scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XORAZM MAROSIM FOLKLORI XUSUSIYATLARI

Ozodova Zilola Ravshonbek qizi; Hamza Allambergenov

Full text

207 XORAZM MAROSIM FOLKLORI XUSUSIYATLARI Ozodova Zilola Ravshonbek qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: dots. Hamza Allambergenov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268318 Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm marosim folklori, nikoh marosimlariga oid an’analar va urf-odatlar haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, chaqaloq bilan aloqador qo‘shiqlarda foydalaniladigan ramzlarning, avvalo, farzand tushunchasi bilan bog‘liqligi ochib berilgan. Kalit so‘zlar: marosim qo‘shiqlari, beshik to‘yi, nikoh to‘yi, qadimiy marosimlar, ramz. Abstract: This article discusses Khorezm ritual folklore, traditions, and customs related to wedding ceremonies. It is also revealed that the symbols used in songs related to the infant are primarily connected with the concept of a child. Keywords: ritual songs, cradle ceremony, wedding, ancient rituals, symbol. Аннотация: В данной статье рассматривается обрядовой фольклор Хорезма, традиции и обычаи, связанные с брачными церемониями. Также выявлена связь символов, используемых в песнях, связанных с младенцем, прежде всего, с понятием ребенка. Ключевые слова: обрядовые песни, колыбельная, свадьба, древние обряды, символ. Har bir hodisaga tarixan nazar tashlamasdan uni ilmiy tushunish qiyin. Ma’lumki, ijtimoiy-madaniy hayotni bayramlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan an’ana, urf-odat va marosimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular turmush tarzimizning alohida shakli va bayramning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Xalq marosimlari an’ana va urf-odatlarning tarkibiy qismi tarzida inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, ramziy harakatlarga ega bo‘lgan hayotiy tadbirlardir. Masalan, ism qo‘yish marosimi, nikoh marosimi, xotirlash marosimi, dafn qilish marosimi, urug‘ qadash marosimi va hokazo. Shu o‘rinda aytish kerakki, Xorazm nikoh to‘y marosimlari ham folklorda o‘zining katta o‘rniga ega. Zotan to‘y – hayotning katta shodiyonasi, oila baxt-saodati va farovon turmushning go‘zal ramzi, inson umrining gultojidir. Dunyodagi barcha elat va millatlarda to‘y o‘tkazish udumi bor. Ularning mohiyati shundaki, inson hayotidagi muhim voqealarni tantana qilish. Lekin shunisi ham borki, to‘y har bir inson hayotida xususiy tantanagina bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy xarakter kasb etuvchi hodisa hamdir. Chunki to‘ylarda qarindosh urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, yaqin yor-u birodarlarning qatnashishi uni ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirga aylantirib yuborishadi. 208 Xalqimizning asrlarga teng madaniy tadbirlariga aylanib ulgurgan marosim folklorining o‘ziga xosligini, uning qadriyat darajasidagi ahamiyatini ta’minlovchi muhim belgilardan biri bu – folklor namunalarining jonli ijrosi bilan bog‘liqligi. Qolaversa, har bir marosim folklorining, ayni nomoddiy madaniy meros yogdorligigagina oid bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi materiallariga egaligi uni yanada jozibali qiladi. Jumladan, nikoh to‘ylari bilan aloqador yor-yor, kelinsalom kabi qo‘shiqlar har bir hududda o‘ziga xos an’ana tarzida saqlanib kelayotgan adabiy namunalardir. Xususan, Xorazm viloyati Shovot tumanining ayrim hududlarida ushbu yor-yor qo‘shig‘i keng tarzda ijro etilib kelinmoqda: Avval boshlab Xudoni yod atali yor-yor, Payg‘ambarlar ruhini shod atali yor-yor. Payg‘ambarning qizini Ali olg‘on yor-yor, Qiz olib qiz barmakdin ondin qolg‘on yor-yor 1 . Albatta, mazkur yor-yor qo‘shig‘idan keyin „Muborak to‘y“ deb ataluvchi folklor namunasi ijro etiladi. Ushbu yor-yor va „Muborak to‘y“ qo‘shiqlari bir-birini to‘ldirib turuvchi, o‘zaro mantiqan bog‘langan, pand-nasihat, tilak-niyat mazmunida kuylanuvchi qo‘shiqlar hisoblanadi: Muboraklar bo‘lg‘oy atgan to‘yingiz, Muboraklar bo‘lg‘oy atgan to‘yingiz, Jubba tukli koshki ayvon joyingiz, Mudomo izzatda o‘tgay umringiz. 2 Bundan tashqari, xalq qo‘shiqlarida farzand timsoli sifatida turli-tuman narsapredmetlar, nabotot va hayvonot olamiga mansub obrazlarga murojaat etish hodisasi nihoyatda ko‘p uchrashadi. Ammo barchasidan avval farzandning dunyoga kelishi ramzi sifatida beshik tilga olinadi: Mo‘ralasak mo‘ringizdan tutun chiqar, Bizga degan qatlamangiz butun chiqar. Butun chiqsa, shu xonadon xayrli eshik, Shu eshikka buyursin tilla beshik. 3 Ma’lumki, beshik to‘yi asosan kayvoni ayol boshchiligida ayollar, bolalar ishtirokida, bundan tashqari, ota-ona va qudalarning o‘zaro kelishilgan kuni, maxsus 1 Ushbu yor-yor Shovot tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, 63 yoshli Shukurjon onadan yozib olindi. Yozib oluvchi: Ozodova Z. 2 Ushbu muborak to‘y Shovot tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, 63 yoshli Shukurjon onadan yozib olindi. Yozib oluvchi: Ozodova Z. 3 Ushbu qo‘shiq matni Shovot tumanida yashovchi 1942-yilda tug‘ilgan 83 yoshli Ro‘zmetova Niyozjon buvi tomonidan yozib olindi. Yozib oluvchi: Ozodova Zilola. 209 tayyorgarlik ko‘rilgan holda o‘tkaziladi. Undan oldin kelinning onasi nabirasi uchun yangi beshik, xilma-xil kiyim-kechaklar, shuningdek, qizi, kuyovi va qudalari uchun sarpolar tayyorlaydi. To‘yga aytilgan qarindosh urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar ham chaqaloqqa atab sovg‘alar keltirishadi. Beshik to‘yi bilan aloqador xalq qo‘shiqlarida mazkur predmetga va unga nisbatan turfa ramzlar ifoda etiladi. Jumladan, U.Qoraboyevning ta’kidlaganidek, „tilla, oltin kabi epitetlar aslida beshikka emas, balki uning ichidagi farzandga qarata aytiladi. Chunki farzand oltindan ham qimmatli bo‘lgan zotdir: Bu uyda himmat tog‘i darpanadi, To‘rida oltin beshik darpanadi, Yo Muhammad ummatina, yo ramazon“ 4 . Beshik to‘yi borasida so‘z borganda unga bog‘liq bo‘lgan qo‘shiqlar haqida ham gapirmaslikning iloji yo‘q. Chunki bu marosim asosiy ramziy harakatlar, chunonchi, qudalar beshik to‘yiga kelganda, bolani beshikka solayotganda, beshik atrofida isiriq aylantirayotganda, go‘dak belangandan so‘ng aytiladigan maxsus marosim qo‘shiqlari bo‘lganki, ular beshik to‘yining badiiy-ramziy bezagi hisoblangan. Alla oytoy o‘zinga, Uxilar gagay go‘zinga. Alla oytin man songo, Quloqloring sol mongo. Qoro go‘zzim qorosi, Qorong‘i uyimni chirosi, Hafa ko‘nglim binosi, Alla bolom alla-yo 5 . Bu kabi alla qo‘shiqlari orqali ona o‘zi his qilgan tuyg‘ulari va erkalashlarini ayni so‘zlar orqali farzandiga yetkazadi. Chaqaloqning yig‘isi onada bolasini tinchlantirishga zaruriyat paydo qiladi. Ona shu zaruriyatga ko‘ra jimjimador jilvalangan va ohangdorligi yuqori bo‘lgan so‘zlarga yuzlanadi. Shu orqali farzandi tinchlanishiga sharoit yaratib beradi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o‘zbek folklorshunosligida marosim folklori yo‘nalishining rivojlanib borayotgan bir paytida unutilish arafasiga kelib 4 Qoraboyev U. O‘zbekiston bayramlari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1991. – B. X. 5 Ushbu alla Shovot tumanida yashovchi 1954-yilda tug‘ilgan 71 yoshli Ashirova Norgul buvidan yozib olindi. Yozib oluvchi: Ozodova Zilola. 210 qolgan ko‘pgina urf-odatlar, marosimlar, ular tarkibidagi verbal komponentlarni ilmiy tadqiq qilish bizning kelgusi ishlarimiz mazmunini tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qoraboyev U. O‘zbekiston bayramlari. – Toshkent „O‘qituvchi“, 1991. 2. Jo‘rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish. – Toshlent, 2017. 3. Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Musiqa, 2010.