BIZNESNI RAQAMLI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Abstract
Maqolada biznesni raqamli boshqarishning mazmuni, dolzarb muammolari, uning tarmoqlardagi kichik biznes sub’yektlari faoliyati tendentsiyasi hamda uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari kabi masalalar asoslab berilgan.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 646 BIZNESNI RAQAMLI BOSHQARISHDA INNOVATSION YONDASHUV E.Kuldashev Andijon davlat texnika institutining dotsenti, i.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.17288576 Annotatsiya. Maqolada biznesni raqamli boshqarishning mazmuni, dolzarb muammolari, uning tarmoqlardagi kichik biznes sub’yektlari faoliyati tendentsiyasi hamda uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari kabi masalalar asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, hudud, marketing, innovatsiya, raqamli boshqarish, avtomatlashtirish, motivatsiya, modernizatsiya, strategiya, investitsiya, ixtisoslashtirish, samaradorlik. Hozirgi globallashuv sharoitida va fan-texnikani tez taraqqiyoti davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muxitini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Bu dolzarb masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishda raqamli boshqarishni ahamiyati juda katta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning PF-60-79 sonli ”Raqamli O‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarni raqamli boshqarishga o‘tkazish belgilangan [1]. Bu vazifalarni samaradorli hal qilishda raqamli boshqarishni o‘rni beqiyosdir. Raqamli boshqarish - bu zamonaviy, ko‘p qirrali, imkoniyatlar darajasi juda yuqori vosita bo‘lib, insonni barcha faoliyatlarini takomillashtirishga yordam beradi. Raqamli boshqarish-hozirgi kunda ijtimoiyiqtisodiy soxalarning muvoffaqiyatini asosiy me’zoniga aylanmoqda. Hozirgi sharoitda “Raqamli boshqarish sistemasi” to‘g‘risida olimlar va mutaxassislar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Shu sababli bu masala bo‘yicha quyidagi ta’rifni taklif etamiz. “Raqamli boshqarish sistemasi - bu qo‘yilgan maqsadni marketing, axborot texnologiyalari, innovatsiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida xodimlarni faollashtirish qoidalari asosida elektron boshqarish va optimal natija olish tizimidir.” Bu ta’rifni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (1-rasm). Kompyuter tizimi va telekommunikatsiya yordamida qo‘yilgan maqsad bajariladi. Bu maqsadni bajarishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Bu jarayonda qo‘yilgan maqsadga bo‘lgan talab marketing qoidalari asosida aniqlanadi. Kichik biznes obyektlarini mahsulotlariga bo‘lgan talab korxona imkoniyatlari bilan muvofiqlashtiriladi. Aniqlangan talab hajmi innovatsiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar, xodimlarning faolligi yordamida raqamli boshqarish amalga oshirilib optimal natija olinadi [2]. Izlanishlarimiz natijasi sifatida shu narsani aniqladikki, raqamli boshqaruvni qo‘llash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, unga mutonosib ravishda korxona samaradorligi ortib boradi. Shu sababli quyidagi formulalarni taklif qilamiz: (1) (2) (3)
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 647 Bu yerda: – korxona samaradorligi; – raqamli boshqaruvni qo‘llanish darajasi; X – xarajatlar summasi; N – korxona oladigan natijaviy ko‘rsatkich (foyda, yalpi mahsulot qiymati, rentabellik darajasi va h.k.). Im – marketing indeksi (kichik biznes korxonalari mahsulotlari bo‘yicha); – innovatsion boshqaruv texnologiyalarini joriy qilish indeksi; IAT – axborot texnologiyalaridan foydalanish indeksi; – avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash darajasining indeksi; – xodimlarni motivlashtirish (faollashtirish) indeksi. 1-rasm. Raqamli boshqarish sistemasining strukturasi (1) va (2) formulalardan ko‘rinib turibdiki, raqamli boshqarishni tashkil etishda va korxona samaradorligini oshirishda asosiy omillardan biri – kichik biznes korxonalarining mahsulotlari marketingini aniqlashdan iborat. (2) va (3) formulalardan foydalanib, (4) formulani hosil qilamiz: (4) To‘rtinchi formuladan ko‘rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida axborot texnologiyalaridan va marketing printsiplaridan qanchalik yaxshi foydalanilsa, unga mutanosib ravishda korxona samaradorligi to‘g‘ri proportsional ravishda ortib boradi.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 648 Kompyuter tizimi va tarmoqlari yordamida qo‘yilgan maqsad bajariladi. Bu maqsadni bajarishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Bu jarayonda qo‘yilgan maqsadga bo‘lgan talab marketing qoidalari asosida aniqlanadi. Aniqlangan talab hajmi innovatsiyalar, avtomatlashtirilgan tizimlar, faol xodimlar yordamida raqamli boshqarish amalga oshirilib optimal natija olinadi [4]. Andijon viloyatining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati tahlil qilinganda, ulardan sinib inqirozga uchraganlarining soni yildan-yilga ortib borayottanligi aniqlandi. 2024-yil davomida 3312 ta kichik biznes korxonalari o‘z faoliyatlarini to‘xtatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich o‘tgan 2023-yilga nisbatan 857 taga ko‘paygan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning sinish sabablari o‘rganilib, umumlashtirilganda, ulardan raqamli boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilmaganligi kuzatildi. Raqamli boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etish uchun, avvalo, uning mazmunini tushunib olish kerak. Yangi O‘zbekistonni barqaror va uzluksiz rivojlantirishda viloyatlarning o‘rni beqiyosdir. Shu sababli, yangi O‘zbekistonni asosiy viloyatlaridan biri bo‘lgan Andijon viloyatini tadqiqot obyekti sifatida tanlab oldik. Andijon viloyatining hududi yangi O‘zbekiston Respublikasining bir foiz yerini tashkil etib, aholisi esa o‘n foiziga tengdir. Andijon viloyatida hozirgi murakkab sharoitda qator muammolar mavjud (ilmiy asoslangan holatda aholini oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, odamlarga kerakli miqdorda ish o‘rinlarini yaratish va boshqalar). Bu muammolarni yechishni asosiy yo‘llaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish va uni optimal boshqarishdan iboratdir. Shu sababli, o‘rganilayotgan masalamiz bugungi kunda dolzarbdir. Mamlakatimizning iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes subyektlarining va xususiy tadbirkorlarning hissasi yildan-yilga ortib bormoqda. Buni birgina Andijon viloyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 2024-yilda – 93 433.1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 5,1% ga ortgan. 2025-yil 1 yanvar holatiga ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlari soni 22 114 tani tashkil etib, shundan yangi tashkil etilganlari 1438 tani tashkil etmoqda. Mazkur korxonalarning 41,6% kichik korxonalar, sanoat tarmog‘ida 17.9%, qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 10,5% ni, tashish va saqlash xizmatlarida esa 5% ni tashkil etmoqda. Raqamli boshqarishni tashkil etishda axborot tizimlarini tashkil etuvchi vosita va resurslardan oqilona foydalanish talab etiladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarni tajribalaridan va olimlarning (akademiklar V.Qobulov, M.Sharifhadjayev, N.Yusufbekov, S.S.G‘ulomov, F.B. Abutaliyev va boshqalar) tadqiqotlaridan ma’lumki, mamlakat va uning struktura birliklari qanchalik axborotlashtirilgan, raqamli boshqariladigan va sun’iy intellekt masalalari rivojlangan bo‘lsa, unga mutanosib ravishda uning taraqqiyot darajasi yuqori bo‘ladi. Tadqiqotimizni natijasi sifatida (4) formuladan va matematik-statistik usullardan foydalanib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari olayotgan foyda miqdoriga axborot texnologiyalarini ta’sirini o‘rgandik. Har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichni qayta ishlash mumkin [2]. Buning uchun uning algoritmini aniqlash lozim: IK=N*Q (5) Bu yerda: − IK – iqtisodiy ko‘rsatkich;
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 649 − N – iqtisodiy ko‘rsatkichning nomi; − Q – iqtisodiy ko‘rsatkichning qiymati. H=S*R (6) Bu yerda: − H – holatlarning soni, ya’ni iqtisodiy ko‘rsatkich tarkibidagi holat; − S – sanoq tizimining asosi; − R – axborotdagi razryadlar (simvollar) soni. Yuqoridagi (5) va (6) formulalardan ko‘rinib turibdiki har qanday iqtisodiy ko‘rsatkichni zamonaviy elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlab, optimal natija olish mumkin ekan. Kichik biznes korxonalarida raqamli boshqaruvni tashkil etish uchun ulardan quyidagi masalalarni: − Marketingni boshqarish; − Axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish; − Innovatsion boshqaruvni tashkil etish; − Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini joriy etish. − Xodimlarni faoliyatini motivlashtirish (faolashtirish) asosida ulardan samarali foydalanish kerak. Kichik biznes korxonalarida raqamli boshqarishni tashkil etishni algoritmi quyidagicha bo‘ladi: Rb=Im*Ia*Ii*Ia*Ih (7) Bu yerda: − Rb – Raqamli boshqaruv; − Im – Marketingni boshqarish indeksi; − Ia – Axborot tizimlaridan foydalanishni tashkil etish indeksi; − Ii – Innovatsion boshqaruvni tashkil etish indeksi; − Ih – Xodimlar faoliyatini motivlashtirish (faollashtirish) asosida ulardan samaradorli foydalanish indeksi. Tadqiqotlarimiz natijasidan shu narsani aniqladikki, raqamli boshqaruv nafaqat iqdisodiy o‘sishni u bilan birga samaradorlikni oshirishni ham ta’minlar ekan. Buni quyidagi formula asosida tasvirlash mumkin. Rb=K*Us (8) Bu yerda: − Rb – Raqabli boshqaruv; − K – Raqamli boshqarish bilan korxona iqtisodiyoti samaradorligini bog‘lovchi koeffitsiyent; − Us – Kichik biznes korxonasini iqtisodiy samaradorligi. Xulosa va takliflar Tadqiqotimizni izlanish obyekti sifatida Andijon viloyatidagi “Shinam – Baraka Fayz” xususiy korxonasida yuqoridagi algoritmlardan foydalanib quyidagi natijani oldik. Hisoblashlar natijasida 8-formuladagi koeffitsiyent K=0,37 ga tengligini aniqladik. Buning ma’nosi shundan iboratki, bir foiz raqamli boshqaruv tadbiq qilinishi natijasida korxonani iqtisodiy samaradorligi 0,37 foizga oshar ekan.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 650 Raqamli boshqaruvni Yangi O‘zbekistonning barcha korxona va tashkilotlarida ayniqsa, kichik biznes va xususiy korxonalarida joriy qilinsa, ularni iqtisodiy o‘sishi va samaradorligi uzluksiz ortib boradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tog‘risidagi PF-6079 farmoni, 2020 yil 5 oktabr. 2. Kuldashev E., Yangi O‘zbekistonni rivojlantirishda raqamli boshqarishning ahamiyati. Mashinasozlik ilmiy-texnika jurnali № 5, 2022-yil (maxsus son). 3. Porter. M.E.Development strategies for the 21st century social progres and competitive growth//Social Progress imerative,...Polf-2013 4. Кулдашев Э.,Парпиев Г. “Янги Ўзбекистонда вилоят агросаноат кластерини ривожлантириш стратегияси” - Ф.: “ФарПИни илмий журнали”, 2021 й 1-сон. 5. Беркинов Б.Б. Эконометрика, Т. : “Фан ва технология”, 2015 й. 6. https://mehnat.uz/uz/news/aellarni-ish-bilan-taminlash-tadbirkorlikka-zhalb-etishda-davlattashkilotlari-bilan-hamkorlikning-ahamiyati-va-istiqbollari 7. Erkin Kuldashev, Diyorbek Shermuhammedov, “Raqamli boshqarish – iste’mol bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning asosidir” Farg‘ona Politexnika institutining xalqaro konferensiya materaillari. 2024-yil oktabr.