Full text
Oktabr, 2025-Yil 25 ADVOKATURA FAOLIYATIDA MEDIATSIYA VA ARBITRAJDAN FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI Abdullayev Sanjar Boboismoilovich Toshkent davlat yuridik universiteti Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17277770 Abstract. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlarining chuqurlashuvi natijasida nizolarni hal etishning muqobil shakllari mediatsiya va arbitraj institutlarining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqolada advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitraj mexanizmlaridan foydalanishning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda advokatning nafaqat himoyachi, balki nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qodir vositachi sifatidagi roli yoritilgan. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar huquqiy savodxonlik yetishmasligi, mediatsiya natijalarining ijrosi va arbitraj qarorlarini tan olish bilan bog‘liq cheklovlar ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida mediatsiya va arbitrajni advokatura tizimida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Kalit so‘zlar: advokatura, mediatsiya, arbitraj, huquqiy asoslar, nizolarni hal etish, huquqiy islohotlar, muqobil adolat, huquqiy madaniyat. Abstract. In recent years, as part of ongoing judicial and legal reforms in the Republic of Uzbekistan, the importance of alternative dispute resolution mechanisms mediation and arbitration has significantly increased. This article analyzes the legal framework, practical significance, and prospects for using mediation and arbitration within advocacy activities. The research emphasizes the lawyer’s role not only as a defender but also as a mediator capable of achieving peaceful conflict resolution. It also identifies practical challenges such as insufficient legal literacy, issues with enforcing mediation agreements, and the recognition of arbitral awards. The article concludes with specific recommendations to enhance the application of mediation and arbitration in the national advocacy system. Keywords: advocacy, mediation, arbitration, legal framework, dispute resolution, legal reforms, alternative justice, legal culture. Аннотация. В последние годы в Республике Узбекистан в рамках проводимых судебно-правовых реформ значительно возросло значение альтернативных способов разрешения споров медиации и арбитража. В данной статье рассматриваются правовые основы, практическое значение и перспективы использования институтов медиации и арбитража в адвокатской деятельности. Отмечается роль адвоката не только как защитника, но и как посредника, способного достигать мирного урегулирования конфликтов. Анализируются существующие проблемы недостаточная правовая осведомлённость, исполнение медиативных соглашений и признание арбитражных решений. В заключение предложены меры и рекомендации по дальнейшему развитию медиации и арбитража в системе адвокатуры Узбекистана. Ключевые слова: адвокатура, медиация, арбитраж, правовые основы, разрешение споров, правовые реформы, альтернативное правосудие, правовая культура.
Oktabr, 2025-Yil 26 Kirish Zamonaviy huquqiy davlatda adolatli sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda nizolarni oqilona hal etish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu jarayonda advokatura instituti alohida o‘rin tutadi, chunki u nafaqat mijozning manfaatlarini himoya qiluvchi vosita, balki huquqiy madaniyat va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlovchi institut sifatida ham xizmat qiladi. Biroq so‘nggi yillarda dunyo miqyosida huquqiy tizimlarning rivojlanishi, sudlar yuklamasining ortib borishi va fuqarolik munosabatlarining murakkablashuvi muqobil nizolarni hal etish mexanizmlarini keng qo‘llash zaruratini keltirib chiqardi. Ana shunday mexanizmlar sirasiga mediatsiya va arbitraj institutlari kiradi. Advokatura faoliyatida ushbu institutlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki advokat bu faqat himoyachi emas, balki nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qodir, taraflarni kelishuvga olib boruvchi mutaxassis hamdir. Bugungi kunda advokatlarning mediatsiya va arbitraj sohalarida ishtiroki huquqiy jarayonlarni soddalashtirish, sud tizimidagi yuklamani kamaytirish, eng muhimi, jamiyatda “kelishuv orqali adolatga erishish” tamoyilini qaror toptirishda muhim rol o‘ynamoqda. Adabiyotlar tahlili O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, fuqarolarning adolatli sudlov huquqini ta’minlash va ularning huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan. Shu jarayonda mediatsiya va arbitraj institutlarini huquqiy tizimga keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2018-yilda “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek, 2021-yilda “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishi bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qonun hujjatlari advokatlarning mediatsiya va arbitraj jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatini kengaytirdi, ularni nizolarni hal etishda nafaqat vakil, balki murosaga keltiruvchi mutaxassis sifatida ham faol ishtirok etishiga yo‘l ochdi. Natijada, advokatura faoliyatining mazmuni kengaydi, u faqat sud ishi bilan cheklanib qolmay, nizolarni muqobil tartibda hal etish jarayonlarida ham muhim subyektga aylandi. Shu bilan birga, mediatsiya va arbitraj institutlarining rivojlanishi, advokatlarning ushbu sohalardagi ishtirokini huquqiy jihatdan mustahkamlash hamda ularning amaliy qo‘llanish mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Xususan, advokatlar tomonidan mediatsiya bo‘yicha malaka oshirish, mediatorlik litsenziyasiga ega bo‘lish, arbitraj amaliyotida xalqaro standartlarga mos yondashuvni shakllantirish zarurati tobora kuchaymoqda. Shu sababli, advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajdan foydalanishning huquqiy asoslarini tahlil qilish, amaliy muammolarni aniqlash va istiqbollarni belgilash mazkur tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi. Tadqiqot natijalari Mediatsiya va arbitraj institutlarining nazariy-huquqiy asoslari Mediatsiya instituti zamonaviy huquq tizimlarida muqobil nizolarni hal etish (Alternative Dispute Resolution – ADR) usullaridan biri sifatida e’tirof etilgan. U o‘z mohiyatiga ko‘ra, taraflarning o‘zaro kelishuvga erishish yo‘lidagi tinchlikparvar mexanizm bo‘lib, sud tizimi
Oktabr, 2025-Yil 27 faoliyatini to‘ldiradi, biroq uni almashtirmaydi. Mediatsiyaning asosiy tamoyillari ixtiyoriylik, maxfiylik, taraflarning tengligi, neytrallik va kelishuvga erishishdan iboratdir. Mediatsiya jarayoni – bu huquqiy bahsni sudgacha yoki sud jarayoni davomida hal etishning insonparvar shakli bo‘lib, u taraflar o‘rtasida ishonchni tiklaydi va huquqiy madaniyatni yuksaltiradi. Shu sababdan, ko‘plab davlatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda mediatsiya keng qo‘llanadi va hatto ayrim holatlarda sudgacha majburiy bosqich sifatida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida esa mediatsiya institutining huquqiy asoslari 2018-yilda qabul qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilandi. Ushbu qonun mediatsiya jarayonining prinsiplari, tartibi, mediatorning huquq va majburiyatlari, kelishuvni huquqiy kuchga kiritish tartibini aniq belgilab berdi. Bu orqali O‘zbekistonda mediatsiya huquqiy institut sifatida shakllandi va advokatura faoliyati bilan o‘zaro integratsiyalashuv uchun huquqiy zamin yaratildi. Arbitraj (lot. arbitratus – “hakamlik”) taraflarning o‘zaro roziligi asosida nizolarni davlat sudlaridan tashqari mustaqil hakamlar sudi orqali hal etish tizimidir. Arbitrajning asosiy afzalliklari tezkorlik, moslashuvchanlik, xolislik, sir saqlanish va qarorlarning xalqaro miqyosda tan olinishi. Arbitraj sudi nizolarni hal etishda huquqiy tenglik, shartnoma erkinligi va mustaqillik tamoyillariga asoslanadi. Mediatsiya va arbitrajning advokatura faoliyati bilan o‘zaro aloqasi. Advokatura faoliyati mohiyat e’tibori bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Shu jihatdan mediatsiya va arbitraj institutlari advokatlik faoliyatining tabiiy davomi hisoblanadi. Mediatsiya jarayonida advokat: mijozga mediatsiya tartibi, huquqiy oqibatlari haqida maslahat beradi; kelishuv loyihasini tayyorlaydi; kelishuvda mijozning huquqiy manfaatlari buzilmasligiga kafolat beradi. Arbitrajda esa advokat: mijoz manfaatlarini hakamlar sudida vakillik qiladi; arbitraj reglamentiga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi arbitraj qarorining ijrosini nazorat qiladi. Bu jihatdan, advokatlar mediatsiya va arbitrajni qo‘llash orqali mijozga suddan tashqari samarali himoya vositasini taqdim etadilar. Natijada, advokatura faqat “himoyachi” emas, balki “murosaga keltiruvchi” institut sifatida ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Mediatsiya va arbitraj institutlari bugungi kunda zamonaviy huquqiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ularning advokatura faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi tobora kuchaymoqda. Ular fuqarolarga o‘z huquqini tezkor, adolatli va nisbatan arzon yo‘l bilan himoya qilish imkonini beradi. O‘zbekiston tajribasida ushbu institutlar endigina shakllanayotgan bo‘lsa-da, ularning huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda. Shu bois, advokatlarning mediatsiya va arbitrajdagi ishtirokini kuchaytirish, bu borada malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro tajribani milliy huquq tizimiga uyg‘unlashtirish – istiqboldagi eng muhim vazifalardandir. Advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajning amaliy ahamiyati.
Oktabr, 2025-Yil 28 Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida advokatura instituti fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni qonuniy manfaatlarini ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, mediatsiya va arbitraj usullarini advokatlik faoliyatiga tatbiq etish nafaqat sud tizimining yukini kamaytiradi, balki fuqarolarning adolatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Amaliyotda ko‘plab nizolar – xususan, oilaviy, mehnat, mulkiy, xo‘jalik va shartnomaviy nizolar – sudgacha hal etilishi mumkin. Bu jarayonda advokat mijozga suddan tashqari samarali yechimlar taklif etib, mediatsiya va arbitraj mexanizmlaridan foydalanadi. Shu tariqa advokat nafaqat himoyachi, balki nizoni konstruktiv yo‘l bilan bartaraf etuvchi vositachi sifatida ham faoliyat yuritadi. Masalan, oilaviy nizolarda mediatsiya orqali taraflar o‘zaro kelishuvga erishib, bolalar manfaatlarini asrashga erishadi. Xo‘jalik nizolarida esa arbitraj yordamida korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar buzilmay, biznes muhiti barqaror saqlanadi. Bu jarayonlarda advokatning roli – huquqiy maslahat berish, nizoning mohiyatini tushuntirish, kelishuv hujjatlarini tayyorlash, mediator yoki arbitraj vakili sifatida ishtirok etishdan iboratdir. Amaliy muammolar va mavjud cheklovlar. O‘zbekiston qonunchiligi mediatsiya va arbitraj institutlari uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratgan bo‘lsa-da, ularni advokatura faoliyatida samarali qo‘llashda qator amaliy muammolar mavjud: Fuqarolarning mediator va arbitraj tizimiga ishonchsizligi; Mediatsiya natijasida tuzilgan kelishuvlarning ijrosi bilan bog‘liq muammolar Arbitraj qarorlarining tan olinishi va ijro etilishi Takliflar Advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajdan foydalanishni kengaytirish uchun quyidagi amaliy va qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: Advokatlar uchun majburiy mediatsiya va arbitraj malaka dasturlarini joriy etish Mediatsiya kelishuvlarini sud qarori kuchiga tenglashtirish mexanizmini takomillashtirish Arbitraj sudi qarorlarini tan olish va ijro etish jarayonini soddalashtirish Ommaviy-huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish Bugungi kunda huquqiy islohotlar jarayonida advokatura institutining o‘rni tobora ortib bormoqda. Advokat nafaqat himoyachi, balki jamiyatda adolat, huquqiy ong va madaniyatni shakllantiruvchi shaxs sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitraj institutlaridan foydalanish huquqiy tizimni modernizatsiya qilishning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mediatsiya va arbitraj institutlari advokatura faoliyatida quyidagi ijobiy jihatlarni yuzaga keltiradi: sud ishlarining ortiqcha yuklamasini kamaytiradi; fuqarolarning vaqt va mablag‘ini tejaydi; nizolarni tinch, murosaviy yo‘l bilan hal etadi; taraflar o‘rtasida ishonch va huquqiy madaniyatni mustahkamlaydi;
Oktabr, 2025-Yil 29 advokatlik faoliyatining ijtimoiy nufuzini oshiradi. Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashga, fuqarolarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga hamda sudhuquq islohotlarining amaliy natijadorligini oshirishga xizmat qiladi. Natijada, advokatura faqat himoya mexanizmi emas, balki murosaviy adolatni ta’minlovchi tizim sifatida jamiyat hayotida yanada faol o‘rin egallaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-6445145 2. O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-3805227 3. O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5294106 4. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/- 54503 5. United Nations Commission on International Trade Law (UNCITRAL). (2018). Model Law on International Commercial Mediation and International Settlement Agreements Resulting from Mediation. New York: United Nations. 6. European Commission for the Efficiency of Justice (CEPEJ). (2019). Guidelines on Mediation. Strasbourg: Council of Europe Publishing. 7. Goldberg, S. B., Sander, F. E. A., Rogers, N. H., & Cole, S. R. (2020). Dispute Resolution: Negotiation, Mediation, and Other Processes (7th ed.). New York: Aspen Publishers. 8. Menkel-Meadow, C. (2019). Mediation, Arbitration, and the Rule of Law. Harvard Negotiation Law Review, 24(1), 45–68.