ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING MOLIYAVIY- IQTISODIY KO'RSATKICHLARINI EKONOMETRIK TAHLILI
Abstract
Mazkur tezisda ishlab chiqarish tushunchasi,uning iqtisodiyotdagi ahamiyati,korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va ularning ekonometrik tahlili haqida yoritib berilgan.ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy rivojlanishning bosh omili ekanligi ta’kidlanib,uning samaradorligi texnologik rivojlanish bilan bog’liqligi yoritiladi.Ishlab chiqarish faoliyati tahlil qilinmasa,davlatning iqtisodiy rivojlanishni tushunish murakkablashib boradi.Ushbu tezis iqtisodiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun foydali bo’lishi mumkin.
Full text
Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 22 ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING MOLIYAVIYIQTISODIY KO’RSATKICHLARINI EKONOMETRIK TAHLILI TOXIROV SHODIYOR ZAFAR O’G’Ll TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI EKONOMETRIKA KAFEDRASI ASSISTENTI MAGISTR TELEFON RAQAMI:+998954170741 ANNOTATSIYA:Mazkur tezisda ishlab chiqarish tushunchasi,uning iqtisodiyotdagi ahamiyati,korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari va ularning ekonometrik tahlili haqida yoritib berilgan.ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy rivojlanishning bosh omili ekanligi ta’kidlanib,uning samaradorligi texnologik rivojlanish bilan bog’liqligi yoritiladi.Ishlab chiqarish faoliyati tahlil qilinmasa,davlatning iqtisodiy rivojlanishni tushunish murakkablashib boradi.Ushbu tezis iqtisodiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun foydali bo’lishi mumkin. KALIT SO’ZLAR: lshlab chiqarish,iqtisodiyot,ekonometrika,ekonometrik tahlil,iqtisodiy tahlil,investitsiya,mahsulot,moliyaviy xizmat,ishsizlik darajasi, KIRISH Bugungi global iqtisodiyot muhitida ishlab chiqarish jarayoni tobora murakkablashib bugungi global iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish jarayoni tobora murakkablashib,zamonaviy texnologiyalar, avtomatlashtirish va ekologik omillarga bog‘liq holga kelmoqda.Maqolada dastlab ishlab chiqarish tushunchalariga to’xtalib o’tamiz. Ishlab chiqarish – bu xom ashyolarni qayta tiklash va yangi mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonda tabiiy resurslar, inson mehnati va kapital birgalikda ishlaydi.Ishlab chiqarishning asosiy maqsadi – inson ehtiyojlarini qondirish va iqtisodiy qiymat yaratishdir.Ishlab chiqarish turli yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin, jumladan: Moddiy ishlab chiqarish– sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Nomoddiy ishlab chiqarish – ta’lim, tibbiyot, moliyaviy xizmatlar, IT sohalari kabi xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarish fizik mahsulotlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lsa, nomoddiy ishlab chiqarish inson kapitali va bilimga asoslangan iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlaydi.Ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sishning asosiy
Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 23 harakatlantiruvchi kuchidir. Yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish orqali yalpi ichki mahsulot (YaIM) oshadi, bu esa mamlakatning umumiy farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Ishlab chiqarish sohasi ish o‘rinlarini yaratadi. Sanoat korxonalari, fermer xo‘jaliklari va xizmat ko‘rsatish sektorlarida millionlab odamlar ishlaydi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishsizlik darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.Bugungi kunda ishlab chiqarish jarayonida yangi texnologiyalar, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish keng qo‘llanilmoqda. Bu jarayon mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. So’nggi yillarda ko’plab kompaniyalar ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilmoqda.Bugungi kunda ishlab chiqarish zanjitrlari tobora rivojlanib,mahsulotlar bitta davlatda ishlab chiqarilib,boshqa davlatga eksport qilinadi.Bu esa global iqtisodiy bog’likni oshirmoqda. Ishlab chiqarishni shakllantirish usullari: 1.Innovatsion texnologiyalarga investitsiya kiritish – raqamli texnologiyalarni yaxshilash orqali ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish. 2.Yosh mutaxassislarga o’rgatish – kasbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga e’tiborli bo’lish. 3.Ekologik toza ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilish – atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan texnologiyalarni kengaytirish. 4.Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish – eksport salohiyatini yaxshilash va global bozorlarga olib chiqish.Ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi. Zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va ekologik yondashuvlar ishlab chiqarish jarayonini yanada samarali va barqaror qilishga yordam bermoqda. Kelgusi yillarda avtomatlashtirish, yashil energiya va sun’iy intellekt kabi texnologiyalar ishlab chiqarishning ajralmas qismiga aylanishi kutilmoqda. Shu sababli, mamlakatlar ishlab chiqarish sektoriga diqqat qaratishlari va yangi texnologiyalarga investitsiya kiritishlari zarur. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari: Korxona moliyaviy xizmatining vazifalari moliyaviy hujjatlar aylanishini,o’zaro hisob-kitoblarni,mablag’larni jalb etish va joylashtirishni,moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat qilishni,moliyaviy oqimlarni optimallashtirishni,biznes rejalar tuzishni,moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni,korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish va prognoz qilishni o’z ichiga oladi. Maqolada don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini tahlil qilishda mantiqiy fikrlash,komplex yondashuv va ekonometrik modellashtirish va prognozlash kabi usullardan foydalanildi.
Vol.3 №10 (2025). September Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 24 Korxonalar ish faoliyatini aniqlashda ekonometrik tahlil orqali korxonadagi ishlab chiqarish potensiallari va ularning ishlab chiqarishga ta’sir etish darajasini o‘rganish mumkin. Xulosa Ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ekonometrik tahlil qilish orqali korxonaning samaradorligi, rentabelligi va moliyaviy barqarorligini chuqurroq tushunish mumkin bo‘ladi. Ekonometrik metodlar yordamida moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanib, ularning korxona faoliyatiga ta’siri baholanadi. Bu esa rahbariyatga xato qarorlar qabul qilishning oldini olish, resurslardan samarali foydalanish va investitsiya jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, tahlil natijalari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyalari ishlab chiqilishi va moliyaviy risklarni kamaytirish choralari ko‘rilishi mumkin. Umuman olganda, ekonometrik tahlil ishbilarmonlik va moliyaviy boshqaruvni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.