scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARINING AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH

Abdusattorova Dildora Bohodirovna, A'zamxonov Islomjon A'zamxon o'g'li

Abstract

Tijorat banklarining aktivlari va passivlarini boshqarish moliyaviy barqarorlik, likvidlik va rentabellikni ta’minlovchi muhim jarayondir. Bu bank resurslarini muvozanatlash, jumladan, depozitlar, kreditlar va investitsiyalarni boshqarish, shu bilan birga risklarni minimallashtirish va daromadni maksimal darajada oshirishni o'z ichiga oladi. Aktivlar va passivlarni samarali boshqarish (AKM) me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni ta’minlash, bank kapitali tuzilmasini optimallashtirish va o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 479 TIJORAT BANKLARINING AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH Abdusattorova Dildora Bohodirovna1, A’zamxonov Islomjon A’zamxon o’g’li2 1Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Dotsent, 2Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, 4-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17270631 Annotatsiya. Tijorat banklarining aktivlari va passivlarini boshqarish moliyaviy barqarorlik, likvidlik va rentabellikni ta’minlovchi muhim jarayondir. Bu bank resurslarini muvozanatlash, jumladan, depozitlar, kreditlar va investitsiyalarni boshqarish, shu bilan birga risklarni minimallashtirish va daromadni maksimal darajada oshirishni o'z ichiga oladi. Aktivlar va passivlarni samarali boshqarish (AKM) me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni ta’minlash, bank kapitali tuzilmasini optimallashtirish va o‘z majburiyatlarini bajarish qobiliyatini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kalit so’zlar: aktivlar boshqaruvi, mas'uliyatni boshqarish, tijorat banklari, daromadlilik, risklarni boshqarish, kapital tuzilishi, normativ muvofiqlik, barqaror o'sish. Abstract. Management of assets and liabilities of commercial banks is an important process that ensures financial stability, liquidity and profitability. It involves balancing the bank's resources, including managing deposits, loans and investments, while minimizing risks and maximizing returns. Effective asset and liability management (ALM) is important for ensuring regulatory compliance, optimizing a bank's capital structure, and increasing its ability to meet its obligations. Key words: asset management, liability management, commercial banks, profitability, risk management, capital structure, regulatory compliance, sustainable growth. Bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan kelib chiqqan holda, bank-moliya tizimiga bozor munosabatlari nuqtai nazaridan yondashish zarur. Hozirgi kunda esa bank-moliya tizimida ba'zi muammolar mavjud bo'lib, ba'zi holatlar bozor tamoyillariga to'liq mos kelmaydi. Shuning uchun, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2019-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida bank tizimidagi muammolarga alohida e'tibor qaratib, shunday degan edi: “Bugungi kunda bank tizimidagi asosiy muammo shundaki, banklarning 83 foiz kapitali davlatga tegishli. Bu holat esa bank sektori ichida sog'lom raqobatning rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda va xizmat ko'rsatish sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun, hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari yordamida bank-moliya tizimini rivojlantirish uchun uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi kerak. Bu strategiya doirasida davlat banklarining ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va xususiy hamda xorijiy kapitalning kirib kelishini ta'minlash rejalashtirilmoqda. Bu esa bank sektoridagi raqobatni yaxshilash, tijorat banklarining faoliyatini, kreditlash sifatini va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.” "Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarish" fanining asosiy maqsadi tijorat banklarining aktiv va passivlarini samarali shakllantirish va boshqarish, likvidlik va rentabellikni nazorat qilish usullarini tatbiq etish, strategik va operativ rejalashtirish, innovatsion xizmatlarni joriy etish, shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Fanning vazifalari quyidagilardan iborat: INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 480 Tijorat banklari aktiv va passivlarini boshqarishning ilmiy va metodologik asoslarini o‘rgatish. Aktivlarni boshqarish prinsiplarini va usullarini o‘rganish. Bank majburiyatlarini boshqarish prinsiplarini va usullarini o‘rganish. Bank kapitalini boshqarish prinsiplarini va usullarini o‘rganish. Bank risklarini baholash va boshqarishni o‘rganish. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarish. Bank daromad va xarajatlarini boshqarish. Tijorat banklari foydasini taqsimlashni o‘rganish. Bu fan magistratura dasturida "To'lov tizimi va bank xavfsizligi", "Bank risklari", "Monetar siyosat", "Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar" kabi fanlar bilan uzviy bog'liqdir. Masalan, "To'lov tizimi va bank xavfsizligi" fanida tijorat banklarining aktiv va passivlarining shakllanishi va samarali boshqarilishi, kredit siyosati, foiz siyosati, likvidlikni ta'minlashda xavfsizlik choralarini o‘rganish ko‘zda tutilgan. "Xalqaro valyuta operatsiyalari va hisob-kitoblar" fani esa O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishda dunyoning yetakchi bank tizimlarining tajribasini o‘rganishni ta’minlaydi. "Monetar siyosat" fani orqali esa Markaziy bankning tijorat banklariga ta'siri va kreditlash, likvidlik siyosatlarini boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. "Bank risklari" fani bilan ham chambarchas bog'liq bo‘lib, bu yerda tijorat banklarining risklarini baholash va boshqarish usullari o‘rganiladi. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln. soʻm. (2017-yil 59.6 trln soʻm, 2018-yil 70.0 trln soʻm, 2019-yil 63,9 trln soʻm). 2012-2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari miqdori oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Bu esa, banklarning resurs bazasini mustahkamlash nuqtayinazaridan ijobiy holat hisoblanadi. Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobat muhim omil sifatida foiz siyosatini ajratib ko‘rsatadi, chunki mijozlarni qo‘yilma qo‘yishga undovchi asosiy faktor, ularning qo‘yilgan mablag‘lariga daromad olish imkoniyatidir. Har bir tijorat banki depozit foiz stavkasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkasi, pul bozori holati va bankning depozit siyosatiga asosan mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining turli shakllarida daromad hajmi qo‘yilma muddati, summasi, hisobvarag‘ining amal INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 481 qilish xususiyatlari, xizmatlar hajmi, xarakteri va mijozning qo‘yilma shartnomasi shartlariga rioya qilishga bog‘liq bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoev Sh.M. “2022-2026-yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strateguyasi to`g`risida” PF-60-sonli Farmoni Lex.uz sayti. 2. Алпатова Э.С., Валиева Л.М. Оценка эффективности потребительского кредитования в региональном коммерческом банке (по данным ООО «КАМКОМБАНК») и совершенствование механизма его организации // Научное обозрение. Экономические науки. 2016. № 2. С. 12–19. 3. Шагазатов О “Истъмол кредитининг ривожланиш омиллари” //Бозор, Пул ва Кредит журнали. –Т.: 2006. -№7.-6-б. 4. Статистик бюлтень, Ўзбекистон Республикаси марказий банки, 2019 йил.