scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQ QO'SHIQLARIDA YOR, OILA VA FARZAND MA'NOSINI ANGLATUVCHI RAMZIY OBRAZLAR

Xaytbayeva Sevara Baxtiyor qizi

Full text

183 XALQ QO‘SHIQLARIDA YOR, OILA VA FARZAND MA’NOSINI ANGLATUVCHI RAMZIY OBRAZLAR Xaytbayeva Sevara Baxtiyor qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistranti Ilmiy rahbar: H.Allambergenov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268295 Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq qo‘shiqlarida oila va farzand ma’nosini anglatuvchi ramziy obrazlar talqin qilinib, ular aks ettirayotgan ma’no-mazmun namunalar asosida izohlanadi. Kalit so‘zlar: folklor, xalq qo‘shiqlari, ramz, ramziy obrazlar. Abstract. In this article, symbolic images representing family and children in folk songs are interpreted, and the meaning and content they reflect are explained based on examples. Keywords: folklore, folk songs, symbol, symbolic images. Аннотация. В данной статье интерпретируются символические образы, выражающие значение семьи и ребенка в народных песнях, а смысл, который они отражают, объясняется на основе примеров. Ключевые слова: фольклор, народные песни, символ, символические образы. So‘ngi yillarda jamiyat hayotida va barcha sohalarda yangi yo‘nalishlar, tamoyillar hamda ilm-fan sohasining maqsad-mohiyatiga asoslangan taraqqiyot mezonlari rivojlana boshladi. Mustaqil fikrlash, erkin muloqot, iqtisodiy-siyosiy sohalarda ongli shaxs sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lish hamda ma’naviy ozodlik ruhi rivojlandi. Shu jumladan, ajdodlarimizning qadimiy moddiy-ma’naviy meroslarini o‘rganish, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar olib borish, milliy urf-odat-u an’analarini davom ettirish va boyitish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Negaki necha ming yillar davomida insoniyat bilan birgalikda shakllanib kelayotgan nomoddiy madaniy merosimiz ularning e’tiqodida, urf-odat-u an’analarida, turli xil marosim va milliy qadriyatlarida namoyon bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bu borada xalq qo‘shiqlari inson ko‘ngil kechinmalarini, dard-u tashvishi, quvonch-u shodligini yengil va o‘ynoqi misralarda aks ettirish ko‘lami, tafakkur tarzini ramziy obrazlarda namoyon etish imkoniyati hamda ijro o‘ziga xosligi, badiiyati kabi belgilari bilan doimo ajralib turgan. Xalq qo‘shiqlarining poetik xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari, genezisi, tipologiyasi, obrazlar ko‘lami, shakliy va mazmuniy xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘zbek folklorshunosligi bir qancha yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan xalq qo‘shiqlaridagi ramzli tasvir ifodasi masalasi M.Alaviya, A.Musaqulov, 184 A.Sharopov, M.Yoqubbekova, Sh.Turdimov, D.O‘rayeva, M.Ro‘ziyeva [1-5] kabi olimlarning tadqiqotlarida atroflicha o‘rganilgan. Poetik ramzlarni nazariy jihatdan o‘rganish ishlari XX asrning 80-yillaridan boshlangan edi. Bu sohada fundamental tadqiqot sifatida Sh.Turdimovning “O‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida poetik ramzlar” mavzusidagi nomzodlik ishi bo‘lib, olim ramz tushunchasining adabiyotshunoslik va folklorshunoslikdagi ta’rifi, poetik ramzlarning yuzaga kelishidagi asosiy omillar, uning o‘xshatish va metafora kabi ko‘chimlardan farqi, ramzning mif va parallellizm bilan aloqasi hamda ramzlarni „o‘zak“ ramz va „vaziyat ramz“larga ajratish haqida asosli fikrlar bildiradi. Shuningdek, xalq qo‘shiqlarida uchraydigan o‘zak ramziy obrazlarni 9 ta tur (qushlar – turna, o‘rdak, qaldirg‘och, qarg‘a, g‘oz; hayvonlar – ilon, ot; narsa buyumlar – do‘ppi, salla, telpak, oyna, ro‘mol, soch, chilik, xol, qoshiq; o‘rin-joy – bozor, bog‘, imorat, tom; mevali daraxtlar – anjir, anor, jiyda, olma, tut, shaftoli; mevasiz daraxtlar – gul, chinor, terak, tol; tabiat unsurlari – daryo, suv, tosh, tog‘, yulduz, sunbula; rang – alvon, bo‘z, oq, sariq, qizil, qora; kasb-hunar – bog‘bon)ga bo‘ladi. [6, 114-131] Ishda so‘z yuritilgan masalalarni tadqiq etishda va tadqiqot ishini yoritishda o‘zbek folklorshunosligida yetakchi bo‘lgan ilmiy-nazariy qarashlarga suyanildi, qiyosiy-tarixiy, matniy tahlil usullaridan foydalanildi. She’riy misralarda fikrni ramziy ifodalash masalasi doimo tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga jalb etilb kelgan. Negaki xalq qo‘shiqlarida inson his-tuyg‘ularini, tevarak-atrofdagi hodisalarga munosabatini ifodalash, oddiy hayotiy masalalarga kuchli poetik ifoda, g‘ozal tasvir va zalvorli mazmun yuklashda ramzlardan keng foydalaniladi. Darhaqiqat, xalq lirikasi qadimdan xalq orasida to‘y-u marosimlarda, yig‘in va sayllarda ijro etilib, an’anaviy xarakterga egaligi bo‘lib kelgan. Ustoz folklorshunos Sh.Turdimovning ta’kidlaganidek, „xalq qo‘shiqlarining barcha go‘zalligi, jozibasi ularning botiniy mazmunga va an’anaviy ramziy ma’noga ega bo‘lishida. Qo‘shiqlarning „qatrada ummon, zarrada quyosh“ mazmunini aks ettirishi zamirida ham mazkur ramzlar yotadi“ 1 . [6:] Shuningdek, ushbu maqolasida poetik ramzlar haqida to‘talib, olma qadim xalq marosimlaridagi magik ramz asosida paydo bo‘lgan poetik ramz ekanligini, olma ramzining lirik qo‘shiqlardagi poetik ma’no ko‘lamini birgina sevgi, muhabbat motivi bilan chegaralab bo‘lmasligini, sinchiklab qaralsa, xalq tasavvuridagi bu ramz semantikasining barcha qatlamlari (olmaning oila, sevikli yor, farzand — munosib 1 Турдимов Ш. Бирнинг минг жилваси. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/shomirza-turdimov-birning-mingjilvasi.html 185 yor tanlash, sevgi ma’nolari) qo‘shiqlar mazmunida mujassamlashganligini ko‘rish mumkin. Olma deb otganing kesak ekan-a, Koshki, olma bo‘lsa, yesak ekan-a. Ikkimizni oshiq-ma’shuq deydilar, Koshki, oshiqlikni bilsang ekan-a. [6:] Olim Sh.Turdimov bu qo‘shiqladi olma ramzi yor tanlashga ishora qilishini aytadi. Qo‘shiq talqinini ham sening meni tanlaganing yolg‘on ekan, koshki, rost bo‘lsa qabilida yoritadi. Xalq qo‘shiqlari turfa obrazlar va ifoda vositalariga boyligi bilan ajralib turadi. Ularda xalqning ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liq turli qarashlari o‘zining badiiy ifodasi topgan. Jumladan, lirik matnlarda ko‘p qo‘llanadigan olma, bog‘, uzuk, qosh, suv singari obrazlar vositasida lirik qahramonning o‘zgalarga – jamiyatga, tevarakatrofga bo‘lgan munosabati, botiniy kechinmalari, yaxshilikka undash, yomonlikka nafrat, yorga sog‘inch kabi tuyg‘ulari tarannum etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani Nayman OFYda yashovchi, 1951-yilda tug‘ilgan, 74 yoshli Haqil onadan yozib olingan quyidagi lirik qo‘shiqda ham olma ramziy ma’no kasb etgan: Almani archibam oq etsa bo‘lar, Bo‘z jerdi suvg‘arip bog‘ etsa bo‘lar. Bergan va’dasinda turmag‘an yardi Ustina yar tutib, dag‘ yetsa bo‘lar. Har qanday pretmetni uni iflos narsalardan tozalash orqali – oq holatga, ya’ni pok, toza va halol holatga yetkazish misolida insonlarni ham ezgulik sifatlari vositasida yaxshi yo‘lga solish, fazilatli ishlarga yo‘naltirish, shu ma’noda, va’dasida turmagan yorni ham ko‘nglini dog‘lash darajasiga yetmasidan vafodorlikka undash yoki aksincha uning ham … Adabiyotshunos Asqarali Sharopov ham „Olamlar ichra olamlar“ tadqiqotida she’riyatdagi „olma ramzi xalq qo‘shiqlaridagi an’anaviy ramz asosida paydo bo‘lgan“ligini yozgan edi [2, 28-29]. Shuningdek, olma xalq qo‘shiqlarida va sharqona tafakkurda ko‘p o‘rinlarda ayol yuzi go‘zalligining ramziy ifodasi sifatida xizmat qilib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani Nayman OFYda yashovchi, 1950-yilda tug‘ilgan 75 yoshli Hajigul onadan yozib olingan kelinsalom qo‘shig‘ida yuzning olmaga o‘xshatilishi yorning to‘la, qip-qizil yanoqlarini ko‘z oldimizda gavdalantiradi: Yeki beti almaday, Burnining aldı salmaday, 186 Abısınınga ber bir salam. Yor, oila, farzand tasvirlarini yuzaga keltirishda turli poetik obrazlardan foydalanilgan. Ko‘pincha, xalqning mifologik tafakkurining turli bosqichlarida olov, yer, suv, o‘simliklarga inonch, ularning yaxshilik keltirishi, yovuzlikdan qutqarishi oila va farzand ramzlariga aylanishiga turtki bo‘lgan. Xususan, “Ariq bo‘yi…”, “Soy bo‘yi…”, “Daryolarning bo‘ylarida…”, “Erta bilan suvga chiqsam…” va boshqa suv yoqasini anglatuvchi an’anaviy misralar bilan boshlanuvchi hamda ko‘l, ko‘prik, quyi, quduq, qumg‘on, chelak kabi o‘zida suv saqlovchi, umuman olganda, suvga aloqador narsalar xalq qo‘shiqlari juda ko‘p bo‘lib, bunday boshlanmalar xalq lirikasining an’anaviy poetik qolipiga aylangan. Suv poetik obrazi qo‘shiqlarda eng faol tabiat hodisasidir. Uning tabiatda aylanib yurishi arxaik dunyoqarashdagi jonning ko‘chib yurish g‘oyasiga ham juda mos keladi. [7:187] Tarixiy asosida suv kulti va xalqning suv obyekti bilan bog‘liq ishonchlari turganligi uchun xalq lirikasida suv va suv obyektlari: dengiz, daryo, ko‘l, soy, hovuz, ariq, buloq, quduq, qor, yomg‘ir, tomchi, shabnam; aniqlovchilari: suv bo‘yi, ariq bo‘yi, daryo yoqasi, suv bo‘yida o‘suvchi daraxtlar, o‘simliklar, suv jonivorlari: baliq, qunduz; suv idishlari: chelak, ko‘za, kosa, choynak, payola va hokazo – barchasining poetik obrazlari, albatta, biror jihati bilan sevgi, oila, farzand va farovon turmush g‘oyalari bilan bog‘lanadi. Ta’kidlash kerakki, A.Musaqulov bu o‘rinda o‘z fikrini shunday bizohlaydi: “Ajdodlarimiz suvning yaratuvchanlik xususiyatini ayollarga ko‘chirib, ayolning farzand ko‘rishini suvning xislatlariga ko‘chirib borgan. Bu mushohada xalq lirikasida suv g‘oyasini sevgi, oila, farzand, baxtli-to‘kin turmush istaklari bilan uyg‘unlashgan” [7:191] Qo‘lıma alg‘anım – uzukning qashı, So‘ylaship turg‘anım – quyınıng qashı. Buytip turg‘aningdan alg‘aning yaxshi, Alalmay qalg‘andan o‘lganing yaxshi. Ushu qo‘shiq ham Taxiatosh tumanida yashovchi 74 yoshli Haqil onadan yozib olingan bo‘lib, yigit va qizning uchrashish o‘rni quy, ya’ni quduq suv saqlovchi sifatida sevgi ramzini anglatadi. Bunday tashqari, suvning oqib kelishi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lib, “shildir-shildir oqar suv”, “shildirabgina oqqan suv” kabi birikmalardan an’anaviy foydalaniladi. Quyida keltirilgan alla qo‘shig‘ida oqar suv farzandlar tug‘ilib, avlodlar yangilanishini ifoda etadi: Alla aytsam, allacha, alla-yo alla, Aqqan suvlar bulg‘anchaq, alla-yo alla. Aldı paxsa aq uyding, alla-yo alla 187 Yarashıg‘ı sallanchaq, alla-yo alla. Lirik qo‘shiqalarda uchrovchi daryo va qayiq ramzlari, aynan, qayiq ramzi yer yoki kemadan ayri ketishi, nisbatan uzoqlashishi ajralish, hijron ramzi bo‘lib, oshiq yigitning harbiy xizmatga ketish kabi hayotiy voqealar bilan bog‘langanligini ko‘rish mumkin: Daryaning ichinda uchgana qayıq, Qayıqtıng ichinda medalı jayiq. Siz juripsiz armıyada mulayıp, Men jurippan Nayman elda sarg‘ayıp. Qayiq ichida saqlanayotgan, ya’ni oshiq yigit saqlayotgan “medalı jayiq” ma’shuqasining ro‘moli ( medalı jayiq – ro‘mol turi). Ro‘mol, ayniqsa sevikli yor bergan ro‘mol sevgi va oila ramzi hisoblanadi. Buni yana bir misolda keltirishimiz mumkin: Matirim chachag‘in Uch qatlap chechtim. Sen bala dep Ata-enamdan kechtim. Janajan do‘stingdan Bir gap eshittim. Shul gaping ras bo‘lsa, Sendanam keshtim. Xalq qo‘shiqlarida kiyim iplarini so‘kish, yoqani yirtish, shuningdek, yuqorida keltirilgan qo‘shiqdagi kabi sachoqli ro‘molning sachoqlarini (matir sachoqli ro‘mol turi) yechish norozilik, fikridan qaytish, arazlash ma’nolarini bildiradi. Sevgi, oila ramzi sifatida qabul qilingan ro‘mol bu o‘rinda qarama-qarchi maqsadni ko‘rsatishda foydalanilgan. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, lirik qo‘shilarda oila, farzand ramzlarini ifodalab keluvchi poetik obrazlar qadimdan kelayotgan turkiy xalqlar turmushtarzining, nozik his-tuyg‘ularining ifodasi hisoblanadi. Shunday ekan, ushbu xalq og‘zaki ijodi namunalarini saqlashimiz va avaylashimiz, keyingi avlodlarga busbutunligicha yetkazishimiz shart bo‘lgan nomoddiy madaniy merosimizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алавия М. Ўзбек халқ қўшиқлари. – Т.: Фан, 1959. 2. Шаропов А. Оламлар ичра оламлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1978. – Б. 28-29. 3. Ёқуббекова М. Ўзбек халқ қўшиқларининг лингвопоэтик хусусиятлари. – Т.: Фан, 2005. 4. Ўраева Д. Ўзбек халқ лирик қўшиқларида параллелизм ларнинг характери ва бадиий композицион вазифалари: ф.ф.н. дисс. автореф. – Т., 1993. 188 5. Рўзиева М. Ўзбек халқ қўшиқларида ранг символикаси: Филол.фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореф. – Т., 2017. 6. Турдимов Ш. Халқ қўшиқларида рамз. – Тошкент: Фан, 2020. – Б. 114-134. 7. Мусақулов A. Ўзбек халқ лирикаси. – Т.: “Фан”, 2010.