OILAVIY TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINI BANK KREDITLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Tezisda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini bank kreditlari hisobidan moliyalashtirishning ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 541 OILAVIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI BANK KREDITLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH Davlyatov Qahramon Abdumavlyanovich Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi xodimi-mustaqil izlanuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17270789 Annotatsiya. Tezisda oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarini bank kreditlari hisobidan moliyalashtirishning ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi. Kalit so‘zlar: oilaviy tadbirkorlik, biznes, sarmoya, kredit, foiz. Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishda va rivojlanishga erishishda tashkiliy-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar hamda xizmatlardan foydalanishlarida ko‘plab to‘siqlar va muammolar duch kelishadi. Birinchidan, ushbu soha vakillari o‘z faoliyatlarini tashkil etishda aksariyat hollarda moliyaviy mablag‘lar yetishmasligi muammosiga duch kelishadi. Ko‘pincha o‘zlarining xususiy mablag‘lari bo‘lmaydi, boshqa moliyaviy institutlar ularga qarz berishga har doim ham xayrixohlik bildiraverishmaydi. Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’ektlari faoliyatini mustaqil yo‘lga qo‘yish ma’lum bir mablag‘ sarflashni talab qiladi. Uchinchidan, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlarida ushbu xizmatlardan muntazam foydalanish uchun ehtiyoj ham mavjud bo‘lmaydi. Ma’lumki, oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishning ikkita asosiy, ya’ni, ichki va tashqi manbalari mavjud. -Ichki manbalar odatda tadbirkorlarning o‘z (xususiy) mablag‘lari (sarmoyasi) bo‘lib, asosan o‘zlari jamg‘argan mablag‘lar va yaqin qarindoshlar tomonidan tadbirkorlik uchun tikilgan (jamlangan) mablag‘lar va keyinchalik olingan daromadlar va boshqalardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, oila sarmoyasiga (kapitaliga) oila a’zolarining jismoniy, ijtimoiy, moliyaviy va intellektual kapitali yig‘indisidir deb ta’rif bersak bo‘ladi. Tadbirkorlar avvalo ichki sarmoya — o‘z daromadini ishlatishni afzal ko‘radi, tashqi manbalarga faqat so‘ngra murojaat qiladi. -Tashqi manbalar qarz mablag‘lari bo‘lib, uning tarkibiga bank krediti, lizing, davlat subsidiyalari va boshqalar kirishi mumkin. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning ko‘plab manbalari orasida tashqi manbalar alohida ajralib turadi. Shuningdek, o‘z navbatida, ularning eng samaralisi va keng tarqalgani tijorat banklari kreditlari hisoblanadi. Bank kreditlari oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib, ularning raqobatbardoshligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi hamda oilaviy korxonalarga nafaqat ichki, balki xalqaro bozorga chiqish imkoniyatini ham berdi. Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishda samarali mexanizmdir, tajriba shundan dalolat beradiki, kreditlash orqali oilalar o‘z biznesini rivojlantirayotgani faqat ularning turmush darajasini emas, balki umumiy iqtisodiy o‘sishni ham ta’minlaydi.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 542 Oilaviy tabirkorlikka ajratiladigan kredit iste’mol kreditidan farq qiladi: u shaxsiy ehtiyojlar uchun emas, balki biznes ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. Quyida oilaviy tadbirkorlik uchun bank kreditlarining ahamiyati sanab o‘tsak. 1. Moliyaviy resurs manbai Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari ko‘p hollarda ichki mablag‘lar bilan cheklangan bo‘ladi. Shu bois ularning investitsiyaviy imkoniyatlarini oshirishda bank kreditlari asosiy manba hisoblanadi. Kredit olish orqali oilaviy tadbirkorlik korxonalari: o yangi ish joylari yaratadi, o asbob-uskunalar sotib oladi, o ishlab chiqarish hajmini kengaytiradi. 2. Tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish Tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berilishi oilaviy tadbirkorlarni yangi yo‘nalishlarga kirishishga undaydi. Bu esa mahalliy iqtisodiyotda raqobatni kuchaytiradi, sifatni oshiradi. 3. Ijtimoiy barqarorlikka hissa qo‘shish Oilaviy tadbirkorlik ko‘pincha mahalliy aholi bandligini ta’minlaydi. Bank kreditlari orqali rivojlanish natijasida qishloq joylarda ishsizlik kamayadi, aholining daromadlari ortadi. 4. Iqtisodiyotda kichik biznes ulushini oshirish Kreditlash orqali oilaviy tadbirkorlik salohiyati ortib, mamlakat yalpi ichki mahsulotida kichik biznes ulushi ko‘payishiga xizmat qiladi. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki oilaviy korxonalarga va kompaniyalarga ajratiladigan kreditlar orqali ular: • ijara, ish haqi, xomashyo kabi xarajatlarni qoplaydi, • marketing va reklamaga sarmoya kiritadi, • ishlab chiqarishni kengaytiradi va sifatini oshiradi, • malakali mutaxassislarni jalb qiladi. Kredit tadbirkorlarga yangi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqish, bozor talabiga moslashish va aylanma mablag‘larni ko‘paytirish imkonini beradi. Bu orqali biznes talabga tez javob qaytarishi va kassa uzilishlarini oldini olishi mumkin. Kredit orqali tadbirkorlar yangi texnologiyalar joriy qilishi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishi, samaradorlik va mahsulot sifatini oshirishi mumkin. Bu biznesning raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib aytish mumkinki, mamlakatimizdagi oilaviy tadbirkorlikni moliyaviy barqarorligini ta’minlashda tijorat banklari kreditlarini ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: - tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni yangi boshlagan oilaviy tadbirkorlarni va aholini kredit olish va undan samarali foydalanish uchun moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha xukumat va mahalliy hokimliklar tomonidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish; -oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga doimiy ravishda foydalanish imkoniyati bo‘lgan ochiq kredit liniyalarini (revolver krediti kabi) tashkil etish; -respublikamiz yirik tijorat banklari kredit portfeli tarkibida oilaviy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga yo‘naltiriladigan kreditlar hajmini oshirish; - bugungi kunda kichik bizes sub’ektlarining bank kreditlaridan foydalanishdagi asosiy muammolaridan biri bu kredit foiz stavkalarning yuqoriligini bo‘lib, buni tijorat banklari qayta
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 543 ko‘rib chiqishi zarur deb hisoblaymiz. Shuningdek xukumat tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi amaldagi tartibga ko‘ra kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kredit foizlari bo‘yicha taqdim etayotgan kompensatsiyalar ham 24,5 foizdan yuqori bo‘lgan kreditlarga tadbiq eilmayotganini ham qayta ko‘rib chiqish lozim deb hisoblaymiz. Yuqoridagi takliflarimizning amaliyotga joriy etilishi respublikamizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishi va ularning kreditlar bilan bog‘liq muammolarni hal etilishi va samaradorligini oshirish borasida keng imkoniyatlarning yaratilishiga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi PQ-3777-sonli ““Har bir oilatadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi PP–39-sonli «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholi biznes-tashabbuslarini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni. 4. A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev “Pul kredit va banklar” darsligi, Toshkent “Iqtisod-moliya” 2012 y.