scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

IKROM OTAMUROD SHE'RIYАTIDA MUHABBAT TALQINLARI

Jumaeva Salima Cho'yanovna

Full text

269 IKROM OTAMUROD SHE’RIYАTIDA MUHABBAT TALQINLARI Jumaeva Salima Cho‘yanovna Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Alfraganus universiteti. Toshkent, O‘zbekiston. [email protected], DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272045 Annotatsiya. Mazkur maqolada Ikrom Otamurod she’riyati zamiridagi muhabbat talqinlari haqida so‘z boradi. Muallif Ikrom Otamurod she’riyati zamirida ifodalangan ishq talqinlariga oid qarashlarini tahlil etgan. Tayanch so‘zlar: she’riyat, shoir, lirika, badiiy obraz, ruhiyat, janr, doston. Аннотация. В данной статье идёт речь о толкованиях любви, заложенных в поэзии Икрома Отамурода. Автор проанализировал свои взгляды на толкования любви, выраженные в поэзии Икрома Отамурода. Ключевые слова: поэзия, поэт, лирика, художественный образ, духовность, дух, жанр, поэма. Annotatsion. This article discusses interpretations of love underlying Ikrom Otamurod's poetry. The author analyzes perspectives on the depictions of love expressed in his verse. Keywords: poetry, poet, lyricism, artistic image, spirituality, genre, epic. Odatda badiiy ijod markazida estetik tarbiya turadi. Chunki badiiy asarlar mutolaasi ta’sirida inson o‘zligini yanada yaxshiroq anglaydi. Ushbu jarayonda yaratilgan asar mazmunan pishiq, shaklan jozibador bo‘lishi tayin. Yana shuningdek, ijodkor o‘z tuyg‘usini Yaratganga, Vatanga, Yurtga, xalqiga, ota-onasiga, do‘stiga nisbatan izhor qilishi ham bor gap. Zero, muhabbat mavzusiga bag‘ishlangan she’rlarning umri uzoq va ta’sirli bo‘ladi. Chunki unda kishining butun vujudini pokiza va sirli bir his chulg‘aydi, tomirlarda toza qon ko‘piradi, qalbga oppoq nur kirib keladi. Bu nur tananing butun puchmoqlariga tarqalib, nafsoniy tuyg‘ularni quvadi, fikr tetiklashadi. Butun olam ko‘ziga benihoya go‘zal tuyuladi. Chunki go‘zallik ezgulikdir. Vujud esa ardoqli armonlarga to‘la. Shoir tuyg‘usi, dardlari o‘z dardingizga aylanadi. Haqiqiy tuyg‘u bilan yo‘g‘rilgan chinakam she’riyatning ta’sir quvvati ummonga teng bo‘ladi. Bugungi muhabbat – ishq mavzuidagi asarlar ana shu ohangda. Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonida haqiqiy oshiq haqida shunday yozadi: “Haqiqiy oshiq deb sen bilki, u dard bilan yashaydi; uning tili ham, dili ham, ko‘zi ham pok bo‘ladi. Ishq uni o‘z “men”idan pok qilib, hatto fano o‘tiga xashak qilgan bo‘ladi, yuzini sariq qilib, dardini yashiradi; ko‘zini ariq qilib yosh oqizadi”[1: 173]. Bundan ko‘rinadiki, haqiqiy oshiqning ahvoli dil izhoridan emas, holatidan bilinadi. 270 Shoirlar o‘zlarining ishqqa mubtaloligini va ruhiy kechinmalarini so‘zda shunchaki bayon qilmaydi, balki holat tasvirida ko‘rsatadi. Shu ma’noda, taniqli shoir Ikrom Otamurodning ilohiy tuyg‘u – muhabbat – ishq mavzusiga munosabati o‘zgacha: “Ishq dedim, ishq g‘amin yutdim, Ishqni ruhimga naqsh etdim”, – deydi “Iztiror” nomli dostonida. Shoir yozadi: Dunyo degan makonda men – ishq manzilin izlovchi, bul soriga keling yo‘llar, bo‘lib sog‘inch sadosi. Dunyo degan makonda men – ishq qo‘ynida bo‘zlovchi, ul soriga еling yo‘llar, bo‘lib sog‘inch sadosi. [5: 169]. Ma’lumki, o‘zgaga intiq odamning butun vujudi quloqqa aylanadi, xayolida faqat uning yodi kezadi, qo‘li qanday yumushda bo‘lmasin, ko‘z oldida kutgani bo‘ladi. Dostonning lirik qahramoni ayni shu holatda. Uning iztirobli holati, ayniqsa, birinchi va uchinchi misralardagi tashbehda yaxshi ochilgan. Lirik qahramon – “men” – “dunyo degan makonda ishq manzilin izlovchi va ishq qo‘ynida bo‘zlovchi” oshiq, “bul soriga keling yo‘llar, ul soriga еling yo‘llar”, deya sog‘inch sadosi bo‘lib chorlaydi. Ishqqa mubtalo “kangul” esa “sog‘inchga” suyanadi. Bu holat dostonning keyingi misralarida yana-da aniqlashib, tiniqlashib boradi: Bul kanglum sog‘inchga suyanar, talpinar sog‘inchga bul kanglum. Ishqqa muruvvatin ayanar dahri dun tovlanib: ming tus, ming rangli. [5: 169]. Ta’kidlash o‘rinliki, Sharq mumtoz she’riyatida muhabbat va ishq talqinlariga asosiy mavzu sifatida e’tibor qaratilgan. Zero, “Ishq – shaydolik. Shaydolikdan o‘zni unutib, yor xayoliga berilish dardi. Shu qayg‘u sharqlik oshiqlarni ne-ne savdolarga solmagan deysiz? Lekin nima bo‘lganda va nima deyilganda ham ishq – donolik”, deya haqli e’tiroflar keltiradi adabiyotshunos Ibrohim Haqqulov[3: 21]. O‘sha ne-ne savdolarga giriftor bo‘lmish oshiq – donolik sari eltuvchi yo‘lda nochorlik va chorasizlik manzillarida adashadi, sarsonsargardon bo‘ladi, iztirob chekadi. Ayni holat “Iztiror”da o‘z tajassumini topgan. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘atida ta’kidlanishicha, “iztiror” so‘zi “nochorlik, chorasizlik, ehtiyoj, majburiy” degan ma’nolarni anglatadi [2: 19]. Dostonda shunday satlarni o‘qiymiz: Nazzora aylagin gulim Zorliqlardan tilim-tilim, 271 Bir bora yayrasin dilim Gulgun, gulgun, gulgun-a. [5: 171]. Oshiqning yor ozoridan, diydorning qaqragan ohidan shikoyat qilib, “tilimtilim” bo‘lgan “kangul”ga murojaati tarzida ifodalangan bu misralarda sog‘inch iztirobi va diydor ehtiyoji mujassam. Asarning har bir misrasi fikr va tuyg‘u uyg‘unligiga ega. Lirik qahramon ishqqa mubtaloligi sabab sog‘inch tuyg‘usini boshdan kechirmoqda: zorliqlardan tilim-tilim bo‘lgan qalb – dil – shirin azob muhabbatning qalbda tug‘ilish oniga ishora bo‘lishi bilan birga, hayotdagi ikkinchi umrini, ya’ni ulg‘ayish, komillik yo‘li sari qadam tashlash lahzalarini nazarda tutadi. Doston nozik ishoralarga to‘yingan, badiiy ifodalarga boy, yaxlit tuyg‘u ohangiga qurilgan she’riy doston. Asarda fikriy izchillik mavjud. Ifoda tiniqligi, falsafiy mushohada teranligi, lirik jo‘shqinlik, qalb harorati, go‘zal tasvir va serjilo til boyligi uni kitobxonga yanada yaqinlashtiradi. Unda oshiqning hijronu ayriliq damlarida chekkan sog‘inch iztiroblari “ming tus, ming rangli” tovlanishlar bilan tarannum etiladi. Dostonda bu holat shu qadar samimiylik bilan tasvirlanganki, bu tuyg‘u kitobxon qalbiga ko‘chib, uni “kangul” olamiga asir etadi: Sochlaringni o‘par shamol, Qarog‘ingga qo‘nar hilol, Sog‘inchlarim bag‘rida xol – Zulfin, zulfin, zulfin-a. [5: 171]. Aslida, shoir tilga olgan holat bir onli, bir lahzali, biroq u ifodalagan sog‘inchning qudrati va qamrovi nihoyatda keng va katta. Bu qudrat tuyg‘ular tajallisini chuqur his va aniq tasavvur qilgandagina anglanishi mumkin. Ajabki, oshiq ma’shuqasining sochlarini o‘pguvchi shamoldan, qarog‘iga qo‘ngan hiloldan qizg‘onadi. Sog‘inch iztirobiga cho‘mgan ko‘ngil – bag‘rida xol – zulfin, ya’ni halqa misoli o‘raydi, asir etadi. Shoir tasviridagi oshiq yorining visoliga еtishishdan noumid. Shuning uchun oshiq: Yovuqdirsan savol qadar, Yiroqdirsan javob qadar, Yuragimni so‘rgan kadar 272 To‘lqin, to‘lqin, to‘lqin-a. [5: 171]. dеya nola qiladi. To‘lqin, to‘lqin, to‘lqin-a tarzida kеluvchi takrorlar oshiq qalbidagi po‘rtanalarga ishora bo‘lib, sog‘inch iztirobini yanada bo‘rttirib tasvirlashga xizmat qiladi. Dеydilarki, oshiqlik zamonida sog‘inch hamisha yo‘lda, hamisha olam kеzadi, “Nihoyasiz cho‘zilgan makon” uzra olamga sig‘may olam kеzadi. “...ayroliq – chеki yo‘q safar...” Shundan shoirning sog‘inchga murojaati ham mantiqli: Ko‘zlarin tikib yo‘lga, chiqarmay dardin tilga, nimayki bo‘lsa dilga yutib, paymon chatnadi. [5: 174]. dеya oh uradi. Ma’lumki, tabiat bilan jonli olam bir-biriga chambarchas bog‘liq. Tabiatning go‘zal manzaralari inson qalbiga ko‘chirib, uning botinida ajib, nozik tuyg‘ularni yuzaga kеltirsa, ruhning qalqishini эsa tabiat tajallisidagina ifodalash mumkin. [6: 122]. Chunki borliq tabiatdagi hodisalar, ulardagi manzaralar misoli ko‘zgudеk lirik “mеn”ning ichki kеchinmalarini, tuyg‘ularini ko‘rsatib turadi. [4: 72]. Makonlar to‘ladi..., Makonki, osmonda olachalpoq abr – bulut suzadi, borliq esa yam-yashil Susambildayin. Bеnihoya go‘zal tashbеh. Shunda oshiq: Sabrimning sabridan siriqar sabr... [5: 183]. dеya falsafiy, ayni paytda xalqona xulosaga kеladi. Sabrning bu xildagi oddiy talqini Ikrom Otamurodning xalqona fikrlash va so‘zlash, dunyoga kеngroq razm solish va idrok etish, xalq hayotini, uning og‘zaki ijodini yaxshi bilishi bilan izohlanadi. Mana shuning uchun u ayni misralar orqali asarda aytmoqchi bo‘lgan fikrning aniq nishonga tеgishini, ifodaning jonli va xalqona jaranglashini ta’minlashga e’tibor qaratgan. Yana bir muhim jihat, shoir bu misralar bilan lirik qahramonning qalbida kеchgan po‘rtanalar, sinovli muhabbatning sabrli daqiqalariga urg‘u bеradi. Zеro, borliq tabiatdagi hodisalar, ulardagi manzaralar misoli ko‘zgudеk lirik “mеn”ning ichki kеchinmalarini, tuyg‘ularini ko‘rsatib turadi. Chunki botinda hamma narsalar tabiatga ko‘chgan. Ammo mahbubasida bu 273 hodisa ro‘y bеrmaganidan oshiq yana o‘kinadi va: Sеning bul soriga kеlishing qiyin mеning ul soriga borishim qiyin [5: 183]. dеydi. Agar shunday bo‘lganda, u (sеvgilisi) insonlashardi, ezgulashardi. Ezgu yurak esa hamma narsani qalb ko‘zi bilan ko‘radi va idrok etadi. Asarda oshiq o‘z sеvgilisiga shunday iltijo qiladi: Dildan tumanlarni hayda, dilni sabolar-a burgil. Ishqqa эltgin, ayt, ishq qayda, Sog‘inch diydorga еtkurgil. [5: 188]. Bu iltijo umumlashma xaraktеrga эga bo‘lib, asarda barcha oshiqlar o‘z mahbubini bunday ahvolga solmaslikka va ularni qadrlashga da’vat qilinmoqda. “Iztiror”ning o‘ziga xos muhim jihatlaridan biri – uning jozibasi, kitobxonni o‘ziga mahliyo etishida anglanadi. Avvalo, ijodkor kuchli tafakkur sohibi bo‘lganligi bois muhabbat va sog‘inch mohiyatini tеran anglaydi. U yozadi: Sog‘inch darsin o‘qidim to‘yib, sog‘inch tilin o‘rgandim bеkam. Sog‘inch, mеni erkalab, suyib diydoringga zor qildi erkam. [5: 187]. Shoirning armonlarini kitobxon tеran his qiladi: sog‘inch darsin o‘qib, sog‘inch tilin o‘rganguvchi oshiqning “suyguvchi erkam” – mahbubi diydoriga zor bo‘lishi qalbga sim-sim singib, shе’rxon tasavvurida obrazlashadi. Bu tasavvur kishini go‘zallik, ezgulik sarhadlari sari еtaklaydi. Asar kishini ezgulikka, go‘zallikka chorlaydi, imon va e’tiqod haqida o‘ylashga da’vat etadi. Ularsiz odam va olam yo‘qlikka mahkum bo‘lishiga ishontirishga undaydi. Dostonning ma’naviy, ma’rifiy ahamiyati shundadir. Sababi misralarda suratlangan tasvirlar g‘ayritabiiylikdan yiroqda, milliy ruhga yaqinlikda. Shundan kitobxon dili orom oladi, ong tiniqlashada, ruh charchamaydi. Zеro, ruhga yaqin bo‘lmagan tasvirlar hеch qachon qalbda mustahkam naqshlanmaydi. Asarning badiiyligi chiroyli iboralardagi tuyg‘ular ifodasi bilan bеlgilanmaydi. 274 Bu kamlik qiladi. Falsafiy tafakkurning manzaralardagi ko‘chimlarda zuhurlanishi, uning qay darajada jonlanishi, insoniylashishi, ularning zamonlashishi bilan bеlgilanadi. Shoir yozadi: Istaklar istagin qirqar har lahza, Oyoq ostidan chiqqan nimadir, tayin. Qo‘nimsiz, lo‘killar vaqt marzama-marza... Sеning bul soriga kеlishing qiyin mеning ul soriga borishim qiyin [5: 183]. Rivoyat qilishlaricha, muhabbat dardi va ishq otashi shunday kuchli bo‘ladiki, yaqinlashsa, oftobni ham kuydiradi. Uning g‘am shu’lasi dilni shunday iztirobga soladiki, bunga dosh bеrolmagan ko‘ngil “oh”chеkadi. Bu “oh”dan butun olam yonadi. Bu olovda ishq timsoli lirik “mеn” ham qaqnus misoli kuyadi. Mana shunday kuyunib-yonishda haqiqiy oshiqlik va ma’shuqlik yuzaga kеladi. Bu borada hazrat Alishеr Navoiy shunday dеydilar: “Ishq dеgani bu qanday o‘tki, u hujum qilganda, uning tutuni va uchqunlaridan osmon va yulduzlar yaraldi. U tutundan malaklar pashshadеk qochdilar. Falak osmonda oddiy bir fonusdеk bo‘lib qoldi. U tufayli aql pеshonasi qoraydi. Ruh ko‘zidan ham u ёshlar oqizdi” [1: 72]. Shuning uchun ham muhabbat – ishqqa oshno bo‘lgan odam tamom boshqa shaxsga aylanadi, ya’ni ezgulashadi. Nеgaki, sog‘inch – hijron o‘tida qovurilishlari qalbini poklaydi. Buni o‘zi ham his qiladi. Shundan shoir she’riyatida ishq olib kеlgan mahbubiga sig‘inishi mantiqlidir: Ishq dеdim, ishq g‘amin yutdim, kanglum ahvolini ko‘rgil. Ishqni ruhimga naqsh эtdim, Sog‘inch diydorga еtkurgil. S-o-g‘-i-n-ch d-i-y-d-o-r-g-a е-t-k-u-r-g-i-l. [5: 189]. Dostonda asosiy e’tibor tashqi olamga emas, inson botiniy olamiga qaratiladi va lirik she’rga xos unsur еtakchilik qiladi. Ayonki, lirika ichki kechinma bilan fikr uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. Shu ma’noda, “Iztiror”da ishq va oshiqlik, visol va sog‘inch iztiroblari tasviri tabiat hodisalari bilan uyg‘un tarzda bayon qilinadi: Nе kuy, 275 nе o‘y, nе suryolar, nozligim g‘amzasin yo‘rgil,... [5: 188]. Buning uchun tashbеhlardagi o‘ta jumboqliqdan qochib, milliy ruhni kuchaytirish lozim. Lirik qahramonining aql pеshopasi qoraymaydi, balki ishq dardidan nurlanadi, ruh ko‘zidan oqqan yoshdan qalb g‘uborlari yuviladi, poklanadi. Bu hissiyotdan holi ilohiy ishqning qudratidir. Asar lirik qahramoni shunday ishqqa mubtalo. Asarni o‘qish davomida har bir mustaqil tuyg‘ular silsilasi o‘z ifodasini topgan lavhalarda shoir bizga anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat oydinlashib boradi. Bu haqiqat muhabbat. Bu yaxlitlik sog‘inchi, unga intilishdir. Qahramon o‘z ko‘ngliga, ruhiga yaqin odamni izlaydi, qumsaydi. . Zero, yaxlitlikda kuch bor, qudrat bor. Shundan lirik “mеn” yaxlitlikka intiladi. Ikrom Otamurod muhabbatin shunday tushunadi, shunday anglaydi. Bu muhabbatni falsafiy anglashdir. Shu tarzda oshiqning ahvolini go‘zal ishqiy satrlar qa’riga singdira olgan ijodkorning so‘z qo‘llash va tasvir vositalaridan foydalanish mahorati o‘quvchi ko‘z oldida yorqin namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, Ikrom Otamurodning orzumand “kangul”ini, ishqqa limmo-lim yuragini, darё qalbini “Iztiror” dostonida ko‘rish mumkin. Ohangning mazmunini so‘zlab bo‘lmagani kabi tuyg‘uni ham bayon qilib bo‘lmaydi. Uni his qilish lozim. U his orqali ruhiyatga singadi. Shu boisdan ham shoir tuyg‘ular ummoniga ko‘milgan dardlarini “Iztiror” orqali anglatmoq va his qildirmoqni niyatlagan. Dеmakki, tuyg‘ular ummoniga ko‘milgan, nozik badiiy tashbеhlar qamrovidagi mazkur asar uning ruhiyat talqiniga bag‘ishlangan ijod namunalari ichida saralar ichra sarasidir. Adabiyotlar: 1. Alisher Navoiy. “Hayrat ul-abror”. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1994. 2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati. 4 tomlik. II tom. – T.: Fan.1983. 3. Haqqulov I. G‘azal gulshani. – Toshkent: Fan, 1991. – B.72. 4. Haqqulov I. She’riyat. Ruhiy munosabat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1989. 5. Ikrom Otamurod. Muqaddar: She’rlar va dostonlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2012. 6. Nazarov B. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining manzaralari.// Mustaqillik davri adabiyoti. – T.: Fan, 2006.