INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 6 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us GLOBAL TINCHLIKNI TA’MINLASHDA BMTNING ASOSIY ORGANLARI VA ULARNING VAZIFALARI Baxtiyorova Shoxnoza Umidbek qizi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti
[email protected] Annotatsiya: Birlashgan Millatlar Tashkiloti global tinchlikni ta’minlashda muhim rol oʻynaydi. Tinchlikni saqlash va xalqaro nizolarni hal qilishda BMTning bir nechta asosiy organlari faoliyat yuritadi. Xavfsizlik Kengashi (UN Security Council) global xavfsizlikni tа’minlash, tinchlikni sаqlash va nizolarni diplomatik yo‘l bilan hal etish uchun ma’suldir. Bosh Assambleya (UN General Assembly) a’zo davlatlarning umumiy yigʻilishi sifatida dunyodagi asosiy masalalarni muhokama qiladi va tavsiyalar beradi. Bosh Kotibi (UN Secretary-General) tashkilotning ijrochi rahbari sifatida diplomatik tashabbuslar koʻradi, tinchlik jarayonlarini qoʻllab-quvvatlaydi va krizislarni oldini olishga harakat qiladi. Shuningdek, BMT Tinchlikni Saqlash Operatsiyalari (UN Peacekeeping Operations) va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) global rivojlanishni va tinchlikni mustahkamlash uchun turli dasturlarni amalga oshiradi. BMT Inson Huquqlari Kengashi esa inson huquqlarini himoya qilish orqali dunyodagi tinchlikni mustahkamlashda oʻzining oʻrnini egallaydi. Ushbu organlar birgаlikda dunyo miqyosida tinchlik, bаrqаrorlik vа xavfsizlikni sаqlаsh uchun fаoliyat yuritаdi. Tayanch soʻzlar: Xavfsizlik Kengashi (UN Security Council), Bosh Assambleya (UN General Assembly), ECOSOC. TADQIQOT USULLARI VA METODLARI: Ushbu mаqolani yozish jarayonida turli tadqiqot usullari, jumladan, tarixiy ma’lumotlardan foydalanish, analitik tahlil singari tahlil turlaridan o‘z o‘rinlarda foydаlаnildi. KIRISH XX asr insoniyat tarixida eng og‘ir va fojeali davrlardan biri sifatida esda qolgan. Ikki marta yuz bergan jahon urushlari, millionlab begunoh insonlarning qurbon bo‘lishi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy iztiroblar global hamkorlik zaruratini yanada chuqurroq anglatdi. Aynan ana shunday sharoitda 1945-yil 24-oktabr kuni xalqaro hamjamiyat tomonidan Birlashgan Millаtlar Tashkiloti (BMT) tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi — xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, millatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish hamda global muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi. BMTning global tinchlikni saqlashdagi o‘rni beqiyosdir. Ushbu tashkilot dunyodagi ko‘plab mojarolarni oldini olish, vositachilik qilish, nizolarni hal
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 7 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us etish, inson huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash borasida muhim rol o‘ynaydi. Bunda, albatta, BMTning tuzilmasi va uning tarkibidagi asosiy organlarning faoliyati hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir organ o‘ziga xos vakolat va vazifalarga ega bo‘lib, ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari global tinchlik va barqarorlikka erishishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada BMTning asosiy organlari va ularning vazifalari chuqur tahlil qilinadi, har bir organning global tinchlikni ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi hamda ularning faoliyati misollar bilan yoritiladi. Shuningdek, BMTning amaldagi yutuqlari va duch kelayotgan muammolari ham muhokama qilinadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) — bu 193 ta a’zo davlatdan iborat bo‘lgan universal xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy faoliyati xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, inson huquqlari himoyasi, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. BMTning asosiy huquqiy asosini tashkil etuvchi hujjat — bu BMT Nizomi bo‘lib, u 1945-yil 26-iyunda SanFransiskoda imzolangan va 24-oktabr kuni kuchga kirgan. Mazkur Nizomda BMTning tuzilmasi, organlari, ularning vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari aniq belgilab qo‘yilgan. BMT tarkibida quyidagi 6 asosiy organ faoliyat yuritadi: 1 BMT Bosh Assambleyasi (General Assembly)— bu Birlаshgan Millаtlar Tаshkilotining eng muhim va eng keng vakolаtlаrgа ega bo‘lgаn maslahat organidir. U barcha a’zo davlatlar ishtirok etadigan yagona organ bo‘lib, tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Bosh Assambleya xalqaro siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va inson huquqlari sohasidagi muhim masalalarni muhokama qiladi hamda tegishli tavsiyalar beradi. Bosh Assambleya tarkibiga BMTning barcha 193 a’zo davlati kiradi. Har bir dаvlаt teng huquqqa ega bo‘lib, faqat bitta ovozga ega. Bu tenglik prinsipining namoyonidir, ya’ni kichik yoki katta davlatlar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Bosh Assambleya har yili sentyabr oyining uchinchi haftasida BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida navbatdagi sessiyasini ochadi. Ushbu sessiya odatda bir necha oy davom etadi. Sessiyaning ochilishida har bir davlat rahbarlari yoki tashqi ishlar vazirlari tomonidan umumiy bahslar (general debate) olib boriladi. Bu bahslar orqali global muammolar, urushlar, iqlim o‘zgarishi, qashshoqlik, sog‘liqni saqlash, migratsiya, qurolsizlanish kabi masalalar muhokama qilinadi. Bosh Assambleya sessiyalaridan tashqari, maxsus sessiyalar va favqulodda sessiyalar ham chaqirilishi mumkin. Masalan, insoniyatga tahdid solayotgan favqulodda holatlarda (urush, ommaviy inson huquqlari buzilishi, tabiiy ofatlar) tezkor yig‘inlar chaqiriladi. Bosh Assambleyaning vakolatlari BMT Nizomining 10–171 Gordenker L. The UN Secretary-General and Secretariat. 2nd ed. — London: Routledge, 2010. — 208 p.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 8 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us moddalarida belgilab berilgan. Unga ko‘ra, Bosh Assambleya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 2 Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash: Agar Xavfsizlik Kengashi muayyan masala bo‘yicha kelisha olmasa yoki veto ishlatilsa, Bosh Assambleya bu masalani ko‘rib chiqib, a’zolarga tavsiyalar berishi mumkin. Bu “Birlashtiruvchi tinchlik rezolyutsiyasi” (1950) asosida amalga oshadi. Masalan, Ukraina bo‘yicha 2022–2023-yillarda Rossiyaning harbiy harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyalar aynan Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan. Byudjet va moliya: BMT byudjeti, moliyaviy rejalari, harajatlar va a’zo davlatlarning moliyaviy hissasini belgilaydi. Tashkilot ichidagi muassasalarning moliyalashtirilishini tasdiqlaydi (masalan, UNESCO, WHO, UNDP va boshqalar). Xalqaro huquqni rivojlantirish: Yangi xalqaro shartnomalar ishlab chiqishda huquqiy asoslar yaratadi. Xalqaro suddan maslahat so‘rashi mumkin (masalan, xalqaro nizolar bo‘yicha yuridik tavsiyalar). Yangi a’zo davlatlarni qabul qilish va chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berish: Bosh Assambleya yangi davlatlarni BMTga a’zo sifatida tavsiya qiladi (Xavfsizlik Kengashi tasdiqlashi bilan). Bosh kotibni tayinlash: Xavfsizlik Kengashi tomonidan taklif etilgan nomzodni tasdiqlaydi. Global rivojlanish masalalari: Iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish, gender tengligi, oziq-ovqat xavfsizligi kabi muhim global masalalarda rezolyutsiyalar qabul qiladi. Bosh Assambleya tomonidan qabul qilinadigan asosiy hujjatlar quyidagilardan iborat: Rezolyutsiyalar – rasmiy qarorlar, lekin ularning yuridik kuchi yo‘q (maslahat xarakteriga ega). Deklaratsiyalar – prinsipial bayonotlar, odatda muayyan g‘oyalarni targ‘ib qiladi (masalan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi – 1948). Konvensiyalar – xalqaro huquqiy shartnomalar uchun asos bo‘ladigan hujjatlar 3 . Bosh Assambleya ishchi organlari sifatida 6 ta asosiy qo‘mitaga ega: Birinchi qo‘mita: Qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik; Ikkinchi qo‘mita: Iqtisodiy va moliyaviy masalalar; Uchinchi qo‘mita: Ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar; To‘rtinchi qo‘mita: Mustamlakachilikdan ozod bo‘lish masalalari; Beshinchi qo‘mita: BMT byudjeti va ma’muriy masalalar; Oltinchi qo‘mita: Xalqaro huquq. 2 Loescher G., Milner J., Betts A. UNHCR: The Politics and Practice of Refugee Protection into the Twenty-First Century. — London: Routledge, 2008. — 225 p. 3 Loescher G., Milner J., Betts A. UNHCR: The Politics and Practice of Refugee Protection into the Twenty-First Century. — London: Routledge, 2008. — 226 p.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 9 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us BMT Xavfsizlik Kengashi (Security Council)— bu tashkilotning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy vakolatli organidir. U BMT Nizomining 24–26-moddalarida belgilanganidek, global xavfsizlikni ta’minlash, mojarolarning oldini olish, tinchlikparvarlik missiyalarini boshqarish va kuch ishlatish masalalarida vakolatga ega yagona BMT organi hisoblanadi. BMT Xavfsizlik Kengashi jami 15 a’zodan iborat bo‘lib, ularning 5 tasi doimiy, qolgan 10 tasi esa vaqtinchalik a’zo hisoblanadi. Doimiy a’zolar quyidagilar: AQSh (Amerika Qo‘shma Shtatlari), Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya (sobiq SSSR o‘rnida), Xitoy Xalq Respublikasi. Bu davlatlar kengashda veto huquqiga ega bo‘lib, har qanday rezolyutsiyani rad etish imkoniyatiga ega. Qolgan 10 vaqtinchalik a’zo davlatlar BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2 yillik muddatga saylanadi. Ular geografik prinsip asosida tanlanadi — bu esa hududlar o‘rtasida teng vakillikni ta’minlashga qaratilgan. Xavfsizlik Kengashining vakolatlari BMT Nizomining VII bobida belgilangan. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 4 Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash: Kengash mavjud yoki kutilayotgan mojarolarni aniqlaydi va ularni diplomatik yo‘l bilan hal qilish chorasini ko‘radi. Harbiy choralarni ko‘rish: Zarur hollarda qurolli kuchlardan foydalanishga ruxsat beradi (masalan, Koreya urushi yoki Liviya intervensiyasi). Sanksiyalar joriy etish: Siyosiy, iqtisodiy yoki harbiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida ayrim davlatlarga yoki guruhlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi (masalan, Shimoliy Koreya, Eron). Tergov va missiyalar yuborish: Xalqaro huquq buzilishi holatlarini tergov qilish uchun maxsus komissiyalar yoki tinchlikparvar kuchlarni yuboradi (masalan, MINUSMA – Mali). Xavfsizlik Kengashida qaror qabul qilinishi uchun har bir a’zo davlat bir ovozga ega. Tartibiy masalalar bo‘yicha — 9 ta ijobiy ovoz kifoya qiladi. Asosiy masalalar bo‘yicha — 9 ta ijobiy ovoz bo‘lishi va shu jumladan barcha 5 doimiy a’zoning qarshi chiqmasligi (veto qo‘llamasligi) talab etiladi. Bu tizim bir tomondan doimiy a’zolarga kuchli ta’sir kuchi bersa-da, boshqa tomondan ayrim qarorlarning qabul qilinishini to‘sib qo‘yishi mumkin. Masalan, Suriya inqiroziga oid bir necha rezolyutsiyalar Rossiya tomonidan vetoga uchragan. Xalqaro Sud (International Court of Justice): Xalqaro Huquqni Himoya Qilishdagi Asosiy Institut bo’lib, 1945-yil 26-iyunda San-Fransisko konferensiyasida BMT Nizomi bilan bir qatorda qabul qilingan Xalqaro Sud Nizomi (Statute of the ICJ) asosida tashkil etilgan. U ilgari mavjud bo‘lgan Doimiy Xalqaro Sud (Permanent 4 https://www.un.org/securitycouncil/ctc/
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 10 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Court of International Justice – PCIJ)ning vorisi hisoblanadi. Sudning qarorgohi Niderlandiyaning Gaaga shahrida joylashgan bo‘lib, bu xalqaro huquqning markaziy nuqtalaridan biridir. Sud faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjatlar bular: BMT Nizomi (XIV bob, 92–96-moddalar) va Xalqaro Sud Nizomi. Xalqaro Sud 15 nafar sudyadan iborat bo‘lib, ular BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan to‘qqiz yillik muddatga saylanadi. Saylovda siyosiy emas, huquqiy malaka asosiy mezon hisoblanadi. Qayta saylanish huquqi mavjud. Sud tarkibida biror davlatdan bir nafar sudya bo‘lishi mumkin. 5 Sud tarkibida: Turli huquqiy tizimlar vakillari. Geografik muvozanat hisobga olingan. Mustaqillik va betaraflik asosiy prinsip sifatida ta’minlangan. Hozirgi (2024–2025) yillarda sud prezidenti — Joan E. Donoghue (AQSh) edi, keyinchalik u o‘rnini Livanlik sudya Nawaf Salam tayinlandi, u 2024 yil 6 fevraldan 2025 yil 3 martgacha xizmat qildi, 2025 yil 3 martda, Nawaf Salam Livan hukumati bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga Yaponiya sudyasi Yuji Iwasawa saylandi. U 2025 yil 3 martdan 2027 yilgacha ICJ prezidenti sifatida xizmat qiladi . Xalqaro sudning asosiy funksiyalari ikki guruhga bo‘linadi:Davlatlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish va konsultativ xulosalar berish. Sud faqat davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi. Jismoniy va yuridik shaxslar yoki tashkilotlar bevosita da’vogar sifatida ishtirok eta olmaydi. Misollar: Nikaragua va AQSh (1986) — AQShning Nikaraguadagi ichki ishlariga aralashuvi. Ukraina va Rossiya (2017–hozirgacha) — terrorizmni moliyalashtirish va irqiy diskriminatsiya da’volari. Gambiya va Myanma (2020) — roxinja musulmonlariga nisbatan genotsid da’vosi. BMTning turli organlari yoki ixtisoslashgan agentliklari suddan huquqiy masalalar yuzasidan maslahat (konsultativ) xulosa so‘rashi mumkin. Bu qarorlar majburiy bo‘lmasada, ularda katta siyosiy va axloqiy kuch mavjud. 6 Misollar:1949-yilgi maslahat xulosasi – BMT xodimlariga hujum qilishda davlat javobgarligi. 2004-yilgi maslahat xulosasi – Isroil tomonidan qurilgan devorning xalqaro huquqqa zid ekani. BMT Bosh Kotibi va Kotibiyat: Xаlqаro Tashkilotning Ma’muriy va Diplomatik Tayanchi. Bosh kotib va unga bo‘ysunuvchi Kotibiyat (Secretariat) tashkilotning yuragi sifatida qaraladi. Bosh kotib nafaqat BMTning ma’muriy rahbari, balki xalqaro tinchlik va xavfsizlik masalalarida muhim diplomatik arbob sifatida faoliyat yuritadi. Kotibiyat esa butun tashkilot faoliyatini tashkil etuvchi professional tizim bo‘lib, keng 5 Proceedings of the United Nations Conference on Trade and Development. Fourth session Nairobi, 5-31 May 1976. — 103-107 p. 6 Schechter M. G. United Nations Global Conferences. — London: Routledge, 2005. — 65 p.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 11 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qamrovli global muammolarni hal etishda asosiy rol o‘ynaydi. BMT Nizomining 97moddasiga muvofiq, Bosh kotib Bosh Assambleya tomonidan Xavfsizlik Kengashining tavsiyasi asosida tаyinlаnаdi. U odatda 5 yillik muddatga tayinlanadi va bu muddat bir marta uzaytirilishi mumkin, biroq amaliyotda ba’zi Bosh kotiblar ikki muddat xizmat qilgan. 7 Bosh kotibning asosiy vazifalari: BMT Kotibiyatining rahbari sifatida uning kundalik faoliyatini boshqarish; Xavfsizlik Kengаshigа yoki Bosh Assаmbleyаgа xаlqаro tinchlik va xаvfsizlikkа tahdid soluvchi masalalarni taqdim etish; Diplomatik vositachilik va muzokaralarda ishtirok etish; BMT nomidan bayonotlаr berish, xalqaro mаsаlаlаrda siyosiy pozitsiyаni ifoda etish. Birinchi Bosh kotib: Trygve Lie (Norvegiya), 1946–1952-yilgacha, eng mashhurlaridan biri: Kofi Annаn (Gana), 1997–2006-yilgacha kotiblik qilgan. Hozirgi Bosh kotib esa António Guterres (Portugaliya), 2017-yildan buyon lavozimda. Bosh kotib odatda urush xavfini kamaytirish, mojarolarni bartaraf qilish va inson huquqlarini himoya qilishda bevosita ishtirok etadi. 8 Garchi Bosh kotibning aniq siyosiy vakolati cheklangan bo‘lsa-da, u o‘zining siyosiy ta’siri, obro‘si va diplomatik vositachilik salohiyati bilan global masalalarda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Misollar: Dag Hammarskjöld (1953–1961): Tinchlikparvar missiyalarni faol ilgari surgan. Kofi Annan: Iroqdаgi qurol masalasi, Darfur va boshqa mojarolаrda vositаchi bo‘lgаn. António Guterres: Iqlim o‘zgarishi, qochqinlar muаmmosi va Ukrainadagi inqiroz bo‘yicha fаol bayonotlar bergаn. BMT Kotibiyati — bu Bosh kotib rahbarligidagi BMTning professional xodimlari tizimi bo‘lib, tashkilotning barcha asosiy va yordamchi organlariga xizmat ko‘rsatadi. Kotibiyatning asosiy qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan, biroq BMTning boshqa bo‘limlari Jeneva, Nayrobi va Vena kabi shaharlarda ham faoliyat yuritadi. BMT Kotibiyati vazifalari quyidagilardan iborat: Tashkilot rezolyutsiyalarini bajarish va monitoring qilish, konferensiyalarni tashkil etish va hisobotlar tayyorlash, ma’lumot yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish, xalqaro ekspertiza, tahliliy hujjatlar tayyorlash. Kotibiyatda 2023-yil holatiga ko‘ra, taxminan 37 ming xodim ishlaydi. Xodimlar har xil millatlarga mansub bo‘lib, BMT Nizomiga ko‘ra “faqat BMT manfaatlari asosida” ish olib boradilar, ya’ni ularning faoliyati milliy hukumatlardan mustaqil hisoblanadi. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (ECOSOC): Barqaror Taraqqiyot va Global Hamkorlikning Asosiy Platformasi. Ushbu kengash barqaror rivojlanish, 7 Peterson M. J. The UN General Assembly. — London: Routledge, 2006. — 200 p. 8 Schechter M. G. United Nations Global Conferences. — London: Routledge, 2005. — 65
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 12 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us qashshoqlikni kamaytirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan xalqaro siyosatlarni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. ECOSOC 1945-yilda BMT Nizomining 61–72-moddalari asosida tashkil etilgan. U BMTning olti asosiy organidan biri hisoblanadi va iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalarda xalqaro siyosatni shakllantirishda asosiy institut vazifasini bajaradi. 9 Asosiy maqsadlari:Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, barqaror taraqqiyot bo‘yicha xalqaro siyosatni muvofiqlashtirish, inson huquqlari, ayollar tengligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va bandlik sohalarini rivojlantirish, BMTning ixtisoslashgan muassasalari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish. Kengash 54 a’zodan iborat bo‘lib, ular BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 3 yillik muddatga saylanadi. A’zolar geografik jihatdan teng taqsimlanadi: 14 ta a’zo – Afrika mamlakatlari, 11 ta – Osiyo-Tinch okeani davlatlari, 6 ta – Sharqiy Yevropa, 10 ta – Lotin Amerikasi va Karib havzasi, 13 ta – G‘arbiy Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar. Har bir davlatning a’zolikka saylanishi uning xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy masalalardagi faolligiga asoslanadi. Kengash raisi har yili navbatma-navbat turli mintaqaviy guruhlar vakillaridan saylanadi. ECOSOC global iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali BMTning rivojlanish kun tartibini belgilaydi. Har yili o‘tkaziladigan Yuqori darajadagi Siyosiy Forum (HLPF) orqali BMT a’zolari barqaror taraqqiyot maqsadlari (SDG) ijrosi bo‘yicha hisob beradi. ECOSOC UNESCO, WHO, IMF, ILO, UNDP kabi ixtisoslashgan BMT agentliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi. Bu orqali sog‘liqni saqlash, ta’lim, mehnat huquqlari, moliyaviy barqarorlik sohalarida global siyosat ishlab chiqiladi. ECOSOC BMT doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari (NGO) bilan eng keng ko‘lamda ishlovchi organ hisoblanadi. Hozirda 5000 dan ortiq NNT ECOSOC bilan maslahat maqomida ro‘yxatga olingan. ECOSOC gender tengligi, ayollar huquqlari, yoshlar siyosati va nogironlar huquqlarini ilgari suruvchi siyosiy rezolyutsiyalar ishlab chiqadi. ECOSOC 2015-yilda qabul qilingan 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror taraqqiyot kun tartibini amalga oshirishda asosiy mexanizmdir. 17 ta global maqsad (qashshoqlikka barham berish, sifatli ta’lim, toza suv, gender tengligi va boshqalar) bo‘yicha monitoring olib boradi. ECOSOCning faoliyati, ayniqsa, 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror taraqqiyot kun tartibini amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, u xalqaro hamjamiyatda hamjihatlik, taraqqiyot va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xulosa 9 Luck E. C. UN Security Council: Practice and Promise. — London: Routledge, 2006. — 25 p.
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 07, 2025 Belgium, Brussels 13 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us Xulosа qilib аytgаndа, Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilotining аsosiy orgаnlаri — Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assаmbleya, Xalqаro Sud, Bosh kotib va Kotibiyat, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash — har biri o‘ziga xos vakolatlari doirasida global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Xavfsizlik Kengashi qurolli mojarolarning oldini olish, sanksiyalar joriy etish va tinchlikparvar kuchlarni yuborish orqali bevosita xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Bosh Assambleya esa xalqaro muloqot, siyosiy maslahatlashuv va axloqiy bosim vositasi sifatida harakat qiladi. Xalqaro Sud davlatlar o‘rtasidagi huquqiy nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish orqali xalqaro huquq ustuvorligini ta’minlaydi. Bosh kotib va Kotibiyat BMTning ijrochi va diplomatik markazi sifatida tinchlik tashabbuslarini ilgari suradi, holat bo‘yicha vositachilik qiladi. Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash esa global ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik orqali bilvosita tinchlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Bu organlar o‘zaro muvofiqlikda ishlagandagina, BMT o‘zining asosiy maqsadi — global tinchlik, xavfsizlik va hamkorlikni saqlash vazifasini samarali bajarishi mumkin. Shu bois, har bir organning faoliyati nafaqat BMT ichida, balki butun xalqaro tizim doirasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Gordenker L. The UN Secretary-General and Secretariat. 2nd ed. — London: Routledge, 2010. — 208 p. 2. Loescher G., Milner J., Betts A. UNHCR: The Politics and Practice of Refugee Protection into the Twenty-First Century. — London: Routledge, 2008. — 225 p. 3. Luck E. C. UN Security Council: Practice and Promise. — London: Routledge, 2006. — 25 p. 4. Proceedings of the United Nations Conference on Trade and Development. Fourth session Nairobi, 5-31 May 1976. — 103-107 p. 5. Peterson M. J. The UN General Assembly. — London: Routledge, 2006. — 200 p. 6. Schechter M. G. United Nations Global Conferences. — London: