scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RAQAMLI TA'LIM MUHITI SHAROITIDA MOLEKULYAR FIZIKA QONUNIYATLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Q.U.Tog'ayeva

Abstract

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlaridan foydalanib, molekulyar fizika qonuniyatlarini o‘qitishda modellashtirishga asoslangan metodikani takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Ta’lim jarayonida interaktiv vizual vositalar va virtual tajriba platformalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligi ta’minlanadi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 24 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us RAQAMLI TA’LIM MUHITI SHAROITIDA MOLEKULYAR FIZIKA QONUNIYATLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Umumiy fizika va qurilish muhandisligi” kafedrasi katta laboranti, Q.U.Tog‘ayeva [email protected] Annotatsiya: Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlaridan foydalanib, molekulyar fizika qonuniyatlarini o‘qitishda modellashtirishga asoslangan metodikani takomillashtirish yo‘llari yoritiladi. Ta’lim jarayonida interaktiv vizual vositalar va virtual tajriba platformalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligi ta’minlanadi. Kirish. Umumiy fizika kursining molekulyar fizika boʻlimi pedagogika oliy ta’lim muassasalarida 1-kursda mexanika boʻlimidan keyin oʻrganiladi. Molekulyar fizika, moddaning tuzilishi va xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurga asoslanib oʻrganadi. Bu tasavvurga asosan qattiq, suyuq yoki gaz holatidagi har qanday modda juda mayda zarrachalardan – molekulalardan iborat. Bu zarralar tartibsiz harakatdadir. Ularning intensivligi temperaturaga bogʻliqdir. Jism zarralarining toʻxtovsiz harakatdaligini Broun tajribalar asosida kuzatdi. Molekulyar-kinetik nazariyaning tajriba ma’lumotlaridan kelib chiqadigan asosiy tasavvurlari quyidagilardan iborat: barcha moddalar juda mayda zarrachalardan-atom va molekulalardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biri bilan oʻzaro ta’sirda va uzluksiz tartibsiz harakatda (issiqlik harakatida) boʻladilar. Atom va molekulalarning oʻlchamlari nihoyatda kichik boʻlib, taqriban cm 8 10− tartibidadir. Ayni vaqtda moddani tashkil qilgan zarralar soni haddan tashqari koʻp. Masalan, 1 g suvda 22 103,3  ta molekula bor. Eng birinchi atomistik gipoteza grek faylasufi Demokrit (eramizdan avvalgi IV asr) tomonidan oʻrtaga tashlangan boʻlib, uning bu ta’limoti insoniyatning buyuk daholaridan biri Aristotelning ijodida yana ham rivojlantirilib, atomlarning ham boʻlinishi mumkinligi haqidagi gʻoya bilan takomillashdi. Demokrit va Aristotelning bu qarashlari Oʻrta Osiyo xalqlarining buyuk mutafakkirlaridan boʻlmish Ar-Roziy, Beruniy va Ibn Sinolarning (X-XI asr) ijodida ham oʻzining haqiqiy ifodasini topdi. Masalan Ar-Roziy atomning boʻlinishi haqidagi Aristotel fikrini tasdiqlash bilan birga, atomni tashkil qilgan boʻlakchalar orasida boʻshliq mavjud boʻlib, bu boʻlakchalar doimo harakatda va ularning orasida oʻzaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblagan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 25 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Fizika asoslari yaratilgunga qadar Demokrit nazariyasiga koʻpchilik shubha bilan qarab kelgan - XVII asrda fizika asoslarining yaratilishi atomistik gʻoya tarafdorlarining koʻpayishiga olib keldi. Nyuton keyinchalik oʻz tasdigʻini topgan molekulalararo kuchlar va kristall panjara haqidagi gʻoyani ilgari surdi. M. Lomonosov (XVIII asr) molekulalarning aylanma harakati va eng past temperatura mavjudligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Molekulyar-kinetik nazariyaning hozirgi manzarasi XIX asrda Klauzius, Maksvell, Bolsman va boshqalar tomonidan yaratildi. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Gey-Lyussak, Dalton, Avogadro tomonidan tajriba yoʻli bilan gaz qonunlari ochildi. Molekulyar harakatlar mavjudligini tasdiqlovchi ilk hodisalar Broun harakati va diffuziya hodisasidir. Hozirda elektron mikroskop yordamida yirik organik molekulalarning fotosuratlari olingan. Bundan tashqari molekulyar-kinetik tasavvurlarni tasdiqlovchi yana boshqa koʻpdan-koʻp tajriba ma’lumotlarini ham keltirish mumkin. Masalan, rentgenostrukturaviy analiz usuli bilan deyarli barcha qattiq jismlarning tuzilishi va ularni tashkil qilgan zarrachalar orasidagi masofalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar toʻplangan. Molekulyar fizika va termodinamikaning mavzui bir xil boʻlib, bu ikki fan jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi atomlar yoki molekulalar harakati bilan bogʻliq boʻlgan hodisalarni oʻrganadi. Biroq fizikaning bu boʻlimlari bir-biridan oʻrganilayotgan hodisalarga turlicha yondoshishi bilan farq qiladi. Molekulyar fizika tajriba va nazariyani doimiy birga olib boradi. Bunda u moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasavvurlarga tayanadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz harakati deb qaraydi. Hodisalarni yoritib beruvchi qonuniyatlar tajribalarga asoslanib farazlar yordami bilan topiladi: bu qonuniyatlarni tushuntirishning oddiy modelli yoʻllari oʻylab topildi; avval topilgan qonuniyatlarni oydinlashtirish va yangi ma’lumotlar olish uchun yangi tajribalar rejalashtiriladi. Termodinamika XIX asrning birinchi yarmida issiqlik texnikasi tomonidan fizika oldiga talablar qoʻyish natijasida issiqlik texnikasining nazariy asosi sifatida vujudga keldi. Termodinamika moddaning tuzilishi haqida hech qanday gipotezalar va konkret tasavvurlar kiritmaydi. U issiqlikni biror ichki harakat deb qaraydi, biroq uning tabiatini oydinlashtirishga urinmaydi. Uning xulosalari tajriba dalillaridan kelib chiqqan eng umumiy qonunlarga asoslangan. So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangicha yondashuvlarni shakllantirdi. Xususan, tabiiy fanlarni, jumladan fizika fanini o‘qitishda modellashtirish vositalari keng qo‘llanilmoqda. Molekulyar fizika bo‘limi — o‘zining abstraktligi va mikroskopik tabiati bilan o‘quvchilar uchun murakkab tushuniladigan yo‘nalishlardan biridir. Shu sababli, bu bo‘limni modellashtirish asosida o‘qitish o‘quvchilarda vizual anglash, ilmiy tahlil, va amaliyotga yaqinlashtirish imkoniyatlarini yaratadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 06, 2025 26 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Mazkur maqolada molekulyar fizikani o‘qitishda modellashtirish texnologiyalarini joriy qilish asosida samarali metodika yaratish bosqichlari ilmiy-nazariy, metodik, va amaliy tajriba asosida yoritiladi. Raqamli ta’lim muhiti — zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Fizika fanining murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lgan molekulyar fizikani o‘rganishda raqamli modellar, virtual laboratoriyalar va interaktiv simulyatsiyalar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni chuqur va aniq tushunishga imkon yaratadi. Modellashtirishning ahamiyati: Molekulalar harakati, bosim, harorat, ichki energiya kabi mavzular ko‘p hollarda o‘quvchilar uchun abstrakt bo‘lib qoladi. • Kompyuter modellari orqali bu tushunchalarni ko‘rish, tahlil qilish va tajriba orqali anglash mumkin bo‘ladi. • Platformalar: PhET Simulations, Algodoo, GeoGebra 3D, va boshqa raqamli vositalar. O‘qitish metodikasini takomillashtirish bosqichlari: 1. O‘quv mazmunini tahlil qilish: qaysi mavzular modellashtirish orqali yaxshiroq o‘zlashtiriladi. 2. Model tanlash va ishlab chiqish: dars mazmuniga mos vizual yoki interaktiv modelni tanlash. 3. Raqamli dars loyihasi yaratish: dars ssenariysi, topshiriqlar, baholash mezonlarini belgilash. 4. Virtual tajribalar orqali o‘rganish: o‘quvchilar modellashtirilgan tajribalarni bajarishadi. 5. Refleksiya va tahlil: o‘quvchilarning o‘z fikrini bildirishiga imkon yaratish. Kutilayotgan natijalar: O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi va ishtiroki ortadi.Nazariy bilimlar mus tahkamlanadi va amaliy tajribaga yaqinlashadi. Mustaqil fikrlash, tahlil qilish va ijtimoiy faol ko‘nikmalar shakllanadi. Xulosa:Molekulyar fizikani o‘qitishda raqamli modellashtirish texnologiyalarini qo‘llash — ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish, o‘quvchi faolligini oshirish va yuqori natijalarga erishishning muhim vositasidir. Shu asosda ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar fizikani o‘qitish sifatini sezilarli darajada oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. PhET Interactive Simulations – University of Colorado Boulder 2. Vasiliev A.A. “Modelirovanie v obuchenii fizike” 3. To‘xtasinov T. “Fizikani o‘qitish metodikasi”, 2019 4. GeoGebra.org, Algodoo.com – ta’limiy platformalar 5. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent, 2021