Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 347 NATIJADORLIKKA YO‘NALTIRILGAN BUDJETLASHTIRISH TIZIMIDA BUDJET DASTURLARINI LOYIHALASH VA MONITORING QILISH MEXANIZMLARI Xushmurotov Zoyir Bektemirovich Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti departamenti, Budjet xarajatlari samaradorligini baholash va budjetni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli uslublarini joriy etish boʻlimi bosh mutaxassisi, (PhD). https://doi.org/10.5281/zenodo.17266378 Annotatsiya. Ushbu tezishda natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish (performance budgeting) va yakuniy natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish (outcome budgeting) tizimlarining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, budjet dasturlarini ishlab chiqish va ularni monitoring qilish jarayonida natijalar zanjiri (results chain) yondashuvi qo‘llanishining ahamiyati yoritiladi. Maqolada xalqaro tajribalar asosida budjetlashtirishning samaradorligini oshirish, indikatorlarni to‘g‘ri tasniflash va dastur egalarining javobgarligini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, resurslar, faoliyat, bevosita natijalar, oraliq natijalar, yakuniy natijalar va ta’sir kabi tushunchalarning mohiyati va o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Budjet dasturlari, natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish (performance budgeting), yakuniy natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish (outcome budgeting), natijalar zanjiri (results chain), resurslar (inputs), faoliyat (activities), bevosita natija (outputs), oraliq natija (intermediate outcomes), yakuniy natija (outcomes), ta’sir (impact), indikatorlar, samaradorlik, shaffoflik, davlat moliyasi, javobgarlik, xalqaro tajriba. Kirish. Davlat budjet dasturlarini natijadorlikka yo‘naltirish — davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning eng muhim vositalaridan biridir. Bunday yondashuv davlat mablag‘larining samarali ishlatilishini ta’minlash, jamoatchilik oldida hisobdorlikni kuchaytirish va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishish imkonini beradi. Natijadorlik tizimida har bir dastur resurslardan boshlab ta’sirgacha bo‘lgan izchil jarayon asosida baholanadi. Ushbu maqolada budjet dasturlarini loyihalash, ularning maqsad va vazifalarini aniqlash, natijalar zanjiri hamda indikatorlarni belgilash masalalari keng qamrovda ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar sharhi. A. Premchand: Natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqib, budjet siyosatining samaradorlikka yo‘naltirilishi zarurligini ta’kidlaydi. B. Allen & Tommasi: Budjet boshqaruvi va monitoring tizimini kuchaytirish — o‘tish davri mamlakatlari uchun samaradorlikni oshirish vositasi ekanini ko‘rsatadi. C. A. Schick va IHTT: natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish va yakuniy natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish usullarining shaffoflik va hisobdorlikni oshirishdagi rolini urg‘ulaydi; indikatorlarni to‘ g‘ri belgilash va natijalarni baholash muhim.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 348 D. Xodjayev va mahalliy olimlar: Milliy kontekstda budjet siyosati va uning axborot-ta’minoti (hisobot, monitoring) ustuvorligini ko‘rsatadi — mahalliy vaziyatni hisobga olish lozim. Budjet dasturi tuzilmasini loyihalash. Budjet dasturlarini belgilash . Budjet dasturi — bu vazirlikning oraliq natijasi yoki yakuniy natijasiga erishishga yo‘naltirilgan davlat faoliyatlari majmuasidir. Xalqaro tajribaga asosan budjet dasturining xususiyatlari quyidagilardan iborat: Budjet dasturlari oraliq yakuniy natijalarga yoki yakuniy natijalarga erishish uchun ishlab chiqiladi, ya’ni vazirlikning asosiy maqsadi nimaga qaratilgani ko‘rsatiladi. Budjet dasturlari bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natijalarni (outputs) yaratishga olib keladigan faoliyatlarni guruhlaydi, bu mahsulotlar esa birgalikda oraliq yoki yakuniy natijalarni ta’minlaydi. Budjet dasturi aniq maqsadga ega bo‘lib, uning bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natijalari (outputs) va oraliq natijalari (intermediate outcomes) aniqlanishi va o‘lchanishi mumkin bo‘lishi kerak. Budjet dasturlari davlatning asosiy vazifalarini aks ettirish uchun ishlab chiqiladi va ular tez-tez o‘zgarmaydi. Budjet dasturlari davlatning asosiy vazifalarini yoritadi va ko‘p yillik natijalarni baholash imkoniyatini berish uchun bir necha yil davomida amal qilishi lozim. Budjet dasturlari vazirliklarning tashkiliy tuzilmasiga mos keladi. Budjet dasturi vazirlik tarkibidagi (bir nechta) boshqarmalarga to‘g‘ri keladi. Budjet dasturi bitta yoki bir nechta boshqarma/yoki idoralarni qamrab olishi mumkin. Lekin budjet dasturi boshqarmalarning “bir qismi” yoki idoralarning “bir bo‘lagi” asosida tuzilmaydi, chunki bu ma’muriy hisobdorlikni buzadi. Budjet dasturi mavjud budjetlashtirish jarayoniga mos keladi. Budjet dasturi mavjud budjetlar (yoki ularning guruhlari) asosida shakllanadi. Budjet dasturi uchun alohida yangi budjet tayyorlash jarayonini talab qilmaydi. Budjet dasturiga kiruvchi boshqarmalar/dasturlar ushbu dastur doirasida zarur bo‘lgan mahsulotlarni yaratish orqali oraliq natijaga erishish uchun javobgardir. Har bir budjet dasturida budjet dasturi boshqaruvchisi bo‘ladi. Agar dastur bitta boshqarma yoki idoradan iborat bo‘lsa, uning rahbari dastur budjet dasturi boshqaruvchisi hisoblanadi. Agar dastur bir nechta boshqarma yoki idoralarni o‘z ichiga olsa, ularning barchasi ustidan budjet bo‘yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega rahbar budjet dasturi egasi hisoblanadi. Budjet dasturlarining ikki turi mavjud: Siyosat va xizmatlarga asoslangan budjet dasturlari. Bu dasturlar O‘zbekiston aholisi uchun siyosat ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, siyosat ishlab chiqish, xizmatlar ko‘rsatish, tartibga solish, inspeksiya, bozorni nazorat qilish, narxlarni tartibga solish va hokazo.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 349 Ma’muriy boshqaruv budjet dasturlari. Bu dasturlar O‘zbekiston aholisiga bevosita siyosat ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilmagan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Ular vazirlik ichidagi siyosat va xizmatlarga asoslangan budjet dasturlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi. Masalan, IT, kadrlar boshqaruvi (HRM), budjetlashtirish, strategik rejalashtirish, ichki audit, yuridik yordam funksiyalari. Ma’muriy qo‘llab-quvvatlovchi funksiyalar ba’zan bir nechta budjet dasturiga xizmat qilishi mumkin va budjet tayyorlash bosqichida ularni aniq bir dasturga biriktirib bo‘lmaydi. Siyosat va xizmatlarga asoslangan budjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi. Budjet dasturlarini ishlab chiqishni tegishli vazirlik boshlaydi. Vazirlik budjet dasturlarini “yuqoridan pastga” tamoyili asosida ishlab chiqadi. Dasturlarni aniqlash jarayoni yagona tartibda amalga oshiriladi va unda kamida quyidagi bo‘limlar ishtirok etadi.Vazirlik va idorlarning Budjet boshqarmasi va Strategik rejalashtirish boshqarmasi iborat boladi. Budjet dasturlarini ishlab chiqish prinsiplari: Budjet dasturlarini aniqlashda vazirlikning maqsadlari asos qilib olinadi. Budjet dasturlarini ishlab chiqishda tashkilotning tashkiliy tuzilmasi ham inobatga olinadi. Budjet dasturlarining dastlabki aniqlanishi natijalar zanjiri (result chain) va tegishli sohaviy strategiya asosida amalga oshiriladi. Budjet dasturlari vazirlik darajasida shakllantiriladi. Agar qo‘shimcha idoralar natijalarini vazirlik budjet dasturining oraliq natijalariga hissa qo‘shsa, ular vazirlik budjet dasturining bir qismi sifatida kiritiladi. Agar qo‘shimcha idora hech bir vazirlik dasturining oraliq natijalariga hissa qo‘shmasa, u holda u o‘zining mustaqil budjet dasturiga ega bo‘ladi. Agar qo‘shimcha idora bir nechta dasturga hissa qo‘shsa, unda alohida tartib qo‘llaniladi. Vazirlikning budjet dasturlari vazirlik va uning qo‘shimcha idoralari barcha takrorlanuvchi xarajatlarini qamrab oladi. Agar ba’zi faoliyatlar boshqa vazirlik maqsadlariga ko‘proq mos kelsa, ular alohida tartib bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Budjet dasturi faqat boshqarmaning yoki qo‘shimcha idoraning to‘liq budjetini qamrab olishi mumkin, bunda budjet dasturlari boshqarmaning yoki idoraning xarajatlarining bir qismini o‘z ichiga olmaydi. Dasturlar vazirliklararo chegarani kesib o‘tmaydi. Har bir budjet dasturi faqat bitta vazirlik nazorati ostida bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq vazirlikka birgalikda bo‘ysunadigan budjet dasturi mavjud bo‘lmaydi. Budjet dasturlari natijalar zanjiri mantiqiga asoslangan bo‘lsa-da, ba’zida yuqoridagi ikki prinsipni buzmaslik uchun undan og‘ishlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, natijalar zanjiridan og‘ishlar kuchli siyosiy sabab tufayli bo‘lishi mumkin, masalan, oraliq natija yoki yakuniy natija emas, balki faqat bevosita (to‘g‘ridanto‘g‘ri) natija (output) ko‘rsatadigan kichik faoliyatlar majmuasi sifatida budjet dasturini shakllantirish. Bu holda amaliy yondashuv qo‘llaniladi. Mavjud ma’muriy mas’uliyatlar (masalan, o‘rinbosar vazirlarning hisobdorligi va potensial budjet dasturlari) ham tahlil qilinadi, biroq budjet dasturini ishlab chiqishda ular hal qiluvchi omil emas. Ideal holda, budjet dasturi vazir o‘rinbosarlari mas’uliyatlariga ham mos keladi, ammo bu har doim ham mumkin emas. Shu sababli, amaliy, holatga qarab yondashuv qo‘llanilishi kerak va imkon qadar natijalar zanjiriga amal qilinadi. Har bir vazirlikda bitta ma’muriy budjet dasturi va o‘rtacha 2 dan 5 tagacha budjet dasturi bo‘ladi, lekin 10 tadan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar budjet dasturlari soni ortsa, buning sababi aniq asoslanishi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 350 Natijadorlik tizimi nazariyasi. Budjet dasturlarini aniqlash. Budjet dasturlari, ularning maqsadlari va natijadorlik ko‘rsatkichlarining umumiy ro‘yxati belgilandi. Natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirish (NYB) doirasida muhim jihat shundan iboratki, natijadorlik ko‘rsatkichlari dastur tuzilmasining tegishli darajasi bilan muvofiqlashtirilishi zarur. Buni amalga oshirish uchun mavjud ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tasniflanishi kerak: resurs (input); bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natija ko‘rsatkichi (output); oraliq yakuniy natija ko‘rsatkichi (intermediate outcome); yakuniy natija ko‘rsatkichi (outcome); ta’sir (impact) ko‘rinishida, natijalar zanjiri asosida shaklantiriladi. Ilova Natijalar zanjiri bo‘yicha umumiy misollar Maqsadli indicator nomi Ta’rif Umumiy misol Resurs (Input) Moliyaviy, moddiy va inson resurslari 5 trln so‘m, qurilish texnikasi, 2000 nafar mutaxassis Faoliyat (Activity) Resurslarni amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar 100 km avtomobil yo‘lini qurish; aholiga emlash kampaniyasi o‘tkazish Mahsulot / Bevosita natija (Output) Faoliyatdan bevosita hosil bo‘lgan moddiy yoki nomoddiy mahsulot 100 km yo‘l foydalanishga topshirildi; 1 mln fuqaro emlandi Oraliq natija (Intermediate outcome) O‘rta muddatli, o‘lchanadigan natija Transportda vaqt tejalishi; yuqumli kasalliklar kamayishi Yakuniy natija (Outcome) Siyosat maqsadlariga erishishdan kelib chiqadigan o‘zgarish Hududlararo savdo hajmi oshishi; aholining umr davomiyligi ortishi Ta’sir (Impact) Uzoq muddatli, strategik darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish Iqtisodiy o‘sish sur’ati oshishi; inson kapitali indeksi yaxshilanishi
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 351 Natijalar zanjiri (ba’zida mantiqiy matritsa deb ham ataladi) – bu sabab-oqibat ketmaketligi bo‘lib resurslardan boshlab belgilangan natijalarga erishish bosqichlarini aniqlashga qaratilgan. Intervensiya mantiqi (intervention logic) resurslardan faoliyatga, faoliyatdan bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natijaklardan oraliq natijalarga, oraliq yakuniy natijalardan yakuniy natijalarga va yakuniy natijalardan ta’sirga bo‘lgan ta’sir munosabatini ko‘rsatadi. Natijalar zanjiridagi har bir qadam shunday taxminga asoslanadiki, bir bosqich keyingisini keltirib chiqaradi. Bu jarayon o‘zgarish nazariyasi (theory of change) deb ham yuritiladi. Resurslar → Faoliyat → Bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natijalar: Bu bosqich odatda aniq va tushunarli bo‘lib, vazirlik boshqarmasi yoki dastur egasining bevosita nazoratida bo‘ladi. Misol. Resurs: Davlat budjetidan 10 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan; Faoliyat: Ushbu mablag‘ hisobidan 500 ta umumta’lim maktabi kapital ta’mirlandi; Bevosita natija: Ta’mirlangan maktablar foydalanishga topshirildi. Bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) natijalar → Oraliq yakuniy natijalar. Bu bosqichda tashqi omillar bilan bog‘liq bir qancha taxminlar mavjud bo‘lsa-da, hali ham asosan dastur egalarining nazorati ostida hisoblanadi. Misol. Bevosita natija: 500 ta maktab ta’mirlandi va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Oraliq yakuniy natija: O‘quvchilarning darsga muntazam qatnashish ko‘rsatkichi oshdi, ta’lim sifati yaxshilandi. (Lekin tashqi omillar – masalan, o‘qituvchilar malakasi yoki otaonalarning munosabati – ham rol o‘ynaydi.) Oraliq yakuniy natijalar → Yakuniy x`natija yoki Ta’sir. Bu bosqichda dastur egasining natijalar ustidan nazorat darajasi sezilarli darajada kamayadi. Misol: Oraliq yakuniy natija: Ta’lim sifati oshdi, maktab bitiruvchilari bilim darajasi yaxshilandi. Yakuniy natija/Ta’sir: Inson kapitali indeksi oshadi, mamlakatning xalqaro PISA reytingida o‘rni yaxshilanadi, uzoq muddatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari oshadi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Allen, R., Tommasi, D. Managing public expenditure: A reference book for transition countries. – Paris: OECD Publishing, 2001. – 590 p. 2. IMF. Fiscal transparency handbook. – Washington D.C.: International Monetary Fund, 2019. – 142 p. 3. Musgrave, R. A., Musgrave, P. B. Public finance in theory and practice. – New York: McGraw-Hill, 1989. – 627 p. 4. OECD. Performance budgeting in OECD countries. – Paris: OECD Publishing, 2007. – 213 p. 5. Premchand, A. Public expenditure management. – Washington D.C.: World Bank, 2001. – 261 p. 6. Schick, A. A contemporary approach to public expenditure management. – Washington D.C.: World Bank Institute, 1998. – 123 p.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 352 7. World Bank. Results-based budgeting: International experiences and lessons for developing countries. – Washington D.C.: World Bank, 2020. – 110 p. 8. Xodjayev, J., Yusupov, M., Oripov, O., G‘aniev, U. Davlat moliyasi va budjet siyosati. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2020. – 432 b. 9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PF–134-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – 2022. – № 11. – Modda 134. 10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “2024-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ–455-son Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. – 2024. – № 52. – Modda 455