«UZUN OĞLAN VE SU PERISI» HAMDA «ILON PARI» ERTAKLARINING QIYOSIY TAHLILI
Full text
513 «UZUN OĞLAN VE SU PERISI» HAMDA «ILON PARI» ERTAKLARINING QIYOSIY TAHLILI Barchinoy Kenjabayeva Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272332 Annotatsiya: Mazkur tezisda o‘zbek va turk xalq og‘zaki ijodi hamda adabiyotlaridagi ertak janrida uchrovchi pari obrazlarining qo‘llanilish darajasi va ilmiy tahlili yuzasidan fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Potagonist, plot, fabula, dualizm, novellatik ertaklar, turk adabiyoti psixologiyasi, zoomorf, timsoliy qiyofa. Аннотация: В данной статье рассматривается степень использования и научный анализ образа пери, часто встречающегося в жанре сказок, широко распространённого в узбекском и турецком народном устном творчестве и литературе. Ключевые слова: Главный герой, фабула, дуализм, новеллистические рассказы, психология турецкой литературы, зооморф, символический образ. Annotation: This article discusses the usage and scientific analysis of the fairy character commonly found in the fairy tale genre, which is widespread in Uzbek and Turkish folk oral literature. Keywords: Protagonist, plot, fabula, dualism, novelistic tales, psychology of Turkish literature, zoomorph, symbolic image. Ertaklar mavzu jihatidan xilma-xil boʻlib, deyarli barcha xalqlarda folklorning qadimiy janri sifatida qaraladi. Ildizlari bir boʻlgan Turk va oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida inson qiyofasidagi parilar bilan bogʻliq ertaklar, afsonalar talaygina. Turkiyada parilar bilan bog‘liq ertaklar musobaqasining ishtirokchisi Ibrahim Şaşma qalamiga mansub “Uzun oğlan ve su perisi”(“Uzun bo‘yli o‘glon va suv parisi”) ertagi va o‘zbek xalq og‘zaki ijodida uchrovchi “Ilon pari” ertaklarining yaratilish usuli va unda o‘rin olgan pari obrazlarining tahliliga yuzlanamiz. Adabiyot dunyosida ertaklar sehrli sonlar – 3, 7, 9, 40 kabilar hamda dev, yalmogʻiz, parilar, sehrgarlar, maxluqlar bilan aloqador tarzda shakllanadi. “Uzun oğlan ve su perisi” ertagi tasviriy ifodalar bilan boshlanadi. Unda qishloq hayotining chizgilari, turk xalq madaniyatining yorqin namunasi hisoblangan oliyjanoblik, mehnatsevarlik qalamga olinadi. Adabiy mutanosiblikning akslantirilishi natijasida yolg‘iz, qari onaning dangasa va tanbal farzandi personaj darajasidan bosh qahramon darajasiga ko‘tarila boshlaydi. Adabiyot qonunqoidalaridan biri shuki, parilar bilan bog‘liq voqea-hodisalar, asosan, qahramon botirlar, shahzodalar bilan aloqador tarzda yuzaga keladi. Ushbu ertakda esa onasining keksa bo‘lishiga qaramasdan, unga yordam bermaydigan, tanballik bilan
514 umri o‘tayotgan yoshi ulg‘aygan, boʻylari uzun, kuchga to‘la yigitining hamisha uyida yotishi haqida so‘z boradi. “Akşama kadar evin içinde ya da bahçedeki ağacın gölgesinde miskin miskin yatarmış. Annesinin bu yaşta çalışmasına hiç aldırmazmış. Keyfine çok düşkün olan uzun oğlan sabah saatlerinde annesi işe gitse de yerinden kalkmaz, öğlene kadar yatarmış. Kalktıktan sonra da akşama kadar sinek avlar, fare kovalar, daha güneş batar batmaz, bir kedi gibi ocak başında kıvrılıp yatarmış. Uzun oğlanın annesi bu durumdan çok şikâyetçiymiş ama evladı olduğu için de bir şey yapamıyor, evladına kızamıyor, elinden bir şey gelmiyormuş”.[1:13] Bu esa Uzun oʻgʻlonning onasi xasta bo‘lib yotib qolishi va majburlikdan uy ishlarini qilish rejasida suv uyida parini uchratishi bilan bog‘liq vaziyatni yuzaga keltiradi. Oʻzbek xalq og‘zaki ijodi namunasi hisoblanadigan “Ilon pari” ertagida esa o‘tgan zamonlarda hukmronlik qilgan yolg‘iz podshohning ov jarayonida chiroyli qizni ko‘rishi bilan hushidan ketgan podshoh va ilonlar parisi haqida so‘z boradi. So‘rab-surishtirmasdan sevgisi tufayli ilonlar malikasiga uylangan podshoh o‘zbek xalq ijodiyotida jo‘mardlik va sevgisiga sodiqlik ramzi maʼnosida ifodalanadi. Ramziy ma’noda ham suvning hayot ramzi ekanligini inobatga olsak, suv parilari ham hayot ramzi, muhabbat ramzi ekanligini tushunish mumkin. Ushbu ertakda afsonaviy vodiyda yashovchi ilonlarning insonlar bilan yuzlashmasligi natijasida inson qiyofasiga kira olish qobiliyati shakllangan ekanligi ularning oʻziga xosligi boʻlib, kunduz pari, kechki payt esa ilonga aylanishardi. Aynan ushbu holat adabiy jamoatchilik tomonidan “Zoomorf” deb nomlanib, parilarning jonivorlar koʻrinishida tasavvur qilinganligini va adabiy asarlarda uchrashini isbotlaydi. “O‘tgan zamonda bir podshoh yakka o‘zi ovga chiqib, ov qilib yurib, uzoqda bir narsa ko‘ribdi. Podshoh sekin borib qarasa, daraxt tagida bir pari qiz dam olib o‘tirgan emish. U qizni ko‘rgan zamon hushidan ketibdi. Birozdan so‘ng o‘ziga kelib qarasa, pari suv keltirib podshohning yuziga sepib turgan emish. Podshoh uning qo‘lidan suvni ichib, o‘zi bilan birga saroyga olib kelibdi. Podshoh qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomosha bilan pari qizga uylanibdi. Oradan bir necha vaqt o‘tgach podshohning darmoni qurib, rangi sarg‘ayib, tusi o‘zgara boshlabdi. Nihoyat podshoh vaziriga aytibdi: – Ey vaziri a’zam, men uylanganimdan buyon darmonim qurib, kuchim borgan sari kamayib, holsizlana boshladim. Nima qilmoq kerak? – debdi. Vazir: – Тo‘g‘ri aytasiz, taqsir, rangingiz ham sarg‘ayib, tusingiz o‘zgarib, oriqlab bormoqdasiz. Bu holni bir sinchiklab tekshirishga to‘g‘ri keladi. Тaqsir, xafa bo‘lmasangiz, men sizga bir sir aytaman, maylimi? – debdi. Podshoh: – Mayli, ayt, – debdi. Vazir:
515 – Тaqsir, tag‘in bu dashtdan olib kelgan qizingiz Ilon pari bo‘lmasin. O‘tmishda qarilar: – Dashtda ko‘rma, ilon bo‘ladi. Qirq yil odam ko‘rmasa, u pariga aylanadi-da, odamga kunduzi pari bo‘lib, kechasi ilon bo‘lib ko‘rinadi, – der edilar. Xotiningiz tag‘in ilon bo‘lmasin, deb gumon qilaman, debdi. Podshoh: – Unday bo‘lsa, nima qilaman? – deb so‘rabdi. – Agarda xo‘p desangiz, avval uni aniq bilish kerak, keyin uning chorasini ko‘ramiz,– debdi vazir”.[2:3] “Uzun oğlan ve su perisi” ertagida esa uzun boʻyli oʻgʻlonning suv tashish jarayonida qanotli ariga duch kelishi, oʻgʻlonning yordamida suvdan qutulgan arining qiz qiyofasidagi pariga aylanishi ham ertaklarda parilar bilan bog‘liq haqiqat va afsonalarining zoomorf shaklini bevosita yuzaga keltiradi. Shunga ko‘ra, turk adabiyoti mutaxassislarining fikricha, insoniy qiyofa pari bo‘lgan yoki parilik darajasida bo‘lgan har qanday hayvonlarning yetakchi obrazi sifatida chiroy va go‘zallik ramzi sifatida ertaklarda namoyon bo‘ladi. Turk adabiyotining oʻziga xosligi shundan iboratki, goʻzal qiz va malikalarning hamisha yordamga muhtoj bo‘lishi botirlar qahramonlar tomonidan ularning qutqarilishi, yordam berilishiga tashakkur sifatida parilar tomonidan tilaklarining amalga oshirilishi yoki turmush qurish taklifiga rozi bo‘lish holatlari kuzatiladi. “Arı, suyun kenarında bir süre beklemiş ve kanatlarını kurutmuş. Bu süre içerisinde uzun oğlan da kovaya suyu doldurmuş ve ırmağın başından ayrılmak için ilk adımını atmış. Uzun oğlanın az evvel suyun içerisinden çıkardığı arı kanatlarını güçlü bir şekilde çırpmaya başlamış. Arı kanatlarını çırptıkça her yer pırıldamaya ve rengârenk olmaya başlamış. Etrafında bir ışık demeti oluşturan arı birkaç saniye sonra bir peri kızına dönüşmüş. Uzun oğlan ilk önce umursamamış, gördüğü güzel rüyanın etkisinden kurtulamadığını düşünmüş. Hatta hala uykuda olduğunu bile sanmış. Altın sarısı saçları beline uzanan, ay yüzlü bir güzelin yosun yeşili gözlerle kendine baktığını görünce ne yapacağını şaşırmış bir anda. Eli ayağına dolaşmış, dili damağına yapışmış, rüyada olduğunu düşünmüş yeniden. Şimdiye kadar gördüğü rüyaların en güzelini görmekte olduğunu, karşısında ki bu güzelin de rüyasını süsleyen peri kızı olduğunu düşünmüş. Bu peri kızı o kadar güzel, o kadar güzelmiş ki, yüzü aydan daha aydınlık, güneşten daha parlakmış. Bu güzel yüzü ile peri kızı uzun oğlanın adeta yüreğini yakıp kavurmuş bir anda. Uzun oğlan bir süre bu şaşkınlıktan kurtulamamış ve yaşadığı bu anın rüya olduğunu düşünmüş”. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiga mansub “Ilon pari” ertagida zoomorf hodisasining ilon bilan, “Uzun oğlan va su perisi” ertagida esa ushbu jarayonning ari bilan
516 aloqador tarzda yuzaga kelishi har ikkala xalqning adabiy ko‘zqarashlaridan kelib chiqib ifodalaniladi. Aynan ushbu holat ham adabiy asarlarning shakllanish jarayonida qoliplashgan vaziyat boʻlib, o‘g‘lonning parini qidirib ketishi natijasida sarguzashtlar yuzaga keladi. Ushbu holat esa turk adabiyotida fabulaning plot bilan o‘zaro mutanosiblik asosida yuzaga kelishini ta’minlab beradi. Bu esa voqealar rivojining sujet bilan uzviy tarzda ketma-ket tarzda amalga oshirishni yuzaga keltiradi. Yangi o‘g‘lonning tamballikdagi hayoti, tamballikdan chiqish jarayoni va mehnatga qaytish, mehnat jarayonida tasodifiy uchrashuv va ushbu uchrashuvda oshiq bo‘lishi natijasida o‘z baxtiga erishish uchun harakatlar chizigʻi paydo bo‘ladi. O‘zbek olimasi A.Mo‘minovaning yozishicha, qadimgi mifologiyada parilar odamlarni yovuz kuchlar asoratidan qutqaruvchi afsonaviy xaloskor sifatida tasvirlangan. Davrlar o‘tishi bilan pari obrazi hayotiylik kasb eta boshlagan; ular oddiy odamlarga xos belgi va xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan go‘zallik timsoliga aylangan”.[3:19] Oʻzbek xalqi ertaklarida pari obrazi uchrovchi “Qorasoch pari”, “Pari qizning koʻylagi”, “Ilon pari” kabi ertaklarda voqealar rivojida keskinlikni talab qiladi. Oʻzbek va Turk ertaklarida uchraydigan pari obrazlarini qiyoslash va tahlil qilish jarayonida turk adabiyotida “Su perisi masalıʼʼ (“Suv parisi ertagi”) nomi ostida koʻplab turdagi ertaklar mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Ular Bursa, Qora dengiz, Istanbul ertaklari kabi guruhlanishlarga ham ajratiladi. Bu esa mavjud voqeahodisaning bir necha variantlarda ertak shaklida ochiqlanishiga dalolatdir. Oʻzbek xalqi ijodida esa pari obrazining shakllanishida suv parilarining ramz sifatida qalamga olinishi (“Ilon pari”), ertakning sujet chizig‘i boshqalaridan ajralib turishi (“Qora soch pari”), insoniyat va tabiat o‘rtasidagi mutanosiblik va do‘stona muhit (“Pari qizning koʻylagi”) yovuzlik ramzi sifatida (suv alvastilari bilan bogʻliq ertaklar), oshiqlik yoʻnalishida (“Shahzoda va pari”) kabilar ahamiyatli hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Jumanov E. Pari obrazlarining tavsifiy ifodalanishi. “Jahon adabiyoti sanʼati” jurnali, 2022-yil, 1-son 2. Qayumov Olim Sardorovich. Oʻzbek folklorida pari obrazi. Filol. fan. nomz. diss. avtoref. – - Toshkent, 1999-y., –B.10 3. Selami Fedakar. Özbekistanʼdaki masal arashtırmalarının tarihi ve gelişimi // Gaziantep University Jurnal of Social Sciences, June 2014.