ULUG'BEK HAMDAMNING "NA'MATAK" ROMANINI BADIIY TAHLIL QILISH METODIKASI
Full text
430 ULUG‘BEK HAMDAMNING “NA’MATAK” ROMANINI BADIIY TAHLIL QILISH METODIKASI Qurbonova Bonu Rustam qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272248 Annotatsiya: Maqolada Ulug‘bek Hamdam ijodining yana bir romanidagi davr yangilanishi o‘zgarishlar, qahramonlar taqdirini aks ettirgan o‘ziga xos jihatlari tahlilga tortilgan. Bunda yozuvchining “Na’matak” asari asosida badiiy tahlil qilish orqali ijodkor mahaoratini ochib berishga harakat qildik. Uch avlodning bir na’matak o‘simligi orqali uch xil taqdir haqida ma’lumot bermoqchimiz. Zero,bu dunyoda insonning taqdiridan qiziqroq narsaning o‘zi yo‘q. Kalit so‘zlar: Na’matak, avlod, taqdir, yoshlik, adovat, janjal, devor, o‘spirin, do‘stlik, dushmanlik, qirg‘inbarot, o‘tmish, Аннотация: В статье анализируются особенности обновления эпохи, перемен и судьбы героев в другом романе Улугбека Хамдама. В данной работе мы попытались раскрыть творческий талант писателя через художественный анализ произведения “Наъматак”. Мы хотим представить информацию о трёх разных судьбах через призму одного наъматака трёх поколений. Ведь нет ничего интереснее в этом мире, чем судьба человека. Ключевые слова: Наъматак, поколение, судьба, юность, вражда, ссора, стена, подросток, дружба, враждебность, резня, прошлое, Abstract: The article analyzes the specific aspects of the renewal of the era, changes, and the fate of the heroes in another novel by Ulugbek Hamdam. In this, we tried to reveal the creative talent of the writer through an artistic analysis based on the work “Na’matak”. We want to provide information about three different fates through the plant of one na'matak of three generations. After all, there is nothing more interesting in this world than the fate of a person. Keywords: Na’matak, generation, fate, youth, enmity, quarrel, wall, teenager, friendship, hostility, massacre, past, Bugungi kunda o‘zbek adabiyoti vakillari orasida Ulug‘bek Hamdam o‘zining sermazmun roman va hikoyalari bilan xalq og‘izga tushgan yozuvchilardan biridir. Ulug‘bek Hamdam zamonaviy o‘zbek adiblari orasida asarlari boshqa tillarga ko‘p o‘girilayotgan va O‘zbekistondan tashqarida e’tirof etilayotgan oz sonli ijodkorlardan biridir. Zamonaviy davr adabiyotining yirik namoyondasi bo‘lmish Ulug‘bek Hamdamning “Na’matak” mini romani bugungi kunimizda sevib o‘qilayotgan asarlardan biridir. “Davr va adabiyot g‘oyat murakkab muommodir. Chunki zamonning asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o‘zgarib turishi bo‘lsa, asl adabiyotning bosh xususiyati uning tinimsiz harakatdaligi, o‘zgarib turishi bo‘lsa ,asl adabiyotning bosh xususiyati uning o‘zi yaratilgan zamonga qaraganda ko‘proq
431 yashashga intilishi, barqarorroq bo‘lishga urinishdir”.[1] Ulug‘bek Hamdam ijodi yangilikka, yangilanishlarga boy. Na’matak asari juda yaxshi asar sifatida baholandi. Buning asl sababi uning hajmi qisqa. Ammo, bu asar ma’no jihatidan keng maydonni egallagan. Badiiy adabiyot ijtimoiy ong shakli sifatida tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo‘ysunadi. Jamiyatda yuz bergan o‘zgarishlar badiiy adabiyotda ham o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biror badiiy asarning tasvir nozikligini obrazlar tizimini to‘g‘ri tushunmoq, tili, jozibasini his etmoq uchun shu asar yaratilgan davr badiiy tafakkuriga xos xususiyatlarini bilish kerak bo‘ladi. Ulug‘bek Hamdam ham hozirgi davrga moslashtirilgan holda yozgan asarlarini o‘quvchilarga ancha tushunarli va hayotda uchraydigan obrazlar misolida keltirilgan. Zamonda turib,zamonni ko‘rish qiyin, uning biror jihatini baholash yanada mushkul. Shuning uchun istiqlo davri adabiyoti, unga xos belgilar haqida gapirish g‘oyat ma’suliyatlidir.[2] Na’matak mini romanidagi naqorat qismiga e’tibor qarataylik. Qanday ko‘z-la boqsa odam olamga,shunday javob aylar olam odamga degan ekan donishlar… Shu qisqa jumlalar orqali yozuvchi insonga qancha fikr-mulohaza berishini bir o‘ylab ko‘ring. Inson dunyoga kelganidan to o‘limga qadar hayotda nima qidirsa ,o‘shani topar ekan. Xalqimizda shunday gap bor hikmat izlaganga hikmat bu dunyo,kulfat izlaganga kulfat bu dunyo shunday ekan inson nima qilsa shunga yarasha javob oladi. Olamga Ulug‘bek Hamdam nazari bilan boqsangiz hozirgi “Na’matak” romanining asl mohiyatini anglab yetishingiz oson bo‘ladi. Na’matak ikkala hovlining qoq o‘rtasidagi ajriqzorga aylangan qattiq yerdan o‘sib chiqqandi. Butani hech kim ekkan emas, xuddi sirli taqdir yanglig‘ qo‘shnilarning umr yo‘llarida paydo bo‘lgandi. O‘z shoxlarini ikki qo‘shni tomonga tashlab o‘sgan na’matakni hech kim terib olmasdi. Ana shu zaylda fasllar bir-birlarini quvlab o‘taverishdi. Birinchi avlod vakili bo‘lgan yigit shahardan keldi va ketmon tutguncha bog‘ oralab ichkari yurgan edi. Bahor fasli bo‘lgani uchun na’matak qiyg‘os gullagan qarshisida qo‘shni qizni ko‘rdi. Avvaliga uni cho‘chitib yubormaslikka urindi va tomoq qirdi. Qiz hushini to‘plab olib salom berdi-yu “Qarang qanday chiroyli gullabdi” dedi. Yigit na’matakning chaman-chaman ochilgan oq qizg‘ish gullariga tikilgan ko‘yi qizga tobora yaqin keldi. Chindan ham buta rosa gulag kirgan,uning xush bo‘yi atrofni tutgan, arilar uchib-qo‘nib bol to‘plashardi. Yigit nimpushti gullardan birini avalab hidladi. Shunda dimog‘iga na’matak hidi aralash yonginasida kiprik qoqmay mahliyolanib turgan tamomila yangi bir gul,gul bo‘lganidayam borliqdagi jamiki gullarning a’losi-yu ra’nosi – qo‘shni qizning sochlaridan ufirayotgan mushku anbar kelib urildi. Yigit va qiz o‘z hovlilarga osilib turgan na’mataklarni bir-birlari uchun terishdi. Na’matak atrofdagi
432 xushbo‘y voqealardan xabar topib, ko‘ngillarida qudalashish istagi allaqachon kurtak yozgan onalar to‘yni ko‘klamda, na’matak avji gulga kirgan fasli pallada qilishdi. Bu voqealar birinchi avlodning go‘zal turmushi, baxtli oilasi bilan tugagan bo‘lsa endi ikkinchi avlod taqdiri nima bo‘larkin degan savol hammani o‘ylantiradi. Yigit va qiz endi o‘sha na’matak kabi yashab, novdalarini hayot kengliklari bo‘ylab baralla yozdilar, qaridilar ulardan ikki o‘g‘il, ikki qiz va o‘n bir nevara tug‘ildi. O‘sha yigit-u qiz, o‘sha qiz allaqachon chol-u kampirga aylanib, yoshini yashab oshini oshab, nihoyat bu olamni tark etib ketgan. Ikkinchi avlodda chol-u kampirning kenja o‘g‘li u tomondan kampirning qarindoshlaridan biri yana o‘sha na’matak atrofida parvona bo‘lib qolishdi. Ikkinchi avlod o‘rtasida na’matakni talashish boshlandi. O‘rtada nizo chiqdi, natijada qo‘shnilar yuzko‘rmas yovga aylanishdi. Bir qaro kun kelib o‘rtada devor ko‘tariladigan bo‘ldi. Qo‘shnilar jon achchiqg‘ida ilk, ikkala hovli o‘rtasida o‘sib chiqqan o‘sha na’matakni chopib tashladi. Necha zamondir tomirlarda adovat bilan oqqan qon qizib, yuraklarda vulqondek jo‘sh urdi. Natijada endigina daraxtlarning qattiq, ammo gunohsiz tanasiga urilib turgan bolataning bitta zarbi aylanib kelib, insonning yumshoq ammo,gunohkor bo‘yniga tushdi. Bir necha yil o‘tgach esa qamoqdagi qo‘shni ham o‘pka sili bilan og‘ir xastalanib, hayotdan ko‘z yumdi.Ikkinchi avlod hayoti ancha ayanchli yakun topdi. Qo‘shnilar orasidagi nizoga ham ana o‘sha na’matak sabab bo‘ldi. Bu avlod vakillarinig bir-biriga dushmanligi ularga faqat kulfat va xastalik olib keldi xolos. Bu asarni o‘quvchi har bir inson nega shu na’matakni deb boshqalarga zarar berganini hattoki o‘lim holatiga olib kelganini bu avlod vakillari taqdirning ayanchli yakunini o‘z qalbida his qilgan bo‘lsa ajab emas.[3] Qirg‘inbarot janjalda qo‘shnilar har ikkalasi ham o‘lib ketishdi-yu o‘sha yili ko‘klam kelishi bilan na’matak yana o‘z ildizidan qayta nish urib chiqdi. Oradan yillar o‘tdi, shaboda ham yana o‘z tilida olamlar o‘tmishidan, odamlar kechmishidan shivirlar nimalarnidir zamzama qiladi. Uchinchi avlodda voqealar rivoj o‘zgara boshladi. Yoshgina qizcha shitob bilan ayvondan tashqariga otilib chiqdi-da,negadir boqqa qarab chopdi. Qo‘qqisdan narigi tarafdan tengdosh balki, bir-ikki yosh katta o‘spirin paydo bo‘lib shu yoqqa odimladi. Kelib, qizdan “Nim qilyapsan” deb so‘radi. Otini bilmayman. Ammo guli chiroyli ekan, chiroyli ammo uning dastidan qizcha gapida davom eta olmadi yig‘laganicha uyi tomon yugurib ketdi. Ular hatto bu butaning nomini ham bilishmas, lekin bo‘lib o‘tgan voqealardan xabardan edilar. Ular shu ko‘yi o‘zlari bilmagan, tanimagan buta qarshisida anchagacha turib qolishdi. Bu ikki o‘spirin o‘yxayollari haqida hech kim bilmas edi. Balki,bobolarini eslashayotgandir, balki otalarini,balki tamomila o‘ziga o‘y bordir.
433 Bu avlod vakillarining taqdir yo‘llari haqida o‘quvchilarning shaxsiy fikri va asarlardan chiqargan xulosalari muhim ahamiyat kasb etadi. Yana shuni aytish joizki, uchunchi avlod vakillarining hayoti nima bilan tugaganini hech kim bilmaydi. Balki, Ulug‘bek Hamdam ham A.Qahhordek asar so‘ngini o‘quvchi ixtiyoriga tashgandir. Kim hayotga qanday ko‘zla boqsa, shunday javob oladi demoqchidir. Yana bir narsa salbiy va ijobiy yakunlarni ko‘rib tahlil qildik. Endi uchunchi avlod qanday bo‘lishi kerak ular ham shu na’matak ostida sof tuyg‘ularga erishadi va yoshlarning ko‘nglida yana o‘sha musaffo tuyg‘u asta-sekin tomir otgandek bo‘ladi. Na’matak ildizi bilan chopib tashlansa ham yana o‘sib chiqqani kabi dunyoda ham har doim ijobiy tuyg‘ular qayta tug‘ilaveradi. Insonlar mehr-muhabbat bilan har doim o‘z baxtiga yetadi. Hayot shunisi bilan qiziq, inson biror narsani chin dildan istasa, ixlos qilib so‘rasa va u albatta amalga oshadi. Adabiyotshunos Tal’at Solihov “Har bitta badiiy asar dastlab milliydir, milliy bo‘lmagan adabiyot adabiyot emas”, – deb ta’kidlaydi. Hech bir asar o‘z-o‘zidan dunyoga kelmaydi.[4] Na’matak asari ham qandaydir bir voqea asosida paydo bo‘lgan. Xulosa qilib shuni aytish joizki,yuqori sinf o‘quchilariga bu asarni o‘qish tavsiya qilishda tahlil qilishni ham o‘tgatish, o‘quvchilarda shaxsiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish uchun turli xil metodlardan unumli foydalanish mumkin. Misol tariqasida “Davra suhbati”, “Aqliy hujum” metodlari orqali o‘quvchilarda nutqni rivojlantirish, o‘z fikrini bemalol bayon qila olish imkoni paydo bo‘ldi. Ulug‘bek Hamdamning asarlarini tahlil qilish va o‘rganish adabiyotshunoslik ilmi uchun yangi ma’lumotlar beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Shohsanam Yolqin qizi Samatova. “Ulug‘bek Hamdam ijodida davr ruhiyati va talqin mahorati” maqola. Academic Research in Educational Sciences. 2019. 12-son. 2. Yo‘ldosh Qozoqboy. Yoniq so‘z. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006. 3. Ulug‘bek Hamdam. Na’matak. “Sharq yulduzi” jurnali, 2013, 3-son 4. Soqiyeva Zarnigor Shokirovna “Ulug‘bek Hamdam hikoyalarida xayol va haqiqat”. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. 5-son.