XORAZM BOLALAR FOLKLORI BADIIYATI
Full text
211 XORAZM BOLALAR FOLKLORI BADIIYATI Ismoilova Gulasal Javlonbek qizi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: dots. H.Allamberganov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17268320 Annotatsiya: Ushbu tezisda Xorazm bolalar folklori, erkalama va ovutmachoqlar, ertak va olqishlar haqida so‘z boradi. Ularning bolalar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: Xorazm bolalar folklori, erkalama, ovutmachoq, ertak, olqishlar. Abstract: This thesis discusses Khorezm children's folklore, caresses and cuddles, fairy tales and applause. It highlights how they influence children's lives. Keywords: Khorezm children's folklore, caressing, caressing, fairy tale, applause. Аннотация: В данной диссертации рассматривается хорезмский детский фольклор, ласки и объятия, сказки и аплодисменты. Подчеркивается их влияние на жизнь детей. Ключевые слова: хорезмский детский фольклор, ласкание, ласкание, сказка, аплодисменты Inson ma’naviyatini yuksaltirishda xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyosdir. Dunyo xalqlari yaratilibdiki, unda yashovchi insonlarning hayoti tug‘ilganidan to umrining so‘ngiga qadar folklor bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Folklorda bolalar tomonidan yaratilgan yoki ular uchun kattalar tomonidan ijod qilingan alla, ertak, erkalama, ovutmachoq, tez aytish, topishmoq, olqish, bolalar o‘yin qo‘shiqlari va boshqalarining o‘rni alohida ahamiyatga egadir. „Ana shu rang-baranglik va xilmaxillikning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish, ularning muayyan ijtimoiy-maishiy turmush sharoitlari bilan shartlanganligi mohiyatini ochish, badiiy-estetik, ijtimoiyg‘oyaviy funksiyalarini belgilash o‘zbek folklorshunosligi oldidagi muhim vazifalardan bo‘mog‘i kerak.“ [5: 313] Hozirgi kungacha bolalar uchun ham ezgulikni qadrlash va yovuzlikni qoralash an’anasi avloddan avlodga o‘tib sayqallashib bormoqda. Ushbu folklor namunalari esa bolalarni umuminsoniy g‘oyalar asosida tarbiyalash, o‘zini anglash uchun xizmat qilib kelmoqda. Xorazm bolalar folklori namunalari janriy tarkibi jihatdan boy bo‘lib, umumo‘zbek bolalar folkloridagi janrlar bilan, asosan, umumiylik va muvofiqlik kasb etadi. Lekin ba’zan nomlanishi, ijro etilish tarzi, badiiy ifoda uslubida, tilida o‘ziga xos loqal belgilar namoyon bo‘ladi. Hududda keng tarqalgan erkalama va ovutmachoqlarning aksariyati maqtov shaklida uchraydi. Ularning ko‘pincha bobo-
212 buvilar tomonidan yaratilishi va ijro qilinish o‘ziga xosligi hududdan yozib olingan quyidagi erkalamadan ham bilinadi: E’zoza qizim morqa, Otosini arkasimi? Yo anasini arkasimi? E’zoza qizim qo‘zichog‘im Otasining erkasimi? Yo onasining erkasimi? Xorazm shevasida bobo so‘zining „oto“ shaklida, buvi so‘zining „ana“ shaklida ishlatilishi matnga o‘ziga xos joziba qo‘shgan. Kishilarga yaxshilik, ezgu niyat, xotirjamlik, qut-baraka, sog‘liq tilash maqsadida yaratilgan olqish janri namunalari tarkibida Yaratganga iltijo qilish holatlari kuzatiladi va ular shu jihati bilan erkalama, ovutmachoqlardan farq qiladi: „Omin, uzoqinnan yosh barsin, aqilli bosh barsin. Hamisha sog‘ bo‘lsin, yejagi yog‘ bo‘lsin. Ko‘kragi tog‘ bo‘lsin, ko‘ngli mudom chog‘ bo‘lsin. Minjagi ot bo‘lsin, kisasinda qant bo‘lsin. Hamisha yorug‘ yuz bo‘sin, yo‘ldoshi aqilli qiz bo‘lsin. Mansabi ulli bo‘lsin, kisasi pulli bo‘lsin. Omin, Ollohu Akbar!” [2: 70] („Omin, uzoq qilib yosh bersin, aqlli bosh bersin. Hamisha sog‘ bo‘lsin, yegani yog‘ bo‘lsin. Ko‘kragi tog‘ bo‘lsin, ko‘ngli mudom chog‘ bo‘lsin. Minajagi ot (hozirgi kunda mashina ma’nosida) bo‘lsin, cho‘ntagida qand bo‘lsin. Hamisha yorug‘ yuz bo‘lsin, yo‘ldoshi dono qiz bo‘lsin. Mansabi ulug‘ bo‘lsin, cho‘ntagi pulli bo‘lsin. Omin, Ollohu Akbar!“) Dono xalqimiz „ertaklar – yaxshilikka yetaklar“ deb bejizga aytmagan. Har birimiz yoshligimizdan ertak eshitib katta bo‘lganmiz. Ertak tinglab katta bo‘lgan bola esa yaxshilik, ezgulik doimo yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishiga ishonadi. Ana shunday ezgu maqsadlar bilan ulg‘ayadi. Ertaklar bolalarning tasavvur olamini kengaytiribgina qolmasdan, ijobiy fikrlashni ham o‘rgatadi. Chunki ular ertakdagi qahramonlar yoki hodisalarga o‘xshash yoki yangi vaziyatlarni o‘ylab topishadi. Xorazm bolalar folklori repertuarida bolalar uchun yaratilgan bir qancha ertaklarni kuzatishimiz mumkin. Bular orasida, ayniqsa, folklorshunos ustoz S.Ro‘zimboyev tomonidan „Xorazm folklori“ nomi bilan nashr etilgan manbadagi 1970-yilda Yangiariq tumanida yashovchi Guljon Bobojonova tomonidan aytilgan „Xo‘roz“, 1974-yilda Gurlan tumanida yashovchi Amona Xo‘janazarova tomonidan aytilgan „Sehrli qo‘g‘irchoq“, 1964-yilda Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi Omon Matmurodovdan yozib olingan „Ikki do‘st“, 1971-yilda Hazorasp tumanida yashovchi Ro‘zika Egamberdiyevadan yozib olingan „Shongqildoqlar bilan Tongqildoqlar“ [2: 151-152] kabi ertaklar muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ertaklarning barchasi bolalar qalbida to‘g‘ri so‘z, halol, pok bo‘lish, yolg‘on
213 gapirmaslik, biro‘vlarni aldamaslik kerakligi singari fazilatlarni rivojlantirishda ulkan didaktik o‘ringa ega. Umuman, milliy merosimizning yorqin namunalaridan biri bo‘lgan bolalar folklorini o‘rganish va ularni kelajak avlod uchun yanada takomillashtirib, tadbiq etish oldimizda turgan eng katta vazifalardan biri bo‘lishi lozim. Ayniqsa, Xorazm bolalar folklorini hududiy asosda o‘rganish, janrlar tizimi va tarkibini tasniflash orqali o‘zbek bolalar og‘zaki ijodi janrlarining mukammal tasnifini yaratish imkoniyati kengayadi. Shu tariqa, folklor bolalar ta’lim-tarbiyasi va ruhiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, ularga axloqiy va estetik qadriyatlarni singdiradi, o‘zlari yashab turgan muhitning va o‘zi mansub bo‘lgan millatning madaniyatini yanada yaxshiroq o‘rganadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Жаҳонгиров Ғ. Ўзбек болалар фольклори. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975. – Б. 102. 2. Рўзимбоев С. Хоразм фолклори. – Уршанч: Ал-Хоразмий номидаги Урганч Давлат университети, 2010. – Б. 145. 3. Сафаров О. Ўзбек болалар поэтик фольклори. – Тошкент: Фан, 1998. – Б. 96. 4. Сафарова Н. Ўзбек болалар ўйин фольклори табиати. – Тошкент: Фан, 2008. 5. О. Тўлабоев ва бошқ. ХХ аср ўзбек фольклоршунослиги. – Тошкент: „O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi“ Давлат илмий нашриёти, 2017. – 592 б.