O'ZBEK VA QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARIDA SHART MOTIVI
Full text
195 O‘ZBEK VA QORAQALPOQ XALQ DOSTONLARIDA SHART MOTIVI Yusupbayeva Xurliman Quatbay qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: dots. H.Allambergenov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268306 Annotasiya: Maqolada o‘zbek va qoraqalpoq dostonlaridagi shart motivi, uning ahamiyati, dostondagi o‘rni, xususiyatlari va qahramonlar oldiga qanday sinovlar berilishi, ularni qay tarzda bajarishi dostonlar misolida berilib, qisqacha bayon etilgan. Kalit so‘zlar: Doston, motiv, Alpomish, Kuntug’mish, Edige, qahramon, yurt, folklor, sadoqat, jasurlik. Ключевые слова: Эпос, мотив, Алпамыш, Кунтугмыш, Едиге, герой, родина, фольклор, верность, храбрость. Аннотация: В статье кратко описывается мотив условия в узбекских и каракалпакских эпосах, его значение, роль в эпосе, характеристики и то, какие испытания даются героям, и как они их выполняют, на примере эпосов. Abstract: The article briefly describes the condition motif in Uzbek and Karakalpak epics, its significance, place in the epic, characteristics, and how the characters face trials and how they perform them, using epics as examples. Keywords: Epic, motif, Alpamish, Kuntugmish, Edige, hero, homeland, folklore, loyalty, courage. Dostonlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasi, uning tarixi, qadriyatlarini ochib beruvchi, xalq og‘zaki ijodining eng yirik, eng mukammal janrlaridan biridir. Ularda ko‘pincha xalq qahramonlarining hayoti, jasorati, vatanparvarligi, muhabbati va xalqning orzu-intilishlari ifodalanadi. Folklor janrlarini oʻziga xosligi, uning sujeti qiziqarligi, oʻqishliligini ta’minlovchi unsurlardan biri turfa motivlarga egaligidir. Ana shunday motivlardan biri bu - shart motividir. Shart motivi xalq og‘zaki ijodi (ertaklar, dostonlar, afsonalar va boshqalar)da ko‘p uchraydigan badiiy vositalardan bo‘lib, unda qahramon biror maqsadga erishish yoki sinovdan o‘tish uchun belgilangan shartni bajarishi kerak bo‘ladi. Mazkur tasvir usuli xalq og‘zaki ijodining asosiy kompozitsion elementlaridan biri bo‘lib, u asar sujeti rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu motiv orqali qahramonning layoqati, jasorati, sadoqati, donoligi sinovdan o‘tkaziladi. Bunda qahramon oldiga turli xil sinovlar berilishi mumkin. Masalan, katta devni yengish, sirli tilsimni yechish, yashirilgan xazinani topish, qaroqchilarni mahv etish, xalqni ajdarho zulmidan qutqarish, malikaga uylanish uchun podshoh tomonidan berilgan shartlarni bajarish singari turli xil vositalardan foydalanilgan holda bo‘lishi mumkin. Xalq og‘zaki ijodi bo‘lmish dostonlarning
196 ko‘pchiligida shart motivi uchraydi. Biz mazkur motivning o‘ziga namunalarini o‘zbek va qoraqalpoq dostonlari misolida kuzatishimiz mumkin. Jumladan, “Alpomish” dostoni o‘zbek va qoraqalpoq folklorining keng tarqalgan namunasi hisoblanadi. Dostonning eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini aks ettirgan. O‘zbek folkloridagi “Alpomish” dostonining mukkammal varianti Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan. Dostonda Barchin qalmoq alplari va Alpomishga to‘rtta shart qo‘yadi: “O‘zbak qizi Barchinning aytgan shartlari shul bo‘ldi. Poyga qilaman, otini o‘zdirganga tegaman. Kurashda alplarning barini yiqqanga tegaman. Yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga tegaman. Ming qadamdan tanga pulni urganga tegaman” [1: 122]. Shartlarni bajarishda Qorajon Alpomishga yordam beradi. Poygada Qorajon qatnashadi. Uning shu shartda yutmasligi uchun qalmoqlardan qatnashyotgan Ko‘kaldosh Qorajonni bog‘lab otining tuyog‘iga esa mix qoqib ketadi. Ammo shunga qaramay Qorajon yutadi. Ikkinchi sharti esa Oyna ko‘lida yoyondozlik bilan boshlanadi. Bu shartda ham, keyin ming qadamdan tanga otish shartida ham Alpomish g‘alaba qozonadi. Alpomish o‘zining mardligi, haqqoniyligi, tantiligi, jasurligi tufayli barcha shartlarni bajarib Barchinga erishadi. Qoraqalpoq xalq dostoni “Edige”da ham biz shart motivining go‘zal namunalariga duch kelamiz. Dostonning eng birinchi qoraqalpoqcha varianti 1905yili Peterburg universitetining studenti I.A.Belyayev tomonidan chimboylik Bekmurat jirovdan yozib olingan va Ashxobatda chop etilgan. Hozirgi mukammal varianti esa Erpolat va Qiyas jirovlardan yozib olingan. Dostonda shart motivi Edigening tug‘ilishiga borib taqaladi: “Áyemgi ótken zamanda Noǵay elinde Baba Túkli Áziz degen bir kisi jasar edi. Altınxan patshadan qalǵan gáwhardıń qır átirapın oraǵan, altın menen shaydırǵan bir háwizi bar edi, “babamnan qalǵan nusqa” dep, hár juma kúni usında dem alar edi. Sol háwizge zıyaratqa úsh qız hár aydıń ishinde úsh márte keler edi. Bulardın peri ekenin Baba Túkli Áziz biler edi. Olardıń suwda shomılıp atırǵanın kórgen Baba Túkli birewinıń lipasın qolına alıp, keyin basıp otırdı. Bir peri suwdan shigayın dese lipası joq eken. Oǵan nekege shıqsa, lipasın beriwin aytadı. Peri Túkli Ázizge tórt shárt qoyadı. Birinshi, qosılıp birge jatamız, qoltıǵıma qol salmaysań. Ekinshi, júrip baratırǵanda óksheme qaramaysan. Úshinshi, namazsham kúni ǵusıldan shıǵaman, ústime kirme. Tórtinshi, ya piyshembi, ya juma, sárshembiniń sońında basımdı juwıp otırsam ústime kirmeyseń. Peri shártlerine Túkli basın iyedi”. [2:301 ]. Tukli Aziz shartlarni qabul qiladi, ammo uni bajara olmaydi. Oyog‘iga qarab ko‘rsa, tovoni yo‘q ekan. Qo‘ltig‘iga qo‘l solib ko‘rsa, qanoti bor ekan. Suvga tushganda qarab ko‘rsa, qornini ag‘darib yuvayotgan
197 ekan. Juma kuni boshin yuvayotganida kirib qolsa, boshini yulib olib, sochini oltin taroq bilan tarayotgan ekan. Xalq dostonlarida shart motivi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ya’ni asarni yanada qiziqarli va kitobxonni o‘ziga ko‘proq jalb qiluvchi vosita sifatida bo‘layotgan voqealarni yangicha tus olishiga va qahramonning jasurligini, sadoqatini, sabr-u matontini sinovdan o‘tkazuvchi badiiy funksiya shaklida xizmat qiladi. Qahramon oldiga qilichi, ya’ni jasurligi bilangina emas, aqli bilan yengishi kerak bo‘ladigan sinovlar duch kelishi mumkin. Buni “Kuntug‘mish” dostoni misolida ko‘rishimiz mumkin. Dostonda noʻgʻaylar podshosi Avliyoyi Qoraxonning oʻgʻli bilan Zangar shahri vazirining qizi Xolbeka orasidagi sevgi hikoya etiladi. Zangar yurtining malikasi bo‘lmish Xolbeka juda go‘zal, husni zeboligi shu qadar ekanki, butun yurt podshohlari-yu, shahzodalari u haqida eshitib, unga sovchi qo‘yar emish. Ammo Xolbeka shunday bir shart qo‘ygan edi: “Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o‘yinini qo‘yaman, o‘ynayman, utsa tegaman, utdirsa so‘yaman” [3:134 ]. Xonzodalar Xolbeka bilan nard o‘ynab yutqazib qo‘yar, Xolbeka esa ularni ayamasdan o‘ldirib yuborar edi. Kunlar shu zaylda o‘tar va bir kuni No‘g‘oy to‘rasi Kuntug‘mish keladi. Xolbeka uni tanisa ham va tushiga kirgan xonzodasi shu bo‘lsa ham u bilan nard o‘ynaydi. U ham boshqa kelgan xonzodalar qatori yutsa, unga tegishini, yutqazsa boshi ketishini aytadi. Nard o‘ynash odamdan jismoniy kuch emas, balki aql talab etuvchi o‘yin hisoblanadi. Kuntug‘mish bu shartni bajaradi va Xolbekani yutadi. Shart motivi dostonga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi. Qahramon oldiga qandaydir sinov berilar ekan, uni o‘qish jarayonida biz ham bevosita shu sinovdan o‘tayotgandek bo‘lamiz. Qahramon bu sinovni qanday bajarar ekan? Qanday yo‘l tutar ekan, deb dostonni yanada ishtiyoq bilan davom ettirish mumkin. Xalqimizda shunday bir so‘z bor: “Haqiqiy baxt va mukofotga sabr, mehnat va jasorat bilan erishiladi”. Inson sinovda toblanadi va maqsadiga erishadi. Maqsadga oson erishgan odam uni tezda qo‘ldan ketqazadi. Aksincha, katta mehnat, jasorat, kuch bilan erishilgan har qanday narsa qadrli va aziz bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алпомиш. Ўзбек халқ қаҳрамонлик эпоси. (Айтувчи: Фозил Йўлдош ўғли. Ёзиб олувчи Маҳмуд Зарипов. Нашрга тайёрловчилар: Ҳоди Зариф ва Тўра Мирзаев). Тошкент: Шарқ, 1998. 2. Кунтуғмиш (Айтувчи Эргаш Жуманбулбул ўғли, нашрга тайёрловчи Ҳоди Зариф). – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1975. 3. Қарақалпақ фольклоры. Көп томлық. 9-13-томлар: 12-том. Едиге (Жумабай жыраў Базаров варианты, жазып алған: Әбдирейим Султанов). – Tашкент: Маънавият, 2009. 4. Arxiv.uz