scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DAVLAT ORGANLARI (TASHKILOTLARINING) RAQOBATGA ZID XATTI-HARAKATLARI TUSHUNCHASI, BELGILARI VA UNGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Rustamov Xojiakbar Raufjon o'g'li

Abstract

ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xatti-harakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 21 DAVLAT ORGANLARI (TASHKILOTLARINING) RAQOBATGA ZID XATTIHARAKATLARI TUSHUNCHASI, BELGILARI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17277755 Annotatsiya. ushbu tezisda davlat organlari, tashkilotlarining raqobatga zid xattiharakatlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi. Kalit so‘zlar: raqobatga zid xatti-harakatlar, ustun mavqe,monopol huquq bozor munosabatlari. Bozor iqtisodiyotida yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga qaratilgan harakat yoki harakatsizlikning bir qancha ko‘rinishlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining 03.07.2023 yildagi O‘RQ-850-son qonuni 3-bobi raqobatga qarshi harakatlarni taqiqlash shakllariga bag‘ishlangan bo‘lib, bobning 22-moddasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul qilinishini hamda harakatlar amalga oshirilishini (harakatsizlikni) taqiqlash ko‘rinishi haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Davlat organlarining raqobatga zid xatti-harakatlari tushunchasiga ta’rif berishda avvalo “davlat” tushunchasi, uning vakolatlari va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini aniqlashtirish lozim. Davlat – bu muayyan hududda oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi, maxsus boshqaruv apparatiga ega bo‘lgan, jamiyatdagi barcha ijtimoiy-siyosiy guruhlarning manfaatlarini ifoda etuvchi, ularni birlashtirib va muvofiqlashtirib turadigan siyosiy tashkilot hisoblanadi. 1 Davlat organlari – faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolatini qo‘llash vakolati berilgan, shu bilan birga boshqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini - o‘zi boshqarish organlari hamda ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi berilgan, vakolatli bo‘lgan idora, tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarga nisbatan tushunishimiz mumkin. Davlat organlari yuridik, rasmiy, davlat nomidan ish ko‘rish vakolatiga ega bo‘lib, davlat xizmatchilaridan tashkil topgan holda davlat manfaatlarini ko‘zlab, muayyan funksiya va vazifalarni amalga oshirishda vakolatlar doirasida harakat qiladi. Davlat organlari davlat faoliyati va funksiyasining ko‘p tomonliligi tufayli turli asos hamda mezonlar bo‘yicha turli guruhlarga bo‘linadi. Davlat organlarining raqobatga qarshi harakatlari deyilganda davlat organlari, tashkilotlarining asossiz kafolatlar, subsidiya, preferensiyalar orqali bozor iqtisodiyotiga raqobatni cheklash yoki xoʻjalik jamiyatlarining faoliyatiga ta’sir o‘tqazishi (davlat koʻmagi) tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raqobat sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi. Davlat asosiy islohotchi sifatida iqtisodiy va sanoat siyosatini amalga oshiradi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlaydi. Biroq, amaliyotda shuni koʻrish mumkinki, aksariyat hollarda 1 Davlat va huquq nazariyasi/ Mas’ul muharrir y.f.d,professor H.Boboyev. Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b. Oktabr, 2025-Yil 22 raqobatni cheklash aynan davlat organlari tomonidan, maqsadli ravishda, aynan baʼzi bir xoʻjalik yurituvchi subyektlar manfaatlarini koʻzlab sodir boʻladi. Shuningdek, koʻplab hollarda, davlat organlari tomonidan raqobatni cheklash notoʻgʻri oʻylangan ishlab chiqilgan normalar va maʼmuriy qarorlar natijasida amalga oshiriladi 2 . Bugungi kunda mamlakatimizda davlat tomonidan narxlarni tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni), tartibga solish koeffitsiyentini, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasini o‘rnatish va narxni tartibga solishning boshqa usullari) 30 dan ortiq tovar va xizmatlarga nisbatan amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, tabiiy monopoliyalar sohasida 10 xil turdagi tovar (ish, xizmat)lar tartibga solinishiga qaramasdan, amalda iste’molchilar va yetkazib beruvchilar toifalari, shuningdek, hududiy prinsipga qarab o‘rnatiladigan 137 xildagi narx darajalari orqali tartibga solinmoqda. 3 Nazariya va amaliyotda narxlarni haddan tashqari oshirib yuborish uchun javobgarlikka tortilishi kerakligi haqida munozaralar va kelishmovchiliklar mavjud. Misol uchun, taniqli Chikago iqtisod maktabi vakillarining fikricha, narxlarning oshishi monopoliyaga qarshi tartibga solinmasligi kerak, chunki bozor oʻz-oʻzini tartibga solish funksiyasiga ega. Yaʼni dominant firma tomonidan narxning oshishi bozorga yaxshi pul ishlashni xohlaydigan yangi kompaniyalarni jalb qiladi. Yangi oʻyinchilarning kirib kelishi natijasida narx raqobati paydo boʻladi, bu esa bozor narxini pasaytiradi. Boshqa tomondan, narxlarni nazorat qilish tarafdorlari har bir bozor oʻz-oʻzini tartibga solishga qodir emasligiga ishonishadi. Masalan, kirish toʻsiqlari yuqori boʻlgan bozorlar yoki sunʼiy ravishda yaratilgan davlat monopoliyalari faoliyat yuritadigan bozorlar. Bundan kelib chiqqan holda, bozorlari nisbatan raqobatbardosh boʻlgan, kirish uchun minimal toʻsiqlar mavjud boʻlgan rivojlangan mamlakatlarning monopoliyaga qarshi amaliyotida narxlarning haddan tashqari oshishi holatlari kam uchraydi. Biroq monopollashtirish va kirish uchun toʻsiqlar yuqori boʻlgan Oʻzbekiston uchun narxlarning haddan tashqari koʻtarilishini taʼqib qilish juda oʻrinli. 4 Imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishning samarasizligi. Davlat organlarining raqobatga qarshi harakatlarining belgilaridan biri – davlat organlari tomonidan asossiz ravishda imtiyozlar va preferensiyalar berish orqali raqobatni cheklash yoki firmalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish ko‘rinishlari hisoblanadi. Shu o‘rinda davlat ko‘magini ko‘rsatishning monopoliyaga qarshi tartibga solish vositalari yo‘qligi berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar samarasizligiga olib kelmoqda hamda bozor iqtisodiyotidagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qoida tariqasida, mamlakatimizda yaqin yililarda 40 mingdan ziyod xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ya’ni faoliyat yuritayotgan subyektlarning 12 foiziga soliq imtiyozlari berilgan. Bunday holat tovar va moliya bozorlarida teng bo‘lmagan sharoitlarni vujudga keltirmoqda. 2 Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..322 c. 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son 4 Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c.. Oktabr, 2025-Yil 23 Biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning o‘z sohasida raqobatni rivojlantirishga manfaatdor emasligi. Vazirlik, mahalliy davlat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish oid harakatlari sustligicha qolmoqda. Qoida tariqasida, iqtisodiyot sohasida mavjud 38 ta davlat organidan faqatgina 11 tasiga o‘z sohasida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri funksiyalar yuklatilgan. Bundan tashqari, qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini va raqobat muhitiga ta’sirini baholashning to‘laqonli tizimi tatbiq etilmagan. Buning natijasida amaldagi 61 gaga yaqin litsenziyalar doirasida 266 tadan ortiq faoliyat turini litsenziyalanishi hamda 137 turdan ortiq ruxsat berish tartib tamoyillarini nazarda tutuvchi qiyin va murakkab litsenziyalash tizimi, shuningdek, biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi 6 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjat va 40 mingta texnik jihatdan tartibga soluvchi hujjatlarda tadbirkorlik subyektlarining bozorlarga kirishi uchun sun’iy to‘siqlar saqlanib qolmoqda. 5 Mamlakatimiz normativ-huquqiy hujjatlarida tadbirkorlik va investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi uchun kafolatlar belgilab berilgan bo‘lsa-da, Misol uchun, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra so‘ngi yillarda O‘zbekistonda investitsiyalarning sof oqimi ko‘rsatkichi pastligicha qolmoqda hamda YIMga nisbatan 0,5 — 1,2 foizni ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy erkinlik indeksida 180 ta davlat orasida 114-o‘rinni qayd etdi, shu bilan birga Investitsiya faoliyatini erkinlik indikatori bo‘yicha ko‘rsatkich 100 dan 20 ni ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkichlar, biznes subyektlariga tartibga solish yukining yuqoriligi va tarmoqni tartibga soluvchi organlarning o‘z sohasida raqobatni rivojlantirishga oid chora tadbirlarning yetarli darajada amalga oshirilmaganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga sohada natijaga erishish uchun yetarlicha islohatlar qilishni talab qilmoqda. Tabiiy monopoliya holatini suiiste’mol qilish hamda. Cheklangan raqobat muhiti hukmron bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu – tabiiy monopoliyalar sohalarining mavjudligidir, bu o‘z navbatida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bozorlarga ta’sir qilib ularni monopollashishiga olib keladi. Davlat organlarining raqobatga zid xatti-harakatlariga olib keladigan sabablarni ikkita omil bilan izohlash mumkin: a) oldindan mavjud boʻlgan markaziy rejalashtirish va narxlarning davlat tomonidan belgilanishi bilan qolgan iqtisodiy “xotirasi”. Bozor iqtisodiyotiga oʻtishga qaramay, ayrim amaldorlar SSSR davridan beri miyasiga singib ketgan bozorni markazlashtirilgan usulda tartibga solish usullaridan hamon foydalanmoqda; b) iqtisodiy masalalarni hal qilishda «maʼmuriy resurs»dan foydalanish odati. Iqtisodiy muammolarni hal qilishda ayrim mansabdor shaxslar bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini hisobga olmasdan, “oson” yoʻl – taʼqiqlash, cheklash kabi maʼmuriy usullarga murojaat qiladilar. 6 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son. 6 Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c. Oktabr, 2025-Yil 24 Yuqorida ko‘rsatilgan davlat organlarining raqobatga zid xatti harakatlariga olib keladigan ikkita asosiy ko‘riladigan omillar MDH davlatlari orasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat va xo‘jalik jamiyatlari hamda bozor iqtisodiyoti uchligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda asosiy ro‘l o‘ynagan. Qoida tariqasida bozor iqtisodiyotiga o‘tish, raqobatga keng yo‘l ochishda bir qator islohatlar amalga oshirilishiga qaramasdan, raqobatga qarshi bir qator omillar saqlanib qolmoqda. Bu omillarni bartaraf qilishda xalqaro huquq tizimidan keng foydalanish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Fuqarolik kodeksi 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son. 3. Ходжаев, Б.К., Раджапов, X.М. Конкурентное право и политика Узбекистана [Текст| учебник / Бахшилло Камолович Ходжаев, Хусаин Мухаммад угли Раджапов.-Т.: Изд-во ТГЮУ, 2023..480 c.. 4. Davlat va huquq nazariyasi/ Mas’ul muharrir y.f.d,professor H.Boboyev. Darslik._Toshkent: TDYU,2021._232 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2020 yildagi PF-6019-son