scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG'OZLAR BILAN OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Ikramov Akmalbek Ilxomjon o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining o‘rni, ular olib boradigan operatsiyalarning mohiyati va turlari ochib berilgan. Anderrayting operatsiyasining mohiyati, turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida xorijiy tajribalar asosida respublikamizda tijorat banklarining anderrayting operatsiyalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 581 O‘ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR BILAN OPERATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Ikramov Akmalbek Ilxomjon o‘g‘li “MFO PARTNERS HUB” MChJ ta’sischi https://doi.org/10.5281/zenodo.17272745 Annotatsiya. Mazkur maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining o‘rni, ular olib boradigan operatsiyalarning mohiyati va turlari ochib berilgan. Anderrayting operatsiyasining mohiyati, turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida xorijiy tajribalar asosida respublikamizda tijorat banklarining anderrayting operatsiyalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Qimmatli qog‘ozlar bozori, qimmatli qog‘ozlar, tijorat banklari, bank operatsiyalari, daromad, anderrayting. Аннотaция. В подготовленной статье раскрываются сущность, виды и особенности операции коммерческих банков на рынке ценных бумаг. Раскрывается сущность, виды и основные направления андеррайтинговой деятельности на рынке ценных бумаг. На основе зарубежного опыта андеррайтингвой деятельности выработаны некоторые предложения по их внедрению в деятельности коммерческих банков республики. Ключевые слова: Рынок ценных бумаг, ценные бумаги, коммерческие банки, банковские оперaции, доход, андеррайтинг. Abstract. The prepared article reveals the essence, types and features of commercial banks' operations in the securities market. The essence, types and main directions of underwriting activities in the securities market are revealed. Based on foreign experience in underwriting activities, some proposals for their implementation in the activities of commercial banks of the republic have been developed. Key words: Securities market, securities, commercial banks, banking operations, income, underwriting. O‘tgan XX asrda iqtisodiyoti yuksak darajada taraqqiy topgan mamlakatlarning tajribasi shuni so‘zsiz tasdiqladiki, faqat bozor iqtisodiyotigina iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarining eng yuqori darajasini ta’minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko‘p jihatdan iqtisodiyotning tovar-pul munosabatlari bilan qay darajada to‘liq qamrab olinganligi bilan bevosita bog‘liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini jumladan, uning tarkibiy qismi hisoblanadigan qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. Chunki, bozor iqtisodiyoti qimmatli qog‘ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas. Iqtisodiyotning rivojlanishida hamda uning turli tarmoqlari mutanosib ravishda rivojlanishi uchun investitsiyalar zarur ekan, hozirda juda ulkan moliyaviy resurslarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo‘naltira oladigan moliyaviy institutlardan biri tijorat banklaridir. Iqtisodiy o‘sish va investitsiyalar oqimini ko‘paytirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan bank tizimining, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorida samarali va puxta ishlashiga bog‘liqdir. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan milliy qimmatli qog‘ozlar bozorini doimiy rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibori va tijorat banklarini kapitallashuvini oshirish va resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish investorlarning, shu jumladan xorijiy investorlarning fond birjasida muomalada bo‘lgan bank aksiyalariga va korporativ obligatsiyalariga qiziqishi ortishiga omil bo‘ldi. Mamlakatimizda keyingi yillarda qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga yorqin misol sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston- INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 582 2030” Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-sonli Farmonini keltirish mumkin. Mazkur farmonning “Barqaror iqtisodiyot o‘sishi orqali aholi farovonligini ta’minlash” yo‘nalishlarida “Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish” ko‘zda tutilgan.[1] Shu bilan birga, bu soxada ko‘pgina muammolar hozirda ham o‘z yechimini topmasdan qolmoqda. Respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklarining aksariyati qimmatli qog‘ozlar bozorida sust faoliyat olib borishmoqda va buning natijasida ushbu bozorda raqobat past darajada saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari aksariyat tijorat banklarining aktivlari tarkibida qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalarning ulushi juda past darajada. Biz yuqorida ta’kidlagan farmonda “40-ta davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarini “Xalq IPO”siga chiqarish, aholini IPOda qatnashishini rag‘batlantirish mexanizmlarini qilish” vazifasi belgilab qo‘yilgan.[1] IPO bu inglizcha Initial Public Offering so‘zidan olingan bo‘lib, unda muomalaga chiqarilgan aksiyalar investitsiya vositachilari orqali joylashtiriladi.[2] Ushbu vazifani ijobiy hal etishda qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat olib borayotgan investitsiya tashkilotlarining, shu jumladan tijorat banklarining anderrayting operatsiyalarini ahamiyati o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Biz mazkur maqolamizda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining olib borayotgan operatsiyalarining mohiyatini ochib berishga va uning faoliyatini rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqishga harakat qilamiz. Tijorat banklari faoliyatining pirovard maqsadi daromad topishdir. Xalqaro amaliyotda banklarning daromad topishga yo‘naltirilgan faoliyati aktiv operatsiyalar deb nomlanadi. Tijorat banklarining o‘zlik va yuridik hamda jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb etish natijasida shaklllangan mablag‘lardan ma’lum daromad topish uchun o‘z nomidan foydalanishdagi faoliyati aktiv operatsiyalardir. Tijorat banklari aktiv operatsiyalarni olib borish yo‘li bilan daromad olishga harakat qiladi, lekin bu faoliyatni olib borish jarayonida tasdiqlangan qonunchilik me’yorlariga amal qilishlari lozim. Tijorat banklari o‘zlari uchun o‘rnatilgan likvidlik darajasini saqlab turishlari hamda olib borilayotgan aktiv operatsiyalarining turlari bo‘yicha yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan qaltisliklarni oqilona taqsimlashlari shart.[3] Tijorat banklarining olib boradigan operatsiyalari juda xilma-xildir. Tijorat banklarining mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda, ushbu bozorning malakali ishtirokchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha xildagi vazifalarni bajarishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka asosan tijorat banklarining mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda, ushbu bozorning malakali ishtirokchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha xildagi vazifalarni bajarishi mumkin. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: - qimmatli qog‘ozlarning aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, depozit jamg‘arma sertifikatlari, depozit sertifikatlari va bank veksellarini muomalaga chiqaruvchi emitentlar sifatida; - o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlar bozoriga doir maslahatlar, ular uchun reyestr yurituvchi va depozitar operatsiyalarni bajaruvchi sifatida; - iqtisodiyotning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlari va davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; - o‘z mijozlariga qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investitsiya instituti sifatida qatnashishi mumkin. Tijorat banklarining pirovard maqsadi ma’lum daromad olish hisoblanadi. Ushbu faoliyatni olib borishda ular qimmatli qog‘ozlar bilan turli operatsiyalarni olib boradilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari 300 ga yaqin xilma-xil operatsiyalarni amalga oshiradi.[2] Hozirgi vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari nafaqat yirik emitent va investor bo‘lib maydonga kirib kelmoqda, balki ular fond bozorining professional ishtirokchilari sifatida faol ishtirok etib, qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar va xizmatlarni amalga oshirgan holda quyidagi subyektlar INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 583 sifatida ham qatnashmoqdalar: investitsion vositachi, investitsion maslahatchi, investitsiya aktivlarni boshqaruvchi, emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalarini amalga oshiruvchi, mijozlarning nomidan muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni investorlar o‘rtasida joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan anderrayterlik faoliyati. Biz quyidagi rasmda tijorat banklarining fond bozoridagi olib boradigan operatsiyalari tarkibini keltiramiz. 1-rasm. Tijorat banklarining fond bozoridagi olib boradigan faoliyat turlari 1 Tijorat banklarining fond bozoridagi faol ishtiroki umuman qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtiroki shakllarining kengayishi va diversifikatsiya banklar atrofida brokerlik va boshqaruv kompaniyalari, maslahat firmalari singari yuqori professional tuzilmaviy bo‘linmalarning tashkil etilishi va jamlanishiga olib keldiki, ular o‘z navbatida, qimmatli qog‘ozlar birja savdosining mustaqil faol ishtirokchilariga aylanib borishmoqda. Anderrayting faoliyati (anderrayting) - anderrayter (anderrayterlar) va emitent o‘rtasidasidagi shartnomada belgilangan shartlarda chiqarishni tashkillashtirish va yoki emitentning qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi faoliyatdir. Qimmatli qog‘ozlarni kafolatli joylashtirishning quyidagi turlari mavjud: a) to‘liq kafolatlangan joylashtirish – anderrayter tomonidan ushbu chiqarishdagi barcha qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi; b) qisman kafolatlangan joylashtirish – anderrayting tomonidan ushbu chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning 10,0 foizidan kam bo‘lmagan qismini joylashtirilishi.[4] Quyidagilar anderrayter faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: - qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirishning maqbul tuzilmasini emitent bilan shakllantirish; - investitsion memorandumni tuzish va investorlarga taqdim etish; - mo‘ljallanilayotgan chiqarilish hajmidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqiga bo‘lgan dastlabki obunasini o‘tkazish; - potensial investorlarning mo‘ljallanilayotgan chiqarilish hajmidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan dastlabki obunasidan kelib chiqib, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, shu jumladan, bozor konyukturasi va sig‘imini o‘rganish; - emissiya risolasini, operatsion hujjatlarni va anderrayting xizmatlari tavsifini belgilovchi kafolatlangan majburiyatini tuzish; - zarur bo‘lganda anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasini shakllantirish va uning faoliyatini ta’minlash uchun investitsiya vositachilari va tijorat banklarini tanlab olib olish; - anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada kelishilgan tarzda qabul qilingan majburiyatlar va muddatlarga muvofiq emitent qimmatli qog‘ozlarining kafolatlangan joylashtirilishini (chiqarishni belgilangan eng past narx bo‘yicha joylashtirish) o‘tkazish; 1 Rasm muallif tomonidan tayyorlangan Investitsion vositachi Investisiya aktivlarni boshqarish boshqarishboshqaruvchi Investitsion maslahatchi Anderrayter Emissiya qilingan qimmatli qog'ozlar bilan REPO operasiyalarini amalga oshiruvchi Tijorat banklarining fond bozoridagi faoliyat turlari INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 584 - anderrayterlik xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan vositachilik haqi yoki sotib olish va sotish farqidan olingan daromadni vaqtinchalik birlashma (agar bular mavjud bo‘lsa) ishtirokchilari orasida taqsimlash; - emitentga qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan olingan mablag‘larni to‘lash; - qimmatli qog‘ozlarning (ushbu emissiya) ikkilamchi bozorda joylashtirishni emissiya risolasida kelishilgan (anderrayterlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada) dastlabki qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.[5] Mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatiga oid qonunchilikka asosan anderrayter faoliyatini amalga oshirayotgan investitsiya vositachisi yoki tijorat banki anderrayter faoliyatini yuritishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, O‘zbekistonda tijorat banklarida mavjud bo‘lgan xozirgi zamon darajasidagi texnikaviy, axborot va xodimlarning salohiyati, sho‘ba banklarining juda keng tarmog‘i va mijozlar ma’lumotlarining bazasi ularni qimmatli qog‘ozlar bozorining eng yuqori qobiliyatli qatnashchilarga aylantirgan. Tijorat banklari bilan boshqa moliyaviy iqtisodiy muassasalar o‘rtasidagi kuchayib borayotgan o‘zaro raqobat, amaliyotdagi ko‘pgina an’anaviy bank xizmatlari hisoblanadigan(kreditlash, valyuta, moliyaviy va agentlik operatsiyalari) xizmatlarini ko‘rsatishdan keladigan foydaning kamayib ketishi, tijorat banklari o‘z faoliyatining asosiy diqqat markazini milliy qimmatli qog‘ozlar bozori sohasiga ko‘chirishga majbur qilmoqda. Fikrimizcha milliy qimmatli qog‘ozlar bozorida tijorat banklarining operatsiyalarini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Xalqaro amaliyotda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda anderraytingni amalga oshirish uchun investitsiya kompaniyalari emissiya sindikatlariga - qimmatli qog‘ozlar nashrini va uning kafolatli joylashtirilishini tashkil etuvchi anderrayterlar guruhiga birlashishlari mumkin. Xuddi shu amaliyotni ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur o‘rganib chiqqan holda mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi hozir amal qilayotgan qonunchilikka moslagan holda tijorat banklarini anderrayting operatsiyalarini amalga oshirishni amaliyotga kiritish hamda tijorat banklari o‘rtasida emissiya sindikatlarini tashkil etish lozim. Buning natijasida respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan muomalaga aksiyalar va korporativ obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni sarmoyadorlar o‘rtasida joylashtirish ishlari jadallashadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi “O'zbekiston-2030” Strategiyasi to'g‘risida”gi PF-158-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/-4926736 2. Frederic Mishkin “The Economics of Money, Banking and Financial Markets (Global edition 11th Edition)” Pearson, United Kingdom, 2015. 3. Рынок ценных бумаг. Учебник. Под ред. В.А.Галанова, А.И.Басова. 2-е изд. перераб. и доп. – М.: «Финансы и статистика». 2016. 4. Бутиков И.Л. Рынок ценных бумаг Узбекистана: проблемы формирования и развития. Т.: «КOНСAУДИТИНФOРМ НAШР» 2008. 5. Alimov I.I., Ikramov A.I. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari. T.: «Iqtisodiyot» 2018.