YASSAVIY HIKMATLARI HAQIDA
Full text
153 YASSAVIY HIKMATLARI HAQIDA Madrimova Yorqinoy Jumamurot qizi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi fan kabinet mudiri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268264 Annotatsiya: Ahmad Yassaviyning „Devoni hikmat“ asari tasavvuf adabiyotining noyob namunasi sifatida adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga ega. Yassaviy insonni tarbiyalash va mukammal bir holga yuksaltirish uchun bilim va shu bilan bog‘liq bir qancha vazifalarni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Ahmad Yassaviy „Devoni hikmat“ asari orqali o‘z fikr-qarashlarini xalq ommasiga asosan „Devoni hikmat“ asari nafaqat turkiy xalqlar, balki jahon adabiyotining nodir namunasidir. Ahmad Yassaviy diniy-tasavvufiy adabiyot vakili . Kalit so‘zlar: hamd-u sano, madh, qissa, hikoyat, hikmat, rivoyat, latifa, ishorat, nukta, bayt, bashorat. Aннoтaция: Произведение Ахмеда Яссави „Девони Хикмат“ имеет важное значение в литературоведении как уникальный образец суфийской литературы. Яссави ставит главную цель воспитания и ряд связанных с ней задач, чтобы воспитать и поднять человека до совершенного состояния. Ахмад Яссави выразил свои взгляды массам через произведение „Девони Хикмат“. Произведение „Девони Хикмат“ является редким образцом литературы не только тюркских народов, но и мира. Ахмед Яссави – представитель религиозномистической литературы. Ключевые слова: хвала, гимн, рассказ, рассказ, мудрость, повествование, анекдот, намек, точка, стих, предсказание. Annotation: Ahmed Yassavi’s work „Devoni Hikmat“ is important in literary studies as a unique example of Sufism literature. Yassavi sets the main goal of education and a number of tasks related to it in order to educate and raise a person to a perfect state. Ahmad Yassavi expressed his views to the masses through the work „Devoni Hikmat“. The work „Devoni Hikmat“ is a rare example of literature not only of the Turkic peoples, but also of the world. Ahmed Yassavi is a representative of religious and mystical literature Key words: praise, hymn, story, story, wisdom, narrative, anecdote, hint, point, verse, prediction. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodiga nazar tashlar ekanmiz, shoir yashagan ijtimoiy va adabiy muhitni nazardan chetda qoldirmasligimiz zarur. Chunki Yassaviy Ollohga sodiq, islom diniga e’tiqodi baland bo‘lgan. Shoir hikmatlarining tub mohiyatida komil inson tarbiyasi va uning bilim hamda amalini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish ustivordir. Yassaviy va izdoshlarining insonga berilgan qadr-qimmatni anglay bilmoq uchun inson haqidagi fikr-qarashlarini ham chuqur mushohada qilmoq lozim. Yassaviyning bu hikmatlarida inson xilqati yaratilishi haqida so‘z yuritilganidek, insonga berilgan ne’mat va ustun sifatlar sanalib ular to‘g‘risda o‘ylashga da’vat qilinadi. Yassaviy tariqatida insonning asli suv va tuproq ekani e’tirof etilgan. Buni „Asling bilsang obu gil, yana gilga ketaro...“ hikmatidan ham
154 bilish mumkin. Bu misralar bilan go‘yo Qur’oni Karimdagi „uldur ul zotiki, yaratibdur sizlarni tuproqdin, keyin mayin qatrasidin, keyin uyigan qondin, keyin chiqarur sizlarni (onalar qornidin) bola qilib…“, „Va tahqiq, yaratduk biz insonni loyning xulosasidin. Keyin biz ani bir qatra suv qilib ishonchli bir yerg‘a qo‘yub qo‘yduk. Keyin biz ul qatrani uyug‘on qon qilduk, keyin ul uyug‘on qonni bir chaynam go‘sht qilduk, keyin ul bir chaynam go‘shtni suyaklarg‘a aylantirduk, keyin ul suyaklarg‘a go‘sht kiygizduk, keyin ani biz boshqacha maxluq qilib qo‘yduk“ [2:205] oyatlarini sharhlayotgandek. Ahmad Yassaviy hikmatlaridan o‘rin olgan to‘rtliklar Yassaviya darveshlarining ta’lim-tarbiyasiga xizmat qiluvchi asos bo‘lib ko‘rinsa-da, ular o‘sha davrdagi insonlarning hayot tarzlari haqida ma’lumot beradi. Shu nuqtayi nazardan hikmatlar o‘rganilsa, jamiyat tuzilishiga doir muhim fikrmulohazalarga duch kelinadi. Tarqoq bo‘lsa-da, jamiyatning eng kichik qismi bo‘lgan oila masalasi ko‘zga tashlanadi. Yassaviylikda bola-chaqa uchun tashvish tortib, mashaqqat chekkanlar Olloh nazdida maqbul kishilar o‘laroq qabul qilinadilar „Devoni hikmat“da Yassaviy jamiyat musulmon va nomusulmon toyifalarga ajratilgan bo‘lsa ham, ular orasida jar mavjudligiga doir biror ishora yo‘q. Diniytasavvufiy adabiyot vakillari, mutasavvuf shoirlar, jumladan, Ahmad Yassaviy uchun ham hikmat laduniy mohiyatga egadir. Forobiyning ta’kidlashicha, hikmat beshigi faylasuflarning ongi emas, payg‘ambarlarning ko‘nglidadir. Qur’onning „Baqara“ surasida bunday deyilgan: „U, ya’ni fazli karami keng Olloh o‘zi istagan kishilarga hikmat beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, muhaqqahki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi“ [1:52]. Luqmon surasining 12-oyatida, „Aniqki, biz Luqmonga hikmat ato etdik“[2:126] deyilgan. Shu ma’noda ko‘p mutasavvuflarga Luqmoni hakim o‘rnak bo‘lgandir. Yunus Emroning: „O‘qib hikmat ilmini Luqmon o‘layin bir zamon“, deyishi shunchaki orzu bo‘lmagan, albatta. Ahmad Yassaviyda ham hikmat – „ilmi laduniy“, ya’ni ilmi g‘aybi haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf etmoq va ifodalamoq mazmuniga teng. Shoirda hikmat aytish istagi ilohiy-ruhiy ehtiyoj sifatida juda yoshligidan paydo bo‘lgan deyish mumkin. Lekin boshqa bir o‘rinda: O‘ttiz to‘rtda olim bo‘lib, dono bo‘ldim, Hikmat ayt deb subhon aydi, go‘yo bo‘ldim,[3:116] deydiki, uning „ichi-toshi haq nuriga“ to‘lgan ayni o‘sha vaqtlarda ilohiy ma’no va tuyg‘ular hikmatga aylanganligi ehtimoldan xoli emas. Turkiy adabiyot tasavvuf yo‘nalishida komillik yo‘lida boshidan kechirgan ruhiy-ma’naviy hodisalarni tarjimayi hol tarzida ifoda etish holatlarini ham uchratish mumkin. Ahmad Yassaviy ham „Devoni hikmat“ida o‘z ruhiy-tarixini tarjimayi hol tarzida bayon etgan va
155 yilma-yil yuzaga kelgan ruhiy tajribalarni juz’iy unsurlarigacha ko‘z o‘ngimizda namoyon etgan. „Devoni hikmat“da o‘sha davr uchun ham, hozirgi zamon uchun ham dolzarb hisoblangan komil inson mavzusi alohida o‘rinni egallagan. Yaratuvchi insonni boshqa jonzotlardan ongi, fikrlashi bilan farqlagan. Shu bois inson faqatgina o‘z oldida emas, balki o‘zga mavjudotlar qarshisida ham mas’uldir. Buni ilohiy bir qoida sifatida qabul qilgan Yassaviy va uning izdoshlari boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarda, ularning qaysi din va e’tiqodga mansub bo‘lishiga qaramasdan, kamtarlik va o‘ta nazokat bilan muomala qilishni o‘zlarining burchi deb bilganlar. Ushbu tushunchani e’tirof etgan holda tuproq kabi hokisor va yumshoq ko‘ngilli bo‘lishini ilgari surganlar. Bu esa insonning yaxshi tarbiyalanishiga, aniqrog‘i Yassaviya ma’rifat maktabi ta’lim-tarbiyasini olishiga bog‘liqdir. Buning uchun inson hech qanday qiyinchilikdan qochmasligi kerak. Yaxshi ta’lim-tarbiya olish yo‘lida g‘ayrat ko‘rsatib, zarur bo‘lsa g‘urbatda kezib, ham nazariy, ham amaliy tajribasini orttirib, ruhini yuksaltirishi zarur. Ana shundagina faqat o‘zi uchun emas, balki atrofidagilarga ham xizmat qilib to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan keyin Ahmad Yassaviyning hayoti, tariqati va she’riyatiga doir bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, uning turkiy she’riyat taraqqiyotidagi xizmatlari hali to‘la ko‘rsatib berilganicha yo‘q. Bu faqat o‘zbek olimlari tomonidan hal qilinadigan ish bo‘lmasdan, uni turkiy tilli xalqlarning olimlari hamkorlikda amalga oshirmoqlari lozim. Ahmad Yassaviy ijodi, uning ijodida muhim o‘rin egallagan diniy-tasavvufiy adabiyot o‘rganilmagan deya olmaymiz. Chunki shoir ijodi, uning „Devoni hikmat“i haqida ma’lumotga egamiz, tadqiqotchilar tomonadan ozmi, ko‘pmi o‘rganilgan. Ammo biz shoir ijodini tom ma’noda o‘rganishga istiqlol yillarida erishdik. Shoir hikmatlarida ilgari surilgan komil inson g‘oyalari bugungi kunda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Komil inson tushunchasi Yassaviy ta‘limotida ma’naviy kamolotga erishish va axloqan yuksalishni maqsad qilib qo‘ygan komil insondir. Bugun ham faqatgina moddiy hayotlarini boyitish uchun harakat qilgan va yolg‘iz o‘zini o‘ylab atrofdagilarga loqayd qaraydigan xudbin kishilar Yassaviy tarbiyasiga ,albatta, muhtojdirlar. Biz bugungi kunda komil inson tushunchasini bugungi kun hayot tarzidan, bugungi kun yoshlarini qiziqtirgan masalalardan uzoqlashmagan holda talqin etishimiz kerak. Buning uchun Yassaviy tariqati, ularda ilgari surilgan komil inson tushunchalarining ahamiyati juda katta.
156 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. 1kitob. – T.: 1996, 2. Qur’oni Karim. Shayx Muhammad Sodiq tarjimasi 3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. –T.: Movarounnahr, 2004. 3. Olim. S. Naqshband va Navoiy. – T.: O`qituvchi, 1996. 4. Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent, 2024. 5. Vohidov R., Eshonqulov X. O‘zbek mumtoz adabiyot tarixi. – Т.: 2006. 6. Islom tasavvufi manbalari. – T.: O‘qituvchi, 2005. 7. O‘zbekiston Miliiy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zME, 2004.