scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'QUVCHILAR MULOQOT MADANIYATINING TA'LIM SAMARADORLIGIGA TA'SIRI

Ibodullayeva Inobat

Full text

545 O‘QUVCHILAR MULOQOT MADANIYATINING TA’LIM SAMARADORLIGIGA TA’SIRI Ibodullayeva Inobat Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17272373 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarning muloqot madaniyatini oshirish bugungi kunda dolzarb va ahamiyatli masala ekanligi, ijtimoiy hayotda faol bo‘lish uchun muloqot madaniyati chiroyli bo‘lishi kerak ekanligi haqida fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: muloqot madaniyati, kommunikatsiya, “4k” modeli, kommunikativ, kritik, kreativ, kollabarativ ko‘nikmalar. Аннотация: В данной статье рассматривается важность повышения культуры общения среди учащихся, которая является актуальной и значимой проблемой на сегодняшний день. Подчеркивается, что для активного участия в социальной жизни культура общения должна быть красивой. Ключевые слова: культура общения, коммуникация, модель "4K", коммуникативные, критические, креативные, коллаборативные навыки. Annotation: This article discusses the relevance and importance of improving students' communication culture, emphasizing that for active participation in social life, communication culture must be aesthetically developed. Keywords: communication culture, communication, “4K” model, communicative, critical, creative, collaborative skills. Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy sohalardagi global o‘zgarishlar ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan hamda ko‘nikmalarni shakllantirishga asoslangan yondashuvlarni joriy etish zaruratini oshirmoqda. Chunki bunday yondashuvlar o‘quvchilarning jamiyatga faol ijtimoiylashuvini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Yevropa Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Yevropa uchun asosiy ko‘nikmalar” simpoziumi, o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun “aniq muloqot va yozish ko‘nikmalaridan” samarali foydalanish zarurligini ta’kidlaydi. Muloqot madaniyati, shuningdek, ijtimoiy qoloqlik xavfini kamaytirishga yordam beradi, chunki kommunikativ qobiliyatga ega bo‘lmagan shaxslar o‘z fikrlarini ifoda etishda qiyinchiliklarga duch kelishadi va bu ularning jamiyatdagi faoliyatini cheklaydi. Hozirgi kunda o‘quvchilarning asosiy ko‘nikmalari tarkibiga kiruvchi kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish va baholashda an’anaviy va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llashga katta e’tibor berilmoqda, bu esa muloqot madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. 546 Dunyoda hayotiy ko‘nikmalarning asosi bo‘lgan muloqot madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar dolzarb masala bo‘lib qolmoqda, chunki samarali muloqot nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy muvaffaqiyat uchun ham zarur. Muloqot madaniyati o‘zaro tushunishni, fikr almashishni va ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashni ta’minlaydi. AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Finlyandiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar tajribasi ta’lim jarayonini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar nazariy bilimlarni amaliy kontekstda, xususan, raqobatbardosh va malakali mutaxassislarni tayyorlashda qo‘llash strategiyalarini ishlab chiqishga asos bo‘lmoqda. Muloqot madaniyatini shakllantirish o‘quvchilarni “4k” modeli – kommunikativ, kritik, kreativ, kollabarativ ko’nikmalar asosida fikrlashga, nostandart vaziyatlarga moslashishga tayyorlash va mavjud muammolarni diagnostik tahlil qilish orqali ularning muloqotchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin. O‘quvchilarni muloqot madaniyati bilan ta’minlash, ularni nafaqat o‘z fikrlarini ifoda etishga, balki boshqalar bilan samarali ishlashga ham o‘rgatadi, bu esa kelajakda ijtimoiy va professional muvaffaqiyatlariga xizmat qiladi. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo‘nalishida o‘quvchilarni izlanuvchan, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z bilimlarini turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay oladigan qilib tarbiyalashni nazarda tutadi. Shu bois jamiyat va shaxs manfaati uchun zarur bo‘lgan shakllanish tendensiyalarini aniq belgilash maqsadida “Ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida shakllantirish” ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.” [1:54] Bu esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarda kreativ, kritik, kommunikativ, kollabarativ ko‘nikmalarni shakllantirish tizimini modernizatsiya qilish va uning innovatsion pedagogik-metodik asoslarini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘quvchining og‘zaki va yozma muloqotchanligini real munosabatlarda qo‘llashga yo‘naltiradigan zamonaviy o‘qitish usullari, mazmuni, texnologik tuzilishi, mavjud sharoitdan kelib chiqib innovatsion ilmiy metodik asoslarini yaratishning zaruratini yuzaga keltiradi. Ta’lim nafaqat shaxsning o‘ziga, balki butun jamiyatning taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan muhim ijtimoiy jarayon hisoblanadi. “Ayni shu o‘rinda o‘quvchilarning nazariy,amaliy g‘oyalarini, ijodkorligini har tomonlama qo‘llabquvvatlash, takomillashtirish ilg‘or xorijiy ta’lim dasturlarini milliylashtirish, xalqaro 547 tajribalarni chuqur o‘rganish va munosiblarini tadbiq etish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar tajribalaridan keng miqyosda foydalannish va ular bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda”. [2:160] “Muloqot — bu insonlar o‘rtasidagi axborot almashish jarayoni bo‘lib, u til, noverbal kommunikatsiya va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi. Muloqotning asosiy turlari og‘zaki, yozma va noverbal kommunikatsiya hisoblanadi.” [3:445] Insonlar o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini va g‘oyalarini ifodalash uchun turli usullarni qo‘llaydilar, masalan, so‘zlar, mimika, tana tili va ovoz tonini. Muloqot jarayonida ma’lumotni to‘g‘ri yetkazish, tushunish va qabul qilish muhimdir, chunki bu jarayon shaxslararo munosabatlarni belgilaydi. Psixologik jihatdan muloqot insonlar o‘rtasida hissiy bog‘lanish va ijtimoiy aloqalarni shakllantirishga yordam beradi. Muloqot madaniyati ijtimoiy kontekstga bog‘liq bo‘lib, har bir jamiyatda o‘ziga xos qoidalar va an’analar mavjud. Raqamli texnologiyalar muloqotni yangi darajaga olib chiqdi, bu esa masofaviy muloqot va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotning shakllanishiga olib keldi. Muloqotda faol tinglash muhim ahamiyatga ega, chunki bu boshqalarni tushunishga va ularga hurmat ko‘rsatishga yordam beradi. Konfliktlarni hal qilishda samarali muloqot usullarini qo‘llash muhimdir, chunki bu muammolarni hal qilish va kelishuvga erishishga yordam beradi. Muloqot jarayoni ikki tomonlama bo‘lib, u nafaqat ma’lumot yuborishni, balki uni qabul qilishni ham o‘z ichiga oladi. Muloqotning sifatini oshirish uchun turli strategiyalarni qo‘llash mumkin, masalan, ochiq savollar berish va fikrlarni aniq ifodalash. Insonlarning muloqotdagi muvaffaqiyati ko‘pincha ularning emotsional intellekti bilan bog‘liqdir, chunki bu hissiyotlarni boshqarish va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish qobiliyatidir. Muloqot jarayonida kontekst va madaniyatni hisobga olish muhimdir, chunki bu muloqotning samaradorligini ta’minlaydi. “Muloqot madaniyati — bu insonlar o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan axloqiy, estetik va ijtimoiy qoidalar to‘plamidir”[4:2]. U shaxslararo munosabatlarni, fikr almashish va hissiyotlar ifodalashni tartibga soladi. Muloqot madaniyatining asosiy elementlari orasida til, nonverbal kommunikatsiya, etiket va madaniy kontekst mavjud. Til muloqotning asosiy vositasi bo‘lib, u orqali fikrlar, g‘oyalar va his-tuyg‘ular ifodalanadi. Nonverbal kommunikatsiya, ya’ni mimika, harakatlar va tana tili, so‘zlardan ko‘ra ko‘proq ma’lumot yetkazishi mumkin. Etika qoidalari esa muloqotda hurmat va samimiyatni ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi. Muloqot madaniyati, 548 shuningdek, madaniy xilma-xillikni hisobga olishni talab qiladi, chunki har bir jamiyatda o‘ziga xos an’ana va qadriyatlar mavjud. Boshqa tomondan, muloqot madaniyati ijtimoiy mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi; insonlar o‘z fikrlarini ifoda etishda boshqalarning his-tuyg‘ularini inobatga olishlari kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/docs/5841063 2. Турдиев Н.Ш., Асадов Ю.М., Акбарова С.Н., Темиров Д.Ш. Умумий ўрта таълим тизимида ўқувчиларнинг компетенцияларини шакллантиришга йўналтирилган таълим технологиялари. – Тoшкент: Ўзбекистон педагогика фанлари илмий-тадқиқот институти, 2015. 160-б 3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-том. – Тoшкент: ЎзМЭ, 2004. 445б. 4. Boltaboyev A.A. Muloqot olami: subyektlararo munosabatlar muammosi. – Toshkent: O‘zMU axborotnomasi, 2019. 2