SUR RANGLI QO'ZILARINING JUN–TOLA QOPLAMINING SIFATI VA O'LCHAMLI KO'RSATKICHLARI
Abstract
Maqolada turli xil gul tipga mansub bo‘lgan sur rangga qo‘zilarni jun tolalarining ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi va zichligi kabi seleksion ko‘rsatkichlar qo‘zilarni baholashda inobatga olinadigan muhim belgilar ko‘rsatakichlar o‘rganilgan.
Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 20 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17274491 UDK:636.31 SUR RANGLI QO‘ZILARINING JUN–TOLA QOPLAMINING SIFATI VA O‘LCHAMLI KO‘RSATKICHLARI Mahkamova Zilola Farhod qizi, Nazarova Mokhira Azamatovna ANNOTATSIYA Maqolada turli xil gul tipga mansub bo‘lgan sur rangga qo‘zilarni jun tolalarining ipaksimonligi, yaltiroqligi, uzunligi va zichligi kabi seleksion ko‘rsatkichlar qo‘zilarni baholashda inobatga olinadigan muhim belgilar ko‘rsatakichlar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Sur rang, gul tip, rangbaranglik, yassigul, qovurg‘asimon, yarim doira, gullar eni, uzunligi, jun qoplami. Jun tolalarining ipaksimonlik va yaltiroqlik darajalari, optimal uzunlikka ega bo‘lishi va teri sathida zich bo‘lishi qorako‘l mahsulotining sifatini, gullarning qimmatliligini, mustahkamligini belgilaydi. SHu bilan bir qatorda ushbu ko‘rsatkichlarning optimal va maksimal darajalarda namoyon bo‘lishi qo‘ylarning nasliy qimmatliligini va ular bilan olib boriladigan seleksiya–naslchilik hamda urchitish ishlarining samaradorligini oshiradi. Ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu ko‘rsatkichlarning turli gul tipiga mansub qo‘zilarda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, farqlanish va o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lishi kuzatilgan.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 21 Jun tolalarining ipaksimonligi va yaltiroqligi. Bu borada yassi gul tipiga mansub qo‘zilarda ushbu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari boshqa tipli qo‘zilar ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy o‘rganildi (1-rasm). Jadval ma’lumotlarida olingan natijalar jun-tolalarining ipaksimonlik va yaltiroqligi bo‘yicha yassi tipli qo‘zilar ko‘rsatkichlarining sezilarli yuqoriligini ko‘rsatadi. Kuchli va me’yorli ipaksimonlik va yaltiroqlikning yarim doira qalamgul hamda qovurg‘asimon tiplari ko‘rsatkichlari bilan deyarli bir xilligi sharoitida bo‘lib, (85,3-88,6%) yassi tipli qo‘zilarda kuchli ipaksimonlikka ega qo‘zilar salmog‘ining 9,7-14,3 foizga, kuchli yaltiroqlikka ega qo‘zilar salmog‘ining 13,8-15,6 foizga yuqoriligi fikrni isbotlay oladi. O‘sikgul tipli qo‘zilar ko‘rsatkichining qolgan tiplar ko‘rsatkichlaridan statistik ishonchli (R<0,05;0,001) ravishda pastligi aniqlandi. 1-rasm. Turli gul tipiga mansub qo‘zilarning jun – tola sifati X) –R<0,001 Jun–tola uzunligi va zichligi. Ma’lumki, qorako‘lchilikda hayvonlarning nasl qimmati ularda 30 ga yaqin seleksion belgilarning namoyon bo‘lishi bilan belgilanadi. Ularning yuqori darajada namoyon bo‘lishi nasliy qimmatlikni oshiradi, past darajada namoyon bo‘lishi esa kamaytiradi. Ko‘pchilik seleksion ko‘rsatkichning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim belgilardan biri–bu jun tolalarining uzunligi va zichligidir. Shu nuqtai nazardan ushbu belgilarga seleksiya jarayonida doimiy e’tibor qaratiladi. 0 20 40 60 80 yassi yarim doira qovurg'asimon o'siqgul Jun-tola ipaksimonligi kuchli me'yorli etarsiz
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 22 Ushbu belgilarning irsiylanishi, naslga berilishi, turli sharoitlarga bog‘liq holda o‘zgaruvchanligi ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan va uning seleksion ahamiyati ko‘rsatib borilgan. Belgining o‘zgaruvchanlik xususiyatlari unga doimiy e’tiborni talab qiladi. Shu jihatdan ularni seleksiya jarayonida doimo nazoratda ushlash, uning namoyon bo‘lishini boshqarib turish yo‘llarini aniqlash qorako‘lchilikda dolzarb muammolardan biridir. Tadqiqotlarda turli gul tipidagi qo‘zilarga xos jun–tola uzunligini va uning o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini hamda qoplami zichligini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Ma’lumotlar 1-jadvalda umumlashtirilgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, har xil gul tipidagi qorako‘l qo‘zilari jun tolalarining uzunligi bilan bir–biridan ma’lum darajada farqlanadi. Jun–tolalarining eng kalta ko‘rsatkichiga qovurg‘asimon tipli qo‘zilar (9,2±0,12 mm) ega bo‘lsa, o‘sikgul tipli qo‘zilar jun tolalarining eng uzun (11,52±0,20 mm) ko‘rsatkichi bilan xarakterlanib, yarim doira qalamgul va yassi tipli qo‘zilar oraliq holatni egallaydi. 1-jadval Turli gul tipidagi qo‘zilarda jun tola uzunligi Gul tipi n Jun – tola uzunligi, mm (X ±Sx ) Sv % Yassi 50 9,8±0,11x) 9,21 Yarim doira qalamgul 50 10,6±0,14x) 11,20 Qovurg‘asimon 50 9,2±0,14x) 9,05 O‘sikgul 50 11,52±0,20 12,31 Tajribadagi qo‘zilarda o‘zgaruvchanlik va o‘rtacha kvadratik og‘ish ko‘rsatkichlarining bir-biridan sezilarli darajada farqlanishi tadqiqotlarda aniqlandi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 23 Ushbu ko‘rsatkichlarning yarim doira qalamgul tipida 10,20 % va 1,10 mm ni, qovurg‘asimon tipida 2,10 % va 0,20 mm ni, yassi tipida 9,00 % va 0,90 mm ni o‘sikgul tipida 12,3 % va 1,42 mm ni tashkil etishi qayd etilgan fikrni tasdiqlaydiki, ushbu holatdan seleksiya jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Bazarov S. R. Seleksionno – geneticheskie osnovы razvedeniya karakulskix ovets v usloviyax Kыzыlkumov. Diss. na soiskanie uchyonoy stepeni doktora s/x nauk, Samarkand, 2015, 218 s. 2. YUsupov S. YU. va boshq. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent, 2015, 31 bet. 3. YUsupov S.YU., Gaziev A., Boltaev A., Mamatov B., Hakimov O‘. Eksportbop sur qoraqo‘l terilar etishtirishni ko‘paytirishda yangi zavod tiplarining ahamiyati. //Zooveterinariya j. Toshkkent. №7-8, 36-37 b. №9, 32-33 b. 2012. 4. Gaziev A., YUsupov S.YU., Fazilov U.T. Seleksionnыe osnovы povыsheniya effektivnosti seleksii chernыx karakulskix ovets. //«CHo‘l-yaylov chorvachiligi va ozuqa etishtirish muammolari» QCHEITIning 85 yilligiga bag‘ishlangan halqaro il.- amal. konf. materiallari. Samarqand. 2015. 51-55. 5. Mamatov B. Gul tiplari va jun – tola sifatining o‘zaro bog‘liqlik darajalari. “CHo‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy – amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy konferensiya materiallari. Samarqand, 2019,-48-49 bet. 6.Azamatovna, N. M., & Shukurovna, X. Q. (2024). JUN–TOLA QOPLAMINING SIFATIY VA O ‘LCHAMLI KO ‘RSATKICHLARI. XALQARO KONFERENSIYA VA JURNALLARNI SIFATLI INDEXLASH XIZMATI, 1(1), 110113. 7.Azamatovna, N. M., & Nayimovich, X. J. (2023). Sur rangli qorako ‘l qo ‘ylarini gul tiplariga taqsimlanishi. QISHLOQ XO‘JALIGI, ATROF-MUHIT VA BARQAROR RIVOJLANISH MILLIY KONFERENSIYASI-125