scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK OILALARIDA AXLOQIY MUNOSABATLARNING DINIY TARBIYASI (ISLOM DINI MISOLIDA)

Nazira Xamroeva; Zokirova Rano

Abstract

Oila har bir inson hayotidagi eng muhim dargohdir. Agar oila tinchtotuv, bir-biriga nisbatan mehr bilan yashasa u yerga allohning barakasi yog`iladi. Ushbu maqolada oʻzbek oilalari axloqiy munosabatlarida din omili va diniy tarbiyaning ahamiyati haqida so`z yuritilgan.

Full text

10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 9 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 O’ZBEK OILALARIDA AXLOQIY MUNOSABATLARNING DINIY TARBIYASI (ISLOM DINI MISOLIDA) Nazira Xamroeva. Vobkent tuman bosh otinoyisi. Zokirova Rano Buxoro Vobkent Islomshunos. Annotatsiya. Oila har bir inson hayotidagi eng muhim dargohdir. Agar oila tinchtotuv, bir-biriga nisbatan mehr bilan yashasa u yerga allohning barakasi yog`iladi. Ushbu maqolada oʻzbek oilalari axloqiy munosabatlarida din omili va diniy tarbiyaning ahamiyati haqida so`z yuritilgan. Kalit so`zlar: oila, jamiyatning ijtimoiy-maʼnaviy boʻgʻi, muqaddas robita, histuyg’ular, dunyoqarash, tafakkur, jamiyat, ayol, insoniy qadr, ilohiy ko’rsatmalar, erkaklar, xotinlar. Oilaning tibbiy, huquqiy, iqtisodiy savodxonligini oshirish masalalari ilgari surilayotgan bir davrda, diniy savodxonlikka ham ega bo’lishlikni davrning o’zi taqozo qilyapti. Zero, islom dini yaxshlik, ezgulikni ulug’lovchi din bo’lishi bilan birga unda oila mustahkamligiga ham alohida urg’u berilgan. Bunda “Qur’oni Karim” va “Hadislar” asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bugungi kunda jamiyatimizda ommalashyotgan gendir tenglik tushunchasi va g’oyasi bundan necha asr oldin islom dinida o’z aksini topgandir. Xususan, quyidagi “Niso” (“Ayollar”) surasining 1-oyatda “Ey odamlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvo) ni yaratgan hamda u ikkisidan ko’p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo’rqingiz!. Ushbu oyatda insonning ey inson, xitobi orqali uning kim ekanligi haqida eslatib turuvchi ulug’vorlik mavjuddir. Zero, u inson ekanligini, buni hech qachon unitmagan holda insoniylikka xos amallar qilishga chaqiriladi. Shuningdek, ayol va erkakni bir jondan yaratilganligi ularning o’zaro Alloh va din oldida birdek teng ekanligini, Alloh nazdida maqul hisoblanmagan amallardan voz kechishlikka davat mavjuddir. Islomda ayollar ona, 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 10 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 opa-singil, jufti halol va qiz sifatida hurmatlanadi. Ular meros oladi va meros qoldiradi, nikohda roziligi so’raladi. Ular doim erkak qarindoshlari ta’minoti ostida bo’lishadi. Bundan ko’rinadiki, ayollar va erkaklarning o’zaro teng va bahamjihatlikda yashashining o’ziyoq farzandlar tarbiyasining uyg’un bo’lishida muhim. “Rasulloh (s.a.v) aytadilar: Alloh tallo marhamatni yuz bo’lak qilib yaratdi - da, undan to’qson to’qqiz bo’lagini o’zida qoldirib, bir bo’laginigina yer yuziga tushirdi. Mana shu bir bo’lak rahmat bilan hamma maxluqotlar bir - biriga rahm qilishadi, hatto ot ham o’z toychog’iga tegib ketmasin deb ayab, oyoqlarini yuqoriga ko’tarib turadi”. Haqiqatdan, yoshlik chog’imizda to’g’ri yo’lda ham qoqilib yiqiladigan paytlarimizda ota-onamiz bizga ziyon - zahmat yetmasin deb doim tashvishda bo’lishadilar. Nega endi biz farzand bo’la turib ota - onamizning keksalik deb atalmish umur ostonasiga kelgan bir paytlarida ular berishadigan oddiy savolariga javob berishda qo’rslik qilamiz, ko’ngillarini og’ritamiz, yig’latamiz. “Ota - onaning yig’lashi boladan norozi bo’lganliklaridan dalolat beradi va bu esa katta gunohlardandir”. Nimaga buni bila turib yana xato qilaveramiz ?. Jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makoni oiladir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imone’tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma’naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. O’zbeklarda oilaning rahbari ota hisoblanib, u oilani moddiy jihatdan ta’minlashga mas’uldir. Alloh taolo insoniyat naslining nikoh yo’li bilan davom etishini iroda qilib, O’zining so’nggi va mukammal dinida bunga oid barcha hukmlarni bayon etgan. Shuning uchun dinimizda ushbu muqaddas – nikoh tufayli vujudga keladigan oilaga katta e’tibor beriladi. Islom dini nikohni, oilaning sha’nini qanchalik himoya qilishini, maxluqotning gultoji bo’lmish inson naslining davomiyligini ta’minlovchi ilohiy ko’rsatmalar Qur’oni karimda ham bosh mavzulardan biri ekanini anglash uchun Niso surasidan ikki oyat va ularning tafsiri bilan tanishish kifoyadir. «Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig’i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab – Alloh ularning ayrimlarini 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 11 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 (erkaklarni) ayrimlaridan (ayollardan ba’zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o’z oilasiga) o’z mol mulkidan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari – (Allohga va eriga) itoatli, g’oyibga Alloh saqlaganicha himoyatlilardir (ya’ni erining sirini, molini va obro’sini saqlovchidir). Xotinlarning itoatsizligidan qo’rqsangiz, avvalo ularga nasihat qiling, so’ngra (bu ta’sir qilmasa) ularni o’rinlarda (aloqasiz) tark eting, so’ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo’lmagudek darajada) uring. Ammo sizga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo’l axtarmang. Albatta, Alloh oliy, ulug’ Zotdir» (34-oyat). «Agar (erxotinning) oralari buzilib ketishidan qo’rqsangiz, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboring. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o’rtalarini muvofiqlashtirgay. Albatta, Alloh bilimdon, xabardor Zotdir» (35-oyat).Albatta, jamiyat xayr baraka ila rivoj topib borishi uchun unda tartib-intizom, tinchlik-omonlik hukm surishi, muayyan bir rahbar bo’lishi lozim. Islom ta’limotiga ko’ra, oila jamiyatning asosidir. Shunday ekan, oilaning ham rahbari bo’lishi kerak. Ana shu rahbarlik erkakka berilgan. Bugungi kunda dunyoning yetakchilari hisoblangan G’arb davlatlarida oila institutining ahvoli naqadar halokatli jar yoqasiga kelib qolgan barchamizga ma’lum. Ammo afsuski, o’zini musulmon sanab yurganlar orasida ham oilaga oid, er-xotinning haq-huquqlariga, burch va majburiyatlariga oid qonun-qoidalarni bilmaydiganlar, bilsa ham ularni pisand qilmaydiganlar paydo bo’lib, jamiyatimizda oilaviy muammolar, qo’ydi-chiqdilar ko’payib qoldi. Agar bunda kimsalar mazkur ko’rsatmalarning shariatning hukmi, Alloh taoloning amri ekanini his qilsalar edi, bugungi kunda yechimini kutib yotgan qator muammolar mutlaqo vujudga kelmagan bo’lar edi. Birgina oyatdagi hukmlar buzilmasa yoki ularga rioya qilinsa, butun insoniyatning taqdiriga, o’sib kelayotgan avlodning kelajagiga xavf soladigan vaziyat yuzaga kelib qolmagan bo’lar edi. Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash joizki, Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror bo’lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o’rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon e’tiqodi, odobi, g’ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imone’tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o’g’il mahallaning sha’ni, obro’si, kelajagi uchun qayg’uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi. Tarix saboqlaridan ma’lumki, inson qalbiga bunyodkor g’oyalarni singdirish ma’naviy barkamollikni ta’minlaydi. Bu kabi bunyodkorlikka da’vat umuminsoniy va diniy 10-SON 1-JILD OKTABR 2025 – YIL 1-QISM 12 TA’LIM FIDOYILARI JIFactor: 8.2 ISSN 2181-2160 qadriyatlarimizga hurmat, ularni sevib o’qish va uqishda ham mujassam. Bunday tarbiya bolalarga diniy qadriyatlarimizning sarchashmalari Qur’oni karim, hadisi shariflar, ajdodlarimiz ma’naviy merosi orqali singdirib kelingan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xaqlimiz bejizga “Bola loy bo‘lsa, ota - ona kulol” deyishmagan. Oilada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy - axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi fanlariga oid bilimlarni ham qamrab olishi zarur. Faqatgina buni shunchachi baland parvoz so’zlar deb emas hayotning oddiy haqiqati sifatida qarashni o‘rganish, faqat o’rganishgina emas amaliy isbotini yaratish lozimdir. Bunda otaonalarnining tenglik huquqiga tayanilgan holda tashkil etilgan tarbiya eng adekvat varianti bo’lib xizmat qiladi. Bunda bizning oldimizda turgan birinchi vazifa bu oila tarbiyasida tenglik tushunchasining tub mohiyatni o’quvchi yoshlar onggiga yetkazib berishdan iborat Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida. 2. M.O’rmonova. Islomda oilaning m.uqaddasligi. 2021-07-30. https://qoshtepa.uz/site/view/news/2420 3. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to’ra tarjimasi. T.: “Mehnat” nashr, 1991. 4. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy. A.Abdullo tarjimasi. T.: G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993. 5. Ismoil Mahdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi. T.: 1996. 6. Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 19911993. 7. 10.Imom al-Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad. T.: O’zbekiston, 1990.