scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABDUQAYUM YO'LDOSHEVNING OBRAZ YARATISHDAGI MAHORATI

Toshpo'latova Dilchehra Azamat qizi

Full text

426 ABDUQAYUM YO‘LDOSHEVNING OBRAZ YARATISHDAGI MAHORATI Toshpo‘latova Dilchehra Azamat qizi Guliston davlat universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272235 Annotatsiya: Mazkur maqolada A.Yo‘ldoshevning obraz yaratishdagi o‘ziga xosligiga, obrazlar galereyasining bir turga tizilganligini ijodkornoing bir qancha hikoya va qissalari misolida tadqiq etiladi. Bundan tashqari obrazlararo mushtaraklik masalasiga ham alohida to‘xtalib, adabiyotshunoslikda mavjud analogiya hodisasi ham ijodkor asarlari misolida o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Obrazlar galereyasi, qahramon xarakteri, anologiya tipik sharoit, badiiy obraz, estetik ideal, motiv, epizod, xarakter. Аннотация: В данной статье исследуется своеобразие соз, дания образов в произведениях А. Юлдошева, а также систематизация галереи образов на примере ряда его рассказов и повестей. Кроме того, особое внимание уделяется вопросу общности между образами, а также рассматривается феномен аналогии, существующий в литературоведении, на примере произведений автора. Ключевые слова: Галерея образов, характер героя, типичная обстановка, художественный образ, эстетический идеал, мотив, эпизод, характер. Abstract: This article explores the uniqueness of A. Yuldoshev’s approach to character creation, focusing on the systematization of his gallery of characters through examples from several of his short stories and novellas. Additionally, the issue of inter-character commonality is examined, and the phenomenon of analogy, as found in literary studies, is also analyzed in the context of the author's works. Keywords: Gallery of characters, character traits, typical setting, artistic image, aesthetic ideal, motif, episode, character. Jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlarini eng izchil ochib beradigan, san’at va voqelik o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning tabiati masalalarini to‘g‘ri asoslaydigan ta’limotni chuqur egallay olgan ijodkor o‘zining dunyoqarashini yaratayotgan asarida salmoqli fikri bilan, g‘oyasi bilan aks ettira oladi. Bunda yozuvchi o‘zi tasvirlanayotgan olamda yashashi, shu olam kishilari bilan munosabatga kirishishi, ularning yaxshisi sevishi, yomonini qoralashi – hamma san’atkorlarga ham xosdir. Demak, yozuvchi har bir qahramonning ovozini, yuz ifodasini, kechinmasini, so‘zlash uslubini berish uchun, albatta, o‘sha qahramonlarning qiyofasiga kirishni shart qilib qo‘yadi. Busiz yozuvchi qahramonning o‘sha sharoitdagi, ayni shu vaziyatdagi qalb holatining o‘ziga xosligini tasvirlay olmaydi. Darvoqe, tasvirlanayotgan shaxs bilan yozuvchining shaxsi o‘rtasida o‘xshashlik bo‘lmasa-da, 427 baribir, o‘zining yuzlab qahramonlarining ichki tabiatiga mos o‘zak nuqtalarini topib tasvirlash qudratiga ega. Chunki, yuqorida aytganimizdek har birimizda yashirin tarzda insoniy xususiyatlarining hammasi mavjud, lekin ularda qay biri bo‘lsin ichki ehtiyoj (qahramon xarakteri) talabi bilan birinchi planga chiqqanida, ijodkor tasavvurida jonlana beradi. Ba’zilar o‘ylaganidek hamma, dunyodagi bor ruhiy kechinmalarni yozuvchi boshidan o‘tkazgan bo‘lishi shart emas. Muhim jihati yaratilgan obrazning ishonarliligida, hayotiyligidadir. Bu esa yozuvchining kuzatishlari natijasida ro‘yobga chiqadi. Badiiy obrazning vujudga kelish, uning yaratilishi qununiyatlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u quyidagi bosqichlarni o‘zida qamrab oladi. Dastlabki bosqich obrazning umumlashma ekanligidadir. Bu yaratilgan obrazga xos bo‘lgan xususiyatlarni atrofimizdagi ko‘plab insonlar misolida uchrata olishimiz lozimligini, aynan yakka shaxsni emas, ma’lum bir toifanining umumiy qiyofasi, xususiyatlarini o‘zida aks ettirishini anglatadi. Abduqayum Yo‘ldoshev asarlarida bunday umumlashmalikka e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Salomat opa obrazida ayollarga xos bo‘lgan qiziquvchanlik, o‘zgalar muammosiga aralashish kabi xususiyatga ko‘zimiz tushadi. Sir emaski, bu toifaga mansub ayollarni kundalik hayotga har qadamda uchratishimiz mumkin. Zero, bunday xususiyatlardan kamdankam ayollargina holi bo‘la oladi. “Yetim so‘z” hikoyasidagi bosh muharrir obrazida esa barcha rahbarlarga xos bo‘lgan balandparvozlik, yolg‘on xushomadbozlikning guvohi bo‘lamiz. Bu hikoyani o‘qigan o‘quvchi ham qahramon timsolida atrofida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan biror bir amaldorga o‘xshatishi shubhasizdir. Endi obrazning ikkinchi o‘ziga xos individuallik xususiyatiga to‘xtalsak, yozuvchi badiiy obrazning individual xususiyatlari bilan ko‘rsatish orqali konkretlashtiradi, obrazga jonlilik, hayotiylik, tabiiylik baxsh etadi, emotsionallikka erishadi – o‘quvchi hissiyotiga ta’sir qiladi, uni ishontiradi. Obrazlarning rang-barangligi, estetik boyligi, ko‘p qirraligi – hayotning murakkabligi taqozosidir. Obrazlarning rang-barangligi – konkret tarixiy vaziyatdagi inson harakatlarini haqqoniy tasvirlash natijasi. Bu – tipik sharoitni qahramonning bevosita intellektual olami, qiliq-odatlari, muomala-munosabatlari orqali badiiy ifodalsh demakdir. Yuqorida qiyoslagan “Timsohning ko‘z yoshlari” qahramoni Salomat opa timsolida individuallik qirralarini izlaydigan bo‘lsak, opaning arazgo‘yligi, atrofidagilardan o‘zgacha e’tibor kutishi (bunda somsa, har xil shirinliklar kabi sovg‘a-salomlarni qabul qilib olishi) unga xos xususiyatining biri bo‘lsa, munajjimlar bashoratiga qiziqishi, kundalik yumushlarini ham unga qarab bajarishi ikkinchi ajralib turadigan belgisidir. Bundan tashqari ijodkor badiiy obraz yaratishda o‘zining estetik idealidan kelib chiqib yondashadi. Badiiy obraz kitobxonda, albatta, qandaydir estetik hissiyot uyg‘otishi kerak. Chunonchi, 428 hayotdagi xunuklikni aks ettirgan badiiy obraz kitobxonda nafrat uyg‘otsa, go‘zallikni ifodalagan obraz estetik zavq-shavq beradi. “Yozuvchi badiiy obraz orqali estetik idealini tasvirlaydi: ideal ijobiy obrazda bevosita, salbiy obrazda bilvosita ifodalanadi”.[1:50] Shunday ekan yozuvchi har bir obrazga ehtiros bilan yondashishi, unga faol munosabatda bo‘lishi lozim. Abduqayum Yo‘ldoshev ham o‘z qahramonlariga ayni shu ehtiyojdan kelib chiqib yondashadi. Biroq bu bunda faqat “Yaxshilar” va “Yomonlar” o‘rtasida kurash bo‘lmasdan “Ayyorlar” va “Laqmalar”, “Sahiylar” va “Ziqnalar”, “Oqibatlilar” va “Bemehrlar” orasida kurash tasviri yotadi. Ammo tasvir yaxshining faqat yaxshiligi ustida bormasdan uning ham o‘ziga yarasha nuqsonlari borligi, yomonning ham bir yaxshisi borligida ochib beriladi. Bu esa tasvir uslubidagi hayotiylikdan darak beradi. Zero, inson deb atalmish oliy mavjudot ham kamchiliklardan holi emasdir. Mukammallikni yolg‘iz Allohga xosligi haqidagi tushunchalar adabiyotda bot-bot tilga olingan. Adib ham obraz yaratishda yuqoridagi fikrdan chetlanmaslikka intiladi. Shunisi alohida ahamiyat kasb etadiki, ijodkorning bugunga qadar yaratgan obrazlari orasida qaysidir ma’noda bir aloqadorlik mavjud bo‘lib, ularga berilgan ta’riflar orqali obrazlardagi bir-birida o‘xshash jihatlarni ko‘ramiz. Adabiyotshunoslik doirasida bu hodisa analogiya deb nomlanadi. Analogiya (yunoncha analogia – o‘xshashlik, mushtaraklik) – adabiyot asardagi obrazlar, syujet motivlari, ayrim epizodlar, xarakterlarning va shakllarda kuzatiluvchi mushtaraklik, o‘xshashliklar. Analogiyalar bitta asar doirasida ham, shu asar bilan boshqa (turli davr yoki turli milliy adabiyotlarga mansub) asarlar orasida ham kuzatilishi mumkin. Analogiyalar yozuvchiga qiyos vositasida muayyan fikrlarni ifodalash, muammoni anglash va anglatishda muhim o‘rin tutadi.[3:30-31] Quyidagi misollar yordamida fikrimizni isbotlaymiz: Hayotda o‘z orzulari sari intilgan, biroq mavjud ijtimoiy tuzum ularni ro‘yobida to‘g‘anoq bo‘lgan obraz tasviri – berilgan ta’rifni adib asarlarida mavjud qahramonlar orasidan izlaydigan bo‘lsak, bir emas bir nechta variantlarga duch kelamiz. Jumladan, “Puankare”dagi matematik yigit, “Aybdor”dagi oyog‘idan ajralgan yigit, “Qotil”dagi shaharlik jiyan – bularni barchasi yuqorida aytilgan ta’rif atrofida jamlanadi. Yuqoridagi ta’rifda orzulari sarobga aylangan erkaklar obrazini birlashtirgan bo‘lsak, endi ayol obrazidagi o‘xshash chizgilarni tahlil qilishga harakat qilamiz. Adib ijodida, asosan, aldangan ayol yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak xo‘rlangan ayol obrazi yetakchi planga ko‘tariladi. Chunki biz bu o‘xshash taqdirlarni adibning 429 bir qancha asarlarida uchratishimiz mumkin. Jumladan, “Timsohning ko‘z yoshlari”, “Otchopar yoxud o‘n uchinchi uy”, “Yulduzning yo‘li” qissalarida hamda “Daryo” romanida ham ijodkor bu mavzuga qayta-qayta to‘xtaladi. Umuman olganda, Abduqayum Yo‘ldoshev uslubidagi o‘ziga xosliklar obrazlar yaratish sistemasida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Ularni bog‘lab turuvchi jihatlardan biri esa qahramonlarni fojiyaviy qismat kutishidadir. Ana shu mushtakarlik asarlarni ipga tizilgan marjondek bir tizimga solib yozuvchi uslubini yuzaga chiqadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. B. 557. 2. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. B. 89. 3. Qurоnоv D. Аdаbiyоtshunоslik lug‘аti. – Toshkent: Аbdullа Qоdiriy nоmidаgi xalq merоsi nаshriyоti, 2004. 4. Yo‘ldoshev A. Alvido go‘zallik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011. B.362. 5. Yo‘ldoshev A. Mashaqqatlar osha yulduzlar sari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. B.165. 6. Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – Toshkent: Mumtoz so‘z. 2010. B. 89. 7. Каримов Ҳ. Истиқлол даври адабиёти. – Тошкент: Yаngi nаshr, 2010. Б.364. 8. Қўшжонов М. Моҳият ва бадият. – Тошкент: Ғафyр Ғyлом номидаги нашриёт-матбаа ижодий yйи, 1977. Б.232. 9. Назаров Б. Бy сеҳрли дyнё. – Тошкент: Ғафyр Ғyлом номидаги Адабиёт ва санъат, 1980. Б.234