologik birliklarning tarkibi ham kengayadi. Frazeologik birlik tarkibini kengaytirishda nafaqat soʻz, balki soʻz birikmalari ham faol ishtirok etadi. Bunday hodisaga "Bozor" romanidan ham misol keltirish mumkin: Oqsoqol Fozilbekning tagdor savolidan gezardi, lekin u ota boʻlib kenjasiga sira zahrini oshkora sochgan emas, shundan bu safar ham oʻzini zoʻrlab, gapning maromini boshqa yoqqa burdi" Koʻrib turganimizdek, "gapni burmoq" frazemasi adib tilida "gapning maromini boshqa yoqqa burdi" tarzida qoʻllangan va iboraning ma’no mundarijasida “epchillik”, “ustomonlik”, “donolik” semalari qoʻshilgan. Asar qahramoni Diyorbek otasi bilan suhbat chogʻida aytmoqchi boʻlgan soʻzlarini oʻylab ham koʻrmasdan behosdan gapirib yuboradi va otasining koʻnglini ogʻritib qoʻyadi: Diyorbek tili besuyaklik qilib qoʻyganini shundagina fahmladi. "Bozorda insof qolmadi" degan iddao "Sizda insof qolmadi" degan mulohazaga teng ekanligini oʻylab koʻrmagan edi... Mazkur parchada qoʻllanilgan "tili besuyaklik qildi" iborasi oʻzi sezmagan holda oʻylamay aytib qoʻygan gapidan pushaymonlik hissining ta’sirchanligini kuchaytirgan. Frazemalar, asosan, obrazlilik asosida ma'no boʻrttirishga xizmat qiladi. Ba'zan esa bu boʻrttirish tilimizga xos ma'no kuchaytiruvchi belgilar asosida yanada orttiriladi.
16 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Masalan, "koʻngliga ogʻir botmoq" iborasi nutqimizda "xafa boʻlmoq, ranjimoq" ma'nosini kuchaytirish uchun ishlatiladi. Xurshid Doʻstmuhammad bu ma'noni yanada ta'sirchan ifodalash uchun iboraga "tegirmon toshidek" oʻxshatishini qoʻshadi: Faqat otasining ta'na-iddao aralash xo'mrayishi uning ko'ngliga tegirmon toshidek og'ir botdi, keyinchalik o'sha ulg'aygani sayin bu tosh ko'nglining tubiga chuqurroq botaverdi... Fozilbek uchun esa pul-boylik qanchalik begona bo'lsa, uning evaziga saqlanadigan o'z joni ham yetti yot begonadek edi...To'rabek egarchining o'rtanchasi Baxtish ezma uning o'ylarini kunpayakun qilib tashladi. Toʻrabek egarchining oʻrtancha oʻgʻli Baxtish ezma Fozilbekning nafs haqidagi, pul insonlarni qanchalik izdan chiqarib yuborayotgani toʻgʻrisidagi oʻy-xayollarini buzib, fikrlarini chalgʻitib yuboradi va bu hodisani adib " xayollarini kunpayakun qilib tashladi" iborasi bilan tasvirlaydi. (Bilamizki, kunpayakun soʻzi "buzish, yoʻq qilish" ma'nolarini anglatadi) Xulosa qilib shuni taʼkidlash joizki, frazemalardan matn tarkibida foydalanish tilning badiiy tasviriy imkoniyatlarini boyitadi, nutqning emotsionalligi va ekspressivligini kuchaytiradi, obrazlilikning yorqin ifodalanishini ta'minlaydi. Shu jumladan, yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad “Bozor” romanida ham barqaror birikmalardan unumli va oʻz oʻrnida foydalangan. Natijada asar voqealarini qahramon hissiyotlari bilan uygʻunlashtirgan va matnning ifodadorligini oshirishga xizmat qilgan.