scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA'LIMNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Miryusupova, Nargiza

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimining hozirgi holati tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar asosida sohadagi islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy ta’lim talablari tahlil qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 55 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA’LIMNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Maktabgacha ta’lim menejmenti dotsenti, p.f.f.d. (PhD) Miryusupova Nargiza Shavkatovna Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimining hozirgi holati tahlil qilinib, uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar asosida sohadagi islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy ta’lim talablari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ta’lim tizimi, islohotlar, davlat siyosati, innovatsiya, pedagogika, rivojlanish istiqbollari. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasini isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatning barqaror rivojlanishi va kelajak avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida qabul qilingan qator farmon va qarorlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va bolalarni erta yoshdan bilimga qiziqtirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim bolaning shaxsiy va aqliy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 3-7 yoshda bolalarning intellektual salohiyati shakllanadi. Demak, maktabgacha ta’lim sifati yuqori bo‘lsa, keyingi ta’lim bosqichlarida muvaffaqiyat imkoniyati oshadi. O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning hozirgi holati: O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan. Respublikadagi jami maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 6780 tasi davlat bog‘chalari, 27 162 tasi esa nodavlat tashkilot hisoblanadi. Nodavlat MTTlar tarkibi: xususiy — 847 ta; oilaviy — 24 ming 927 ta; DXSH asosidagi tashkilotlar — 1388 ta. Davlat va xususiy MTTlar soni ortib bormoqda, shu bilan birga, "bolalarni erta rivojlantirish markazlari" kengaymoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida elektron navbat va raqamli boshqaruv tizimlari joriy etildi. Jumladan, “Bolalar bog‘chasi” – MTTlarda ta’limni boshqarish axborot INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 56 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us tizimi bo‘lib, platforma 2018-yil 1-apreldan hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. Boshqaruvda edo.ijro.uz, e-huquqshunos kabi platformalarning joriy etilishi shaffoflikni ta’minlash, xodimlarni ish faoliyatlarini yengillashtirish uchun amalga oshirilgan. Ta’limiy platformalardan “Bolalik akademiyasi”, “Bebbo”, “Khan academy kids” kabi platformalar maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va ota-onalar uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan bo‘lib, bolalarning psixik rivojlanishi, ularning yoshiga mos ravishda beriladigan bilimlar, mutaxassislardan farzand tarbiyasiga oid maslahatlar olish, bolalar rivojlanshiga yordam beradigan kundalik o‘yinlar va g‘oyalar haqida ma’lumotlar olishlari mumkin. Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16 dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni sohadagi huquqiy asoslarni belgilab berdi. Qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari aniq belgilab berildi. Xususan, davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirishidan bir yil oldin davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatladi. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi ta’lim sohasidagi islohotlar alohida yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilgan. Taraqqiyot strategiyasida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida 2022yilda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi belgilab qo‘yilgan. Yuqoridagi quvonarli holatlar bilan birga hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar va masalalar boligini qo‘rishimiz mumkin: Chekka hududlarda MTTlarda qamrov darajasi pastligi sababi, ba’zi hududlarda otaonalar mavsumiy ishlashlari, buning natijasida esa bolalar faqatgina ish mavsumida MTTga qatnashlari bolalar qamrovi darajasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Davlat va xususiy MTTlar sonining ortib borishi, maktabgacha ta’limda mehnat bozori tendensiyalari shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va ularning malakasiga qo‘yilayotgan talabning yuqorilashi mavjud muammolarni yuzaga chiqarib qo‘ydi. Ta’lim mazmunini maktabgacha ta’limda mehnat bozori tendensiyalariga mos ravishda yangilanib borishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston ta’lim sohasidagi halqaro tajribalarni o‘rganish orqali o‘z yo‘nalishlarini belgilamoqda, masalan: INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 02, Issue 09, 2025 57 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us Fin ta’lim tizimining "o‘yin orqali o‘qitish" modeli; YUNISEF bilan hamkorlikda maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim, turli rag‘batlantiruvchi dasturlar va boshqalar. Maktabgacha ta’limni rivojlantirish istiqbollarini quyidagilarda deb belgiladik: davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish; pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; MTTlarda ikkinchi til sifatida dunyo tili hisoblangan ingliz tili, yangi pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlarni joriy etish; bolalar psixologiyasi va inklyuziv ta’limga alohida e’tibor qaratish. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar ijobiy samaralar bermoqda. Ammo bu jarayonni yanada chuqurlashtirish uchun aniq strategiya va innovatsion yondashuvlar talab etiladi. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish — mamlakatning intellektual kelajagini ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbyekiston Ryespublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595-sonli Qonuni. –O‘zbyekiston Ryespublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019. 2. O‘zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyentining 2019-yil 8-maydagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 4312-sonli Qarori. O‘zbyekiston Ryespublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2019. 3. Miryusupova N.Sh. Doshkolnoye obrazovaniye kak faktor chelovecheskogo razvitiya. // Dostijeniya nauki i obrazovaniya №7 (48), 2022.