scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH

Nizomov Bekzod Nizom oʻg'li

Abstract

Maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʻkidlanishicha, ushbu tarmoqdagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qariyb 90 foizini tashkil etuvchi mikro biznesning innovatsion salohiyati hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqotda kichik biznes subyektlari hajmi, ularning innovatsion faoliyati va unumdorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida eʻtibor qaratilgan. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalar nafaqat xizmatlar sifatini oshiradi, balki kichik biznesning barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi.

Full text

2025 –OKTABR 8 INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH Samarqand shahar Ko‘l mahallasi tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʻminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Nizomov Bekzod Nizom oʻg‘li Annotatsiya: Maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʻkidlanishicha, ushbu tarmoqdagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qariyb 90 foizini tashkil etuvchi mikro biznesning innovatsion salohiyati hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Tadqiqotda kichik biznes subyektlari hajmi, ularning innovatsion faoliyati va unumdorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida eʻtibor qaratilgan. Xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalar nafaqat xizmatlar sifatini oshiradi, balki kichik biznesning barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini ta‘minlovchi muhim omil hisoblanadi. Kalit so‘zlar: innovatsiya, kichik biznes, xizmat ko‘rsatish sohasi, mikrofirmalar, unumdorlik, barqaror rivojlanish. Аннотация: В статье анализируется значение инновационных подходов в развитии малого бизнеса в сфере услуг. Отмечается, что инновационный потенциал микробизнеса, который составляет около 90 процентов всех хозяйствующих субъектов данного сектора, пока недостаточно изучен. В исследовании особое внимание уделяется взаимосвязи между масштабом малых предпринимательских субъектов, их инновационной деятельностью и производительностью. Анализ зарубежных и отечественных исследований показывает, что инновации не только повышают качество услуг, но и становятся важным фактором устойчивого роста и конкурентоспособности малого бизнеса. Ключевые слова: инновации, малый бизнес, сфера услуг, микропред приятия, производительность, устойчивое развитие. Abstract: The article analyzes the importance of innovative approaches in the development of small business in the service sector. It is emphasized that the innovative 2025 –OKTABR 9 potential of micro-businesses, which account for about 90 percent of all economic entities in this sector, has not yet been sufficiently studied. The study pays special attention to the interrelation between the size of small business entities, their innovative activities, and productivity. The analysis of foreign and domestic research shows that innovations not only improve the quality of services but also serve as a crucial factor for the sustainable growth and competitiveness of small businesses. Keywords: innovation, small business, service sector, microfirms, productivity, sustainable development. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasi zamonaviy iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini taminlovchi, bandlik darajasini oshiruvchi hamda aholining farovonligini yuksaltiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish esa kichik biznesni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqib, uning samaradorligi va raqobatbardoshligini kuchaytiradi hamda jahon bozorida mustahkam o‘rnini topishiga xizmat qiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni samarali rivojlantirish zamonaviy innovatsion yechimlarni keng joriy etishni talab etadi. Chunki raqobat kuchayib borayotgan bozor sharoitida an‘anaviy usullar bilan yuqori natijaga erishish qiyinlashmoqda. Shu bois, kichik biznes subyektlari faoliyatida texnologik yangiliklarni qo‘llash, boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish zarurdir. Innovatsion yondashuvlar nafaqat xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshiradi, balki mijozlarning ehtiyojlarini chuqur o‘rganib, ularga moslashuvchan yechimlarni taklif etish imkonini beradi.[5] Mazkur jarayonda bir necha yo‘nalishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, raqamli texnologiyalarni tatbiq etish onlayn xizmatlar, elektron to‘lov tizimlari, mobil ilovalar va sunʻiy intellekt asosida ishlovchi dasturlarni qo‘llash orqali mijozlar bilan interaktiv aloqani kuchaytirish mumkin. Ikkinchidan, texnologik modernizatsiya orqali zamonaviy uskunalar, avtomatlashtirilgan tizimlar va “aqlli” xizmatlar tarmog‘ini rivojlantirish orqali 2025 –OKTABR 10 samaradorlikni oshirish imkoniyati mavjud. Uchinchidan, kadrlar salohiyatini oshirish orqali xizmat ko‘rsatish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, treninglar, masterklasslar va xalqaro tajribani joriy etish kichik biznesning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi. To‘rtinchidan, marketing va innovatsion boshqaruv usullarini qo‘llash orqali xizmatlarni diversifikatsiya qilish, mijozlarga individual yondashuv va yangi xizmat turlarini joriy etish orqali bozor raqobatida ustunlikka erishiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning innovatsion rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan xalqaro tadqiqotlarda ko‘proq yirikroq firmalarga eʻtibor qaratilgan. Masalan, Loof va Heshmatining o‘z ishlarida kamida 10 - 20 nafar xodimga ega bo‘lgan firmalarning innovatsion faoliyatini tahlil qilganlar. Biroq xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida barcha firmalarning 90 foizini tashkil etuvchi mikrofirmalarning innovatsion imkoniyatlari bo‘yicha hali yetarli natijalar olinmagan. Bu esa kichik biznes subyektlarining innovatsion jarayonlardagi o‘rnini chuqurroq tadqiq qilish zarurligini ko‘rsatadi. [3. 75–82] Ilmiy adabiyotlarda kichik biznes subyektlari hajmi bilan innovatsion faoliyat o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligi taʻkidlanadi. Shu asosda, ko‘pincha mikrofirmalar innovatsiyadan chetda qoladimi, degan savol tug‘iladi. Shuningdek, innovatsion faoliyat bilan firma unumdorligi o‘rtasidagi sabab-oqibat masalasi ham dolzarbdir. Krepon va hamkorlari hamda Zal tadqiqotlarida innovatsion mahsulot yoki xizmatlarni joriy etish natijasida unumdorlik oshishi kutiladi, degan g‘oya ilgari surilgan. Ammo, Aspara va boshqalar olib borgan tadqiqotlar teskari jarayon ham mavjudligini ko‘rsatadi. Ya‘ni yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan firmalar ko‘proq innovatsion faoliyat olib boradi. Mazkur yondashuvlar shuni anglatadiki, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning innovatsion faoliyatini samarali rivojlantirish uchun nafaqat texnologik yechimlarni, balki mikrofirmalarning o‘ziga xos imkoniyatlari va resurslarini ham hisobga olish lozim. Chunki innovatsion jarayonlar nafaqat xizmat sifatini oshiradi, balki kichik biznesning unumdorligi va barqaror o‘sishini ta’minlovchi omilga ham aylanadi.[1.997–1018] Shu nuqtai nazardan, kichik biznes va ayniqsa mikrofirmalarning innovatsion rivojlanishi masalasi nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ularning ijtimoiy ahamiyati bilan ham dolzarbdir. Chunki mikrofirmalar ko‘plab mamlakatlarda aholining keng qatlamlari uchun 2025 –OKTABR 11 bandlik manbai hisoblanadi va ularning faoliyatida innovatsion yondashuvlarni joriy etish yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligini oshirish, bozor talablariga tez moslashish imkonini beradi.[4. 317–344] Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes innovatsiyalarni ko‘proq moslashuvchanlik va ijodkorlik orqali amalga oshiradi. Audretsch, Kritikos va Schiersch ta‘kidlaganidek, mikrofirmalar ko‘pincha katta moliyaviy resurslarga ega bo‘lmagan bo‘lsalarda, ular mijozlarga yaqinligi va bozor ehtiyojlariga tezkor javob berish qobiliyati tufayli innovatsion jarayonlarda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning innovatsion imkoniyatlarini faollashtirish uchun maxsus qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Birinchidan, raqamli transformatsiyani kengaytirish mikrofirmalar uchun onlayn platformalar, elektron to‘lov tizimlari va raqamli marketing vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish muhimdir. Ikkinchidan, davlat va nodavlat institutlar tomonidan innovatsion grantlar, texnologik inkubatorlar va biznes-akseleratorlarni rivojlantirish orqali kichik biznes subyektlarining yangi g‘oyalarini amalga oshirishiga sharoit yaratish lozim. Uchinchidan, mikrofirmalarning kadrlar salohiyatini oshirish, ularni yangi texnologiyalarni qo‘llashga tayyorlash va xalqaro tajribani joriy etish innovatsion faoliyat samaradorligini oshiradi.[2. 115–158] Xulosa qilib aytganda, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesning innovatsion rivojlanishi faqat texnologik yangiliklar bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy muhit, qo‘llabquvvatlash mexanizmlari va resurslardan oqilona foydalanish bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Demak, kichik biznesning innovatsion faoliyatini kuchaytirish mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasida yangi imkoniyatlar yaratish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Audretsch, D. B., Kritikos, A. S., Schiersch, A. Microfirms and innovation in the service sector. Small Business Economics, 55(4), 2020. 997–1018. https://doi.org/10.1007/s11187-019-00178-6 2025 –OKTABR 12 2. Crepon, B., Duguet, E., Mairesse, J. Research, innovation and productivity: An econometric analysis at the firm level. Economics of Innovation and New Technology, 7(2), 1998. 115–158 3. Глазьев С.Ю. Теория долгосрочного технико-экономического развития. Москва.: 1993 4. Lööf, H., Heshmati, A. On the relationship between innovation and performance: A sensitivity analysis. Economics of Innovation and New Technology, 15(4-5), 2006. 317–344 5. Musayev B.Sh. Kichik biznesni boshqarish. o‘quv qoʻllanma. “Fan bulog‘i” nashriyoti. Samarqand.: 2021