scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

VITAGEN TAJRIBAGA EGALIKNING TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Pirniyazova Malika Kenesbaevna

Abstract

Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 53 VITAGEN TAJRIBAGA EGALIKNING TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Pirniyazova Malika Kenesbaevna Nizomiy nomidagi O‘zMPU v.b.dotsenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17271018 Annotatsiya. Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik kompetensiyalari, vitagen tajriba, test, “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi, “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini baholovchi indikator”. Аннотация. В статье диагностическим является процесс развития предпринимательских навыков у студентов на основе витагенного опыта. Поэтому необходимо определить и оценить уровень витагенного опыта студентов, который является основой развития предпринимательских навыков. Ключевые слова: Предпринимательские компетенции, витагенный опыт, тест, тест «Имею предпринимательские способности», тест «Предпринимательские способности» (тест Т.Матвеевой), тест «Определение владения бизнес-потенциалом», «Показатель оценки ориентatsiи студентов на виды предпринимательской деятельности». Abstract. In the article, the process of developing entrepreneurship skills in students based on vitagen experience is diagnostic. Therefore, it is necessary to determine and assess the level of students' vitagen experience, which is the basis for the development of entrepreneurial skills. Keywords: entrepreneurial competences, vitagen experience, test, "I have entrepreneurial ability" test, "Entrepreneurial ability" (test of T. Matveeva), "Determining ownership of business potential" test, "Indicator assessing students' orientation to types of entrepreneurial activity". Talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalari va vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlashda metodlarni to‘g‘ri tanlash tadqiqotning samaradorligini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois mazkur tadqiqotda amaliy-psixologik va kasbiy yo‘nalishdagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi. Amaliy-psixologik metodlar talabalar shaxsiy sifatlari, motivatsiyasi, tashabbuskorlik darajasi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Bu metodlar yordamida talabalarning individual xususiyatlari, hissiyirodaviy jihatlari hamda tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan psixologik tayyorgarligi o‘rganildi. Kasbiy xarakterdagi metodlar esa talabalar bilim va ko‘nikmalarining amaliy mazmunini baholash imkonini berdi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 54 Ular yordamida soliq qonunchiligi, buxgalteriya hisobi, marketing, biznes reja tuzish, iqtisodiy tahlil va boshqa amaliy yo‘nalishlardagi tayyorgarlik darajasi aniqlab borildi. Metodlar majmuasidan foydalanish nafaqat talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini kompleks baholash, balki vitagen tajribaning ushbu jarayondagi rolini ochib berish imkonini berdi. Shu tarzda tanlangan metodlar talabalarda real hayotiy tajribaga tayanish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish va kasbiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi. “Test” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganida sinab ko‘rish, sinov, tekshirish ma’nolarini anglatadi [2]. Pedagogikada test nazoratidan foydalanish ta’lim oluvchi shaxsiga xos bo‘lgan sifatlarni yoki uning muayyan faoliyatni yuritishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshlang‘ich yoki yakuniy ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi va xarakteridan kelib chiqqan holda kerakli testlarni to‘g‘ri tanlash pedagogik nazoratning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda A.N.Mayorov tadqiqotchi yoki pedagoglarning puxta o‘ylangan ish rejasiga ega bo‘lishni, shuningdek, ilmiy izlanish mazmuniga mos, tadqiqot maqsadiga erishishga yordam beradigan testlarni tanlash olishi zarurligi ko‘rsatib o‘tadi. 1-jadval. Tadbirkorlik kompetensiyalarini baholash testlari Test nomi Maqsadi Baholash yo‘nalishi Natija va qo‘llanishi “Men tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi Talabaning shaxsiy tadbirkorlik salohiyatini aniqlash Tashabbuskorlik, ijodkorlik, mustaqil qaror qabul qilish darajasi Talabada mavjud shaxsiy sifatlar va tadbirkorlikka moyillikni ko‘rsatadi T. Matveeva testi (“Tadbirkorlik qobiliyati”) Talabaning yetakchilik va tashkiliy qobiliyatlarini baholash Liderlik, tashkilotchilik, kommunikativlik Tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyat uchun zarur psixologik sifatlarni ochib beradi “Biznes potensial” testi Talabaning biznes yuritishga tayyorgarligini aniqlash Moliyaviy resurslardan foydalanish, riskka tayyorlik, bozorni tushunish Talabaning real tadbirkorlik faoliyatini boshlashga tayyorgarlik darajasini ko‘rsatadi Kasbiypsixologik indikatorlar Talabaning vitagen tajribaga egalik darajasini baholash Hayotiy tajribani kasbiy faoliyatda qo‘llash, innovatsion fikrlash Vitagen tajribaning tadbirkorlik kompetensiyalariga ta’sirini aniqlash Bilim va amaliy topshiriqlar testi Talabaning nazariy va amaliy bilimlarini tekshirish Soliq qonunchiligi, buxgalteriya, marketing, biznes reja tuzish Talabalarning kasbiyamaliy tayyorgarlik darajasini aniqlashga xizmat qiladi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 55 Ushbu ko‘rsatmaga amal qilgan holda vitagen tajribaning talabalarda tadbirkorlik kompensiyalarining rivojlanishida ahamiyatini o‘rganishga yordam beradigan testlarni aniqlashga e’tibor qaratildi. Natijada “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi [4], “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi) [3], “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test [1] kabilar tanlandi. Testlarni talabalarga taqdim etish uchun ish qog‘ozlari tayyorlandi. Ayni o‘rinda “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi) [3] namuna sifatida keltiriladi (1jadval). Test savollari nafaqat shaxsiy sifatlarni, balki biznes asoslari oid (soliq qonunchiligi, ish haqqini berish tartibi, buxgalterlik hisobini yuritish shartlaridan xabardorlik, mahsulot yoki xizmatlarga hududda talabning mavjudligi, marketing va moliya sohalari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka egalik, tadbirkorlik faoliyatlarining hududdagi holati, moliyaviy mablag‘ning еtarliligi, mutaxassislar, ijara, xom-ashyo, ishchi kuchi masalalarining hal qilinishi) kabi holatlarni oydinlashtiradi. T.Matveeva [3] tomonidan asoslangan “Tadbirkorlik qobiliyati” shaxsning tadbirkorlik qobiliyatiga egaligini bevosita biznes asoslari nuqtai nazaridan aniqlash orqali baholashga xizmat qiladi. Respondent-talabalarning yuqoridagi testlar bo‘yicha javoblari quyidagi ochqich yordamida baholandi (savollarga berilgan har bir ijobiy javob 1 ball baholanadi; 2-jadval): 2-jadval. Testlar natijalarini hisoblash Ballar Ular yordamida yoritiladigan sifatlar 17 va undan ko‘p ball Tadbirkor bo‘lish uchun barcha sifatlarga egasiz. Maqsad sari intilishingiz, Sizdagi quvvat, ishonch har qanday g‘oyani amalga oshirishingizga yordam beradi. Darhaqiqat Siz shunga munosibsiz 13-17 ball Yirik tadbirkor sifatida muvaffaqiyatga erishish borasidagi imkoniyatingiz ehtmoldan uzoqroq. Biroq, omadli savdogar bo‘lishingiz mumkin 13 dan kam ball Sizdan ishni ko‘zini biladiga tadbirkor chiqishi qiyin. Tajriba orttirishga harakat qiling hamda mustaqil tadbirkor bo‘lishdan avval qayta va qayta o‘z qiziqishlaringiz solishtirib ko‘ring Baholash jarayonining natijalariga tayangan holda respondentlar ega bo‘lgan tegishli kompetensiyalarning mavjud darajasi ularni tadbirkorlik faoliyati turlariga yo‘naltirish uchun еtarli emasligiga ishonch hosil qilindi. Zero, mavjud testlar talabalarning tadbirkorlik faoliyatini olib borishga ma’naviy-axloqiy hamda psixologik tayyorligiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga imkon berdi. Biroq, talabalarni tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bo‘yicha alohida qobiliyatga ega ekanligiga oid axborotga еtarli darajada ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlay olmadi. Shu sababli talabalarni tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bo‘yicha amaliy yo‘naltirish uchun sohalar bo‘yicha vitagen tajribaga egaliklarini aniqlashga e’tibor qaratildi[7]. Talabalarning ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘llovchi vitagen tajribaga egaliklarini aniqlash maqsadida tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyat ham ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: 1-yo‘nalish: respondentlarning tadbirkorlik faoliyati turlariga oid tushunchalarga egaligini aniqlash; mazkur jarayonda respondentlarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi: 2-yo‘nalish: talabalarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bo‘yicha kompetensiyalar mavjudligini o‘rganish; pedagogik faoliyatning bu jarayonida hamda ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 56 respondent-talabalarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi: Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirishda vitagen tajribaga egalik muhim ahamiyat kasb etadi. Vitagen tajriba shaxsning hayotiy va amaliy tajribalariga asoslanib, uning tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish qobiliyatini namoyon qiladi. Tadqiqot jarayonida respondent-talabalarning vitagen tajriba negizida shakllangan tadbirkorlik kompetensiyalariga egalik darajasi aniqlanib, ularning qobiliyatlari psixologik va kasbiy ko‘rsatkichlar orqali baholandi. Olingan natijalar shuni tasdiqlaydiki, vitagen tajribaga ega bo‘lgan talabalar mustaqil qaror qabul qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda amaliy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil etishga ko‘proq moyillikka ega bo‘ladilar. Shunday qilib, vitagen tajriba asosida tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish talabalarning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlaydi, balki ularni real mehnat bozori talablariga moslashgan, raqobatbardosh va ijodkor shaxs sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Агранович М.Л. Индикаторы достижения целей устойчивого развития в сфере образования и нatsiональная образовательная политика // https://cyberleninka.ru/article/n/indikatory-dostizheniya-tseley-ustoychivogo-razvitiya-vsfere-obrazovaniya-i-natsionalnaya-obrazovatelnaya-politika. 2. Большая энциклопедия психологических тестов / Электронная книга. ДиректМедиа, 2005. – С. 5. 3. Тест “Предпринимательские способности” (Т.Матвеева) // https://fmc. hse.ru/mirror/pubs/share/ 205924843. 4. O’.Tolipov, M.Pirniyazova. // MDH mamlakatlarining yoshlar tadbirkorligini rivoshlantirishga oid davlat siyosati. “Pedagogika» jurnali, 2023 yil, 5-son” 5. O’.Tolipov, M.Pirniyazova. //Kоллективная творческая деятельность и технологии её организации. “Bысшее и среднее профессиональное образование россии: вчера, сегодня, завтра Материалы 17-ой Международной научно-практической конференции (г. Казань, 23 мая 2023 года) 6. Сущность понятий “тест”, “тестирование” // https://ped.bobrodobro. ru 7. Тест “Предпринимательские способности” // https://testograd.com/ test/test-nabiznesmena. 8. Тесты на определение предпринимательских способностей // http://kschool1.com/MMC/ monitoring.pdf.