scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ALISHER NAVOIY G'AZALLARIDA ISHQ VA OSHIQLIK TASVIRI (NAJMIDDIN KOMILOV TALQINIDA)

Akramova Dilnoza Rustam qizi

Full text

163 ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA ISHQ VA OSHIQLIK TASVIRI (NAJMIDDIN KOMILOV TALQINIDA) Akramova Dilnoza Rustam qizi Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268274 Annotatsiya: Ushbu maqolada Alisher Navoiy g‘azallaridagi ishq va oshiqlikning tasviri va Najmiddin Komilov tomonidan talqin qilingan. Kalit so‘zlar: G‘azal, ishq, oshiqlik, may, xilvat, Haq,erur. Abstract: This article presents the depiction of love and romance in the ghazals of Alisher Navoi and their interpretation by Najmiddin Kamilov. Keywords: Ghazal, love, romance, may, solitude, truth, truth. Аннотация: В статье рассматривается изображение любви и романтики в газелях Алишера Навои и их интерпретация Наджмиддином Камиловым. Ключевые слова:Газель, любовь, романтика, май, одиночество, истина, правда. Navoiyning ham nazmiy, ham nasriy asarlariga nazar soladigan bo‘lsak, ularda, asosan, komil inson tasviri, ilohiy ishq kuylanganligining guvohi bo‘lamiz. Ijodkor Navoiyning ko‘plab g‘azallariga murojaat qilar ekan, shoir asarlarining bosh g‘oyasi bo‘lmish komil inson masalasi, tasavvuf g‘oyalarini chuqur anglab yetadi va chiroyli yo‘sinda uni kitobxon o‘quvchiga yetkazadi. Bilamizki, Navoiy g‘azallarining ko‘pchiligida ishq, oshiqlik, muhabbat kuylanadi. Ushbu g‘azallarining har birida botiniy va zohiriy ma’nolar yashirin. Navoiyning ham nazmiy, ham nasriy asarlariga nazar soladigan bo‘lsak, ularda, asosan, komil inson tasviri, ilohiy ishq kuylanganligining guvohi bo‘lamiz. Demak, Navoiy g‘azallaridagi ishq ham Allohga atalgan ilohiy ishqdir. Shu o‘rinda Navoiyning ishq va oshiqlik tasvirlarini chiroyli bo‘yoqlar bilan sharhlab bergan Najmiddin Komilovning ba’zi sharhlarini ko‘rib o‘tsak. „Xazoyin ulma’oniy“ning 1-devoni „G‘aroyib us-sig‘ar“ga kiritilgan 45-g‘azalning 4-baytida gap parvona ishqi to‘g‘risida boryapti. Tasavvur qiling, sham, uning atrofida esa alangaga qarab talpinayotgan mitti parvona. U o‘tga shunday ixlos bilan intiladiki, olovga qo‘shilib yonib ketguncha tinchimaydi. Biroq parvona shunchalik oshiqligi, dardining zo‘rligiga qaramay, oh-u nola chekmaydi, balki jim-jit o‘tga tomon talpinaveradi. Ul o‘t, ya’ni ilohiy ishq alangasi faqat parvonani emas, shamning o‘zini ham mumi va yog‘i bilan qo‘shib qovuradi, eritib kuydiradi. Ulug‘ shoir tamsillar vositasida ishqning beintiho kuchi – zarrot-u jonzotlar, oshiq-u ma’shuq barini qamrab oluvchi qudratini bizga tushuntirmoqchi bo‘lgan. Shamning shu’lasi – ilohiy ishq, mumi va 164 yog‘i – dunyo, inson vujudi, parvona – oshiq inson timsollaridir. Parvona – fano timsoli, ya’ni yomon sifatlardan qutulish va mahmuda (yaxshi) sifatlarga ega bo‘lish, hirs-u xavasni tark etish yo‘li [1:316]. A.Navoiyning „Tiyra kulbamg‘a kirib, jono o‘limdin ber najot“ deb boshlanuvchi ushbu g‘azali ham majoz usulda yaratilgan oshiqona g‘azallar sirasiga kiradi. G‘azalning 3-bayti quyidagicha: Orazing mehrida og‘zingdur gadolig‘ qilg‘onim, Haq seni xurshid qilmish zarroe bergil zakot. Ushbu baytda Yor quyoshga tenglashtirilgan va uning zarralari – nuri (so‘zi, hikmati) oshiq uchun obihayotdir. Zohiran qaraganda Yor yuzi quyoshga o‘xshatilmoqda. Lekin shu quyosh ichidan u nuktaday og‘izni izlamoqda. Og‘izni nukta deb aytishimizga sabab bor. Mumtoz adabiyotda Yor og‘zining torligi, ba’zan ko‘rinib ko‘rinmay turishi go‘zallik belgisi deb qaralgan. Biroq buning tagida orifona ma’no bor. Og‘izning torligi komil pirning nihoyat nozik sirri va valiyning qudsiy nafasiga ishoradir [2]. Qadimdan bulbul va gul timsollari oshiq va ma’shuq obrazini ifodalab kelgan. Faqat har bir shoir bu timsollarni o‘z rangi, o‘z usuli va o‘z mahorati yordamida tasvirlab kelgan. Xuddi shunday Navoiy ham bulbul, gul kabi timsollardan foydalangan. Ularni o‘z tasavvuri doirasida sayqallagan. Xususan, hozir keltiradigan g‘azal matlasidayoq bunga guvoh bo‘lamiz. Zihi har lahni bulbul savtining zotingg‘a isboti, Jahon bog‘ida har gul yafrog‘i husnungg‘a mirote. G‘azalning birinchi baytidayoq vahdat ul-vujud ta’limoti g‘oyasi bulbul va gul timsollari vositasida bayon etilgan. Bulbul gulga oshiq, yonib kuylaydi, bu oshuftalik, oshiqlik izhori. Ammo aslida bulbul gulga shuning uchun beqaror Oshiqki, gul – Alloh jamoli aks etgan ko‘zgu, gulning har bir yaprog‘ida shu nur jilolanib turadi. Gul va bulbul shu uchun sharq she’riyatida ko‘p tilga olinadi. Lekin aslida bunda Tabiat va Inson nazarda tutilgan. Gul – tabiat, Alloh yaratgan borliq timsoli, gulning nafisligi, latofati esa Alloh tajalliyoti, husnining ramzi. Bulbul bo‘lsa, ana shu Husnga maftun insondir [2]. Yuqoridagi baytlardan birida parvona ishqi haqida gap ketgan edi. Hozir o‘sha baytdan oldingi bayt haqida so‘z yuritamiz. Endi parvona ishqiga teskari ravishda bulbul ishqi tasvirlangan ushbu bayt quyidagicha: Erur sukutu fano ishq lozimi, bulbul Ne voqif oncha fig‘onu ulug‘ dimog‘i bila. Baytning ma’nosi quyidagicha: „Sukut saqlash va fano – jismu nafs ehtiyojlaridan batamom qutulish, ishqning zaruratidir, shuncha nola fig‘oni, sarxush-u oshuftaligi bilan bulbul buni qaydan bilsin“. Ha, shoir bu yerda oshiqlik ramzi, nafosat oshuftasi, ishqni yonib kuylovchi bulbul bilan bahsga kirishgan. Bu qiziq, chunki Navoiyning bir qancha g‘azallarida bulbul xonishi madh etiladi, lekin bu baytda u bulbul ishqning mohiyatiga tushunib yetmaydi, degan fikrni bayon etadi. Darhaqiqat, matlubga yetishish yo‘li faqat oh-u nola emas. Fig‘on chekmay, zohiran sukutda bo‘lib, dardni elga oshkor qilmay, 165 botinan ko‘ngilni ma’rifatdan serob etib, fano martabasini egallash ham mumkin. Masalan, Xo‘ja Bahouddin Naqshbandning aqidasi shunday. Samo va zikrga berilmay, muayyan kasb bilan shug‘ullanib odamlarni Haqni tanishga da’vat etgan darveshlarning yo‘li shuni taqozo etardi. Shunday, oshiqlik har doim ham fig‘on-u nola emas ekan, „anjumanda xilvat“ ko‘ruvchilarning botiniy ma’rifati, koshiflik yo‘lida o‘zgacha yonish, o‘zgacha qat’iyat bor [3]. Navoiyning quyidagi misra bilan boshlanuvchi g‘azali, Ahd qildim ishq lafzin tilga mazkur etmayin. Ushbu g‘azalning uchinchi bayti quyidagicha: Ishq kufri birla taqvo xonaqosin buzmayin, But xayolidin ko‘ngil dayrini ma’mur etmayin ya’ni ishq – kufr, oshiq bo‘lish – kofirlik. Xullas, Najmiddin Komilov Alisher Navooiyning g‘azallarida ishq va oshiqlik tasvirini mutaassib dindorlar, ishq-u oshiqlikning haqiqiy ma’nosini tushunib yetmagan kishilarning fikri, ular hayotni, ilohiy muhabbatni kuylagan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Komilov N. Ma’nolar olamiga safar. ‒ Toshkent, 2012. 2. Sayyid Ja’far Sajjodiy. Istilohoti urafo. Lug‘atlar to‘plami. 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami, 20 tomlik (9-tom). Toshkent 1987-2003-y.