scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAXTUMQULI IJODIDAGI DINIY-MA'RIFIY SHE'RLARNING HOZIRGI ADABIY JARAYONGA TA'SIRI (Sirojiddin Sayyid ijodi misolida)

Ergasheva Rayhon O'tkir qizi

Full text

397 MAXTUMQULI IJODIDAGI DINIY-MA’RIFIY SHE’RLARNING HOZIRGI ADABIY JARAYONGA TA’SIRI (Sirojiddin Sayyid ijodi misolida) Ergasheva Rayhon O‘tkir qizi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272202 Annotasiya: Ushbu maqolada Maxtumquli hamda Sirojiddin Sayyid ijodidagi diniy-ma’rifiy qarashlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: iymon, e’tiqod, axloq-ma’naviyat, hadis, istig‘for, ma’rifat. Abstract: This article discusses the religious and educational views of Makhtumquli and Sirojiddin Sayyid. Key words: faith, belief, morality and spirituality, hadis, forgiveness, enlightenment. Аннотация: В данной статье рассматриваются религиозно-просветительские взгляды Махтумкули и Сирожиддин Саййида. Ключевые слова: вера, убеждение, мораль и духовность, хадис, прощение, просветление. Ma’rifiy mavzudagi she’rlar mazmun-mohiyatiga, uning ming yillik an’ananing davomi va alohida yo‘nalish sifatidagi takomiliga, o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Turkman adabiyoti namoyandasi Maxtumqulining o‘z ijod yo‘lida diniy-ma’rifiy mavzu yetakchi o‘rinni egallaydi. Shoir ijodi juda mashhur bo‘lganligining sabablaridan biri ham uning shu mavzudagi she’rlaridir. Chunki yoshligidan bir qancha ustozlardan diniy ta’lim olib, madrasalarda ko‘plab ijodkorlar va ilm ahli bilan do‘stlashadi. U Qur’onni yod olgan, uning ma’nolaridan ta’sirlangan. Islomiy qissalar, din-u diyonat, imon-itiqodning butunligi haqidagi g‘oyalar she’rlariga singdirilgan. Vaholanki, necha asrlar o‘tmasin bu yo‘nalish ko‘pchillik shoirlar qalamida yuksak badiiyat biilan tebranib kelmoqda. Sirojiddin Sayyid ham diniy-ma’rifiy mavzuga qo‘l uradi. Maxtumquli ijodiga teran nazar tashlar ekanmiz, islom dinining yuksak ildizlari ko‘rinadi. Izlaninshar mobaynida uning hikmatlaridagi diniy-tasavvufiy, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy g‘oyalar hamda gumanistik qarashlarning demokratik qadriyatlarni rivojlantirish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish g‘oyalariga asos ekanligining guvohi bo‘lamiz[1:9]. Mutafakkirning halollik, poklik, insof-diyonat, sabr-qanoat, foniy dunyo moliga ruju qo‘ymaslik kabi g‘oyalar olg‘a suriladi. Maxtumqulining butun ma’rifati, islomiy muhabbati, ishqi, shavqi, qaygʻusi 398 she’rlarida aks etadi. She’riyat shoir qalbining koʻzgusidir. Maxtumquli she’riyati bani basharga qilingan otashin va ma’rifiy xitoblardan iborat. Maxtumquli she’riyati Qur’oni karim va hadisi shariflar ma’nolarining she’riy sharhidan iborat. “Bir nuri iymon” she’rida insonga moddiy narsalar ems, iymon muhimligini yozadi: Duodan el ko‘karar, Yomg‘irdan yer ko‘karar.... Er uldir - olqish olar, Yerlarga boron kerak.. Ajal kelar, o‘yda yo‘q, Ko‘rmoq yilda, oyda yo‘q, Hech narsadan foyda yo‘q, Bir nuri iymon kerak.[2:59] Uning g‘azallari va muxammaslarida ko‘pincha Allohning o‘zgacha sifatlar – yo Rab va qudratli Subhon tarzida talqin etilgan. Subhon so‘zi madh, maqtash, ulug‘lash ma’nolarini bildiradi. Umuman, shoir iltijo qila oladigan yagona najoti –bu uning qudratli Robbisidir. U “Rabbim Jalil” she’rida ham unga murojaat qilib, uni ta’rifu-tavsiflaydi: O‘n sakiz ming olam ahlin bor edan Rabbim Jalil, Qaytarib dargohiga ham zor edan Rabbim Jalil, Qudrati-la Arsh uyin davvor edan Rabbim Jalil, Haybati-la farsh uyin hamvor edan Rabbim Jalil, Amr etibon, bayzani anvor edan, Rabbim Jalil.[2:125] Yuqoridagi baytda shoir o‘z qilmishlari va fe’lining yomonligidan jon bergan Robbisidan najot so‘rab, karamli Tangridan panoh so‘rab yolvormoqda. Bu yerda Allohning ismlaridan biri bo‘lgan Jabbor – mislsiz qudratli, bandalarining ishini isloh etuvchi, ularning gunohlari uchun jazolovchi ma’nosidadir. G‘affor esa kechiruvchi, afv etuvchi, mehribon, shafqatli ma’nosini anglatadi. Bu ismlarni ma’nosiga qarab o‘z o‘rnida qo‘llash bu ijodkorning mahorati hisoblanadi. Maxtumquli falsafiy taʼlimoti oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra, keng qamrovli qarashlarni oʻzida aks ettiradi. Ularda olamning abadiyligi, Allohni tanish, foniy va boqiy dunyo tavsifi, tabiat, inson, borliq, hayot va oʻlim kabi falsafiy kategoriyalar talqinini koʻrish mumkin. Maxtumqulining eng mashxur bo‘lgan she’rlaridan bir “Savol-javob” shaklida aks etgan satrlaridir. Unda shoir falsafiy mushohadaga chaqiradi. Ya’ni dunyodagi ne’matlarni qadri qay darajada ekanligi sifatlangan. 399 - Ul nimadir, yashil-qizil o‘sadir? Ul nimadir, oyog‘i yo‘q kezadir? Ul nimadir, yetti daryo suzadir? Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber! - Ul ekindir, qizil-yashil o‘sadir, Ul ilondir, oyog‘i yo‘q kezadir, U baliqdir, yetti daryo suzadir, Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir![2:131] Ayni vaqtda Mahtumquli ijodidagi bunday mavzular o‘zbek she’riyatining iste’dodli shoir Sirojiddin Sayyid ijodida yetakchi o‘rinda turadi. “Yaxshilik eskirmagay. Qirq hadis” turkumidagi dastlabki she’rini musulmonlarning sevimli kalomi “Bismillahir roxmanir rohiym”dan boshlaydi va Allohni borligiga iymon keltirganligi, dargohiga borishini anglaganligini, Allohdan Otasining gunohlarini kechirishni, onasiga esa ko‘proq umr so‘rab iltijo qiladi: Sening dargohingda ko‘zlarimda nam, Endi ayon menga ul borar joyim. Kechirgil otamning gunohlarini, Onamga umr ber o‘zing Xudoyim[3:233]. “Yaxshilik eskirmagay” to‘plamiga kirgan she’rlarida turlicha mavzulardagi hadis mazmunlari she’rga solingan. Yozuvchi hadis mazmunidagi quyidagi fikr va mulohazalarni she’riy estitik badiiyat bilan ifodalab beradi: Zamondan koyinmanglar, zero zamonning egasi Ollohdir deb shukur qilishga , zamondan ayb qidirmaslikka; Foydali ilmlarni o‘rgatuvchi odamning gunohi kechirilishini so‘rab, xar bir narsa, xatto dengizdagi baliqlar xam istig‘for aytishi; Kishi birodari uchun hikmatli so‘zdan afzalroq, narsa xadya qilolmaydi. Chunki shu hikmat sababli Xudo uni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yadi yoki yomon yo‘ldan qaytarishi; Ona – jannat o‘rtasidagi eshiklardan biridir, agar xohlasang, o‘sha eshikni qo‘ldan ber yoki uni saqlashlik haqida; Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmagan va kattalarning sharafini bilmagan kishilar bizdan emasdir; O‘lib ketganlarni yomonlab haqorat qilmanglar, chunki ular qilmishlariga yarasha mukofot yoki jazo oladigan joyga ketganlar; Kimning sochi Haq yo‘lida oqargan bo‘lsa, qiyomat kuni shu oqargan sochi nur bo‘lib yo‘lini yoritib turadi; Ogohlikka da’vat qilib, ogoh bo‘lingki, xar bir xiyonatchi qiyomat kuni xiyonati mikdorida tanilish uchun bayroq, ko‘tarib yuradi. Ogoh, bo‘lingki, xiyonatning kattasi amirlarning xalq ommasiga qalgan xiyonatidir. Ogoh, bo‘lingki, haq gapni bilgan kishining u gapni gapirishiga odamlarning xaybati to‘sqinlik 400 qilmasin! Ogoh, bo‘lingki, jixodlarning afzali zolim yo‘lboshchi oldida aytilgan xaq so‘zdir. Ogoh, bo‘lingki, umringizning qolgan qismi bamisoli yashab turgan kuningizning qolgan qismi kabi tasavvur eting. Xulosa sifatida shuni, aytishimiz kerakki, avvalo, ikki davr ijodkori bir-biriga uzviy bog‘liq chunki necha ming asrdan buyon islom dini xalqlarni bir-biriga bog‘lab kelmoqda. Diniy-ma’rifiy g‘oyalar har bir davr ijodkori ijodida oyna bo‘lib yuksaltiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abdullayev M.S. Maxtumquli Firogʻiy maʼnaviy merosining falsafiy tahlili. – Филол.фан.фалс.докт. дисс.автореф. – Buxoro: 2023. – B. 9. 2. Mahtumquli. Saylanma. – Tarjimon va so‘zboshi muallifi M.Kenjabek. – Toshkent: 2004. 3. Sirojiddin Sayyid. Asarlar. IV jildlik. II jild. – Toshkent: Sharq, 2018. – 233 bet.