scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VITAGEN TAJRIBANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Pirniyazova Malika Kenesbaevna

Abstract

Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali tashkil etildi. Ushbu jarayon talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, ularning tadbirkorlikka oid kompetensiyalarini baholash va bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi.

Full text

49 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 TADBIRKORLIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDA VITAGEN TAJRIBANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Pirniyazova Malika Kenesbaevna Nizomiy nomidagi O‘zMPU v.b.dotsenti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17273984 Annotatsiya. Vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni diagnostik (tashxisiy) xarakterga ega bo‘lib, u talabalarni maxsus ishlab chiqilgan test sinovlari hamda sohaga oid amaliy topshiriqlarni bajarishga jalb qilish orqali tashkil etildi. Ushbu jarayon talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, ularning tadbirkorlikka oid kompetensiyalarini baholash va bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: tadbirkorlik kompetensiyalari, vitagen tajriba, test, “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi, “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva testi), “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test, “Talabalarning tadbirkorlik faoliyati turlari bo‘yicha yo‘nalganligini baholovchi indikator”. Bugungi tezkor ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida yoshlarning tadbirkorlik kompetensiyalarini – ya’ni biznesni tashkil etish, iqtisodiy faoliyatni yuritish, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida talabalarda ushbu ko‘nikmalarni shakllantirish uchun maxsus o‘quv-metodik yondashuvlarni ishlab chiqish dolzarb masala sanaladi. Shu nuqtai nazardan vitagen tajriba tushunchasi ta’lim jarayoniga tatbiq qilinmoqda. Vitagen tajriba — bu talabalarning shaxsiy hayotiy tajribalari, ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida shakllangan bilim va ma’lumotlarga asoslangan o‘qitish usuli hisoblanadi. Ushbu tajriba yordamida talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki amaliyotda sinovdan o‘tgan, real hayotda samarali qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni ham mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Vitagen tajribasi talabalarga o‘z bilimlarini real vaziyatlarda sinab ko‘rish, hayotiy misollar orqali tahlil qilish va ulardan ijodiy foydalanish imkonini beradi. Mazkur yondashuv natijasida talabalar tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirib, mustaqil qaror qabul qilish, mas’uliyatni his etish hamda yangicha g‘oyalarni ilgari surish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, vitagen tajribadan foydalanish talabalarning o‘z-o‘zini anglash darajasini oshiradi, ularni jamiyat ehtiyojlari va zamonaviy iqtisodiy talablar bilan bog‘lab boradi. Natijada, ushbu tajriba nafaqat kasbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltiradi, balki yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini, ijtimoiy faolligini va tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Shaxs o‘zining hissiy holati va ichki kechinmalarini har doim ham to‘liq va aniq ifodalay olmaydi. Shuningdek, atrofdagilar tomonidan bildirilgan shaxs haqidagi mulohazalarga ham mutlaq ishonib bo‘lmaydi. Chunki shaxs holatini tashqaridan kuzatish har doim ham uning haqiqiy kechinmalari va xatti-harakatlarini ishonchli tarzda ochib bera olmaydi” [2]. Bu holatning asosiy sababi shaxs xulq-atvori va ichki kechinmalarining izchil, davomiy hamda tizimli o‘rganilmasligidadir. “Test” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganida sinab ko‘rish, sinov, tekshirish ma’nolarini anglatadi [7]. 50 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Pedagogikada test nazoratidan foydalanish ta’lim oluvchi shaxsiga xos bo‘lgan sifatlarni yoki uning muayyan faoliyatni yuritishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshlang‘ich yoki yakuniy ma’lumotlarga ega bo‘lishga yordam beradi. Tadqiqotning maqsadi va xarakteridan kelib chiqqan holda kerakli testlarni to‘g‘ri tanlash pedagogik nazoratning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu o‘rinda A.N.Mayorov [52-53] tadqiqotchi yoki pedagoglarning puxta o‘ylangan ish rejasiga ega bo‘lishni, shuningdek, ilmiy izlanish mazmuniga mos, tadqiqot maqsadiga erishishga yordam beradigan testlarni tanlash olishi zarurligi ko‘rsatib o‘tadi. Ushbu ko‘rsatmalarga asoslangan holda vitagen tajribaning talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini aniqlash maqsadida diagnostik testlarni tanlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot jarayonida bir nechta psixologik-pedagogik testlar tanlab olindi, jumladan: “Tadbirkorlik qobiliyatiga egaman” testi [9], T.Matveeva tomonidan ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik qobiliyati” testi [9], shuningdek, “Biznes potensialiga egalikni aniqlovchi” test [10]. Ushbu testlar yordamida talabalar tadbirkorlik faoliyatiga oid shaxsiy xususiyatlari, tashabbuskorlik darajasi va biznes yuritishga bo‘lgan tayyorgarligi aniqlab borildi. Testlarni samarali o‘tkazish maqsadida maxsus ish qog‘ozlari tayyorlanib, talabalar bilan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Test savollari nafaqat shaxsiy psixologik sifatlarni aniqlashga, balki talabalar tomonidan biznes asoslari bo‘yicha egallangan bilimlarni baholashga ham qaratildi. Xususan, ular soliq qonunchiligi, ish haqi to‘lash tartibi, buxgalteriya hisobini yuritish shartlari, mahsulot yoki xizmatlarga hududiy talabni aniqlash, marketing va moliya sohalarida boshlang‘ich tayyorgarlikka egalik darajasini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, testlar tadbirkorlik faoliyatining hududiy holatini o‘rganish, moliyaviy mablag‘larning yetarliligi, mutaxassislar salohiyati, ijara, xomashyo va ishchi kuchi masalalarining hal etilishi kabi amaliy jihatlarni ham oydinlashtirishga xizmat qildi. “Tadbirkorlik qobiliyati” (T.Matveeva) Test savollari va javob variantlari Test savollari va javob variantlari 1. Mavjud to‘siqlarga qaramay boshlagan ishni oxiriga еtkazasizmi? 2. Ahdingizda turasizmi yoki Sizni boshqa qaror qabul qilishga ko‘ndirish osonmi? Ha Yo‘q Ha Yo‘q 3. Mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishni, boshqarishni yoqtirasizmi? 4. Hamkorlarning hurmat va ishonchlarini suiste’mol qilasizmi? Ha Yo‘q Ha Yo‘q 5. O‘zingizni mutlaqo sog‘lom deb hisoblaysizmi? 6. Natijaga erishmaguncha shomdan sahargacha ishlashga tayyormisiz? Ha Yo‘q Ha Yo‘q 7. Ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘lish va ishlashni yoqtirasizmi? 8. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligiga boshqalarni ishontira olasizmi? Ha Yo‘q Ha Yo‘q 9. Boshqalarning g‘oyalari va fikrlarini tushuna olasizmi? O‘zingiz xohlagan sohada biznesni tashkil qilish uchun ish tajribasiga egamisiz? Ha Yo‘q Ha Yo‘q 11. Soliq qonunchiligi, ish haqqini berish tartibi, buxgalterlik hisobini yuritish shartlaridan xabardormisiz? 12. Siz taklif etmoqchi bo‘lgan mahsulot yoki xizmatlarga tegishli hududda talab bormi? 51 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ha Yo‘q Ha Yo‘q 13. Marketing va moliya sohalari bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikka egamisiz? 14. Yashayotgan hududingizda Siz tanlangan yo‘nalish bo‘yicha boshqa turdagi tadbirkorlik faoliyatlari yaxshi ketayaptimi? Baholash jarayonining natijalariga tayangan holda respondentlar ega bo‘lgan tegishli kompetensiyalarning mavjud darajasi ularni tadbirkorlik faoliyati turlariga yo‘naltirish uchun еtarli emasligiga ishonch hosil qilindi. Zero, mavjud testlar talabalarning tadbirkorlik faoliyatini olib borishga ma’naviy-axloqiy hamda psixologik tayyorligiga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga imkon berdi. Biroq, talabalarni tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bo‘yicha alohida qobiliyatga ega ekanligiga oid axborotga еtarli darajada ega bo‘lish imkoniyatini ta’minlay olmadi. Shu sababli talabalarni tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bo‘yicha amaliy yo‘naltirish uchun sohalar bo‘yicha vitagen tajriba (bilim, ko‘nikma, malaka)ga egaliklarini aniqlashga e’tibor qaratildi. Talabalarning ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘llovchi vitagen tajriba (bilim, ko‘nikma, malaka)ga egaliklarini aniqlash maqsadida tashkil qilingan ilmiy-pedagogik faoliyat ham ikki yo‘nalishda amalga oshirildi: 1-yo‘nalish: respondentlarning tadbirkorlik faoliyati turlariga oid tushunchalarga egaligini aniqlash; mazkur jarayonda respondentlarning e’tiborlariga ular tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan topshiriqlarni o‘zida aks ettirgan quyidagi ish qog‘ozi taqdim qilindi: Bu o‘rinda “indikator” tushunchasining mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiqdir. “Oxford Languages” (“Oksford tillari” lug‘ati) [6] da “indikator” tushunchasi shunday izohlangan: qandaydir fizik kattalikning kiritilgan o‘lchamlar va hokazolar, jumladan, kimyoviy reaktiv sanaladigan moddaning o‘zgarishini o‘lchashga mo‘ljallangan asbob. Tushunchaning mohiyatini yorituvchi boshqa ta’riflar ham mavjud. Masalan, indikator (lot. “indicator” – ko‘rsatkich; “indico” – ko‘rsataman, aniqlayman): nazorat jarayonining qandaydir o‘lchovlari o‘zgarishini aks ettiruvchi ob’ekt yoki ob’ektning holatini shaxs tomonidan bevosita vizual, akustik, tana orqali his qilish mumkin bo‘lgan yoki boshqa oson qabul qilinadigan usul yordamida bir qadar qulay shaklda ifodalovchi asbob, qurilma, axborot tizimi, modda [3]; biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob’ektning holatini inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element) [4]. Pedagogik jarayonda indikatorlar ta’lim natijalarini baholash va monitoring qilish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: Resurs indikatorlari – ta’lim jarayonini tashkil etish uchun sarflangan moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini aks ettiradi. Masalan, o‘quv laboratoriyalarining jihozlanishi, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlanish darajasi. Jarayon indikatorlari – ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini baholaydi. Masalan, mashg‘ulotlarning muntazamligi, interfaol metodlar qo‘llanishi, talabalar faolligi. Oraliq natija indikatorlari – talabalarda shakllanayotgan ko‘nikma va malakalarning joriy bosqichdagi holatini aniqlashga xizmat qiladi. Masalan, test sinovlari, amaliy topshiriqlarni bajarish natijalari. Yakuniy natija indikatorlari – o‘quv jarayonining umumiy samaradorligini ifodalaydi. Masalan, talabalarning bitiruv darajasidagi kompetensiyalari, mehnat bozorida raqobatbardoshligi. 52 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ta’sir (impact) indikatorlari – ta’lim faoliyatining uzoq muddatli ijtimoiy va iqtisodiy samaralarini ko‘rsatadi. Masalan, bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi, jamiyatdagi innovatsion faoliyatda ishtiroki. Baholovchi indikator bilan ishlashda respondent-talabalar tomonidan topshiriqlarni bajarishda dehqonchilikka asoslangan fermerlik bo‘yicha fikrlarni tadbirkorlikning boshqa turlariga nisbatan to‘liqroq yoritishga muvaffaq bo‘lishgan. Buning asosiy sababi shundaki, O‘zbekiston agrar mamlakat hisoblanadi va respondenttalabalar uchun qishloq xo‘jaligi, xususan, dehqonchilik sohasi begona emas. Ular yoshlik chog‘idan ota-onalariga ushbu sohada ko‘maklashib kelganliklari sababli mazkur yo‘nalish bo‘yicha ma’lum hayotiy tajribaga ega. Shu bois baholovchi indikatorlar asosida topshiriqlarni bajarishda talabalar fermerlik (dehqonchilik) faoliyatining mazmunini izchil yoritib bera oldilar. Vitagen tajribaga asoslangan yondashuv esa talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishda zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb va samarali metodlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu usul nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlaydi, balki amaliy tajriba asosida o‘z-o‘zini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, vitagen tajriba talabalarning iqtisodiy hamda tadbirkorlik sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirib, ularni kelajak mehnat bozorida raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va mustaqil tadbirkorlar sifatida shakllanishiga zamin yaratadi. Vitagen tajriba talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali usullardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki u talabalarni shaxsiy hayotiy tajribalariga, atrofmuhit bilan o‘zaro ta’sirda orttirilgan bilim va ko‘nikmalarga tayanishga undaydi. Tadqiqot jarayonida testlar va topshiriqlar yordamida talabalar nafaqat o‘z shaxsiy sifatlarini, balki biznes asoslari, iqtisodiy bilimlar, marketing va moliyaviy imkoniyatlarga oid tayyorgarliklarini namoyon etishdi. O‘zbekiston agrar mamlakat ekani sababli respondent-talabalar orasida dehqonchilik va qishloq xo‘jaligiga oid vitagen tajribalar ko‘proq uchradi va bu ularning topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishida namoyon bo‘ldi. Shunday qilib, vitagen tajriba asosida olib borilgan ta’limiy faoliyat talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal etish, tashabbuskorlik va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Demak, vitagen tajriba talabalarning kasbiy tayyorgarligini yuksaltiradi, ularni mehnat bozorida raqobatbardosh, tadbirkorlik salohiyatiga ega, ijodkor va tashabbuskor shaxs sifatida shakllanishiga keng imkoniyat yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Болшая энциклопедия психологических тестов / Электронная книга. ДиректМедиа, 2005. – С. 5. 2. Индикатор (Индиcатор) – это // ҳттпс://еcономиc-дефинитион.cом/ Течниcал_Аналйсис/Индикатор_ Индиcатор__ето.ҳтмл. 3. Индикатор нима? // ҳттпс://қомус.инфо/енcйcлопедиа/cат-и/индикатор-уз. 4. Маёров А. Н. Теория и Практика создания тестов для системы образования (Как выбират, создават и исползоват тесты для селей образования). – М.: Интеллект сентр, 2002. – С. 52-53. 5. Охфорд ЛангуаГЭС // ҳттпс://лангуаГЭС.оуп.cом/гоогле-диcтионарй-ру. 6. Сущност понятий “тест”, “тестирование” // ҳттпс://пед.бобродобро. ру/14259. 53 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 7. Тест “Предпринимателские способности” (Т.Матвеева) // ҳттпс://фмc. ҳсе.ру/миррор/пубс/шаре/ 205924843. 8. Тест “Предпринимателские способности” // ҳттпс://тестоград.cом/ тест/тест-набизнесмена. 9. Тесты на определение предпринимателских способностей // ҳттп://ксчоол1.cом/ММC/ мониторинг.пдф.