IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TASHQI BOZORLARGA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda tashqi bozorlarga integratsiyalashuv jarayonlarining ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, barqaror rivojlanish tushunchasi va uning iqtisodiy o‘sishdan farqi, adolatli resurs taqsimoti, mamlakatlarning II jahon urushidan so‘ng iqtisodiyotlarini yaxshilash borasida amalga oshirgan islohotlari ham yoritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 459 IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TASHQI BOZORLARGA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING AHAMIYATI Ozodova Farida Zarif qizi Osiyo xalqaro universiteti tayanch doktoranti, Urganch Ranch texnologiya universiteti Iqtisodiyot kafedrasi stajor - o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17266933 Annotatsiya. Mazkur maqolada iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda tashqi bozorlarga integratsiyalashuv jarayonlarining ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, barqaror rivojlanish tushunchasi va uning iqtisodiy o‘sishdan farqi, adolatli resurs taqsimoti, mamlakatlarning II jahon urushidan so‘ng iqtisodiyotlarini yaxshilash borasida amalga oshirgan islohotlari ham yoritiladi. Kalit so‘zlar: Barqaror rivojlanish, iqtisodiy o‘sish, resurs, tashqi bozor, integratsiya, iqlim o‘zgarishi , siyosat, YaIM, ishlab chiqarish. So‘nggi yillarda sanoat taraqqiyoti dunyoning turli mintaqalarida iqlim o‘zgarishlariga va kundalik hayotimizning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Zavod va fabrikalardan chiqayotgan zararli tutunlar va chiqindilar tabiatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi natijasida yer sayyorasi ozining qiyofasini o‘zgartirib, kelajak avlodning hayot kechirishini xavf ostiga solmoqda. Shu sababli tabiiy resurslardan foydalanish va ularnini boshqarish usullari o‘zgarib, sanoat ishlab chiqarilishi yanada mas’uliyatli tus olmoqda [1]. Tabiiy resurslarning yo‘qolishi va atrof muhitga yetkazillayotgan zararlar tufayli barqaror rivojlanish nihoyatda muhimdir, chunki foydalanilgan resurslar tiklanish uchun ma’lum bir davr talab etiladi [2]. Barqaror rivojlanish — bu hozirgi avlod ehtiyojlarini qodirib, kelajak avlodlarga ularning o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini cheklamaydigan rivojlanish yo‘lidir. Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi — kambag‘allikni bartaraf etish, yer sayyorasini muhofaza qilish va dunyoning barcha mintaqalarida har bir inson uchun hayot sifatini imkoniyatlarini yaxshilashdir 1 . Barqaror rivojlanish tushunchasi 21-asrda insoniyat uchun eng katta maqsadlardan biriga aylangan. Bu g‘oya ilk bor 1987-yilda, BMT tomonidan nashr etilgan Our Common Future (“Bizning umumiy kelajagimiz”) hisobotida ommaga taqdim etildi. Ushbu hujjat barqaror rivojlanishning xalqaro dasturi sifatida muhim tarkibiy qismga aylandi [3]. Iqtisodiy va ekologik inqirozlar kuchayib borar ekan — mamlakatlarda iqtisodiy tengsizliklar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag‘allik, ozon qatlamining yemirilishi, global isish, tabiiy resurslarning kamayishi, ba’zi o‘simlik va hayvon turlarining yo‘qolishi, suv va havoning ifloslanishi — kabi muammolar barqaror rivojlanish tushunchasini o‘zgarishga sabab bo‘lmoqda. Herman E. Dailyning ta’kidlashicha “ O‘sish (iqtisodiy o‘sish) – bu hajm bo‘yicha miqdoriy ko‘payish”, “O‘sish (barqaror o‘sish) – sifat jihatdan yaxshilanish va yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish” dir [4]. 1 United Nations (2022). About Sustainable Development. United Nations. https://www.cepal.org/en/topics/sustainable-development/about-sustainable-development
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 460 XXI asrdan boshlab YaIM makroiqtisodiy ko‘rsatkich va iqtisodiy o‘sishning asosiy belgisi sifatida ko‘rilmay boshladi. II jahon urushidan so‘ng mamlakatlar o‘zlarining barqaror rivojlanishiga turlicha yondashishgan (1-jadval). 1-jadval Mamlakatlarning II jahon urushidan so‘ng barqaror rivojlanishiga bo‘lgan harakatlari xususida iqtisodiy maktablarning fikrlari 2 Yil Iqtisodiy maktab Amalga oshirilgan siyosat 1960-1970 Keyns Davlatlarning iqtisodiyotga aralashuvi kuchli bo‘lgan. 1970-1990 Monetarizm Mamlakatlarda mavjud tengsizlikni kamaytirish, ijtimoiy qatlamni iqtisodiyotga jalb etish boshlandi. 1980-1990 Ratsionalizm Atrof-muhit, sifatli hayot va malakali kadrlarga e’tibor qaratildi. 2000 Barqaror rivojlanish Hayot sifati, ekologiya va barqaror o‘sish asosiy maqsadga aylandi. Barqaror rivojlanish zamonaviy iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun esa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish bo‘lishi lozim. Iqtisodiy o‘sish YaIM orqali o‘lchanadi, biroq yuqori o‘sish har doim ham barqaror bo‘lavermaydi. Ba’zi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish kuzatilsada, odamlar farovon hayot kechirmaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanish tushunchalari turli ma’nolarni anglatadi. Barqaror rivojlanishda, yashash darajasi va qashshoqlikni kamaytirish dastlabki maqsadga aylanadi, iqtisodiy o‘sishda esa faqat ayrim subyektlargina foyda ko‘radi, shuning uchun adolatli taqsimot bu yerda muhim ahamiyat kasb etadi. Tez o‘sish ijtimoiy tengsizlik va atrof-muhit muammolarini keltirib chiqaradi. Shuni o‘z o‘rnida ta’kilash joizki, barqaror rivojlanish hozirgi va kelajak avlodning farovon turmush ko‘rishini ta’minlaydi. Adolatli resurs taqsimoti iqtisodiy o‘sishdan jamiyatning barcha qatlamlarini teng darajada foydalana olishini ta’minlab, ijtimoiy tenglik va barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Tashqi bozorlarga integratsiyalashuv aynan adolatli taqsimot sharoitida samarali yordam beradi, chunki resurslardan adolatli foydalanish iqtisodiyotning barcha ishtirokchilariga jahon bozoriga qo‘shila olish va raobatni yengishda ulkan yordam beradi. Barqaror iqtisodiy o‘sish va tashqi bozorlarga integratsiyalashuv bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayonlardir. Barqaror o‘sish — bu iqtisodiy faoliyatning uzoq muddat davomida ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy muvozanatni saqlagan holda rivojlanishidir. Tashqi bozorlarga integratsiyalashuv esa mamlakatning xalqaro savdo va investitsiya oqimlariga faol qo‘shilishi orqali raqobatbardoshligini oshirish, texnologiyalar va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Bu integratsiya jarayoni barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki tashqi bozorlarga chiqish orqali eksport hajmi ortadi, ishlab chiqarish samaradorligi oshadi va yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birga, xalqaro tajriba, ilg‘or texnologiyalar va boshqaruv modellari mamlakat ichki iqtisodiyotining barqarorligini mustahkamlaydi. Ammo bu jarayon muvaffaqiyatli kechishi uchun mahalliy sanoatni raqobatga tayyorlash, ekologik standartlarga rioya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash muhimdir. Aks holda, integratsiyalashuv faqat qisqa muddatli o‘sishga olib kelib, uzoq muddatli barqarorlikka xavf 2 Manba: https://www.researchgate.net
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 461 solishi mumkin. Shu sababli, tashqi bozorlarga integratsiya qilinayotgan har qanday iqtisodiy strategiya barqarorlik mezonlariga asoslangan bo‘lishi kerak. FOYDALAILGAN ADABIYOTLAR 1. Klarin, T. "The Concept of Sustainable Development: From its Beginning to the Contemporary Issues" Zagreb International Review of Economics and Business, vol.21, no.1, 2018, pp.67-94. https://doi.org/10.2478/zireb-2018-0005. 2. Duran, C.D., Gogan, L.M., Artene, A., Duran, V. (2015). The components of sustainable development - a possible approach. Procedia Economics and Finance, 26, 806-811. Retrieved November 20, 2015, from https://doi.org/10.1016/S2212-5671(15)00849-7. 3. Sneddon, C., Howarth, R., & Norgaard, R. (2006), “Sustainable Development in a PostBrundtland World”, Ecological Economics, 57, 253-268. 4. Daly, H. E. (1990), “Towards Some Operational Principles of Sustainable Development”, Ecological Economics 2, p. 1-6.