scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MADANIY KOD TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Ismatullayeva Nargiza Rasuljanovna

Abstract

Mazkur maqolada “madaniy kod” tushunchasining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada madaniy kodning tarkibiy qismlari, uni shakllantiruvchi omillar hamda adabiyot, san’at va lingvokulturologiyada qo‘llanish xususiyatlari izohlanadi. Shuningdek, madaniy kodning kommunikativ jarayonda, ayniqsa, badiiy tarjima va intermadaniy muloqotda tutgan o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida turli nazariy yondashuvlar taqqoslanib, madaniy kodning zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun ahamiyati ochib beriladi.

Full text

Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 59 Annotatsiya Mazkur maqolada “madaniy kod” tushunchasining mazmunmohiyati, uning ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada madaniy kodning tarkibiy qismlari, uni shakllantiruvchi omillar hamda adabiyot, san’at va lingvokulturologiyada qo‘llanish xususiyatlari izohlanadi. Shuningdek, madaniy kodning kommunikativ jarayonda, ayniqsa, badiiy tarjima va intermadaniy muloqotda tutgan o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida turli nazariy yondashuvlar taqqoslanib, madaniy kodning zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun ahamiyati ochib beriladi. Kalit so‘zlar: madaniy kod, qadriyat, identitet, milliy xotira, madaniyat, urfodat, xalq ijodi, ramz. Kirish XX asrda fanlarning ma’lum bir bosqichida olimlarning “madaniy kod” tushunchasiga qiziqishi paydo bo‘ldi va bu, avvalo, Yuri Lotman 1 , Roland Barthes 2 va Umberto Eco 3 kabi uch nafar yevropalik olimlar bilan bog‘liq edi. Har bir olim madaniy kodlar haqida gapirganda o‘ziga xos falsafiy-teoretik asoslardan kelib chiqqan, milliy madaniyat fenomenlarini tadqiq qilgan va boshqa olimlar bilan doimiy hamda ochiq munozarada bo‘lar ekan, o‘ziga xos, original xulosalarga kelgan. 1 Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры. – 1996. – 464 с. 2 Барт Р. Империя знаков. – М.: Праксис. – 2004. – 144 c. 3 Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис», 1998. – 432 с. MADANIY KOD TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI Ismatullayeva Nargiza Rasuljanovna TDSHU, Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi dotsenti, PhD. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 60 Ana shu intellektual zamin ustida keyinchalik mustaqil tadqiqot an’analari shakllangan bo‘lib, har bir an’ana o‘z tadqiqot maydonida “madaniy kod” kontseptsiyasining mazmunini ishlab chiqmoqda. Madaniy kod fenomeniga bag‘ishlangan. Roland Barthes ushbu konseptni takror-takror tahlil qilgan va “madaniy kod” tushunchasining eng to‘liq va murakkab talqinini o‘zining asarida bergan. Umberto Eko bu masala bo‘yicha fikrini qisqacha Yuri Lotmanning “Universe of the Mind: a semiotic theory of culture” (London & New York, 1990) kitobiga yozgan kirish so‘zida bayon qilgan 4 . “Madaniy kod”ni tadqiq etish bilan ko‘plab ilmiy soha vakillari shug‘ullanadi: antropologlar, tarixchilar, madaniyatshunoslar, lingvistlar, adabiyotshunoslar, faylasuflar, etnograf olimlar — masalan, O. Afonina, A. V. Drozdova, N. N. Izotova, V. V. Krasnyx, A. E. Makhov, K. A. Ochereytanyy, V. V. Ryjankova, N. A. Simbirtseva, A. R. Usmanova va boshqalar. Ularning barchasi madaniy kodni tahlil qilishda turli metodologik yondashuvlardan foydalanadi va ushbu kontsept yordamida o‘z fan sohalarida turli darajadagi hodisalarni o‘rganadi. Gumanitar olimlarning asarlarida «madaniy kod» kontseptsiyasini turli tushunish darajalarini ochib berish — zaruriy tadqiqot qadamidir, chunki bu 1) mavjud yondashuvlarni tizimlashtirishga, 2) muayyan darajadagi tadqiqot masalalarini hal etish uchun eng maqbul yondashuvni tanlashga va 3) turli madaniyatlarni o‘rganish va taqqoslash jarayonida “madaniy kod” fenomenining aniq ko‘rinishlariga nisbatan analitik protseduralar ketma-ketligini ishlab chiqishga imkon beradi. Konsepsiyani tushunish darajalarini ajratib ko‘rsatish, ko‘rinishicha, keyinchalik ma’lum bir madaniy kodni uning falsafiy-semiotik ma’nosidan falsafiymadaniyatshunoslik ma’nosiga va keyin tekstologik (matnshunoslik) ma’nosiga qadar tahlil qilish imkonini beradi. 4 Эко У. Предисловие к английскому изданию // Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры, 1996. – С. 405–414. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 61 Asosiy qism “Madaniy kod” konseptini tavsiflovchi eng nufuzli manbalardan biri Yu.Stepanovning “Konstantalar: rus madaniyati lug‘ati” asaridir 5 . Unda olim konseptni metaforik tarzda «inson ongidagi madaniyatning quyqasi», «insonning ruhiy olamidagi madaniyatning asosiy hujayrasi» deb ta’riflaydi. Yu.Stepanovning fikricha, konsept murakkab tuzilishga va o‘ziga xos etimologiyaga ega bo‘lib, u konseptni o‘rganish jarayonida avvalo uning shakllanish tarixini, so‘ng esa ichki tuzilishini aniqlash zarurligini belgilab beradi. Konseptni tahlil qilish va tuzilmasini tavsiflashning eng batafsil uslubi Ural semantik maktabining yirik vakili L.G.Babenko tomonidan ishlab chiqilgan. Olimaning ta’kidlashicha, “konseptning mental tarkibini ikki usulda tasvirlash mumkin: 1. butunlikda — ya’ni, kengaytirilgan lug‘aviy ta’rif yoki esse shaklida; 2. analitik tarzda — ifodalanayotgan bilimlarning tabiati va turlarini hisobga olgan holda, ma’lum bir strukturaviy model asosida” 6 . L.G.Babenko konseptning mental murakkabligini “bilim va tasavvurlarni ifodalovchi, o‘zaro bog‘langan turli kognitiv belgilarning tartiblangan majmuasi” sifatida ta’riflaydi. Shu bois konseptning mohiyatini ko‘rinarli tarzda aks ettirish uchun uning mental modelini yaratish zarur deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, konseptning mental mohiyati maydon tamoyiliga ko‘ra tuzilgan bo‘lib, bu maydonda markaziy qism, yadro atrofidagi zona mavjud. Shunday qilib, L.G.Babenko konseptni tahlil qilishda quyidagi bosqichlarni taklif etadi: 1. Avvalo, konseptning asosiy falsafiy mohiyatini aniqlash – bu yadro (markaziy) daraja bo‘lib, u umumiy qonuniyatlar va aloqalarni tahlil qiluvchi falsafiy darajadagi tushuncha sifatida shakllanadi. 5 Степанов Ю.С. Константы: словарь русской культуры. – М.: Академический проект, 2001. – 990 с. 6 Бабенко Л. Г. Концепт и концептосфера в аспекте моделирования // Модели в современной науке: единство и многообразие: сб. ст. / под ред. С. С. Ваулиной, В. И. Грешных. – Калининград.: Изд-во Российский государственный университет им. Иммануила Канта, 2010. – С. 180–188. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 62 2. So‘ngra yaqin ma’nolar aniqlanadi. Bu madaniyatning mavjudlik qonuniyatlari va rivojlanish tamoyillarini o‘rganuvchi falsafiy-madaniy tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi. 3. Nihoyat, periferik ma’nolar tahlil qilinadi. Ular alohida tadqiqot holatlarida muayyan hodisaning o‘ziga xos ko‘rinishlarini topish imkonini beradi. Demak, konseptning etimologiyasi va strukturasi asosida yaratilgan tavsiflar batafsil filologik tahlil natijasi bo‘lishi va lug‘aviy maqola shaklida taqdim etilishi mumkin. Agar bu holat filologik tadqiqot uchun yakuniy maqsad bo‘lsa, falsafiy tadqiqotlarda esa bu faqat ilmiy izlanishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Falsafiy izlanishlarda konseptning mazmun darajalari nazariy-metodologik jihatdan tadqiqot jarayonining keyingi yo‘nalishini belgilaydi, ya’ni umumiydan – umumlashgan, so‘ngra xususiy va aniq darajaga o‘tish tamoyilini asoslaydi. Tadqiqot natijalari Yu. M. Lotman 7 madaniy kodni ilmiy bilishning uch darajasi doirasida tahlil qiladi. Ulardan birinchisi – konseptning yadro (asosiy) darajasi, ya’ni “madaniy kod”ning belgilar tizimlari falsafasiga tegishli. Madaniyat matnining universal xususiyatini ta’kidlaydi, ya’ni har qanday modal yoki multimodal belgi tizimi kod sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Lotmanning fikricha, bu ikki omil bilan belgilanadi: 1. Matnning xususiyatlari, ya’ni uni kod sifatida talqin qilish imkoniyatlari; 2. Matnning funksional usuli, ya’ni u qanday tarzda qo‘llanilishi 8 . Lotman ta’kidlaydiki, madaniyat matni bu o‘ziga xos belgi tizimi sifatida kod funksiyasini bajarayotgan paytda yangi ma’lumot qo‘shmaydi, balki mavjud xabarni yangi ma’nolar tizimiga tarjima qiladi 9 . Shu ma’noda, madaniyat matni madaniy kod sifatida fikrlash tartibini, kognitiv jarayonlarning ketma-ketligini va xarakterini 7 Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры. – 1996. – 464 с 8 Гачев Г. Д. Космо-Психо-Логос: Национальные образы мира. монография. – М.: Академический проект. – 2007. –511 с. 9 Лотман Ю. М. Семиосфера. – Санкт-Петербург: Искусство-СПБ., 2000. – C., 172. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 63 belgilaydi, ammo ularning mazmunini emas. Bu jihat madaniy kod konseptining universalligini ta’minlaydi, ya’ni madaniyatning o‘zgaruvchan va ko‘p qirrali tabiatiga qaramay, barqaror, o‘zgarmas madaniyat sifatida amal qiladi. Shunga o‘xshash yondashuvni Umberto Eko ham qo‘llaydi, hamda, “Mavjud bo‘lmagan tuzilma” nomli asarida bayon etgan 10 . Eco ta’kidlashicha, madaniy kod faollashadi, agar biz madaniyatni matn sifatida tushunsak. Har bir milliy madaniyat o‘zining barqaror belgilar va ramzlar tizimiga ega bo‘lgan belgilar tizimi sifatida idrok qilinadi. Madaniyatda signallar dunyosidan ma’nolar dunyosiga o‘tish sodir bo‘ladi — bu esa insonning axborot, g‘oya, obraz va qadriyatlar dunyosi bilan aloqasini tashkil etuvchi ma’noli shakllar majmuasidir. Umberto Eko o‘z hamkasblari fikrlarini rivojlantirar ekan, kod va til funksional jihatdan bir xil emasligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, madaniy kodning eng umumiy va dominant ma’nosi quyidagilardan iborat: 1. Kod – bu belgilar tizimi; 2. Kod – bu belgilar va ramzlarni tartibga soluvchi, ularning birikish qoidalarini belgilovchi tizimdir 11 . Madaniy kod – bu jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy xazinasini tashkil etuvchi, xalq ongida asrlar davomida shakllangan ramzlar, belgilar, urf-odatlar va qadriyatlar majmui hisoblanadi. U insonlarning dunyoni idrok etish usuli, til, din, san’at, xalq og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topadi. Adabiyot va san’at madaniy kodni avloddan-avlodga yetkazuvchi eng muhim vositalardandir. Masalan, o‘zbek adabiyotida mehmondorchilik, ota-onaga hurmat, vatanparvarlik motivlari xalq madaniy kodining o‘ziga xos ramzlarini ifodalaydi. Shuningdek, xalq og‘zaki ijodidagi ertak, doston va qo‘shiqlar milliy mentalitetni shakllantiruvchi boy manbadir. 10 Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис». – 1998 – 432 с. 11 Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис». – 1998 – 432 с. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 64 Bugungi kunda madaniy kod xalqning milliy o‘zligini saqlash, yosh avlodni tarbiyalash va globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni asrab qolishda muhim rol o‘ynamoqda. U madaniy merosni davom ettirish va uni yangi avlod ongiga singdirishda beqiyos ahamiyatga ega. A.R. Usmanova “madaniy kod”ning markaziy ma’nosini uning belgilar tizimini tuzish va tuzilmaviylashtirish qobiliyatida ko‘radi 12 . U U. Eko bilan hamfikr bo‘lib, madaniy kodni “madaniyatning tuzilmaviy modeli” sifatida izohlaydi. R. Yakobson va U. Eko asarlarida “kod”, “semiotik tuzilma” va “belgilar tizimi” bir-biriga sinonim tushunchalar sifatida ishlatiladi. Demak, madaniy kodning negiz ma’nosi bu belgi, tizim, ya’ni madaniyatni tashkil etuvchi belgilar, ramzlar va ularning o‘zaro aloqalari majmuasidir. U o‘zining ichki moslashuvchan tuzilmasi orqali tashqi muhit sharoitlariga javoban doimiy qayta sozlanish xususiyatiga ega. Agar semiotika nuqtai nazaridan “madaniy kod” belgilar tizimi sifatida tushunilsa, madaniyat falsafasi doirasida u madaniy an’ana, qadriyatlar, normalar va stereotiplar bilan bog‘liq mexanizm sifatida izohlanadi. Bu yondashuv Yu.M. Lotman tomonidan chuqur ishlab chiqilgan. U 1992-yilda nashr etilgan “Madaniyat va portlash” asarida madaniyatni kodlangan tizim sifatida tahlil qiladi. Lotman fikricha, ma’lum bir madaniyat matnini anglash uchun eng umumiy madaniy kod bu “madaniy an’ana” dir. An’ana o‘z ichiga qoidalar, taqiqlar, kutishlar, buyruqlar va qadriyatlarni oladi. Shu sababli u “an’anani” – kodlovchi tizim, “zamonaviylikni” esa – dekodlovchi tizim deb ataydi. Matnlarni tahlil qilish jarayoni bu o‘tmishdagi matnlarni shu davrning boshqa matnlari orqali o‘qish, ya’ni madaniyatlararo dekodlash amaliyotidir. Yu. M.Lotmanning bu qarashlarini U. Eko ham qo‘llab-quvvatlaydi. U etiketni madaniy kodning yorqin namunasiga tenglashtiradi: ya’ni xatti-harakatlar, 12 Усманова А. Р. Код. С. 364. // Постмодернизм: Энциклопедия / Сост. и науч. ред. А. А. Грицанов, М. А. Можейко. — Минск: Интерпрессервис; Книжный дом, 2001. – 1040 c. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 65 taqiqlar, ierarxiyalar va ijtimoiy konvensiyalar tizimi madaniy dunyoqarashni modellashtiruvchi kod sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, fransuz faylasufi R. Bart ham madaniy kodni madaniy tajriba, kollektiv xotira, arxetip va madaniy motivlarning kontsentratsiyasi sifatida talqin etadi. U madaniy kodlarni “madaniyat xotirasining fragmentlari” deb ataydi. Shu tariqa, yadroviy va priyadroviy darajadagi tushunchalar bir-biriga yaqin va o‘zaro bog‘liq bo‘lib, madaniyatni belgi tizimi va madaniy xotira sifatida tahlil qilishda birgalikda qo‘llaniladi. Periferik yoki amaliy darajadagi “madaniy kod” talqini Yu.M.Lotmanning “Fikr yurituvchi olam ichida” 13 asarida yoritilgan. Bu bosqichda “madaniy kod” ritmik va intonatsion tuzilishga ega matn sifatida talqin etiladi. Yu.M.Lotman yozishicha, ritmik takrorlar, kompozitsion naqshlar, musiqiy strukturalar kabi elementlar matnga estetik ritm beradi va uni oddiy kommunikativ xabar emas, balki kodli modelga aylantiradi. Bu fikrni U. Eko o‘zining S-kodlar (semantik kodlar) nazariyasida davom ettiradi. Mavjud ritmik va melodik kodlarni xalq madaniy arxetiplari sifatida tahlil qiladi. M.M. Baxtin 14 ham bu masalaga e’tibor qaratgan. U Yu.M.Lotman bilan bahs yuritar ekan, kodni texnik vosita, ammo madaniy ijodning bir qismi emas deb ta’riflaydi. Shunga qaramay, u ham “kod – bu sun’iy o‘rnatilgan, jonli kontekstdan ajratilgan tizim” ekanini e’tirof etadi. Bu esa “madaniy kod”ning amaliy filologik ma’nosini aniqlaydi. G.D.Gachev 15 esa “milliy madaniy kod” tushunchasini shakllantirgan olimlardan biridir. U madaniy kodni millatning tabiati, psixologiyasi va tafakkuri birligi sifatida talqin etadi. 13 Лотман Ю. М. Культура и взрыв. Внутри мыслящих миров. – М.: Прогресс, – 1992. – 464 с. 14 Бахтин M. M. Из записей 1970–1971 годов. C. 336–360. // Бахтин М. М. Эстетика словесного творчества. – М.: Искусство. – 1979. – 424 c. 15 Гачев Г. Д. Космо-Психо-Логос: Национальные образы мира. монография. – М.: Академический проект. – 2007. –511 с. Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 66 G.D.Gachevdan ilhomlangan zamonaviy tadqiqotchilar N.N.Izotova 16 ta’kidlashicha, madaniy kod – bu millatning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlovchi va avloddan avlodga o‘tuvchi kalitdir. V.V.Krasnyx madaniy kodni “madaniyat dunyoni qanday bo‘lib, tuzib va baholab olishini belgilovchi ‘setka’” deb ta’riflaydi. Xulosa Madaniy kommunikatsiya yo‘nalishlarida yangi talqinlar kasb etadi. Shu tarzda, “madaniy kod” konsepti madaniyatni tushunish va talqin etishning universal kaliti bo‘lib qoladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarning keng qamrovi madaniy kod tushunchasining dolzarbligini ko‘rsatadi. Ushbu ilmiy izlanishlar nafaqat mavjud nazariy yondashuvlarni tizimlashtirish, balki turli madaniyatlarni qiyosiy o‘rganishda, ularning ichki ma’no qatlamlarini tahlil etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Madaniy kod” konsepti – bu insoniyat tafakkurining, milliy o‘zlik va madaniyatlarning ichki semantik tuzilmasini ochib beruvchi universal ilmiy kalitdir. U orqali madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, tafovut va tarixiy rivojlanish bosqichlari chuqur anglanadi. Shu bois, mazkur konseptni falsafiy-semiotik, madaniy-falsafiy hamda matnshunoslik darajalarida tadqiq etish hozirgi zamon gumanitar fanlari uchun nihoyatda muhim ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры. – 1996. – 464 с. 2. Барт Р. Империя знаков. – М.: Праксис. – 2004. – C. 144. 3. Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис». – 1998 – 432 с. 16 Изотова Н. Н. К вопросу о прочтении «культурного кода» в лингвокультурологии // Культура и цивилизация. – 2020. – № 10 (4а). – С. 5–11 Results of National Scientific Research International Journal 2025 Volume 4| Issue 8 SJIF5.8, Researchbib 10.7 ISSN: 2181-3639 https://academicresearch.ru/index.php/inrnsr/index 67 4. Эко У. Предисловие к английскому изданию // Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры. – 1996. – С. 405–414. 5. Степанов Ю.С. Константы: словарь русской культуры. – М.: Академический проект, 2001. – 990 с. 6. Бабенко Л. Г. Концепт и концептосфера в аспекте моделирования // Модели в современной науке: единство и многообразие: сб. ст. / под ред. С. С. Ваулиной, В. И. Грешных. – Калининград.: Изд-во Российский государственный университет им. Иммануила Канта, 2010. – С. 180–188. 7. Лотман Ю. М. Внутри мыслящих миров. Человек – текст – семиосфера – история. – М.: Языки русской культуры. – 1996. – 464 с 8. Гачев Г. Д. Космо-Психо-Логос: Национальные образы мира. монография. – М.: Академический проект. – 2007. –511 с. 9. Лотман Ю. М. Семиосфера. – Санкт-Петербург: Искусство-СПБ., 2000. – C., 172. 10. Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис». – 1998 – 432 с. 11. Эко У. Отсутствующая структура. Введение в семиологию. – СПб.: ТОО ТК «Петрополис». – 1998 – 432 с. 12. Усманова А. Р. Код. С. 364. // Постмодернизм: Энциклопедия / Сост. и науч. ред. А. А. Грицанов, М. А. Можейко. — Минск: Интерпрессервис; Книжный дом, 2001. – 1040 c. 13. Лотман Ю. М. Культура и взрыв. Внутри мыслящих миров. – М.: Прогресс, – 1992. – 464 с. 14. Бахтин M. M. Из записей 1970–1971 годов. C. 336–360. // Бахтин М. М. Эстетика словесного творчества. – М.: Искусство. – 1979. – 424 c. 15. Гачев Г. Д. Космо-Психо-Логос: Национальные образы мира. монография. – М.: Академический проект. – 2007. –511 с.