BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA KICHIK BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI
Abstract
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Xususan, kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy, tashkiliy va huquqiy muammolari tahlil qilinib, davlat va bozor mexanizmlari orqali ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, kichik biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida moliyaviy imtiyozlar, soliq yengilliklari, biznes inkubatorlari, raqamli platformalar hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Full text
2025 –OKTABR 4 BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA KICHIK BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI Samarqand shahar Ko‘l mahallasi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʻminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Nizomov Bekzod Nizom oʻg‘li Annotatsiya: Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Xususan, kichik biznes sub’ektlarining moliyaviy, tashkiliy va huquqiy muammolari tahlil qilinib, davlat va bozor mexanizmlari orqali ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, kichik biznesning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida moliyaviy imtiyozlar, soliq yengilliklari, biznes inkubatorlari, raqamli platformalar hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: kichik biznes, xizmat ko‘rsatish sohasi, bozor iqtisodiyoti, tashkiliyiqtisodiy mexanizmlar, qo‘llab-quvvatlash, innovatsiya, davlat-xususiy sheriklik. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы развития малого бизнеса в сфере услуг в условиях рыночной экономики. В частности, анализируются финансовые, организационные и правовые проблемы субъектов малого бизнеса и указываются пути их поддержки посредством государственных и рыночных механизмов. Кроме того, предлагаются рекомендации по совершенствованию финансовых льгот, налоговых преференций, бизнес-инкубаторов, цифровых платформ и механизмов государственночастного партнёрства для обеспечения устойчивого развития малого бизнеса. Ключевые слова: малый бизнес, сфера услуг, рыночная экономика, организационно-экономические механизмы, поддержка, инновации, государственночастное партнёрство. Abstract: This article explores the development of small businesses in the service sector under market economy conditions. In particular, it analyzes the financial, organizational, and legal challenges faced by small business entities and identifies ways of supporting them through state and market mechanisms. The paper also provides recommendations for
2025 –OKTABR 5 improving financial incentives, tax benefits, business incubators, digital platforms, and publicprivate partnership mechanisms to ensure the sustainable growth of small businesses. Keywords: small business, service sector, market economy, organizational and economic mechanisms, support, innovation, public-private partnership. Bugungi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning eng tez surʻatlar bilan rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ushbu jarayonda kichik biznesning roli beqiyosdir. U innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, bozor talablariga mos xizmatlarni taklif etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Kichik biznes, o‘z mohiyatiga ko‘ra, har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining asosiy tayanchi hisoblanadi. Chunki u iqtisodiyotda uchraydigan ko‘plab muammolarni hal qilish imkonini beradi. Xususan, ishsizlikni kamaytirish, aholining turli tovar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, davlat byudjetini to‘ldirish hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda kichik biznesning samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon amaliyotida “kichik biznes” tushunchasi aniq iqtisodiy mezonlarga asoslanadi. Unga ko‘ra, korxonalarda ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi, jalb etilgan sarmoya miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar ma’lum chegaradan oshmasligi lozim. Shu bilan birga, turli mamlakatlarda ushbu mezonlar milliy qonunchilik asosida turlicha belgilangan bo‘lib, korxonalar kichik, o‘rta va yirik turlarga ajratiladi [2-5]. Shunday qilib, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash, balki mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishiga ham bevosita hissa qo‘shuvchi muhim institut sifatida qaraladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning muhim yo‘nalishlaridan biri texnologik va infratuzilma ta‘minotini yaxshilash hisoblanadi. Bu borada biznes inkubatorlari va texnoparklar faoliyatini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda zamonaviy uskunalarni tadbirkorlarga lizing asosida taqdim etish samarali natijalar bermoqda. Mazkur chora-tadbirlar kichik biznes subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishga imkon yaratadi.
2025 –OKTABR 6 Bundan tashqari, tadbirkorlarning kasbiy malakasini oshirish, ular uchun treninglar, seminarlar va maslahat xizmatlarini tashkil etish ham kichik biznesning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Chunki yuqori malakali kadrlar mavjudligi biznes faoliyatining samaradorligini oshiradi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi va yangi innovatsion yondashuvlarni joriy etishga imkon beradi.[4-16] Mazkur sharoitda davlat va nodavlat institutlari tomonidan qo‘llab - quvvatlash mexanizmlarini yaratish va takomillashtirish alohida dolzarbdir. Avvalo, moliyaviy mexanizmlar kichik biznes rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Bu borada past foizli kreditlar, subsidiya asosidagi kreditlar, mikromoliya va grant dasturlarini kengaytirish talab etiladi. Shuningdek, kafillik jamg‘armalarini rivojlantirish tadbirkorlarning kredit resurslariga erkin kirish imkoniyatlarini kengaytiradi [5-43]. Bundan tashqari, davlat tomonidan soliq va huquqiy meʻyoriy yengilliklarni ta‘minlash ham kichik biznes uchun muhim qo‘llab-quvvatlash vositasidir. Soliq imtiyozlari berish, hisobot tizimini soddalashtirish, litsenziya va ruxsatnomalar olish tartibini yengillashtirish kichik biznes subyektlari uchun qulay sharoit yaratadi. Shu bilan birga, marketingni rivojlantirish va raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, onlayn savdo platformalariga chiqish imkoniyatini kengaytirish kichik biznesning raqobatbardoshligini oshiradi [3 - 10]. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni yanada rivojlantirish uchun elektron xizmatlar va raqamli platformalarni keng joriy etish muhimdir. Bu nafaqat tadbirkorlarning vaqtini tejaydi, balki byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi va faoliyatda shaffoflikni ta’minlaydi. Kichik biznesni klasterlash orqali ularning o‘zaro hamkorligini rag‘batlantirish, shuningdek, davlatxususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish ham istiqbolli yo‘nalishlardan hisoblanadi. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan “kichik biznes uchun qulay muhit”ni shakllantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish esa kichik biznesning rivojlanishini jadallashtiradi [1 - 7]. Xulosa qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, jamiyatda bandlik darajasini oshirish va innovatsion rivojlanishni jadallashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bu jarayonda moliyaviy, tashkiliy, huquqiy va
2025 –OKTABR 7 texnologik yondashuvlarning uyg‘unligi muhim bo‘lib, ular kichik biznesning bozor sharoitlariga tezkor moslashuvini ta’minlaydi va mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kenjaboyev А.T. Elektron biznes asoslari. O‘quv qo‘l./ А.T. Kenjaboyev, M.Yu. Jumaniyazova; O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti. Toshkent: “Iqtisodmoliya”, 2008. 276 bet. 2. Musayev B.Sh. Kichik biznesni boshqarish. o‘quv qoʻllanma. “Fan bulog‘i” nashriyoti. Samarqand.: 2021 3. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq imtiyozlari va kichik biznes. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020 4. Toʻqtasimov M. va boshqalar. Kichik biznes va xususan tadbirkorlik asoslari / M. Toʻqtasimov va boshqalar. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020. 256 b. 5. Umurzakov U.P., Toshboyev A.J. Kichik biznes va tadbirkorlik. Oʻquv qoilanma. Toshkent: “Sano-standart”, 2014