scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

METAFORA ASOSIDA HOSIL BO'LGAN BIRLIKLAR TARJIMASIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR

Mahfuza Nishonboyeva

Full text

488 METAFORA ASOSIDA HOSIL BO‘LGAN BIRLIKLAR TARJIMASIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR Mahfuza Nishonboyeva Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti, Farg‘ona, O‘zbekiston DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272311 Annotatsiya. Ushbu tezisda ingliz va unga qarindosh bo’lmagan tillar konteksida metaforik birliklarning qo’llanilishini tahlil qilindi. Shuningdek metaforik birliklar tarjimasida yuzaga keladigan muammolar hamda ularga yechimlar berildi. Kalit so‘zlar: metafora, ekvivalent, konteks, idiomatik til, nutq. Annotation. This thesis analyzes the use of metaphorical units in the context of English and non-related languages. It also provides solutions to the problems that arise in the translation of metaphorical units. Key words: metaphor, equivalent, context, idiomatic language, speech. Аннотация. В данной диссертации анализируется использование метафорических единиц в контексте английского языка и неродственных языков. Также предлагаются решения проблем, возникающих при переводе метафорических единиц. Ключевые слова: метафора, эквивалент, контекст, идиоматический язык, речь. Tarjima jarayonida tarjimon o‘z tilida uchramagan yoki ekvivalentligi mavjud bo‘lmagan tarjima qilinayotga til madaniyatiga xos bo‘lmagan so‘z birikmalariga duch kelishi ham mumkin. Bunday holatda undan ana shu ishlatilgan so‘zning o‘rnini bosuvchi birlik topish va asar mazmuni va ekspressivligini yo‘qolib ketmasligini ta’minlashi kerak. Albatta, boshqa tildagi metaforik atamalarni, birliklarni tushunish yoki tavsif qilish oson ish emas ammo tarjimada muammo kelib chiqmasligi muhimdir. Dunyodagi barcha diniy kitoblar: Qur’oni Karim, Tavrot, Injil kitoblarida metaforalardan keng foydalanilgan o‘rinlarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu ko‘chim turi insonning tili shakllanishidan ancha avvalroq paydo bo‘lgan ekan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, diniy kitoblarda qo‘llanilgan metaforalarni o‘z ma’nosi va ta’sirchanligini saqlagan holda tarjima qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, tarjimonning kichik bir xatosi oqibatida ulkan xatoliklar kelib chiqishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, metaforalarni tahlil qilish va uni qaysi ma’noda qo‘llanilganligini aniqlash tarjimonning eng muhim tashvishi hisoblanadi (Abduolimova, 2022). Metaforalarni tarjima qilishdagi muammolar 489 Metaforlarning tarjimashunoslikdagi ahamiyatini tahlil qilgan Dobrzinskiy uni shunchaki “aqlbovar qilmas mashhur” ko‘chim turi ekanligini ta’kidlaydi. Menakr ham metaforalarning tilshunoslikdagi va tarjimashunoslikdagi ahamiyati katta ekanligini ta’kidlab, uning “oldindan aytib” bo‘lmas yashirin ma’no mazmuni uning eng asosiy qiyin tarafi ekanligini ta’riflaydi. Sababi, bunday holatda siz metaforalarning qo‘llanilish tarixi, ikki til madaniyati va shu kabi ko‘zga ko‘rinmas detallarni ham inobatga olishingiz zarur. Dastlabki muammo - tarjimada jarayonida kelib chiqar ekan. Hozirgi kunda chet tilida yozilgan asarlarni o‘z tiliga tarjima qilayotgan tarjimonlar badiiy asardagi qo‘llanilgan metaforik ko‘chimlarni tarjima qilishga bir qancha muammolarga duch kelmoqdalar. Tarjima qilish deganda, faqatgina grammatik qoidalarga rioya qilib, so‘z qurilishiga e’tibor qaratish degani emas, balki ana shu so‘zlarni qachon va qayerda, nima uchun qo‘llash kabi savollarga javob bera olishdir. Bu nizom deb ham yuritiladi. Ya’ni, siz hech qachon ustozingizga “Hey” yoki “Oshna” deb murojaat qilmaganingizdek, o‘rtog‘ingizni ismi-sharifini aytib chaqirmaysiz. Bundan ko‘rinib turibdiki, ikki so‘zni shunchaki bir-biriga bog‘lab so‘z birikmasi tuzish hech narsani anglatmaydi, agar kontekst ham vaziyat mos bo‘lmasa. Kontekstga ko‘ra ikki turli tushunchalar birlashib yangi ma’no hosil qila oladi. Ma’lumki, so‘z va uning ishlatilishi har bir tilda turlichadir. Masalan, ingliz tilida “don’t eat like a pig”- “cho‘chqadek yema” metaforik birikmani inglizlar ko‘p ovqat yema deb tushunsa, Chexiya aholisi ovqatni tartibsiz yema deb tushinishar ekan. Demak metaforani qo‘llashda yoki metaforik biliklarni tarjima qilishda o‘sha xalq madaniyatini chuqurroq o‘rganish talab etiladi, sababi yuqorida keltirilganidek, madaniyat tilda aks etadi. Shundan keyingina tarjima qilinayotgan birliklarga tarjima, agar iloji bo‘lmasa, o‘z xalqiga mos keluvchi ekvivalent topa olish tarjimonga qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Xulosa: Boshqa ko‘chim turlari singari metaforik birliklarlar tufayli tinglovchi va so‘zlovchi o‘rtasida tushunmovchilik yoki chalkashliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Ulardan biri metaforik birikma bir tildan ikkinchisiga tarjima qilinayotganda sodir bo‘ladi. Tarjima ikki til va ikki madaniy an’anani o‘z ichiga oluvchi faoliyat hisoblanib, tarjimondan nafaqat til bilish mahorati balki o‘sha til va o‘z tili an’ana, qadriyati hamda madaniyati haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish talab qilinadi. 490 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Алиқулов Т. Полисемияларнинг ҳосил бўлиши ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти. 1963.№ 6. ‒ 42-б.4 2. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. Тошкент, 1962. ‒ 24-б. 3. Рофиева Г. Ўзбек тилидан француз тилига концептуал метафоралар таржимасининг ўзига хос хусусиятлари. дисс. автореф. – Тошкент, 2020. 4. Хажиев С.К. Сўз маъносининг кўчиши билан боғлиқ лингвистик ҳодисалар: Филол. фан. номз. дисс... автореф. – Тошкент, 2007. – 4-б. 5. Қобулжонова Г. Метафоранинг системавий лингвистик талқини. Филол. фан. номз.…дисс..‒ Тошкент, 2000. ‒ 33-б.