scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XRONOTOP NAZARIYASIGA TAHLILIY YONDASHUVLAR VA QARASHLAR

Abduxoliqova Zebuniso O'tkir qizi

Full text

408 XRONOTOP NAZARIYASIGA TAHLILIY YONDASHUVLAR VA QARASHLAR Abduxoliqova Zebuniso O‘tkir qizi Toshkent shahridagi 127-maktab o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272216 Annotatsiya. Zamonaviy fan tarkibidan o‘rin olgan xronotop tushunchasining badiiy in’ikosi, uning fanlararo genezisi, turf axil qarashlarni shakllanishiga asos bo‘lganligiga diqqat qaratilgan. Keyinchalik esa falsafa taribidagi termin sifatida qo‘llanilishi, san’at asarlari tarkibida ifodalanib kelganligi jahon va o‘zbek olimlarining nazariy qarashlari asosida tahlil qilindi va ma’lum bir tushunchalar, qarashlar ilgari surildi. Bugungi kunga kelib, badiiy asar arixtektonikasidagi asosiy unsur ekanligi, uning matn tarkibidagi o‘ziga xos funksiyasi yoritib berildi. Kalit so‘zlar: xronotop, fan, fizologiya, inson, tabiat, makon, zamon, harakat, qarashlar, talqin, tushunchalar. Аннотация. В статье акцентируется внимание на художественном отражении понятия хронотопа, занимающего определённое место в современной науке, на его междисциплинарной генезисе и на том, что он послужил основой для формирования различных взглядов. Далее рассматривается употребление данного термина в философии и его выражение в произведениях искусства, что проанализировано на основе теоретических воззрений как зарубежных, так и узбекских учёных. Были выдвинуты определённые понятия и интерпретации. На сегодняшний день подчёркивается, что хронотоп является важнейшим элементом архитектоники художественного произведения и выполняет в структуре текста свою специфическую функцию. Ключевые слова: хронотоп, наука, физиология, человек, природа, пространство, время, движение, взгляды, интерпретация, понятия. Abstract. This article focuses on the artistic manifestation of the concept of the chronotope, its interdisciplinary genesis, and its role in shaping diverse perspectives within modern science. It further examines the adoption of the chronotope as a philosophical term and its representation in works of art, drawing on the theoretical insights of both international and Uzbek scholars. In addition, a number of concepts and interpretations are advanced. In contemporary literary studies, the chronotope is regarded as a fundamental component of the architectonics of artistic texts, fulfilling a distinctive function within their structure. Key words: chronotope, science, physiology, human, nature, space, time, movement, perspectives, interpretation, concepts. Asrlar davomida shakllanib kelgan insoniyatning makon va zamonda harakat etishi tabiiy holdir. Asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, geografik makon sari harakat etishining o‘ziyoq, uning ongli tafakkuridan dalolat beradi. Bu esa keyinchalik badiiy tafakkurga ham sezilarli ta’sirini ko‘rsatdi. Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodidan boshlab, yuksak darajaga ko‘tarilgan yozma badiiy asarlarda ham makon va 409 zamonning talqinlari davr ziddiyatlarini, inson qalbidagi tuyg‘ularni yuzaga chiqarishga zamin bo‘ldi. Rus adabiyotshunosi M.Baxtin ta’kidlaganidek: “Yunon romaniga xos avantyur zamon tahliliga yakun yasashdan oldin bir qadar umumiyroq bo‘lgan yana bir narsa, ya’ni romanlar syujetini tashkil etuvchi unsur vazifasini bajaradigan alohida mavzular haqida so‘z yuritishimiz maqsadga muvofiqdir. Visol – ayriliq, yo‘qotish – erishish, izlash – toppish, tanish – tanimaslik singari mavzular nafaqat turli davr va tiplarga doir romanlar syujetida, balki adabiy turlarning boshqa janrlari (epic, dramatic, hatto lirik janrlar)da ham muhim tarkibiy qismlar hisoblanadi. Ushbu mavzular o‘z tabiatiga ko‘ra xronotopikdir”.[1:59] Rus munaqqidi Mixail Baxtinning bu nazariy qarashlari badiiy asarlarga xos xususiyat ekanligini alohida qayd etgani holda, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, termin (atama)ning ilk shakllanishi, uning ijtimoiy fanlar kesimida shakllanishi haqidagi qarashlarga ham munosabat bildirib o‘tmoqchimiz. Filologik ilmiy muhitda ko‘p yillar davomida tadqiqotchilar nazdida barqarorlashgan tasavvurga qarshi o‘laroq, xronotop konsepti dastlab adabiyotshunoslikda emas, balki fiziologiya, psixologiya va falsafa fanlari bo‘yicha ilmiy izlanishlarning kesishish nuqtasida ishlab chiqilgandir. Xronotop bilan bog‘liq tadqiqotlarda mualliflik M.M.Baxtinga nisbat berilsada, istilohning ilk manbaini A.Uxtomskiyning ishlari asosida ko‘rsatish to‘g‘ri bo‘ladi. Aleksey Alekseevich Uxtomskiy (1875–1942) – asab tizimi faoliyatining tamoyillarini qamrab olgan dominanta xususidagi ta’limotning asoschisi rus fiziolog olimi va faylasufi. Olimning ilmiy dunyoqarashi nemis mutafakkirlari ta’sirida shakllanib, bu maktab vakillari (Vilgelm Osvald, Teodor Lipps, Ernst Max, Alois Ril, Vilgelm Vundt, Rixard Avenarius, Fridrix Paulsen va boshqalar) psixofiziologiya tadqiqotlari orqali olingan ma’lumotlardan falsafiy kategoriyalarni ishlab chiqishga intilishgan. Ushbu maktab qarashlarini chuqur o‘rgangan A.Uxtomskiy uzluksiz makon-zamon yaxlitligini (xronotopni) jonli idrok etishning shakli degan xulosaga olib keladi. Jonli idrok etish orqali, ongimiz sezgi a’zolari jo‘natgan ma’lumotlar biz uchun yaxlit bir butun olam manzarasini yig‘ib beradi. Uxtomskiy uchun xronotop mavhum bir falsafiy mohiyat emas, balki jonli mavjudotlarga atrof muhit bilan uyg‘unlikda o‘zaro mavjud bo‘lish imkonini beruvchi biologik tirik qolish mexanizmidir.[2:56] Rus olimi A.V.Politovning qarashlariga nazar solar ekanmiz, A.Uxatomiskiy va M.Baxtin nazariy qarashlaridagi farqli va ma’lum yaqinliklarni alohida qayd qilib o‘tishida ham asoslar mavjud edi.[3:4] 410 A.V.Politov ham ilk nazariy qarashlarni dastlab inson fiziologiyasi va falsafa fanlari doirasida vujudga kelgan istiloh keyinchalik badiiy asarlar tahliliga nisbatan tadbiq etilib, Baxtin tomonidan filologik ilmiy olamga moslashtirilganligini ta’kidlaydi. Chunki M.Baxtingacha ham u yoki bu darajada, atama haqidagi qarashlar mavjudligini alohida qayd etish lozim: “Zamon va makon san’atga talluqli ekanligini birinchilardan bo‘lib G.E.Lessing, keyinroq G.V.Gegil ta’kidlagan bo‘lsa, XIX asr oxiri, ayniqsa, XX asr san’atning barcha turlarini, shu jumladan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslikning diqqat markaziga tortilayotgan mavzulardan biriga aylandi”.[4:41] Qayd qilinganidek, turli fanlar kesimidagi bu tushuncha asta-sekinlik bilan falsafan, filologik terminlar qatoridan o‘rin oldiki, bu kategoriyasiz badiiy asarlarning poetik xususiyatlarini tahlil qilish juda urakkablik kasb etishini anglata boshladi. Badiiy asarlar tarkibida, voqealar rivojiga asos bo‘luvchi qahramon ma’lum bir makon va zamonda harakatlanadi. Bu tushunchaning o‘ziyoq, rus adabiyotshunosi M.Baxtin qarashlarining naqadar dolzar ekanligini asoslaydi. Bugungi kunda xronotop nazariyasiga yondashuvlar ham, bu tushunchani nazariy talqinlari ham turf axil qarashlar, tushunchalar asosida boyitilmoqda. Zamonaviy fanda turli tuman kontekstlardagi har qanday makon va zamon (xronotop)ga oid o‘zaro munosabatlarni tahlil va talqin qilish imkonini bera oladigan universal kategoryaga aylanganligini ham qayd qilish kerak. SHuni ta’kidlash muhimki, xronotop masalasi fanlararo va kompleks xususiyatga ega. B.To‘raeva o‘zining “Zamonaviy romanchilikda xronotop etikasining qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusidagi doktorlik ishida bu xususda quyidagi mulohazani bildiradi: “Dunyo adabiyotshunosligida xronotop asar voqeahodisalarining ketmaketligi va jadalligini ifodalovchi kompozitsiya nsuri, obrazlarni tavsiflovchi hamda ijodkorning dunyo tuzilishi haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini aks ettiruvchi adabiy-estetik kategoriya sifatida talqin qilinmoqda”.[5:5-6] Bundan tashqari, xronotop muammosini o‘rganish turli yo‘nalishlarda olib borilayotgani haqida so‘z yuritib, B.To‘raeva qayd etadi: “Jahon adabiyotshunosligida xronotop kategoriyasining adabiy-estetik mohiyati va nazariy tamoyillari, tur va janrlar evolyusiyasi, modifikatsiyasi, badiiy asar arxitektonikasiga ta’siri, badiiy matn semiotikasi, bir adabiy matn yoki bir qator matnlar doirasidagi zamonmakon shakllarining o‘zaro to‘qnashuvi, paralleligiga doir quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biri – baxtinshunoslik an’analarining davom ettirilishi; 411 xronotop muammosining shakllanish tarixi, mohiyati, funksional ahamiyatining sinergetika, germenevtika, semiotika, kognitiv nuqtayi nazardan o‘rganilishi”.[5:7] Darhaqiqat, qayd qilingan mulohazalar XXI asrning birinchi choragidagi qarashlar sifatida ham etirof etilishi lozim. Shuning uchun ham, olamning badiiy manzarasini yaratishda xronotop muhim rol o‘ynashini yuqorida sanab o‘tilgan uslublarning sintezi ham dalillaydi. Xronotopning badiiy asar qurilishidagi funksional rolini o‘rganish hozirgi tadqiqotlarda yanada tur va janr nuqtayi nazardan o‘rganilayotganligini ham qayd etish lozim. Badiiy asardagi ma’lumbir voqelikning zamoni va Makoni mavjud bo‘lgani kabi, har bir tushunchaning asosida ham nazariy qarashlar, mulohazalar bo‘lishi tabiiy holdir. Z.Rahimov “Odil YOqubov tarixiy romanlari poetikasi” mavzusida olib borgan tadqiqotida quyidgi fikrni keltiradi: “Badiiy asarda xronotop vositasidan turli voqelik va qahramon ruhiy-ma’naviy olamini ochishda unumli foydalaniladi”.[6:22] Yozuvchining tarixiy romanlaridagi xronotopning turli xil poetik ifodalar uchun qo‘llanganligini, ba’zan asar qahramonlarining ruhiy-ma’naviy qiyofasini ochishga xizmat qilganligini asoslasa, ba’zan esa tarixiy muhitni yotritishga asos bo‘lganligini ta’kidlaydi. Bu tahliliy yondoshuvlarda, nazariy qarashlarni ilgari surilishida ham asoslar mavjudligini alohida ta’kidlash lozim. Adabiyotshun olimlar xronotopning shunchaki voqea-hodisalar foni emas, dolzarb va faol struktura hosil qiluvchi unsur ekanligini alohida qayd etganligini ham ta’kidlash joizdir: “Nasriy asarda xronotopning uslubiy dominant belgilari haqida so‘z borganda, avvalo, syujet va kompozisiyani muvofiqlashtirib boradigan adabiy kompoent tushuniladi. Badiiy xpronotop kompozision tamyilga bevosita alohador, syujetga ham o‘z o‘rnida, navbatida keskin ta’sir ko‘rsatadigan adabiy vaqt me’yorlarini yaxlitlashtiradigan tushuncha sanaladi”. “Romaniy tafakkur taraqqiyotida badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasi” ishida D.Abduramanova shu fikrlarni olg‘a suradi. Agar bayon etilgan nazariy qarashlarga e’tibor qaratar ekanmiz, xronotopning matn tarkibidagi funkiyasi, asarning yaxlitligini yuzaga chiqarishda yoki sujet kompozitsiyani dialektik birligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanligi asoslangan, dalillanganligini kuzatish mumkin. Xronotopning badiiy funksiyasi barcha tur va janrlar imkoniyatidan kelib chiqib, matn yaxlitligiga bevosita ta’sir etishini unitmaslik kerak. Hozirgi o‘zbek she’riyatida xronotop poetikasiga doir tadqiqot olib borgan D.Xursanovning mulohazasi ham buni tasdiqlaydi: “Rus adabiyotshunosligida esa M.Baxtin, V.Xalizev, D.Lixachev, YU.Lotman, V.Toporov, B.Egorov, A.Esin lirik 412 xronotopda ko‘proq makon ko‘rinishlarini, zamon orqali tarixiy vaqtni, uning estetik kategoriyalarini, mifologik xronotopning badiiy asar tarkibi hamda tabiatidagi o‘rnini, ularning harakatlanish nuqtalarini va amaliy ahamiyatini ilmiy-nazariy tadqiq etishgan”.[7:6] Umuman olganda, badiiy xronotopning asar tarkibidagi funksiyasi qahramonlarning xarakter shakllanishini, uning ruhiy-ma’naviy olamine, ular harakatlanayotgan makon va zamonning turf axil xususiyatlarini yoritishdagi o‘rni beqiyosdir. Adabiyotlar: 1. Бахтин М. Романда замон ва хронотоп шакллари. Тарихий поэтикадан очерклар. Рус тилидан Узоқ Журақулов таржимаси. – Тошкент, Akademnashr, 2015. – 288 бет. 2. Ухтомский А.А. Доминанта и интегральный образ А. Ухтомский. Доминанта. СПб. : Питер. С. 160 стр. 3. Политов А.В. Онтологический смысл понятия хронотопа в философских идеях А.Ухтомского и М.Бахтина. 2014. https://cyberleninka.ru, http://www.vestnik.vsu.ru (мурожаат вақти 07.09.2025). 4. Nasirov A.N. Badiiylik va hayotiy haqiqat (“Yulduzli tunlar” va “Ona lochin vidosi” romanlari misolida). – Turkiya: Istanbul, KESIT, 2019. – 139 bet. 5. Тўраева Б. Замонавий романчиликда хронотоп поэтикасининг қиёсий-типологик тадқиқи. Филология фанлари доктори (DSc) диссертацияси автореферати. – Бухоро, 2022. – 72 bet. 6. Raximov Z. Odil Yoqubov tarixiy romanlari poetikasi. F.f.d. diss. avtoref. – Farg‘ona, 2023. – 79 bet. 7. Хурсанов Д. Ҳозирги ўзбек шеъриятида хронотоп поэтикаси: Фил.ф. б. фал.докт.(PhD) ... дисс. автореф. ‒ Самарқанд, 2020. – 51 bet.