scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR ADABIYOTIDA OBRAZ STILIZATSIYASI

Mahamadjonova Odinaxon Xamidullo qizi

Full text

349 BOLALAR ADABIYOTIDA OBRAZ STILIZATSIYASI Mahamadjonova Odinaxon Xamidullo qizi Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272139 Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar folkloriga oid bo‘lgan obrazlarning bolalar adabiyotiga stilizatsiyasi haqida fikrlar bildirilgan. Ijodkorlarning folklordan foydalanishi, qayta ishlashi tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: obraz, stilizatsiya, janr, folklor, motiv Abstract: This article discusses the stylization of images drawn from children’s folklore in children’s literature. The use and reworking of folklore by creators are analyzed. Keywords: image, stylization, genre, folklore, motif Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы стилизации образов детского фольклора в детской литературе. Проанализировано использование фольклора творцами и его переработка. Ключевые слова: образ, стилизация, жанр, фольклор, мотив Kirish. Kattalar adabiyotidan ko‘ra bolalar adabiyotida folklor janrlari, obraz va motivlariga murojaat ko‘proq kuzatiladi. Ertak, o‘yin folklori, topishmoq, alla, erkalama singari janrlarnining shakli, ifoda uslubi, obraz va motivlariga ayrim ijodkorlar qayta ishlov berishi natijasida stilizatsion folklorizm ko‘rinishlari paydo bo‘ladi. Adabiyotlar tahlili. Adabiyotshunos S. Mamajonov yozganidek: “Xalq ijodi yozuvchilar uchun xalq tarixini, kurashini, uning maqsad va idealarini, ruhi, ongi, psixologiyasi va xa-rakterini, uning boy tilini o‘rganish manbai bo‘lmoqda; xalq bilan hayot va zamon bilan uzviy bog‘lanishda ma’lum ma’noda g‘oyaviy-estetik ko‘priklardan biri bo‘lib xizmat etmoqda”. Quddus Muhammadiyning “Kimchopag‘on-u, kim polvon?”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Oq sholi-ko‘k sholi” o‘yinlari aytimlaridan analitik folklorizm sifatida foydalangani ham alohida e’tiborga sazovordir. Muayyan ijodkor xalq og‘zaki ijodiga oid asardan parcha olib, o‘zi yaratgan ijod na’munasiga kiritsa analitik folklorizm deyiladi. Analitik folklorizm hosil bo‘lishi uchun ijodkor folklordan olgan parchani o‘z asariga kiritishi lozim. “Oq terakmi, ko‘k terak” nomli she’rida G‘afur G‘ulom shu nomli o‘yin qo‘shig‘idan ikki misrasini olib, ayni qo‘shiq ritmini stilizatsiya qiladi: Oq terakmi, ko‘k terak, Bizdan sizga kim kerak? Hey! 350 Akbar bo‘taloq kerak. Hey! O. Safarov G‘afur G‘ulomning bolalarga atalgan she’rlarini tahlil qilar ekan: “Shoir jajjivoylarning o‘yinga qiziqishlari kuchliligi mantiqidan kelib chiqib, aksariyat she’rlarini o‘yin shaklidagi kompozitsion asosda quradi. “Oq terakmi, ko‘k terak” va “Chittigul” bolalar o‘yin folklorida keng tarqalgan qadimiy zavqovar na’munalar . G‘afur G‘ulom ularning o‘yin asosini saqlagan holda ver-bal qismini tashkil etuvchi ayrim badihalarni yangicha tabdil qiladi, ularni baxtiyor bolalikni sharaflovchi ruhga sug‘oradi. Ayniqsa, “Chitti gul” she’rida yorqin jilolangan”. Toshxon qizning boshi bor, Manglayda quyoshi bor, Bu yil birinchi sinf, Chunki yetti yoshi bor, Hay-u chitti gul “Chitti gul” o‘yin qo‘shig‘ini motivi va ritmini shoir Muhammad Ali “Nasibaning qo‘shig‘i” she’rida akslantirgan. Har bir shoirning o‘ziga xos poetik maqsadi bo‘ladi. Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar “qissasida Abdulla obrazi gavdalanadi. Ular Qo‘shariqqa ko‘chib borganlarida bolalarning shovqini eshitib ko‘chaga chiqadi. Bolalar “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yinini o‘ynayotgan bo‘lishadi. O‘yin haqida berilgan ma’lumotlardan so‘ng, adib bolaligidagi o‘tkinchli bir voqeani eslaydi: “Qanchadan qancha bolalar qarshi safni buzib, bola olib keldi, qanchadan qanchasi safni buzolmay qolib ketdi. Orziqib kutdim: men ham “kerak” desa, men ham yugurib, safni buzsam, bola yetaklab kelsam…biroq hech kim meni “ kerak” demadi. Bu bolalar mening nomimni bilmasligi esimga kelmabdi. ” “Shum bola” qahramonning mahalladagi hayoti tasvirlanadi: “Mahallamizning bir tomoni Tikonli mozor, bir tomoni Qo‘rg‘ontegi. Uzun ko‘chaning o‘ng, chap tomonidagi pastqam, tor ko‘chalarda o‘g‘il va qiz bolalar to‘planib, har xil o‘yinlar o‘ynaymiz. Kurash, “botmon-botmon”, “oq terakmi, ko‘k terak”, “qushim boshi”, “mindi-mindi”, “o‘g‘ri keldi”, “bekinmachoq” degan o‘yinlarimiz bor”. G‘afur G‘ulom o‘zining “Mening yarim asrlik do‘stim “ adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plamida quyidagi jumlalar uchraydi: “Oqshomlari o‘g‘il-qiz bolalar yig‘ilib, mindi-mindi, qushim boshi, botmon-botmon, oq terakmi, ko‘k terak, bekinmachoq o‘yinlarini birga-birga o‘ynardik. ” – Bekinmachoq o‘ynaymiz, – dedi-yu hilol Osmondan yiqildi o‘rmonga. 351 Bekinmachoq o‘ynaymiz, – dedi-yu shamol Yo‘q bo‘ldi tepalik tomonda O‘yinning nomlanishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, daraxt nomini eslatadi. Terakning turlari ko‘p masalan: mirzaterak, baqa terak, qora terak, oq terak, ko‘k terak. Bolalarning bir o‘yinining nomi ham “Oq terak, ko‘k terak”. Bu haqida folklorshunos G‘. Jahongirov xalq etimologiyasiga asoslanib, o‘yin nomining yaralishi Toshkent yaqinidagi shu nomli ikki qishloq nomidan kelib chiqqan, degan xulosaga keladi. Bu fikrga esa E. Jabborov o‘z ilmiy ishida “Bu o‘yin o‘tmishda ham o‘ynalgan. O‘yin nomining yaralishida yuqorida ta’kidlangan xalq etimologiyasi asos bo‘lgan deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. O‘yin nomining yaralishida xalq etimologiyasi asos bo‘lgan deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bolalarning o‘yin pay-tida saf tortib turish holati terak daraxtining tik va qator bo‘lib turishini eslatadi. O‘tmishda bu imoratbop daraxt ariq roshlarida qator o‘stirilgan. Daraxtdagi tiklik va ularning qator o‘sishlik belgilari o‘yin nomining yaralishiga asos bo‘lgan deb xulosa chiqarish mumkin. Bunga quyidagi holatlar ham turtki beradi. Xalq jonli tilida bolalarga tanbeh berishda “terakka o‘xshamay ket”, “terakka o‘xshab tura-verasanmi?” singari iboralar qo‘llaniladi. Bunda ham tiklik, balandlik belgisiga bo-lalarning tik holatda turishi o‘xshatilgan” – degan fikrlarni bildirib o‘tadi U. B. Dalgatning fikricha: “yozma va og‘zaki adabiyot qahramonlari orasida genetik indentifikatsiya” bor. Har qanday yozma adabiyot xalq og‘zaki ijodidagi obrazlardan foydalansa, u, albatta, o‘xshatish asosida bo‘ladi. Lekin indentif-ikatsiya shunchaki obrazni ko‘chirish emas, balki o‘sha obrazni o‘z maqsadi yo‘lida xizmat qildirishni anglatadi. V. V. Prozorovning “M. E. Saltikov-Shchedrin” nomli tadqiqotida mavjud bo‘lib: “Saltikov-Shchedrin folklordan na’munalar ko‘chirmadi, balki ular ruhida erkin ijod qildi” degan fikrlarni bildirib o‘tgan. Folklor va yozma adabiyot munosabatlariga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar o‘zbek adabiyotshunosligida ham o‘tkazilgan. Xususan, M. Amilovaning “O‘zbek sovet adabiyotida folklor an’analari”, O. Sobirovning “Sarchashma adib ijodida”, X. Doniyorov, S. Mirzayevning “H. Olimjon asarlarida folklor traditsiyalari”, N. Mallayevning “Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti” kabi asarlarda xalq og‘zaki ijodiga oid bo‘lgan obrazlarning yozma adabiyotga ta’siri haqida mulohazalar bildirilgan. T. Xo‘jayev “XV asrning 1-yarmi o‘zbek adabiyoti va folklorning o‘zaro ta’siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida batafsil to‘xtaladi. Lekin ushbu tadqiqotda folklorizm yoki obraz stilizatsiyasi emas, ularning genezisiga doir mulohazalar berilgan. 352 “Obraz indentifikatsiyasi” tushunchasidan kelib chiqsak, folklor obrazlarin-ing yozma adabiyotga ko‘chishini stilizatsion folklorizm deb hisoblash mumkin. Chunki folklor obrazining nomlanishi, mohiyatidagi ayrim jihatlar aynan ko‘chirilsa-da, yozma adabiyot o‘zlashtirgan folklor obrazi aynanligi ta’minlansa-da u ilgarigi holatini ma’lum ma’noda yo‘qotib, yozma adabiyot qonun-qoidalariga bo‘ysunadi, yangi obraz paydo bo‘ladi. U usluban folklor obraziga xos bo‘lsa-da, yozma adabiyot bag‘rida qayta tug‘ilgan, stilizatsiya qilingan obrazdir. “Stilizatsiya” so‘zi ingliz tilida “uslubga taqlid qilish” ma’nosidagi “stiisation” leksemasidan olingan bo‘lib, “adabiy stilizatsiya” deganda, o‘zgaga mansub nutqiy muloqot materiallariga atayin taqlid qilish aosida asar yaratish orqali badiiy niyatga erishish nazarda tutiladi. “Stilizatsiya deb, o‘zgalar uslubini o‘zining badiiy niyatiga moslab yo‘naltirishga aytiladi. Muallif tomonidan ongli ravishda qo‘llanilgan bu usul tasvirlanayotgan badiiy lavhaning etnografik kontekstini shakllantirish va personajlar nutqining tabiiyligini ta’minlashga xizmat qiladi” “Laylak kelsa-yoz bo‘lur” hukmlagichining Safo Ochil tomonidan “Laylak kelsa…” she’ri ko‘rinishida stilizatsiya qilinganini ko‘rishimiz mumkin: Laylak kelsa, Yoz bo‘ladi. Cho‘milishga Soz bo‘ladi. Xullas, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga xos alla, kelinsalom, erkalama, hukmlagich, tez aytish, ertak, topishmoq singari qator janrlar bolalar adabiyotida keng stilizatsiya qilib kelinayotganligi kuzatiladi. Ularning badiiy shakli va ifoda uslubi, obraz va motivlaridan har bir ijodkor individual tarzda o‘ziga xos mahorat bilan foydalanishgan. To‘rvachada shaldirar, Bolg‘a, toshdan qaltirar. O‘xshar miya, kallaga, Bo‘linadi pallaga. Mazasi yeng ichida, Goho o‘yinbop juda. -Kuz chog‘ida kel, o‘rtoq, Birga qoqamiz…(yong‘oq) Ushbu she’rda “Yong‘oq yashirish”, “Juftmi?Toq” o‘yinlarining nomiga ishora qilinmoqda. Odatda, ushbu o‘yinlarni o‘ynash davomida asosiy predmet yong‘oq 353 hisoblanadi. Goho topishmoq aytish o‘yini bo‘lganida ham mukofot sifat-ida yong‘oq berilgan. Singil dangasa, Opasi esa Chaqqon, muloyim. Mehnatkash doim. Olishar tortiqIkkita sandiq. Ertak serhikmat… (“Zumrad va Qimmat) Ertak va topishmoqlar bir-birining taraqqiyotiga xizmat qiladi. F. I. Buslaevning fikricha, folklorning kichik janrlari, shu jumladan, topishmoq ham ertakdan o‘sib chiqqan. Shuning uchun talay ertaklar qahramon aql-u farosatini sinash sharti sifatida topishmoqlar uchraydi. Kavsar Turdiyeva qalamiga mansub ushbu topishmoq misolida buni yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ikki opa singil, biri dangasa, ikkinchisi mehnatkash, ikki sandiq kabi detallar ertakka ishora qilmoqda. Tarvuzning to‘la Ichidir tilla. Udir begumon Saxiyga ehson. Baxilga boriBir tarvuz ari. Nomi ikki so‘z. Bu:…(Oltin tarvuz) Xalqimiz orasida mashhur bo‘lgan ertak sujetiga ishora qilinmoqda. Saxiy, baxil, tarvuz obrazlari ertakka ishora qilmoqda. Laylakdan in’om : Ochildasturxon Va qaynar xumcha, Qiynalmay uncha. O‘g‘riga saboq, Berar…(Ur to‘qmoq) Xalq og‘zaki ijodiga oid bo‘lgan “ur to‘qmoq” obrazi gavdalantirilgan. Ushbu obraz ertakning yaxshilik bilan tugashiga xizmat qiladi. Laylak, ochildasturxon, qaynar xumcha kabi obrazlar orqali topishmoqning javobiga ishora qilmoqda. Ertakning qahramoni, 354 Polizimiz mehmoni. Yo‘talni quvib solar, Taomlardan joy olar. Berar biroz taxir ta’m Udir paxlavon…(sholg‘om) Rus xalq og‘zaki ijodiga oid ertakni eslatuvchi misralar bilan boshlangan ushbu topishmoqni topish qiyin emas. Polizda yetishtirilishi, yo‘talga davoligi, ta’mining taxirligi topishmoqqa yashirib qo‘yilgan obrazning o‘ziga xos belgilari hisoblanadi. S. S. Buxoriy bir she’rida Hamrobibi obrazini gavdalantiradi. Hamrobibi loydan turli xil o‘yinchoqlar yasab bolalarni xursand qiladi. Bo‘taloq, bulbulcha, bo‘taloq, laylakka hushtak o‘rnatib bolalarga beradi. Bolalarga o‘yinchoq deb turli xil narsalarni bergandan ko‘ra o‘zimizning tuprog‘imizdan yasalgan o‘yinchoqlarni bersak maqsadga muofiqdir. Toki bolalar “urush-urush “ o‘ynamasin. Maqsadi lablarga kulgu ulashmoq, Bolalar solmasin miltiqqa nazar. U bilar urushni, bilar ne firoq, “Firoqni bilmasdan o‘ssin bolalar…” Tuproq o‘yin o‘ynash bolalarga har tomonlama foydali hisoblanadi. Qo‘l harakatlari ularda miya rivojlanishiga katta xissa qo‘shadi. Loydan biror narsa yasashga urinish davomida esa bolalarda ijodkorlik shakllanadi. Bir vaqtning o‘zida esa ona tuproqdan yasalgan o‘yinchoqlar tuproqqa, ya’ni vatanga muhabbat uyg‘otadi. Tuproqdan yasalgan narsalar hayvonlar ona tabiatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Bolalar folklori bolalar dunyosining bir qismi hisoblanadi. O‘yin muloqot-ning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Nafaqat atrofidagi insonlar, balki o‘ynalayotgan mahsulotlar bilan ham munosabat o‘rnatiladi. O‘yin o‘ynash davomida bolalarda yangi fikrlar, g‘oyalar paydo bo‘ladi. Shu sababli o‘yino‘ynash kabi muhim hisoblanadi. Atrofidagi tendoshlari, do‘stlari bilan o‘ynay olmaslik bu muvaffaqiyatsizlik hisoblanadi. S.S.Buxoriy loydan turli xil o‘yinchoq yasab, keyin ularga xushtak o‘rantib butun umr bolalarni xursand qilish bilan mashg‘ul bo‘lgan Hamrobibi haqida sh’er yozgan. Xushtak o‘rnatilgan bo‘taloq, laylak, bulbulcha bolalarga olam-olam zavq bag‘ishlar edi. Ushbu she’r zamirida juda katta ma’no mujassam edi. Bolalarimi-zga o‘yinchoq deya miltiq bermaylik. Ona tupqog‘imizdan yasalgan hayvon, qush o‘yinchoqlarni berish zarur. Toki yosh avlod “urush-urush” o‘ynamasin: Maqsadi lablarga kulgu ulashmoq, 355 Bolalar solmasin miltiqqa nazar. U bilar urushni, bilar ne firoq, “Firoqni bilmasdan o‘ssin bolalar…” Tuproqdan yasalgan ushbu o‘yinchoqlar nafaqat salomatlik uchun foydali balki, u tufayli ona vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllanadi. Xelsinki universiteti olimlari immunitet tizimini mustaxkamlash uchun bolalar ochiq havoda va loyda o‘ynashlariga ruxsat berish kerakligini isbotlab berishdi. Mutaxasisslar uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan 75 bolani qamrab olgan tajriba o‘tkazishdi. Birinchi guruh bolalar o‘yin maydonlarida o‘ynashgan, keyin o‘rmon bo‘ylab sayrga chiqishgan. Yana bir guruh esa shaharda qolgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “iflos” joylarda o‘ynagan bolalar terisida xilma-xil bakteriyalar yuzaga kelgan, bu esa immunitetni mustaxkamlangan: qon na’munalarida yallig‘lanishga qarshi IL-10 oqsilining miqdori oshgan. Shu bois olimlar bolalar uchun tuproqning yuqori qatlamlaridagi mikroblar bilan “aloqa qilish” bolalar uchun juda muhim degan xulosaga kelishgan. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘yin o‘ynash davomida o‘yin mazmuniga xos bo‘lgan turli xil narsalarni obrazlantirib ko‘rsatib beradilar. Hayvonlar: g‘oz, eshak, bo‘ri, maymun; kasblar: militsiya, bog‘bon, ovchi, sotuvchi, o‘qituvchi; narsalar: haykal, uycha, svetafor, traktor, gullar, daraxtlar yoki ertak qahramonlarini o‘yin davomida obrzalantirib ko‘rsatib beradilar. Bolalar o‘yin folklori, xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot chambarchas bog‘liqdir. Ulardagi syujetlar, obrazlar biridan biriga o‘tib turadi. Xalqdan xalqqa avlodlar osha o‘tib boraveradi. Umumiy qilib aytganda, o‘yinlar olami bolalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Unga chegara qo‘ymadi, chegarani, shartni bolalarni o‘zi qo‘ydi va bajardi. O‘yinlardagi turli narsalarning obrazini yaratish uchun u atrofdagi hamma narsaga sinchkovlik bilan qaradi, hech narsa nazaridan chetda qolmadi. Buni ularga hech kim aytmadi, o‘rgatmadi, buni o‘zi xohlab bajardi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklar. Toshkent, 1998 2. Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent, 1974 3. Safarova N. O‘zbek bolalar o‘yin folklorining janriy tabiati, genezisi va badiiy xususiyatlari. diss, 2005. 4. Galiyev Sh. O‘zbek bolalar o‘yin folklori. Toshkent. O‘zbekiston fanlar akademiyasi “Fan “ nashriyoti. 1998.