Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 4 MUSTAQILLIK YILLARIDA TA’LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ULARNING SAMARALI NATIJALARI Erkinov Alisher Muxiddin o‘g‘li Navoiy Davlat Universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17260440 Annotatsiya. Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda mustaqillikka erishgach, jamiyatning barcha jabhalarida, xususan, ta’lim tizimida yangi davr talablariga moslashish zarurati paydo bo’ldi. Mustaqillik mamlakat oldida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy barqarorlik va global integratsiya uchun mustahkam zamin yaratish vazifasini qo’ydi. Bu jarayonda ta’lim tizimi asosiy omil sifatida ko’rildi, chunki bilimli kadrlar jamiyatning kelajagini belgilaydi. Sovet Ittifoqi davrida ta’lim tizimi markazlashgan boshqaruvga asoslangan bo’lib, asosan rus tilida olib borilar va ittifoq siyosatiga xizmat qilar edi. O’zbek tilining o’rni cheklangan, mahalliy xalqlarning madaniy ehtiyojlari esa ko’pincha e’tiborsiz qolar edi. Mustaqillikdan so’ng ta’lim tizimini milliy qadryatlar asosida qayta qurish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish dolzarb vazifaga aylandi. Modernizatsiya zaruriyatining asosiy sabablari iqtisodiy, ijtimoiy va global omillarga bog’liq edi. Iqtisodiy jihatdan, mustaqil davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga muhtoj edi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, ta’lim orqali aholining bilim saviyasini oshirish va teng huquqlilikni ta’minlash lozim edi. Global integratsiya esa xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishni talab qildi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi islohotlar nafaqat bilim berish vositasi, balki milliy birlashuv va kelajakni shakllantirishning muhim mexanizmi sifatida qaraldi. Chunki huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi barcha fuqarolarning hayotini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning yashash darajasini oshirish, ma’naviy dunyosini boyitish hamda eng muhimi, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iboratdir. Kalit so`zlar: ta’lim tizimida o’tish davri, milliy dastur, kasb-hunar ta’limi, Davlat ta`lim standartlari, infratuzilma. Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun o’tish davri: 1990-yillar Oʻzbekiston ta’lim tizimi uchun o’tish davri sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. Mustaqillikka erishgan ilk yillarda ta’lim sohasida sovet davridagi markazlashgan va rus tiliga asoslangan modeldan milliy qadimiyatlarga tayangan yangi tizimga o’tish asosiy maqsadga aylandi. Bu jarayon nafaqat ta’limning ichki tuzilmasini, balki uning mazmuni va maqsadlarini ham tubdan o’zgartirishni talab qildi. 1991-yil 31-avgustda mustaqillik e’lon qilinganidan so’ng, Oʻzbekiston o’z ta’lim tizimini milliy identifikatsiya va davlat suverenitetini mustahkamlash vositasiga aylantirishga kirishdi. Bu davrda eng muhim qadam 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu qonun mustaqil Oʻzbekistonning ta’lim sohasidagi dastlabki muhim hujjati sifatida tarixda qoldi. Qonunning asosiy maqsadlari orasida ta’limning barcha fuqarolar uchun teng huquqli va foydalaniladigan bo’lishini ta’minlash, milliy qadimiyatlar va madaniyatga asoslangan tizimni shakllantirish hamda davlat tomonidan moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo’llabquvvatlanishini kafolatlash kabi vazifalar turardi. Shu bilan birga, o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. 1989-yilda “Davlat tili
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 5 to’g’risida”gi qonun qabul qilingan bo’lsa-da, uning ta’lim sohasida to’liq joriy etilishi mustaqillikdan keyingi yillarda amalga oshirildi. 1993-yilda lotin alifbosiga o’tish to’g’risidagi qaror qabul qilindi va 1990-yillarning o’rtalaridan boshlab bu jarayon bosqichma-bosqich ta’lim muassasalarida tatbiq etila boshladi. Bu o’zbek xalqining o’ziga xosligini ta’kidlab, milliy identifikatsiyani mustahkamlashda muhim rol o’ynadi.Shu kabi islohotlarning amalga oshirilishi barobarida O’zbekiston Respublikasi birinch Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: “Hayotimizning barcha sohalarida islohotlarni o‘tkazish, O‘zbek modeli deb nom olgan islohotlar siyosatining asoslari bo‘lmish besh tamoyilning birida islohotlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Olti yillik mustaqil hayotimiz bu muhim tamoyil bizning sharoitimizda naqadar to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi”. 1 Biroq, dastlabki islohotlar bir qator jiddiy qiyinchiliklar bilan kechdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy inqiroz va Sovet Ittifoqining parchalanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Shu sababli, moliyaviy cheklovlar ta’lim tizimiga sarmoya kiritishni sezilarli darajada qiyinlashtirdi. Bundan tashqari, malakali o’qituvchilarning yetishmasligi ta’lim islohotlarining eng katta to’siqlaridan biri bo’ldi. Sovet tizimidan qolgan o’qituvchilarning ko’p qismi rus tilida dars bergan va yangi milliy dasturlarga moslashishda qiynalgan. Masalan, o’zbek tilida o’qitishga o’tish jarayonida maxsus tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchilarning dars sifati pasayib ketgan holatlari kuzatilgan. Yangi avlod o’qituvchilarni tayyorlash uchun esa pedagogik oliygohlarning imkoniyatlari cheklangan edi. 1990-yillarning boshida Toshkentdagi pedagogika institutlari va viloyatlardagi o’qituvchilar tayyorlash muassasalari yetarli darajada kadr yetishtirib bera olmagan. Shu sababli, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar dastlab sekin kechdi. Biroq, 1997-yilda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi bilan bu jarayon tezlasha boshladi. 1997-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar mustaqil Oʻzbekistonning ta’lim sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun ta’lim va tarbiyani fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek, har bir shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan bilim olish huquqini roʻyobga chiqarish kabi muhim va dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu qonun ta’lim tizimining jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan strategik yondashuvni aks ettirdi va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun poydevor yaratdi. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonunning 1997-yil 29-avgustdagi yangi tahriri va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Oʻzbekiston ta’lim tizimida mustaqillikdan keyingi muhim islohotlarni aks ettiradi. Prezident Islom Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasidagi “Barkamol avlod – Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori” nutqi 1991-1997-yillardagi ta’limdagi o‘zgarishlarni tanqidiy ko‘rib chiqib, kelajakdagi yo‘nalishlarni belgilab bergan. Nutqda ta’limning nafaqat bilim berish, balki erkin fikrlovchi, jamiyatga foydali shaxslar tarbiyalash vositasi ekanligi urg‘ulangan. Prezident 9-sinf bitiruvchilarining taqdiriga alohida to‘xtalib, statistik misollar keltirgan: 5 million 200 ming o‘quvchidan 450 ming nafari 9-sinfni tamomlaydi, ulardan 55% (250 ming) 10-sinfga o‘tadi, 100 ming nafari kasb-hunar ta’limiga yo‘naladi, qolgan 100 ming nafari esa ta’limsiz qoladi. Bu raqamlar ta’lim tizimining samaradorligi va qamrovida katta bo‘shliqlar borligini 1 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 6 ko‘rsatadi. Prezidentning ushbu tahlili ta’lim islohotlarini yanada chuqurlashtirish, har bir oʻquvchining salohiyatini roʻyobga chiqarish va jamiyat taraqqiyoti uchun barkamol avlod yetishtirish zarurligini ta’kidlaydi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” aynan shu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan strategik hujjat sifatida mamlakat kelajagi uchun muhim poydevor boʻlib xizmat qildi. Masala qanchalar muhim bo’lganini ushbu jumlalardan ham bilishimiz mumkin: “Kimki bu raqamlarni, bu achinarli holatni chuqur tahlil qilsa, yuragidan o‘tkazib, o‘zining shaxsiy dardiday anglasa, albatta, bunday vaziyatga beparvo bo‘lib qolishiga ishonmayman. Shuning uchun ham bugungi zamon talabi, ertangi kelajagimizning tashvishlari bizdan xalq ta’limi tizimini isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda” 2 . Shu bois, 1997-yil 29avgustda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi asosida 12 yillik umumiy majburiy va bepul ta’lim tizimi joriy etildi. 3 1997-yil 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida”gi Farmon e’lon qilindi. Ushbu hujjat mamlakatimiz ta’lim tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda milliy kadrlar tayyorlashning ilg‘or tizimini shakllantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Oliy ta’lim tizimida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Talabalarning bilim darajasini adolatli va shaffof baholash maqsadida test sinovlari joriy etildi. Ushbu usul yuqori malakali kadrlarni saralash jarayonida ochiqlik va xolislikni ta’minlashga xizmat qildi. Shuningdek, viloyatlardagi pedagogika institutlari bosqichma-bosqich universitetlarga aylantirilib, ta’lim sifati va ilmiy-tadqiqot ishlari darajasi oshirildi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik salohiyatini yanada mustahkamlash, talabalar va professoro‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratishga yo‘naltirildi. 1997-yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, ta’lim tizimini isloh qilish va kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talablari darajasida o‘zgarishlar kiritish maqsadida maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarni chuqur o‘rganib, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida yangi islohot dasturini ishlab chiqdi. Natijada, Oliy Majlis sessiyasida ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat — “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu hujjatlar mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning huquqiy asosini yaratib, kelgusi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu ikki hujjatga binoan ta’lim tizimi isloh qilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish nazarda tutiladi: Birinchi bosqich (1997 — 2001-yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish. 2 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет. 3 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 7 Ikkinchi bosqich (2001 — 2005-yillar) Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. 4 Davlatning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlariga ko’ra ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari quyidagicha shakllangan: - Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratik prinsiplarga asoslanishi; - Ta’lim jarayonining uzluksizligi va tizimli izchilligi; - Umumiy o‘rta ta’lim, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limining majburiy xarakteri; - O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlarini tanlash erkinligi, ya’ni akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishni ixtiyoriy ravishda belgilash imkoniyati; - Ta’lim tizimining dunyoviy asoslarga ega bo‘lishi; - Davlat standartlari doirasida ta’lim olish imkoniyatlarining hamma uchun ochiq va teng huquqli ekanligi; - Ta’lim dasturlarini tuzishda yagona, shu bilan birga, tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalanish; - Bilim olishga intilish va iste’dodlarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish; - Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi va jamoatchilik ishtirokini muvozanatli tarzda uyg‘unlashtirish. Xalq ta’limining asosiy poydevori uzluksiz ta’lim tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu tizim bolaning shaxsiy salohiyatini sog‘lom va har tomonlama yetuk holatda o‘qishga tayyorlashni maqsad qilib qo‘yadi. Bu jarayon uch yoshdan olti yoki yetti yoshgacha bo‘lgan davrda oila muhitida, bolalar bog‘chalarida yoki mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar): Ushbu bosqichda umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan dastlabki savodxonlik, bilim va ko‘nikmalar poydevori shakllantiriladi. Birinchi sinfga qabul 6-7 yoshdan boshlanadi. 2. Umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar): Bu davrda o‘quvchilarga bilimlarning yetarli hajmi taqdim etiladi, ularda mustaqil fikrlash qobiliyati, tashkilotchilik ko‘nikmalari va amaliy tajriba shakllantiriladi. Shu bilan birga, kasbiy yo‘nalishga tayyorlash va ta’limning keyingi bosqichlariga o‘tish uchun zamin yaratiladi 2017-yil 30-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son farmon qabul qilindi 5 . Ushbu hujjat maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etishni nazarda tutdi. Natijada, maktabgacha ta’lim muassasalari soni sezilarli 4 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 29.08.1997 yildagi 463-I-son 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – president.uz
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 8 darajada ko‘paydi. Masalan, 2016-yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi ancha past bo‘lgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich sezilarli darajada o‘sdi 2017-yilda umumiy o‘rta ta’lim tizimi qayta isloh qilindi va 11 yillik ta’lim tizimi joriy etildi 6 . Bu qaror o‘quvchilarga umumiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish va kasbiy yo‘nalishlarni tanlashda ko‘proq imkoniyat yaratishga xizmat qildi. 8-9-sinflardan boshlab kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maxsus dasturlar joriy qilindi. 2022-yilga kelib, umumta’lim maktablarida 50 ga yaqin kasb bo‘yicha o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yildi, bu esa o‘quvchilarning 30% dan ortig‘ini kasbiy ta’limga jalb qilish imkonini berdi 7 XULOSA : Xulosa qilib aytganda, Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan tubdan yangi davlat sifatida har bir siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohada keng qamrovli islohotlarni amalga oshirmoqda. Ushbu islohotlarning muhim jihatlaridan biri – ularni bosqichma-bosqich, puxta rejalashtirilgan tarzda olib borish tamoyiliga asoslanishidir. Xususan, ta’lim tizimidagi islohotlar ham aynan shu tamoyil asosida, ya’ni uzluksiz rivojlanish va yangilanish yo‘lida amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston ta’lim sohasini rivojlantirish yo‘lidagi ishlari mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim omillardan biriga aylandi. 2016yildan boshlab u ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish va yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan ta’minlashni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Bu davrda ta’limning barcha bosqichlari – maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim – keng ko‘lamli islohotlardan o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi siyosati nafaqat infratuzilmani yaxshilash va ta’lim sifatini oshirish bilan cheklanmadi, balki o‘qituvchilar malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish kabi strategik maqsadlarni ham o‘z ichiga oldi. Ushbu islohotlar natijasida ta’lim tizimi mamlakatning kelajakdagi rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi. Shavkat Mirziyoyevning ta’lim sohasidagi sa’y-harakatlari O‘zbekiston yoshlarini global raqobatbardoshlikka tayyorlash va mamlakatni zamonaviy dunyoda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda. 6 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son 7 Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 9 Foydalanilgan manba va dabiyotlar: 1. Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 22-бет. 2. 1 Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Т.: Шарқ, 1999 йил, 18-бет. 3. 1 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‘zbekiston, 2012. – 5-бет. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti – president.uz 5. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.08.2017 yildagi PQ-3180-son 6. 1 Xalq ta’limi vazirligi – “2022-2023 o‘quv yili hisoboti”.