ABDULLA ORIPOV IJODIDA XALQ OG'ZAKI IJODINING O'RNI
Full text
438 ABDULLA ORIPOV IJODIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINING O‘RNI Bozorboyev Nodirbek Yangiboy o‘g‘li Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: dots. H.Allambergenov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272268 Annotatsiya: Biz ushbu maqolada qahramon shoirimiz Abdulla Oripov ijodida xalq og‘zaki ijodining ahamiyati va folklor an’analarining badiiy estetik jihatdan qo‘llanilishini, ko‘rkam tahlillar asosida badiiy dalillanishi haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Kalit so‘zlar: Xalq og‘zaki ijodi, folklor, folklor an’analari, ertak, maqol, ibora, qissa. Аннотация: О значении устного народного творчества и художественноэстетической опоры фольклорных традиций можно судить по творчеству Абдуллы Орипова, что проиллюстрировано в данной статье. Ключевые слова: Фольклор, фольклор, фольклорные традиции, сказки, пословицы, идиомы, рассказы. Annotation: In this article, we can learn about the importance of oral folklore and the artistic aesthetic application of folklore traditions in the work of our heroic poet Abdulla Oripov, as well as their artistic justification based on brilliant analysis. Keywords: Folklore, folklore traditions, fairy tales, proverbs, idioms, stories. Millatning ulug‘ shoiri Abdulla Oripov ijodi, bu jihatdan, tadqiqotlar uchun boy material beradi. Ijodkor badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni masalasini quyidagi uch bosqichda o‘rganish mumkin: shoir ijodining ilk davrida xalq og‘zaki ijodiga murojaat; ijodkor poetik tafakkuri takomilida xalq og‘zaki ijodi motivlari badiiy sintezining o‘rni; umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodi an’analarining poetik yangilanishi. Folklor an’analari – bu xalq og‘zaki ijodi va madaniyatini ifodalovchi, avloddan-avlodga o‘tadigan an’analardir. Ular o‘z ichiga rivoyatlar, miflar, afsonalar, maqollar, xalq qo‘shiqlari, latifalar qamrab oladi. Folklor an’analari xalqning qadriyatlari, an’analari va hayoti haqidagi boy ma’lumotlarni avlod avlodga saqlanib yetib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy ruhda bitilgan mazkur she’rda olamdagi barcha tirik mavjudotlarga mehr xuddi quyosh nuridek zarur degan fikr ilgari suriladi. She’rdagi shoir fantaziyasi xalq ertaklarida aks etgan xayolotning uchqurligiga, cheksizligiga o‘xshash. Badiiy g‘oya ilmiy fantastikaga yaqin bo‘lsa-da, unda xalqona poetik tafakkur uyg‘un. Unda soddalik va aniqlik mavjud. Adabiyotshunos olim, akademik
439 Baxtiyor Nazarov asar haqida shunday yozadi: ,,Mehr-oqibat, adolat, insof, vijdoniy poklik, ma’naviy go‘zallikni ulug‘lash va ularga monelik qiluvchi har bir hodisaga qarshi beshafqat kurashish Abdulla Oripov she’rlaridagi yuksak ma’nodagi gumanizmning hujayralaridir. Bu masalaga shoir izchil realistik uslub asosiga qurilgan she’rlaridagina emas, fantastika elementlaridan unumli foydalangan asarlarida ham murojaat etadi. ,,Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi‘‘ ana shunday asarlardan biridir“ [1:69]. Qissaning bosh g‘oyaviy maqsadi – mehr-oqibatni ulug‘lash. Shoir asar botinidagi badiiy muammoni sarlavhaga olib chiqqan. ,,Samoviy mehmon“ o‘rganilishi lozim bo‘lgan tekshirish obyekti. Asosiy tadqiqotchilar – besh donishmand. Donishmandlarning yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rsatib beruvchi ,,opponent“ – farrosh kampir. Sarlavhaning mazmunidan ham ma’lum bo‘lyaptiki, ,,mehr-oqibat‘‘ni himoya qilish maqsadida shoir hatto donishmandlarni ham ayab o‘tirmaydi. She’riy quyidagicha boshlanadi: ,,Xabar keldi Fan shahriga Olis Jungli tomondan. O‘tgan kecha allanarsa Yonib tushmish osmondan“ [2:115]. Bu xabar tezda ilm ahliga yetkaziladi; voqeani o‘z joyida o‘rganish uchun nufuzli komissiya tuziladi. Besh donishmand samoviy mehmonni o‘rganishga kirishadi. Olimlarning ish uslubi qanchalik mukammal bo‘lmasin, lekin mehmon bilan muloqotga kirisha olmaydilar. ,,Ish chiqmadi, demak bizni tushunmadi u taraf“ – deb, tekshirishni to‘xtatadilar. ,,O‘sha payt, deng farrosh kampir Kirib keldi tentirab. – Voy bechora bolaginam, Dard zabtiga opti-ku! Holdan toyib, boshqa ko‘zi Yumilib ham qopti-ku! Rangini ko‘r, somon deysan, Suvdanmikan yo o‘tdan!“. ,,Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi“ asari davrimizning dolzarb masalalaridan biri – inson mehr tuyg‘usini asrabavaylash mavzuiga bag‘ishlangan. ,,Zero, ma’naviy qadriyatlar ham tabiat ekologiyasi misoli yo‘qolib boryapti. To‘g‘ri, ilmiy-texnika inqilobi davlat qudratini oshirishda cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, zamondoshlarimiz ma’naviy dunyosining ma’lum darajada qashshoqlashishiga olib keldi. Bu holat barcha ijodkorlar kabi Abdulla Oripovni ham tashvishga soladi. Shu ma’noda inson ma’naviy-axloqiy madaniyatining muhim belgisi bo‘lgan mehr tuyg‘usini e’zozlashga bag‘ishlangan she’riy qissa shoirning sara asarlaridan biridir. ,,Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlik buzilganda, buni oldin qushlar bilan shoirlar anglab yetadilar,“ - deb yozadi adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov. – Buloq qurisa, oldin shoirlar iztirobga tushadi, u boshqa buloqlar ham qurishiga befarq qarab turolmaydi. Tabiatda muvozanat buzilgan chog‘da u tinimsiz signallar bera boshlaydi. Abdullaning she’rlari mana shuning qarshisida
440 g‘aflatda qolmaslikka bir chaqiriq kabi tuyuladi“[5:49]. Biz tahlil etayotgan ,,Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissasi‘‘ ana shunday ma’naviy ekologiyaning himoyasiga chaqiriq sifatida jaranglaydi. She’riy qissani qisqacha ,,Farrosh kampir‘‘ deb atasa ham bo‘lar ekan. Negaki, farrosh kampir asarning markaziy qahramoni sanaladi. Obraz har tomonlama mukammal yaratilgan. Uning har bir harakati, har bir so‘zi san’atkorona mahorat bilan gavdalantirilgan. ,,Kampirning xatti-harakatlari (O‘sha payt, deng farrosh kampir Kirib keldi tentirab) va so‘zlarida (Voy bechora bolaginam, Dard zabtiga opti-ku! Holdan toyib, boshqa ko‘zi Yumilib ham qopti-ku! Rangini ko‘r, somon deysan, Suvdanmikan yo o‘tdan!) yuksak insoniy fazilatlar, o‘zbek onalariga xos tengsiz mehr-shafqat ufurib turadi“. Xalq og‘zaki ijodi motivlari asosida (Rangini ko‘r, somon deysan, Suvdanmikan yo o‘tdan!) berilgan Kampir obrazi tasvirida ham shoirning o‘zbek onalariga ulkan ehtiromi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aytilganidek, Abdulla Oripov ijodida mehr-oqibat tushunchasi uning ijodidagi yetakchi mavzular sirasiga kiradi. Ular haqidagi kechinmalarini kitobxonga yetkazmoq uchun shoir xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tashnalik bilan zo‘r ilhom oladi. Shoirning maqsadi rivoyatlarni she’riy tizimga solish emas aslo. Asl maqsad el orasida tobora siyraklashib borayotgan mehr-oqibatni saqlab qolishga da’vat, ezgu intilishdir. Ana shu badiiy-estetik qimmatiga ko‘ra ,,Samoviy mehmon, besh donishmand va farrosh kampir qissa“ni so‘z san’atining nodir namunalari qatorida sanash mumkin. Boshdan-oyoq chuqur donishmandlarga xos mazmun va shaklan xalq og‘zaki motivlari bilan sug‘orilgan asarlardan yana biri ,,Sharq hikoyasi“ she’ridir. Unda aytilishicha, juda kambag‘al ota-o‘g‘il uzoq yo‘lga otlanishadi. ,,Qurib ketsin yo‘qchilik ham Kim nelarga zor edi. Ikkovining o‘rtasida Bitta eshak bor edi“[3:117]. Ota-bola uzoq tortishuvdan keyin eshakni navbat bilan minishga kelishib oladi. Birinchi bo‘lib eshakka ota minadi. Bir qishloqdan o‘tayotganda, to‘rt besh odam orqalaridan piqirlashib kulishib qoladi: – Ahmoq ekan manavi chol, Ahmoq haddan ziyoda. O‘zi ulov minib olgan, O‘g‘li esa piyoda (O‘sha joyda). Uyalib ketgan ota shartta eshakdan tushib, o‘g‘lini mindirib qo‘yadi. Yana bir qishloqdan o‘tayotganda, ortlaridan to‘rt-besh odam piqirlashib kulishadi. Bolaning oriyati qo‘zg‘ab, shartta eshakdan tushib, piyoda keta boshlaydi. Bir qishloqdan o‘tayotganda, orqalaridan yana kulishib qolishadi, unga chiday olmagan ota-bola janjallashib qoladi. Abdulla Oripov toʻrtliklaridagi falsafiy xulosa, maqollarning
441 oʻziga xos badiiy tasviri, oʻzbek xarakterining betakror ifodasi aslida yuksak isteʼdodning xalq dahosi bilan uygʻun namoyon boʻlishi bilan izohlanadi. ,,Jajji goʻdak, sen tugʻilding, sen uchun Kim belanchak yasab turar shu damda. Kimdir senga uchqur tulpor egarlar, Kimdir senga hassa yoʻnar shu damda“[4:319]. Mazkur sheʼr gʻoyasi umr haqidagi xalq donishmandligining namunasi hisoblangan bitiklar mazmunida ham uchraydi. Ertaklardagi uch kunlik dunyo toʻgʻrisidagi savol-javoblar, umrni uch faslga ajratish – goʻdaklik, balogʻat, qarilik kabilarni esga soladi. Beshik, tulpor va hassa predmetlari majoziy maʼnoda qoʻllanilgan. Abdulla Oripovning she’rlarida ko‘plab xalq maqollari va iboralarini uchratamiz. Shoir ana shu xalq tafakkuri durdonalarini tayyor holatda asarga kiritish, shu tariqa asarini badiiy bezash yo‘lidan bormaydi. Aksincha, she’r mazmunini yangi ijtimoiy-axloqiy g‘oyalar bilan boyitadi. O‘zbek xalqining yuksak odob-axloqi va madaniyatini ko‘rsatadigan maqol va matallari juda ko‘p. Xalqning ko‘ngliga ko‘zgu bo‘lgan bunday hikmatlar she’rda ibratli chuqur ma’no kasb etadi; uning estetik ta’sir kuchini oshiradi. Shoir xalq iboralarini, maqol va matallarini shunday o‘rinli qo‘llaydiki, kitobxon bu hikmatlar xalqnikimi yoki shoirning o‘zi to‘qiganmi, payqamay qoladi. Bu hol Abdulla Oripovning she’rlari mohiyatidagi xalqona poetik tafakkurni namoyon etadi. Shoirning xalq ruhini, uning fikrlash tarzi va ijodkorligining asosiy jihatlarini puxta o‘zlashtirib olganligidan dalolat beradi. Shu nuqtayi nazardan folklor an’analarini teran bilish va ijod jarayonida qo‘llash ijodkor badiiy estetik tafakkuri takomilida alohida o‘rin tutadi. Chunki xalq og‘zaki ijodi badiiy asardagi milliy ruh ifodasini kuchaytiradi. Abdulla Oripov xalq maqollarini gohida aynan keltirsa, bazan ular konstruksiyasiga juziy tahrirlar kiritadi. Mumtoz she’riyatda xalq maqollaridan, masal va hikmatlardan foydalanish irsoli masal deb nomlanishi ma’lum. Ushbu badiiy san’at gapda yoki she’rda maqol, matal va hikmatli so‘zlarni muayyan maqsadda tamsil yo‘li bilan ishlatmoq ekani e’tiborga olinsa, shoirning bu boradagi tajribasi ijod ahlining bugungi avlodiga o‘rnak bo‘larli ekani ayon bo‘ladi. She’r matniga olingan maqollar konstruksiyasidagi o‘zgartirishlar bazan ma’no yoki shaklga, bazan har ikkalasiga ham tegishli bo‘ladi. ,,Haqiqat yo‘llari“ nomli she’ridagi: ,,Bazan yomon ot qolur yaxshi odamdan, hatto, Qay bir yovuz kimsani yaxshi derlar erta kun“[5:224].
442 degan satrlar buning isbotidir. ,,Yaxshidan nom qolur, yomondan dog“, xalq maqolining mazmuni shoir she’rida qarama-qarshi ma’noda qo‘llangan. Ba’zida hatto yaxshi odamdan ham yomon ot qolishi mumkinligiga doir, shoir maqolga ma’no jihatdan ham, shakl jihatdan ham ijodiy ishlov berganini ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, Abdulla Oripovning so‘zga nechog‘lik katta mas’uliyat bilan qaraganidan dalolat beradi. She’rdagi, ,,Deydilar, har zamonning bordir o‘z tarozusi, Oh naqadar rost erur ushbu buyuk haqiqat“[6:169]. satrlari ,,Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi“ maqoli yangicha qo‘llangani bilan alohida ajralib turadi. Maqolda urg‘u makonga berilgan bo‘lsa, shoir e’tiborni zamonga qaratadi. Natijada ko‘lamli falsafiy-poetik xulosa chiqariladi. Xulosa qilib aytganda, Bir suhbаtidа shoir ,,Shаrqqа she’riyаtni o‘rgаtib bo‘lmаydi“ – degаn edi. Hа hаqiqаtdаn hаm shundаy biz shаrqliklаrgа jumlаdаn turkiy xаlqlаrgа lirikаni o‘rgаtib bo‘lmаydi chunki u bizgа go‘dаkligimizdаn onа аllаsiyu, qo‘shiqlаri betаkror kuygа solingаn ertаklаr аsosidа tаnimizgа, ruhimizgа singаdi. Shu jihаtdаn shoir xаlq o‘g‘zаki ijodi аn’аnаlаrigа sodiq qoldi. Umrining so‘nggidа yаrаtilgаn she’rlаridа hаm xаlq og‘zаki ijodi аn’аnаlаrini poetik yаngilаshgа аlohidа diqqаt qаrаtgаn. Ushbu xususiyаtlаr, o‘z nаvbаtidа, shoir she’riyаtining аbаdiyаtini tа’minlаb kelаyotir. Аbdullа Oripov fikrlаr vа ehtiroslаr shoiridir. Uning ijod qаmrovi keng, fikri terаn, bаdiiy mushohаdаlаri kuchli, ehtirosi jo‘shqin, pаrvozi yuksаk. Shoir she’riyаtidа fаlsаfiy terаnlik bilаn jo‘shqin lirizm uyg‘unlаshib ketgаn. Bu fusunkor vа terаn she’rlаr o‘zbek milliy аdаbiyotining nodir nаmunаlаri bo‘lib, ulаr yuksаk bаdiiyligi, mаntiqning kuchliligi, ohаngning yoqimliligi, lirik tuyg‘ulаrining go‘zаlligi, xаlqonаligi bilаn аjrаlib turаdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Орипов А. Танланган асарлар. Олти жилдлик, 4-жилд. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 2000. 2. Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври ўзбек шеърияти. – Тошкент: Фан, 2007. 3. Ҳамдамов У. Янги ўзбек шеърияти. – Тошкент:Адиб, 2012. 4. Nazarov B., Abdulla Oripov bilan suhbat. – Toshkent, 2011. 5. Oripov А. Tаnlаngаn аsаrlаr 7jild. – Toshkent: Shаrq NMIU, 2013. 6. Oripov А. Tаnlаngаn аsаrlаr 8-jild. – Toshkent: G‘аfur G‘ulom nomidаgi NMIU, 2016. 7. Qo‘shjonov M., Suvon M. Аbdullа Oripov. – Toshkent: Mа’nаviyаt, 2000. 8. Umurov X. Tаhlil chizgilаri. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. 9. Shаrаfiddinov O. Birinchi mo‘jizа. – Toshkent: Аdаbiyot vа sаn’аt, 1979. 10. Shаrаfiddinov O. She’riyаt – qаlb yolqini. Hаyot bilаn hаmnаfаs. – Toshkent: Аdаbiyot, 1984.