scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XUSUSIYLASHTIRISH, MILLIYLASHTIRISH VA DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIK – TALABALARNI, MULKCHILIK TUZILMASI, MULKIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH

Fayzieva Dilafruz Shuhratovna

Abstract

Ushbu maqola Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ichki vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va buni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish haqida yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 553 XUSUSIYLASHTIRISH, MILLIYLASHTIRISH VA DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIK – TALABALARNI, MULKCHILIK TUZILMASI, MULKIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH Fayzieva Dilafruz Shuhratovna phd dotsenti Toshkent davlat iqtisodyot universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.17272691 Annotasiya. Ushbu maqola Davlat mulkini xususiylashtirish — davlatning oʻz ixtiyoridagi ichki vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va buni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish haqida yoritilgan. Kalit so’zlar: xususiylashtirish, davlat mulki, iqtisodiy subyektlar, milliylashtirish, davlat-xususiy sheriklik. Davlat mulkini xusisiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va bu usullarda amalga oshiriladi. Tarixan Davlat mulkini xususiylashtirishning oʻz tabiatiga koʻra tamomila farq qiladigan ikki turi shakllandi. Birinchi tur takror ichki mexanizmidagi oʻzgarishlar va 20-asrning 70-yillari 2-yarmida sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat mulki va davlat tadbirkorligining oʻrni va ahamiyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq holda yuzaga keldi. Xususiylashtirish, milliylashtirish va davlat xususiy sheriklik – talabalarni, mulkchilik tuzilmasi, mulkiy munosabatlarni tartibga solish, milliylashtirish[ 1 ] jarayoni va qonuniy asoslari, davlat-xususiy sherikligining usullari va shakllari, davlat-xususiy sherikligining asosiy toifalari, davlat-xususiy sherikligida shartnoma shakllari, davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish muammolari, davlat-xususiy sheriklikdan foydalanish mumkin bo‘lgan soha va tarmoqlar, davlat-xususiy sherikligining tasniflanishi, davlat-xususiy sherikligi loyihalarida risklarning o‘zaro taqsimlanishi, davlat-xususiy sheriklikning xorij tajribasi, davlatxususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda samarali boshqaruvni tashkil etish va monitoring qilishga doir maqsadlarni qamrab oladi. [ 2 ] Davlatning oʻz ixtiyoridagi ichki vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va buni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, 1 Уринов. Б.Н-Проблемы экономики, 2014.Основные аспекты оценки эффективности премирования персонала предприятий 2 Уринов Б.Н.«Экономика и управления» проблеми науки та практики, 158 – 161Диагностика системы управления персоналом предприятия INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 554 shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi; davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirish. [ 3 ] Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkni bepul berish, korxonani imtiyozli shartlarda sotish, aksiyalarni sotish, korxonalarni ijaraga berish, mayda korxonalarni kim-oshdi savdosida sotish va bu usullarda amalga oshiriladi. Xoʻjalik yuritishning maʼmuriybuyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga asoslangan xoʻjalik yuritish tizimiga oʻtishda xususiylashtirish alohida oʻrin tutadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasi aynan xususiy mulk iqtisodiy usishni ijtimoiy larzalarga yoʻl qoʻymay taʼminlashini tasdiqlaydi. [ 4 ] U yoki bu mamlakatdagi xususiylashtirish miqyosi ilgari xususiy sektorni milliylashtirish qay darajada qoʻllanilganiga bogʻliq. Milliylashtirish usuli qisman oʻtkazilgan mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya) xususiylashtirish koʻrinishlari kam uchraydi. Milliylashtirish jarayoni uzoq vaqt davom etgan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya) esa D.m.x. keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishning peshqadami boʻlgan Buyuk Britaniyada D.m.x.ning aksiyalarni tekin taqsimlash va sotish; xizmat koʻrsatish uchun pudratlar; davlat uy-joylarini kvartirani ijaraga oluvchilarga sotish; raqobatni rivojlantirish maqsadida davlat monopoliyalaridan voz kechish kabi usullari qoʻllandi. Jahon tajribasi davlat mulkini va uning vazifalarini toʻliq yoki qisman xususiy sektorga oʻtkazishning 22 usuli borligini koʻrsatadi. Xususiylashtirish — uzoq muddatli jarayon. U Yaponiyada 10 yil, Gʻarbiy Yevropada 10—15 yil davom etadi. Bozor islohotlariga oʻtishning Oʻzbekiston modeliga koʻra mamlakat va xalqning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy, madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻp ukladli iqtisodiyotni yaratish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga tatbiq etilmoqda. [ 5 ] Shunga koʻra Oʻzbekistonda, birinchidan, davlat mulki mulkning yangi egasiga faqat sotish nuli bilan berilishi mumkin. Bu mulk obyektlarining toʻgʻri taqsimlanishi va ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi. Ikkinchidan, D.m.x.ning maxsus dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususiylashtirish boʻyicha barcha ishlar izchil, bir tizimda olib boriladi. Mulkka munosabatdagi uzgarishlar jarayoni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirishning davlat dasturi va tarmoq, mintaqa dasturlari asosida amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiylashtirish muammolari yirik boshqaruv va i.ch. tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish, ularning tarkibidan savdo obyektlari va xizmat koʻrsatish sohalarini ajratib olish, shuningdek, muqobil raqobatchi korxonalarini yaratish yoʻli bilan birga hal etiladi. 3 . Клочко О. А., Бирюкова О. В., Зуев В. Н., Глобалная среда бизнеса. Учебник. ИСБН: 9785160171777., Изд.: ИНФРАМ, 2022 г 4 . N.S.Ismailova,U.A.Dadabayev,S.A.Rahmonov. Jahon iqtisodiyoti va globalizatsiya. Darslik. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2022-yil. – 261 b 5 N.S. Ismailova, U.A. Dadabayev, Xalqaro biznes shartnomalari. Darslik – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2021-yil. –276 b. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 555 xulosa qilib aytganda xususiylashtirishning asosiy maqsadlari - ayrim turdagi mulkni saqlash huquqini xususiy qo'llarga o'tkazish, mutlaq davlat mulki sifatida tasniflangan mulkdan xalos bo'lish va pullik xususiylashtirishdan byudjetga daromad olishdir. Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Уринов. Б.Н-Проблемы экономики, 2014.Основные аспекты оценки эффективности премирования персонала предприятий. 2. Уринов Б.Н.«Экономика и управления» проблеми науки та практики, 158 – 161Диагностика системы управления персоналом предприятия 3. Клочко О. А., Бирюкова О. В., Зуев В. Н., Глобалная среда бизнеса. Учебник. ИСБН: 9785160171777., Изд.: ИНФРАМ, 2022 г. 4. N.S.Ismailova,U.A.Dadabayev,S.A.Rahmonov. Jahon iqtisodiyoti va globalizatsiya. Darslik. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2022-yil. – 261 b. 5. N.S. Ismailova, U.A. Dadabayev, Xalqaro biznes shartnomalari. Darslik – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2021-yil. –276 b. 6. Ian Worthington, Chris Britton and Ed Thompson “The Business Environment: a 7. Urmanov N.T. Oʻzbekistonda mulkiy islohotlar nazariyasi va amaliyoti. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Iqtisodiyot. 2019. – 356 b. 8. Urmanov N.T. Monopoliyaga qarshi boshqaruvning institusional asoslari. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Iqtisodiyot. 2019. – 356 b. 9. Urmanov N.T., Hamzayev A. Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: Iqtisodiyot, 2019. – 356 b. 10.Urmanov N.T., Ismailov A. Tabiy manopoliyani tartibga solish. Oʻquv qoʻllanma. – T.Iqtisodiyot, 2019. – 356 b.