"QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORINING INVESTITSION HOLATI VA IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI: O'ZBEKISTON TAJRIBASI"
Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekistonda qimmatli qоg‘оzlar bоzоrining hozirgi holati, uning takomillashuvi, investitsion muhiti va iqtisodiy rivojlanishga samaradorligi tadqiq qilingan. Jahon tajribalari tayangan holda qimmatli qоg‘ozlar bоzоrining ishlash mexanizmlari yoritilib, milliy bozor istiqbollari ochib berilgan.
Full text
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 67 DOI: https://10.5281/zenodo.17270943 “QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING INVESTITSION HOLATI VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI” D.F. Beknazarova Bank-moliya akademiyasi magistranti ANNOTATSIYA Ushbu tezisda O‘zbekistonda qimmatli qоg‘оzlar bоzоrining hozirgi holati, uning takomillashuvi, investitsion muhiti va iqtisodiy rivojlanishga samaradorligi tadqiq qilingan. Jahon tajribalari tayangan holda qimmatli qоg‘ozlar bоzоrining ishlash mexanizmlari yoritilib, milliy bozor istiqbollari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: qimmatli qog‘ozlar bozori, investitsion muhit, iqtisodiy o‘sish, milliy bozori. KIRISH Qimmatli qog‘ozlar bozori har bir milliy iqtisodiyotning moliyaviy mexanizimida dolzarb sanaladi. Bu investitsiyalarni yo‘naltirishda, korporativ boshqaruvni samaradorligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikni yaratishda ustuvor vosita hisoblanadi. Ilg‘or mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiy barqarorlikni taminlovchi bosh drayverlaridan biridir. Shu tufayli, O‘zbekistonda kapital bozorini modernizatsiya qilish va uni global me’yorlarga integratsiyalash masalasi dolzarbdir. ASOSIY QISM Hozirgi kunda mamlakatimizda moliyaviy aktivar bozorini tartibga soluvchi me’yoriy asoslar takomillashmoqda. Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi miqdori ko‘payib, fond birjasi amaliyoti yanada kengaymoqda. Respublika stat.uz ma’lumotlariga ko‘ra, so‘ngi besh yilda korporativ obligatsiyalar soni yiliga o‘rtacha 20% ga oshgan hamda
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 68 aksiyadorlik jamiyatlari hajmi 12 foizga o‘smoqda . Mazkur o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantirishga, korxonalar uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni shakllantirishga hamda investitsion infratuzilmani yaxshilashga xizmat qilmoqda. Biroq, ayrim muammolar ham mavjud: aholining moliyaviy savodxonligi yetarlicha emas, investorlar uchun likvidlik past, innovatsion moliyaviy instrumentlar esa cheklangan. Shunga qaramay, derivativlar va fondlarni qo‘llash, elektron savdo mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish orqali kapital bozorining samaradorligini takomillashtirish mumkin. XULOSA Qimmatli qog‘ozlar bozori O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishida muhim sanaladi Bozor holatini bundanda ko‘tarish uchun quyidagi chora-tadbirlar taklif etiladi: 1. Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda investitsion madaniyatini o‘stirish. 2. Qimmatli qog‘ozlarga kapital kiritishni osonlashtirish orqali elektron savdo platformalarini ko‘paytirish. 3. Xalqaro amaliyotga mos moliyaviy mexanizmlarni (derivativlar, investitsion fondlar, obligatsiyalar) tadbiq etish. 4. Xorijiy investorlar uchun kafolatlarni riko‘paytirish va barqaror huquqiy holatni yaratib berish. Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmlarini yanada barqarorlashtirish.
“INTERNATIONAL CONFERENCE ON INNOVATIVE DEVELOPMENT OF EDUCATION” 2025/1 69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Sharipov A. “Moliyaviy bozorlar va investitsiyalar.” Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. 2. Stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy sayti. 3. Mishkin F. “The Economics of Money, Banking, and Financial Markets.” Pearson, 2020. 4. Levine R. “Financial Development and Economic Growth: Views and Agenda.” Journal of Economic Literature, 1997. 5. Fama E. “Efficient Capital Markets: A Review of Theory and Empirical Work.” Journal of Finance, 1970.