scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BADIIY ASAR TARJIMASIDA LINGVOKULTUROLOGIYANING O'RNI.

MELSOVA MADINABONU SANJAROVNA

Abstract

Badiiy tarjima jarayoni badiiy asar yaratish bilan teng darajada murakkab vazifa hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu jarayonda tarjimon nafaqat tilni puxta bilishi balki xalq madaniyatidan ham xabardor bo‘lishi ham talab etiladi, chunki asarda qo‘llanilgan birliklar o‘z ma’nosini, obrazliligini yo‘qotmagan holda o‘zga til egasi bo‘lgan o‘qirmanga yetib kelishi eng ustuvor vazifadir.Realistik tarjima jarayoni shuni talab etadiki, tarjimon asl nusxani boshqa tilga san’at asari darajasida shakl va mazmun uyg‘unligida yaratishi, asarning o‘ziga xos individualligini va milliygini saqlab qolishi maqsadga muvofiqdir. Tarjimashunoslikda milliy kolorit degan tushuncha mavjud bo‘lib, asosan realiyalar asarlardagi milliy koloritni o‘zida aks ettiruvchi birliklar hisoblanadi va ularga milliy taomlar, milliy cholg‘u asboblari, hayvon va o‘simlik nomlari, ro‘zg‘or anjomlari, diniy marosimlar, umuman olganda xalq madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi predmetlar va ularning nomlarini misol qilib olishimiz mumkin. Milliylik juda nozik tushuncha ayniqsa gap tarjima jarayoni haqida ketayotgan bo‘lsa, chunki birgina noto‘g‘ri qilingan tarjima xalqning madaniyati va tili haqidagi fikrlarni, tasavvurlarni umuman o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Full text

Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 13 BADIIY ASAR TARJIMASIDA LINGVOKULTUROLOGIYANING O‘RNI. MELSOVA MADINABONU SANJAROVNA QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI MAGISTRANTI. Badiiy tarjima jarayoni badiiy asar yaratish bilan teng darajada murakkab vazifa hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu jarayonda tarjimon nafaqat tilni puxta bilishi balki xalq madaniyatidan ham xabardor bo‘lishi ham talab etiladi, chunki asarda qo‘llanilgan birliklar o‘z ma’nosini, obrazliligini yo‘qotmagan holda o‘zga til egasi bo‘lgan o‘qirmanga yetib kelishi eng ustuvor vazifadir.Realistik tarjima jarayoni shuni talab etadiki, tarjimon asl nusxani boshqa tilga san’at asari darajasida shakl va mazmun uyg‘unligida yaratishi, asarning o‘ziga xos individualligini va milliygini saqlab qolishi maqsadga muvofiqdir. Tarjimashunoslikda milliy kolorit degan tushuncha mavjud bo‘lib, asosan realiyalar asarlardagi milliy koloritni o‘zida aks ettiruvchi birliklar hisoblanadi va ularga milliy taomlar, milliy cholg‘u asboblari, hayvon va o‘simlik nomlari, ro‘zg‘or anjomlari, diniy marosimlar, umuman olganda xalq madaniyatini o‘zida aks ettiruvchi predmetlar va ularning nomlarini misol qilib olishimiz mumkin. Milliylik juda nozik tushuncha ayniqsa gap tarjima jarayoni haqida ketayotgan bo‘lsa, chunki birgina noto‘g‘ri qilingan tarjima xalqning madaniyati va tili haqidagi fikrlarni, tasavvurlarni umuman o‘zgartirib yuborishi mumkin. G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Shum bola” asari ham ko‘plab tillarga tarjima qilingan bo‘lib, kitobxonlar tomonidan o‘zgacha qiziqish bilan kutib olingan. Bu asar BBC tomonidan “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitobi” ro‘yxatiga kiritilganligi ham uning boshqa tillarga mahorat bilan tarjima qilinganligidan dalolat beradi .Asarni I.To‘xtasinov ingliz tiliga, F.Shayhutdinova va A.Naumov rus tiliga, V.Grimich ukrain tiliga mahorat bilan badiiy estetik bo‘yoqlarini saqlagan holda tarjima qilgan.Shunga qaramasdan ingliz va o‘zbek tilidagi tarjimalarni solishtiradigan bo‘lsak, lingvomadaniy birliklarda va ularning tarjimasida ko‘plab farqliliklarni ko‘rishimiz mumkin, chunki o‘zbek tili va xorijiy til madaniyati va ularda qo‘llaniladigan so‘zlar bir-biridan tubdan farq qiladi.Shu jihatlarini inobatga olgan holda tarjimon umumiy yoki eng yaqin ma’no ifodalovchi so‘zlardan foydalanadi yoki shu so‘zni tushirib qoldiradi. Misol tariqasida quyidagi jumlani tahlil etaylik: 1. Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi bo‘lib unda grammofon chalinardi. Ingliz tilidagi tarjimada: There is a big teahouse of Ilkham samovar-maker and a gramaphone is playing there all the time. Samovar-maker - samovarchi Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, samovarchi so‘zining ingliz tilida aynan tarjimasi bo‘lmaganligi tufayli bu yerda samovarso‘ziga maker so‘zi shu kasbda ishlovchi degan Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 14 ma’noni berish uchun qo‘llanilgan.Bu tarjimada qo‘shimcha yoki so‘z qo‘shish metodi deyiladi. Teahouse - choyxona Bu so‘zdagi tarjimada esa tea (choy) va house so‘zlari qo‘shilishi orqali aynan muqobil variant qo‘llanilgan. 2. U ustiga yaktak kiygan edi. He wore a yaktak (oriental robe) on his shoulder. Yaktak - oriental robe . Bu yerda yaktak so‘zining inglizcha muqobil varianti bo‘lmaganligi sababli so‘zning o‘zi qo‘llanilgan va izoh sifatida oriental robe ya’ni Sharqqa xos bo‘lgan keng ochiq kiyim ma’nosi berib ketilmoqda.Bu tarjimada tasviriy usul bo‘lib, milliylikni ifodalagan so‘zni ya’ni realiyani aniq tasvirlab ketmoqda. 3. Qo‘ndoqdan ajragan kakku bolasiday, qo‘narga shoxbo‘toqsiz. I was walking like a child of an owl which was seperated from the flock. Kakku bolasi - child of owl Bu yerda kakku bolasiday o‘xshatishi literal translation ya’ni so‘zma - so‘z tarjima qilingan bo‘lib, bu metodda ko‘pincha lingvomadaniy birliklarning shakliy tomoni saqlanadi, biroq semantik va madaniy rangbaranglik to‘laligicha o‘z ifodasini topmaydi. 4. Poshshoxon - Queen Bu so‘zdagi tarjima jarayonida ekvivalentlikdan foydalanilgan bo‘lib, bu usulda asl matndagi ma’noni, obrazlilik va badiiy ta’sir kuchini boshqa tilda shu kabi ta’sirli bo‘lgan va shu so‘zga mos keladigan ifoda bilan yetkazishga harakat qilinadi. Shuningdek tarjimada madaniy moslashtirish muhim rol o‘ynaydi. Xalq og‘zaki ijodiga oid iboralar, maqollar, ismlar kabi milliy unsurlarni tarjima qilishda ekvivalentlardan foydalanish orqali tarjimon o‘zbek madaniyatiga xos koloritni saqlab qolishga harakat qilgan. Bu esa ingliz tilidagi o‘qirmanlarga matnni nafaqat tushunish, balki o‘zbek xalqining hazilmutoyibasi, tafakkuri va qadriyatlarini his qilish imkonini bergan. Asarda ko‘plab madaniy xususiyatga ega bo‘lgan birliklar mavjud bo‘lib, ularni ingliz tilida yetarli darajada ifodalash uchun tarjimon turli yondashuvlardan foydalangan. Masalan, “do‘ppi” so‘zi ingliz tilidagi tarjimada “skullcap” tarzida ifodalangan. Bu esa so‘zning to‘g‘ridanto‘g‘ri ekvivalenti bo‘lib, uni tavsiflovchi yondashuv orqali tushunturish ham talab etiladi, chunki “do‘ppi” o‘zbek xalqining milliy bosh kiyimi sifatida ancha keng ma’noni anglatadi. Yana bir misol “palov” so‘zining “pilaf” shaklida tarjima qilinishidir.Bu yondashuv ekvivalent tarjima usuliga kiradi, biroq “palov” so‘zining o‘ziga xos tayyorlanish usuli va marosimlardagi o‘rni to‘liq yetkazilmay qoladi. Shu sabab tarjimon izohli tarjima usulidan ham foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Asarda uchraydigan “qulog‘ini ushlab qolmoq” kabi iboralar, aslida o‘zbek tilida hech narsasiz qolib ketmoq, beayb odam jabr ko‘rmoqda degan ma’noni bildirsa-da, ingliz tilidagi Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 15 tarjimada: “Did the poor, innocent craftsman just walk away empty-handed?” tarzida ifodalangan. Bu yerdagi “walk away empty-handed” iborasi mazmunan yaqin ekvivalent bo‘lsa-da, asl iboraning emotsional, xalqona ifodasi va konnotatsiyasi to‘liq o‘z aksini topmaydi 1 . Xuddi shuningdek, “ikki barmog‘imni burnimga tiqib boramanmi” degan ibora ham befoyda yurmoq, ranjimoq ma’nosini anglatadi. Ingliz tilidagi tarjimada esa bu jumla: “...putting fingers to our nose” shaklida literal (so‘zma-so‘z) tarjima qilingan 2 . Natijada, nafaqat iboraning ma’naviy qatlami, balki uning xalq og‘zaki ijodiga xos obrazliligi ham tarjimada yo‘qolgan. Bu tarjimada literal translation uslubining samarasizligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday holatlarda tarjimon kompensatsiya, madaniy ekvivalent, yoki izohli tarjima (explicitation) kabi strategiyalardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi 3 . Masalan, Nida va Taber (1969) o‘z asarlarida “ekvivalentlik” tushunchasini ko‘p darajali, ya’ni konnotativ, madaniy va pragmatik jihatdan baholash zarurligini ta’kidlaydi 4 . Aynan shunday yondashuv o‘zbekcha iboralarni xorijiy auditoriyaga yetkazishda asqotadi. Yana bir muhim jihat — “nas bosgan pes deganimcha bor bola ekansan” kabi iboralarning tarjimada soddalashtirilib, “You are a dirty and stupid boy” tarzida berilishi ham semantik minimalizatsiya holatiga sabab bo‘ladi. Bu ibora aslida hazil, kinoya va achchiq achchiq so‘zlash tarzini o‘zida mujassam etgan milliy ifoda bo‘lib, tarjimada faqat ma’nosining asosiy qatlamigina saqlab qolingan. Natijada asarning badiiy-estetik qiymati kamaygan. Peter Newmark (1988) ta’kidlaganidek, tarjimonda “semantic translation” va “communicative translation” o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, ayniqsa milliy madaniy birliklarga boy asarlarni tarjima qilishda dolzarb hisoblanadi 5 . “Shum bola” tarjimasida esa aksariyat hollarda kommunikativ tarjima yo‘li kasb etgan. Biroq bu usul lingvokulturologik boyliklarning yo‘qolishiga olib keladi. “Shum bola” asarining ingliz tiliga tarjimasi o‘zbek xalqining milliy koloritini to‘liq ifodalashda ayrim hollarda muvaffaqiyatli, ba’zan esa yetarlicha samarali emas. Ayniqsa, xalqona iboralar, somatik frazeologizmlar va madaniy realiyalarning tarjimasida tarjimon madaniy tafakkurni yetkazishda ehtiyotkorlik bilan ishlashi lozim. Tarjimon faqat tilni emas, balki xalq ruhiyatini, xalqning o‘ziga xos ko‘zqarashlarini ham tarjima qiluvchi vositachidir 6 . Shuningdek asarda uchraydigan muomala ifodalari - “otaxon”, “bolajon” kabi so‘zlar ingliz tiliga tarjima qilinar ekan, ularning ma’naviy va madaniy yukini yetkazish muhim 1 G‘ulom, G‘. (1958). Shum bola. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2 Gulom, G. (1980). Scamp (transl. Khakimov, S.). Tashkent: Progress Publishers. 3 Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge. 4 Nida, E., & Taber, C. (1969). The Theory and Practice of Translation. Leiden: Brill. 5 Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall. 6 Akbarova, S. (2015). “Lingvokulturologik birliklarning tarjimada ifodalanishi.” // Til va tarjima, №2. Vol.2 №10 (2025). October “NAZARIY VA AMALIY FANLARDAGI USTUVOR ISLOHOTLAR VA ZAMONAVIY TA’LIMNING INNOVATSION YO’NALISHLARI” www.innovativepublication.uz 16 hisoblanadi.”Otaxon” so‘zi “ old man” shaklida oddiy qilib berilgan, bu esa so‘zning iliqlik va hurmat anglatuvchi ma’nosini to‘liq yetkazmaydi.Shunday holatlarda tavsifiy tarjima (descriptive translation) orqali mazmunni boyitish zarur bo‘ladi. Lingvomadaniy birliklar tarjimasida uchraydigan asosiy muammo bu - semantik va madaniy moslikni topishdir. Har bir tilda mavjud bo‘lgan madaniy tushunchalar boshqa til va madaniyatda to‘g‘ridan - to‘g‘ri muqobilga ega bo‘lmasligi mumkin. Tarjimada ekvivalentlik keng qo‘llaniladi.Bu ayniqsa maqollar, iboralar va kinoyali so‘zlarda namoyon bo‘ladi.Masalan, “Qo‘shning tinch, sen tinch” o‘zbek maqoli ingliz tilida “Good fences make good neighbours” tarzida berilishi mumkin.Garchi bu ekvivalent to‘g‘ridan - to‘g‘ri ifodalangan bo‘lmasa-da, lekin u ijtimoiy mazmun va kayfiyatni saqlab qoladi.Shuningdek, rus tilidagi “Хороший сосед - лучше дальнего родственника” maqoli bilan ham semantik yaqinlik mavjud.Tarjima jarayonida kengaytirish usulidan foydalanish orqali ham madaniy tushunchani izoh bilan tushuntirishga erishiladi. Masalan, “Tandirda pishgan non” ingliz tiliga “bread baked in a clay oven called tandir” deb berilishi, o‘quvchiga yangi madaniy tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradi. Bunday yondashuv milliy koloritni saqlab qolish bilan birga, madaniyatlararo anglashuvni kuchaytiradi.Yuqoridagi fikr-mulohazalarni tahlil etadigan bo‘lsak, lingvomadaniy birliklarni tarjima qilishda faqat lug‘aviy emas, balki madaniy yondashuv ham zarurdir. “Shum bola” asari bu borada ideal tahlil obyektidir, chunki unda o‘zbek xalqining turmush tarzi, qadriyatlari, tilning o‘ziga xosliklari yorqin ifodalangan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI. 1. G‘ulom, G‘. (1958). Shum bola. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 2. Gulom, G. (1980). Scamp (transl. Khakimov, S.). Tashkent: Progress Publishers. 3. Baker, M. (1992). In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge. 4. Nida, E., & Taber, C. (1969). The Theory and Practice of Translation. Leiden: Brill. 5. Newmark, P. (1988). A Textbook of Translation. New York: Prentice Hall. 6. Akbarova, S. (2015). “Lingvokulturologik birliklarning tarjimada ifodalanishi.” // Til va tarjima, №2.