scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"GENETIK" ROMANIDA POLIFONIK IFODA USLUBI

Ergashev Maqsud Usan o'g'li

Full text

323 “GENETIK” ROMANIDA POLIFONIK IFODA USLUBI Ergashev Maqsud Usan o‘g‘li Nukus davlat pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272116 Annotatsiya. Maqolada polifoniya hosil qilish usullari, polifoniya vujudga kelish omillari Isajon Sultonning “Genetik” romani misolida ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtiriladi. Unda G‘arbda vujudga kelgan uslubning Sharqona modelining o‘xshash va farqli jihatlari nazariy misollar bilan tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Polifonik roman, muallif nutqi, ko‘p ovozlilik, kompozitsiya, dialog, ramz. Аннотация. В статье методы создания полифонии и факторы возникновения полифонии научно и теоретически обобщены на примере романа Исаджона Султана “Генетик” В ней с теоретическими примерами анализируются сходства и различия восточной модели стиля, возникшего на Западе. Ключевые слова: Полифонический роман, авторская речь, многоголосие, композиция, диалог, символ. Annotation. The article scientifically and theoretically summarizes the methods and factors of polyphony formation, used in Isajon Sultan's novel “The Genetic”. Trough theoretical examples, it explores the similarities and differences between the Eastern stylistic model and its Western counterpart. Keywords: Polyphonic novel, author’s speech, polyphony, composition, dialogue, symbol. Keyingi yillarda nasrimizning rivojlanishi natijasida ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Bulardan biri polifonik (ko‘p ovozli) romanlarning paydo bo‘lishidir. Polifonik tafakkur XX asrdan o‘zbek romanlarida uchray boshlagan bo‘lsa-da, aslida uning milliy adabiyotimizga kirib kelishi ancha olisga borib taqaladi. Bu haqida adabiyotshunos olim I.Haqqul haqli ravishda: “O‘zbek adabiyotida polifonik tafakkur Ahmad Yassaviydan boshlanib, Navoiy lirikasida yuksak bosqichga ko‘tarilgan”[1:186] – deya ta’kidlagan. Polifonik romanni birinchi bo‘lib Dostoyevskiy ijodida uchratamiz. Buni M.Baxtin Dostoyevskiy romanning yangi tipi – “polifonik roman” yaratganini o‘zining “Dostoyevskiy ijodi muammolari” asarida asoslab beradi. Adabiyotshunoslik lug‘atida: “Polifoniya (yun. polys – ko‘p, phone - ovoz) - musikashunoslikdan o‘zlashgan termin” [2:226] – degan ma’lumotlar uchraydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XX asrda o‘zbek adabiyotida jahon adabiyotida hamda mumtoz adiblarimiz yaratgan asarlariga tayanib polifonik nutqli romanlar yaratildi. Bular: A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Navoiy”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar”, O.Yoqubovning “Ulug‘bek 324 xazinasi” va boshqalar. Ammo bular ham to‘liq “polifonik roman” talablariga javob bermaydi. Chunki romanlarning ma’lum qismlaridagina (ya’ni urush tasvirlarida) polifonik nutqlarni uchratishimiz mumkin. Polifonik nuqtning asosiy belgisi bu – muallifning qahramonlarga nisbatan dialogik mavqeyida turishi, ya’ni ikkisi bir butunlikni hosil qilmasligidir. Har bir qahramonning olam haqidagi o‘z qarashlariga ega ekanligi va shu qarashlardan har biri mustaqil holda ya’ni muallif nuqtayi nazariga yonma-yon unga bo‘ysunmagan holda yashashini ko‘rsatadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, o‘zbek adabiyotida yaratilgan va yaratilayotgan romanlar “polifonik roman” talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli ham biz milliy adabiyotimizda yaratilgan romanlarni sof polifonik romanlar sirasiga kirita olmaymiz. Bu bilan biz milliy adabiyotimizda “polifonik roman” yo‘q degan xulosaga kelishdan biroz tiyilamiz, sababi, “polifonik roman” unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan romanlar juda ko‘plab topiladi. Masalan, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton va boshqa yozuvchilar asarlari fikrimiz dalilidir. Adabiyotshunos X.To‘liboyev: “Yaxlit roman mohiyatidan kelib chiqilganda esa, yovuzlikning turlanib, tuslanib turishi, ya’ni tabiatga ko‘chib, qayta namoyon bo‘lishi “Sabo va Samandar”da ko‘povozlilik va ko‘pqatlamlilikni yuzaga chiqaradi,” [3:41] – deya “Sabo va Samandar” romanini tahlil qilgan. Iste’doli yozuvchi Isajon Sulton romanlari ham “polifonik roman” unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bunga uning “Genetik” romanini tahlilga tortish orqali ko‘rishimiz mumkin. Inson xayolida kechayotgan o‘y-fikrlarning rang-barangligi, olam haqidagi qarashlari, inson nimani ko‘rishni xohlasa, shu narsa tasavvurda namoyon bo‘lishi “Genetik” romanida ko‘povozlilikni yuzaga chiqaradi. “Yomg‘ir desam, bahor jalasida barab shataloq otgan qo‘zilar bilan bir qatorda, bepayon dalalar ko‘z oldimga keladi, qalbimni shirin hislar chulg‘ab olaveradi. Bol deganimda biznikiga mehmon bo‘lib kelgan, olis ajdodlarimizning qaysi bir halqasida qanaqadir aloqasi borligi uchun qarindosh desa ham bo‘laveradigan qishloqdoshlarimizni eslayman. Ular bilan kelgan qizaloqni ko‘rib, bir lahzaga qotib qolgandim, go‘yo. Qizgina nihoyatda chiroyli edi, ammo chiroyi nimada desangiz, javob berolmasligim ham bor gap. Qarindoshlar o‘shandan keyin qaytib kelishmadi, yashash joyi Dashti Qipchoq ekanini bilsam-da, tasavvurimda juda olis, tushunarsiz g‘alati makonday bo‘lib qolaverdi. Meni dovdiratgan – turli ifodalarni akslantirgan ko‘k-yashil, gavhar ko‘zlarimidi?” [4:80] Yuqoridagi misollardan bosh qahramon fikr-mulohazalarining samimiyligi va sofligi, ishq haqidagi o‘zi hali tushunib yetmagan ibtidoiy qarashlarini asar 325 kompozitsiyasida ohang va musiqiylikni yuzaga keltiradi. Yozuvchi o‘z xayollari bilan suhbatlashayotgan tabiat, insonlar, sevgi haqida fikr yuritayotgan bosh qahramonning ichki kechinmalarini kitobxonga taqdim etadi. Bu o‘rinda dialogdan farqli o‘laroq polifonik hodisa yuzaga chiqqan va bu kompozitsion yaxlitlikni asoslaydi. Romanda genetik ilmlarning yuzaga chiqishi va eng chekka qishloqdan chiqqan genetik olimning psixologik-falsafiy qarashlari zamirida ijtimoiy hayot, milliy qadriyatlar, zamonaviy fan-texnika haqida bahs yuritiladi. Shuningdek, roman tarkibida ramziy-majoziy ifoda tasvirlaridan ham foydalanilgan. Buni “Bilga xoqon bitiklari”dan olingan sitatalarda ko‘ramiz: “Shunda yayloqda bir shamol esdi. Dediki: “Ey budun, o‘tiraverasanmi? Sen shunaqa o‘ksik budun edingmi? Bir baqirsang, ovozing tog‘ni yiqitmasmidi? bir musht ursang yerni titratmasmiding? Bir yig‘lasang, osmondan jala quymasmidi? Yilqing o‘z-o‘zidan ko‘paymasmidi, chorvang mo‘l bo‘lmasmidi? Bo‘yin egadigan el emas eding-ku? Sen Tabg‘achga bo‘ysunadigan el edingmi?” [4:116-117] Bu o‘rinda shamol – ramz. U donishmandlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Uning tilidan aytilgan gaplar xalqni birlashishga, erk va ozodlik uchun kurashga chorlash vazifasini bajaradi. Adib shamoldan juda ko‘p o‘rinlarda foydalanadi. Uning deyarli barcha asari shamol tasviri bilan boshlanadi. Adibning “Ozod” romanida shamol timsol darajasiga ko‘tarilgan. Xulosa. Isajon Sultonning “Genetik” romani yozilish uslubining o‘ziga xos ohangi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Unda polifonik ifoda uslubining go‘zal namunalarini keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ҳаққулов И. Ижод иқлими. – Т.: «Фан». 2009. 2. Қуронов Д. ва бошқ., Адабиётшунослик луғати. – Т.: «Академнашр». 2013. 3. Тулибаев Хурсанд. 2000 – йиллар ўзбек романчилигида бадиий услуб ва жанрий– композицион яхлитлик. Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун тақдим этилган dissertatsiya. – C., 2012. 4. Исажон Султон. Генетика. Қорақуш Юлдузининг сири. – Т.: Ғaфур Ғулом, 2019.