KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING IMKONIYATLARINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu maqolada muhim o‘rin egallagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini yanada rivojlantirish, shu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan islohotlar muhokama qilinadi. Ayniqsa, boshqaruvning samarali usullarini joriy etish orqali ushbu subyektlarning moliyaviy barqarorligini oshirish, moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni ilmiy asoslangan holda qondirish, yangi moliyalashtirish manbalarini jalb etish orqali ta’minlash dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 674 KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING IMKONIYATLARINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Shavkatovich Mirzaaxmedov Nodirbek Oriental universiteti dotsenti, i.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.17288839 Annotatsiya. Ushbu maqolada muhim o‘rin egallagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorini yanada rivojlantirish, shu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan islohotlar muhokama qilinadi. Ayniqsa, boshqaruvning samarali usullarini joriy etish orqali ushbu subyektlarning moliyaviy barqarorligini oshirish, moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojni ilmiy asoslangan holda qondirish, yangi moliyalashtirish manbalarini jalb etish orqali ta’minlash dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Kalit so‘zlar: kichik biznes korxonalari, tarmoq korxonalari, yalpi ichki mahsulot, sanoat korxonalari, kapital, rivojlanish strategiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalar, kichik biznes subyektlari. Bugungi kunda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan eng murakkab muammolardan biri – ko‘plab kichik biznes subyektlarining investitsiya va aylanma kapital ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega emasligidir. Banklar esa kichik korxonalarning past kredit kafolatlari sababli kredit risklarini yuqori baholashga va foiz stavkalarini oshirishga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, kichik korxonalarning yetarli moliyaviy mablag‘ ajrata olmasligi ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu esa kreditlash jarayonini asosan garov talablariga bog‘lab qo‘ymoqda. Yevropa Ittifoqida kichik va o‘rta korxonalar 250 nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimga, yillik 50 million yevrodan oshmagan daromadga yoki 43 million yevrodan kam umumiy balans aktivlariga ega tashkilotlar sifatida belgilanadi. Muhim jihati shundaki, boshqa ko‘plab davlatlardan farqli ravishda, ularning qonunchiligida aktivlar hajmiga chegaraviy limit belgilab qo‘yilmagan. AQShda esa kichik va o‘rta korxonalarni mikrotoifalarga bo‘lish amalda mavjud emas. Kichik biznes tasnifida o‘rtacha yillik daromad - 7,5 million AQSh dollari va xodimlar soni o‘rtacha 500 nafar mezon sifatida qo‘llaniladi. Shu bilan birga, turli iqtisodiy faoliyat sohalarida bu mezonlarga turlicha cheklovlar tatbiq etiladi. Kichik korxonalarni farqlashda asosan yillik mahsulot hajmi va daromad miqdori asos qilib olinadi. Malayziyalik mualliflar guruhi olib borgan tadqiqotlar esa shuni aniqladiki, strategik rejalashtirishni qo‘llash va kichik biznes bozoriga yo‘naltirilganlik faoliyat samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik va o‘rta biznes subyektlarining raqobatbardoshligini qo‘llabquvvatlashga qaratilgan strategik rejalashtirish usullari bozor yo‘nalishini rag‘batlantirishi va biznes samaradorligini oshirishi lozim. Iqtisodchi olimlar fikricha, bozor yo‘nalishiga e’tibor qaratish kichik biznes subyektlarining tadbirkorlik muhitini yaxshilashga yordam beradi. Yuqori raqobat sharoiti esa bozor ma’lumotlariga (mijozlar, kontragentlar, raqobatchilar haqidagi ma’lumotlarga) tayanishni taqozo qiladi, bu esa o‘z navbatida bozor sharoitidagi o‘zgarishlarni
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 675 kuzatib borish imkonini beradi. Demak, bozor yo‘nalishi strategik rejalashtirish orqali kichik biznes faoliyatining samaradorligini oshiradi. Kichik va o‘rta korxonalar, shuningdek, yirik biznes subyektlari xorijda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) asosida hisob yuritadi. Mamlakatimizda esa kichik biznes subyektlari faoliyatida milliy moliyaviy hisobot standartlari qo‘llaniladi. Shu sababli, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda to‘liq joriy etilgan deyish mumkin emas. Hisob tizimidagi dastlabki farqlar va natijada moliyaviy ma’lumotlarning hisobotlarda turlicha aks ettirilishi sababli, mahalliy va xorijiy korxonalar moliyaviy tahlil natijalarini solishtira olmaydi. Chunki bir xil moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash turlicha shakllangan ma’lumotlarga asoslanadi. Bundan tashqari, mahalliy amaliyotda moliyaviy tahlil ko‘proq rentabellik, tadbirkorlik faolligi, moliyaviy barqarorlik va likvidlik, to‘lov qobiliyati kabi ko‘rsatkichlarga qaratilgan bo‘lsa, xorijiy amaliyotda aksiyalar qiymatidagi o‘zgarish, foyda, umumiy xarajatlardagi doimiy xarajatlar ulushi hamda pul oqimlari va majburiyatlar nisbati chuqur o‘rganiladi. Kichik biznes subyektlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish mezonlaridan biri, avvalo, kichik biznesni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish va mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan takliflarni amaliyotga keng joriy etish bo‘lishi kerak. Kichik va xususiy biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga oid boshqa bir muhim mezon esa neytral va maqsadli siyosatning joriy etilishidir. Muhim yo‘naltirilgan siyosatlardan biri davlat korxonalari orqali moliya bozorida bevosita ishtirok etish va ayrim toifadagi kichik biznes subyektlariga selektiv himoya ko‘rsatishdir. Bunday choralarga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun kredit stavkalarini pasaytirish, shuningdek, ularga qulay biznes muhitini shakllantirish kiradi (Jia, X., Cui, Y., Patro, R., Venkatachalam, S., Kanday, R. & Turayevich, J., 2023). Shu bilan birga, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari odatda banklar tomonidan kreditni ta’minlash uchun talab etiladigan asosiy vositalar yer yoki bino kabi garov mablag‘lariga ega emas. Aksincha, ular asosan moliyalashtirishda ko‘chmas mulk emas, balki ko‘chma mulkka tayangan holda ish yuritadilar. Zaruriy huquqiy va institutsional himoyani ta’minlash uchun an’anaviy kafolatlar asosida alternativ kreditlash variantlarini ishlab chiqish va tadbirkorlarning biznesni boshlashi hamda boshqarishi uchun zarur resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, kafolatli ro‘yxatga olish vositalaridan foydalanish mumkin. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun moliyaviy to‘siqlarni kamaytirish yo‘llaridan biri bu – moliyaviy vositalarni yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirishni qo‘llabquvvatlovchi infratuzilmani tizimli ravishda mustahkamlashdir. Bunga qonunlar, qarorlar, institut kafolatlari, kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va kredit hisobotlari kiradi. Jahonning iqtisodiy sohada eng muvaffaqiyatli davlatlari xususiy sektorni qo‘llabquvvatlash va kichik biznesni kengaytirishga qaratilgan choralarni amalga oshirmoqda. Bunday davlatlar qatoriga Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, AQSh va Buyuk Britaniya kiradi. Shundan kelib chiqib, kelajakda O‘zbekiston Respublikasining ham iqtisodiy rivojlanishda ushbu “yuqori tezlikdagi lokomotiv”ni qo‘llab-quvvatlashni asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilashi qiyin emas. Bugungi kunda mamlakatimizda biznes muhitini yanada liberallashtirish maqsadida, shaffoflikni ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga oid tartib-taomillarni soddalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda deyarli birorta ham xususiy korxona yo‘q edi. Bugungi kunda esa kichik biznes yalpi ichki mahsulotning yarmidan
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 676 ko‘pini ishlab chiqaradi, iqtisodiy subyektlarning o‘ndan to‘qqizi aynan shu sohaga to‘g‘ri keladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, xususiy tadbirkorlik aholining bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda alohida o‘rin tutadi: ish bilan bandlarning 78 foizi kichik biznes sohasida faoliyat yuritadi, aholining 52 foizdan ortiq daromadi tadbirkorlik faoliyatidan shakllanadi. Bu esa ushbu sohaning inson kapitali rivojlanish darajasi va sifatini oshirishdagi o‘ta muhim ahamiyatidan dalolat beradi. Xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik doimiy ravishda o‘smoqda. Ko‘plab tashabbuskor insonlar noodatiy g‘oyalarga ega, biroq bu orzularini amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni topishda muammolarga duch kelishadi. Tadbirkorlar, odatda, barcha kuchlarini kapitalni ko‘paytirishga yo‘naltirishni afzal ko‘rishadi. Ular yangi biznes ochish uchun qarz olish jarayoniga vaqt va mablag‘ sarflashni istamaydilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydigan bir nechta omillar mavjud: Hujjatlarni to‘g‘ri yuritish – mamlakatda banklar kreditlarning katta qismini ajratadi. Ammo kichik biznes ko‘pincha bank talab qiladigan zarur kafolatlarni taqdim eta olmaydi. Qarzdorning bankka yetarlicha ma’lumot bermasligi ham kredit ajratishga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Hujjatlarning yetarli emasligi bank va qarzdor o‘rtasida muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli, korxonalar barcha zarur hujjatlar mavjudligini ta’minlashlari shart. Professional rahbarlik – ba’zi tadbirkorlar barcha muammolarni mustaqil hal qilishga urinadilar. Biroq sohaning barcha jihatlarini nazorat qilishga intilish muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin. Tadbirkor hisob-kitob va soliqqa oid bilimlarga ega bo‘lishi mumkin, lekin kredit olish bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘lmasa, jarayonning mohiyatini to‘liq tushunmasligi ehtimoli katta. Foiz stavkalari – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan kreditlar odatda yuqori foiz stavkalari bilan taqdim etiladi. Shu bois, ushbu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi natijalarni ko‘rsatish va isbotlash muhim hisoblanadi. Faoliyat samaradorligi oshib borgani sayin, ushbu soha haqidagi umumiy qarashlar ham ijobiy tomonga o‘zgaradi. Kredit reytingi – kreditni tasdiqlash jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi va foiz stavkalariga ta’sir qiladi. Kredit tarixidagi har qanday o‘zgarish yomon kredit reytingiga olib kelishi mumkin. Past kredit reytingi esa kredit olish yo‘lida jiddiy to‘siqqa aylanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik investitsiyalarni oshirishda o‘xshash qiyinchiliklarga duch keladi. Buning asosiy sababi – ushbu sektor yuqori xavfli deb baholanadi va ayrim banklar o‘z mablag‘larini bu sohaga yo‘naltirishni xavfli hisoblaydi. Shu sababli ko‘plab mamlakatlarda xususiy sektorga investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun turli imtiyozlar joriy etilgan. Masalan, Hindiston hukumati tijorat banklari kredit siyosatlarida kamida 40% ulushni ustuvor sektorlarga yo‘naltirish talabini belgilagan bo‘lsa, Bangladeshda institutsional investorlar aktivlarining 30% ini ustuvor sektorlarga kiritishi majburiy qilib belgilangan. Ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida banklar tomonidan biznes subyektlarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yo‘llari mavjud bo‘lib, ularning O‘zbekiston bank tizimida qo‘llanilishi yuqori samaraga olib kelishi mumkin.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 677 Kichik biznes korxonalari faoliyati tahlili shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsiyaning sustligi sababli ularning pul oqimlari hisobotidagi asosiy bo‘lim “operatsion faoliyat” hisoblanadi. Chunki asosiy faoliyatda rejalashtirish, tahlil va nazoratni talab qiladigan eng ko‘p operatsiyalar amalga oshiriladi. Pul oqimlarini boshqarish kichik biznes korxonalari uchun moliyaviy boshqaruv usullari ichida eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Pul oqimlari korxonaning haqiqiy to‘lov qobiliyatini aks ettiradi va ular yordamida butun tashkilotning moliyaviy holatini tahlil qilish, rejalashtirish hamda nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholash, hisobot davrida qancha mablag‘ kirgani va qancha mablag‘ chiqqani haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, pul oqimlari hisobotida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyat natijasida olingan pul oqimlari haqida aniq ma’lumot bo‘lishi zarur, deb hisoblaymiz. Shuningdek, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida va milliy strategik loyihalarda faol ishtirok etish ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Xususan, mijozlarga xalqaro standartlarga mos bank xizmatlarini ko‘rsatish orqali tarmoq infratuzilmasini yangilash imkoniyatlarini kengaytirish muhimdir. Shu bilan birga, har bir mijozning tarmoq xususiyatlari haqida xabardorligini oshirish va ularning biznes faoliyati – korporativ, kichik va o‘rta, chakana sektor samaradorligini oshirish uchun dolzarb bank vositalaridan foydalanish talab etiladi. Bank o‘z strategiyasini tanlashda Respublikamiz hukumati tomonidan belgilangan bank tizimini isloh qilish, yangi bank tizimini yaratish va islohotlarni amalga oshirishga oid vazifalarga tayanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Idar, R. (2012). Bozor yo‘nalishining strategik rejalashtirish amaliyotlari va natijadorlik munosabatiga vositachi sifatida ta’siri: Malayziya KOBlaridan dalillar / R. Idar, Y. Yusoff, R. Mahmood. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya: «Innovatsiya va barqarorlik» (ICSMED 2012). Procedia Economics and Finance, № 4, 2012, 68-75-betlar. 2. Kalkan, A. (n.d.). Turkiya KOBlarida strategik rejalashtirish vositalari va usullaridan foydalanish va ularni tanlash: rahbarlarning qarashlariga ko‘ra / A. Kalkan, Ö.C. Bozkurk // 9-konferensiya. 3. Shernaev, A.A. (2021). Mikrodarajada soliq rejalashtirishda soliq tahlili. Zamonaviy fan, ta’lim va tarbiyaning dolzarb muammolari elektron jurnali. 2021-yil, fevral, IV-son. ISSN 2181-9750, 75–82-betlar. 4. Jia, X., Cui, Y., Patro, R., Venkatachalam, S., Kanday, R., & Turayevich, J. (2023). Ko‘p agentli tizimlarni muvofiqlashtirilgan boshqarishda fraksion-tartibli chiziqsiz tenglamalarning qo‘llanilishi. Nonlinear Engineering, 12(1), 20220335. https://doi.org/10.1515/nleng-2022-0335 5. Kalkan, A. (2013). Turkiya KOBlarida strategik rejalashtirish vositalari va usullaridan foydalanish va ularni tanlash: rahbarlarning qarashlariga ko‘ra / A. Kalkan, Ö.C. Bozkurk. 9-xalqaro strategik boshqaruv konferensiyasi. Procedia - Social and Behavioral Sciences, № 99, 2013, 1016–1025-betlar. 6. Shernaev, A.A. (2020). Aksiyadorlik jamiyatlari soliqqa tortish samaradorligi masalasi haqida. Iqtisodiyot va biznes: nazariya va amaliyot. Xalqaro ilmiy jurnal, №9-2 (67). Moskva, “Kapital” nashriyoti, 149–152-betlar.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 678 7. Turayevich, J. I., & Akmal o‘g‘li, S. M. (2023). Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining o‘rni. Pedagogs jurnali, 35(4), 147–157. 8. Shernaev, A.A. (2020). Korxonalarda soliq rejalashtirishning umumiy metodologik asoslari. International Journal of Economics, Commerce and Management, UK. ISSN 2348-0386, Vol. VIII, Issue 4, April 2020. 357-bet. 9. Asror, A., & Inomjon, J. (2023). O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari ish haqi tizimini takomillashtirish masalalari. Pedagogs jurnali, 35(4), 128–138. 10. Shernaev, A.A. (2020). Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash tizimida soliq rejalashtirish. Internauka: ilmiy jurnal, № 12(141), qism 2. Moskva, “Internauka” nashriyoti, 43–45-betlar. 11. Jumaniyazov, I., & Vohidova, R. (2023). Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishda moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo‘llari. Science and Education, 4(6), 881–887. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/6100 12. Shernaev, A. A. (n.d.). Aksiyadorlik jamiyatida ichki soliq nazorati tizimini tashkil etish tamoyillari va usullari. International Journal of Economics, Business and Management Studies, ISSN 2347-4378. 13. Jumaniyazov, I. T. (n.d.). O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasining moliyaviy kapitalining iqtisodiy o‘sishga ta’siri. International Journal of Economics, Commerce and Management, UK. ISSN 2348-0386. 14. Shernaev, A. A. (2020). Aksiyadorlik jamiyatlarida soliq rejalashtirishni takomillashtirish – moliyaviy menejment samaradorligini oshirish mexanizmi sifatida. Iqtisodiyot va jamiyat, (4), 20–28. 15. Jumaniyazov, I. (2020). Suveren jamg‘armalar faoliyatida xorijiy tajriba. International Finance and Accounting, 2020(2), 1. 16. Idar, R. (2012). Bozor yo‘nalishining strategik rejalashtirish amaliyotlari va natijadorlik munosabatiga vositachi sifatida ta’siri: Malayziya KOBlaridan dalillar / R. Idar, Y. Yusoff, R. Mahmood. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro konferensiya: «Innovatsiya va barqarorlik» (ICSMED 2012). Procedia Economics and Finance, № 4, 2012, 68–75-betlar. 17. Jumaniyazov, I. T. (2019). O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlarining YAIM o‘sishiga ta’siri. Science, research, development, №16. Monografiya (konferensiya materiallari). 18. Jumaniyazov, I., & Xaydarov, A. (2023). Ijtimoiy sug‘urtaning ijtimoiy himoyadagi ahamiyati. Science and Education, 4(1), 1033–1043. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/4941 19. Inomjon, J. (2023). Gender byudjetlashtirishda davlat moliyaviy nazoratining o‘rni. Ta’lim yangiliklari: XXI asr tadqiqotlari, 1(6), 1187–1191. 20. Davlatboyeva, M. S. qizi, & Jumaniyazov, I. T. (2023). Yashil byudjetlashtirish va uni O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari. Science and Education, 4(2), 1509–1516. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/5237 21. Jumaniyazov, I. T., & Islomov, A. (2023). O‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani takomillashtirish istiqbollari. Pedagogs jurnali, 35(4), 121–127.