scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRIShNING INDIVIDGA XOS MONOIQTISODIY MODELI

Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich

Abstract

Maqola kambagʻallikni qisqartirishning monoiqtisodiy modelini yaratishga bagʻishlangan boʻlib, unda kambagʻallikning individga xos boʻlgan jihatlarini aks ettiradigan inson iqtisodiy qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini baholashning yettita mezonlari, shaxsiy daromadni shakllantirish zanjirining daromad manbalari, inson iqtisodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va tijoratlashtirishni amalda oshirish imkonini yaratadigan mehnat va tadbirkorlik faoliyati turlari, “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligi tahlili asosida insonning monoiqtisodiy qiyofasini ifodalaydigan beshta iqtisodiy martabalari hamda individning turmush darajasini oshirish yoʻllari yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 694 KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRIShNING INDIVIDGA XOS MONOIQTISODIY MODELI Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich Buxoro davlat universiteti, i.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.17288950 Annotasiya. Maqola kambagʻallikni qisqartirishning monoiqtisodiy modelini yaratishga bagʻishlangan boʻlib, unda kambagʻallikning individga xos boʻlgan jihatlarini aks ettiradigan inson iqtisodiy qobiliyatlarini rivojlanganlik darajasini baholashning yettita mezonlari, shaxsiy daromadni shakllantirish zanjirining daromad manbalari, inson iqtisodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va tijoratlashtirishni amalda oshirish imkonini yaratadigan mehnat va tadbirkorlik faoliyati turlari, “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligi tahlili asosida insonning monoiqtisodiy qiyofasini ifodalaydigan beshta iqtisodiy martabalari hamda individning turmush darajasini oshirish yoʻllari yoritilgan. Kalit soʻzlar: kambagʻallik, monoiqtisodiy model, boylik formulasi, tadbirkorlik qobiliyati, shaxsiy daromad zanjiri, “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligi. Har bir inson bu foniy dunyoga kelib hayotiy ehtiyojlarini toʻliq qondirib, toʻq yashashga haqli va bu uchun u tegishli ichki salohiyatga ega. Bunday qobiliyatlardan, agar biri, barcha iqtisodiy tizimlarda amal qilib kelayotgan mehnat qobiliyati boʻlsa, ikkinchisi – bozor iqtisodiyotiga xos boʻlgan tadbirkorlik qobiliyatidir. Inson iqtisodiy faoliyatining mehnat qilish va tadbirkorlik ishi bilan shugʻullanish xususiyatidan kelib chiqgan holda, biz kambagʻallikka alternativ turmush tarzi boʻlmish boylik formulasini “boylik teng oylik plyus kunlik”, deb oddiy va ommabop tarzda ifodalashni tavsiya etamiz. Bundan asosiy maqsad - iqtisodiy tarbiyani keng omma orasida tushunarli va samarali amalga oshirishdan iborat. Gap shundaki, agar biz, shoʻrolar iqtisodiyotining hukmronligi davrida, yoshlarni mehnat ruhida, “mehnatdan kelsa boylik, turmush boʻlar chiroylik” shiori ostida bir tomonlama tarbiyalab kelgan boʻlsak, endi, yangilanayotgan Oʻzbekistonda ularni ikki tomonlama: ham mehnat va ham tadbirkorlik ruhida, yangicha - “mehnatdan kelsa boylik, roʻzgʻorga yetar oylik, tadbirkorlikdan tushsa kunlik, turmush boʻlar chiroylik” shiori ostida iqtisodiy tarbiyasini yoʻlga qoʻyish zarur, deb hisoblaymiz. Shuning uchun, mualliflik boylik formulasida ota-ona va qarindoshlardan qoldirilgan merosning qiymati va boshqa daromad manbalarini inobatga olinmasdan, faqat kishi oʻzi bevosita ishlab topadigan daromad manbalari koʻrsatilgan. Biroq, real hayotda odamlarning iqtisodiy qismati turli turmush sifatida kechadi. Biri, hayotda aniq maqsadlarini koʻzlab, yaxshi oʻqib, kasb-hunarga ega boʻlgan holda ham aqlli mehnat va ham tadbirkorlik qobiliyatlarini toʻliq roʻyobga chiqara olib, boy-badavlatlik martabasiga erishishga muyassar boʻladi. Ikkinchisi tadbirkorlik bilan shugʻullanishni afzal koʻrib, toʻq yashaydi. Uchinchisi oʻrtahol turmush tarzida qolib, jismoniy mehnat faoliyatidan qoʻlga oladigan oyligi hisobidan uy-xoʻjaligini bir amallab yuritishga sazovor boʻladi. Toʻrtinchisi turli sabablarga koʻra, oʻz iqtisodiy imkoniyatlarini toʻliq roʻyobga chiqarolmasdan, kambagʻallik darajasida hayot kechiradi va hayotiy ehtiyojlarini qondira olmasdan yashaydi. Beshinchisi esa juda ham kam daromadga ega boʻlib yoki umuman daromadsiz qolib, davlatning INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 695 ijtimoiy koʻmaki va boshqalarning moddiy yordami hisobidan zoʻrgʻa kunini koʻrib, qashshoqlikda yashaydi.Odamlar turmush darajasidagi iqtisodiy tafovutlar birinchi navbatda kishining oʻzidan bogʻliq, tugʻma iqtisodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida yetarli darajada say’-harakat qilmaslik, bilim olishga intilmaslik, kasb-hunarga oʻrganmaslik, dangasalik, ishlamay bekor yurish, deb hisoblaymiz. Yuqorida bayon etilgan fikr-aqidalarga asoslanib, biz kambagʻallikni qisqartirishning 1chi rasm koʻrinishidagi mualliflik individga xos boʻlgan “monoiqtisodiy modeli”ni tavsiya etamiz. 1-rasm. Kambagʻallikni qisqartirishning individga xos monoiqtisodiy modeli 1 1-chi rasmdan koʻrinib turibdiki, ushbu model kambagʻallikning individga xos boʻlgan jihatlarini aks ettiradigan ikkita qarama-qarshi tomonlarda joylashgan kirish qismlari, bu qismlarning bir-biriga ta'sir koʻrsatib harakatga keltiradigan jarayon qismi hamda “qobiliyat” turlari va “daromad” manbalarining oʻygʻunlantirilishi evaziga shakllantiradigan juz'iy va umumiy natija qismlaridan iborat.Modelning har bir tarkibiy qismlarini batafsil koʻrib chiqamiz. Kambagʻallikni qisqartirishning individga xos monoiqtisodiy modelining chap tomonidagi “Inson iqtisodiy qobiliyatlarini rivojlantirish”, deb nomlangan kirish qismi hayotda oʻz rizq-roʻzini topib olish imkonini yaratadigan muhim daromad manbai hisoblanadi. “Iqtisodiy 1 Manba: Muallif ishlanmasi. Inson iqtisodiy qobiliyatlarini rivojlantirish Shaxsiy daromad zanjirini yaratish Individning monoiqtisodiy qiyofasining shakllanishi QOBILIYAT Individning turmush darajasini oshirish Inson iqtisodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va tijoratlashtirish •Yollanma mehnat •O‘zini o‘zi band qilgan mehnat faoliyati •Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik •Biznesga egalik • Korporativ menejerlik faoliyati •Sarmoyadorlik faoliyati •Innovatsion faoliyati DAROMA D INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 696 qobiliyatlar – inson iqtisodiy unumdorligini oʻlchov mezoni sifatida xizmat qiladi” [2]. Shuning uchun, iqtisodiy jihatdan insonga baho berishda uning iqtisodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.Inson iqtisodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini quyidagi yettita mezonlari asosida baholashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: 1.Iqtisodiy tarbiya koʻrganligi; 2.Iqtisodiy bilimdonligi; 3.Lavozimdagi martabasi va kasbiy mahorati; 4.Mehnat qobiliyatini samarali roʻyobga chiqarishi; 5.Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish samaradorligi; 6.Daromad va sarf-xarajatlarning mutanosibligi; 7. Sarmoyadorlik mahorati. Monoiqtisodiy modelining oʻn tomonidagi “Shaxsiy daromad zanjirini yaratish“, deb nomlangan kirish qismi mehnatga layoqatli kishining iqtisodiy qobiliyatlarini rivojlatirib, ularni roʻyobga chiqarish va tijoratlashtirish evaziga yaratadigan daromad turlarining shakllantirishini nazarda tutadi. Bunda, shaxsiy daromad zanjirini, dunyoda mashhur biznes maslahatchisi Robert Kiosakining “pul oqimining kvadranti” gʻoyasiga muvofiq toʻrta - yollanma xizmatchining ish haqisi, oʻzi uchun ishlovchining daromadi, biznes egasining daromadi va sarmoyadorlarning foiz daromadidan tarkib topadi [3]. Shuningdek, ushbu zanjirga innovasion faoliyatidan oladigan daromadni ham kiritish maqsadga muvofiq boʻladi. Shaxsiy daromad zanjirini 2-rasmda koʻrsatilgan daromad manbalari hisobidan yaratish mumkin, deb hisoblaymiz. 2-rasm. Shaxsiy daromadni shakllantirish zanjiri 2 Monoiqtisodiy modelining ikkita qarama-qarshi tomonida joylashgan kirish qismlarini birbiriga ta'sir koʻrsatib harakatga keltiradigan “Inson iqtisodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va tijoratlashtirish”, deb nomlangan jarayon qismida individning amalda qoʻllash mumkin boʻlgan mehnat va tadbirkorlik faoliyat turlari koʻrsatilgan. Biz “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligi matrisasi doirasida inson qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish va tijoratlashtirish asosida ularning daromad keltiruvchi manbalarini oʻrgandik [4]. “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligini oʻrganish shuni koʻrsatiyaptiki, amalda mehnat yoshidagi kishilar oʻz mehnat qobiliyatini ikki yoʻl bilan roʻyobga chiqarishlari mumkin.Birinchi, yollanma ishchi-xizmatchi sifatida davlat va nodavlat korxona, tashkilot va muassasalarida mehnat faoliyatini amalna oshirish yoʻli. Ikkinchisi, oʻz-oʻzini bandligini tashkil etib, shaxsiy uylarni ta'mirlash, oʻz avtomobili bilan kirakashlik qilish, uyida shirinliklarni pishirib, mijozlariga etkazib berish, mardikorlik tarzida har xil ishlarni bajarish kabi mustaqil mehnat qilish yoʻli. Agar yollanma ishchi-xizmatchi ish haqi, ustamalar va mukofotpuli sifatida doimiy daromad olsa, oʻzi oʻzining bandligini ta'minlash evaziga kishi vaqtinchalik 2 Manba: Muallif ishlanmasi. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 697 daromadga ega boʻladi. Mehnatning ikkala yoʻlida ham odamlar muayyan miqdordagi daromadni qoʻlga kiritib, oʻz moliyaviy ta'minotini tashkil etilgan holda, kambagʻallikdan chiqib, aqalli oʻrtahol turmush darajasida yashash imkoniga ega boʻladi. Kambagʻallikni qisqartirishning monoiqtisodiy modelining chap va oʻn tomonlaridan, ikkita - “QOBILIYaT” va “DAROMAD” strelkalari orqali “Individning monoiqtisodiy qiyofasining shakllanishi”, deb nomlangan juz'iy natija qismiga yoʻnaltirilganligi, “Qobiliyat/Daromad” mutanosibligi va ularning oʻzaro uygʻunlanishi evaziga insonning iqtisodiy kamolotga etish martabalarini ifodalaydi. Iqtisodiy komil inson – bu oʻz nafsini jilovlay oladigan hamda ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik qobiliyatlarga ega boʻlib, ularni oʻzining, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi va manfaati yoʻlida samarali roʻyobga chiqara oladigan kishidir [4]. Biz insonning monoiqtisodiy qiyofasini ifodalaydigan beshta quyidagi iqtisodiy martabalarini ajratishni tavsiya etamiz: 1.Iqtisodiy zaif inson – ta'lim olayotganligi, ishsizligi, yosh bolaliligi, uy bekaliligi va boshqa sabablarga koʻra ishlamaydigan; malakasi pastligi yoki ishyoqmasligi tufayli kam ish haqi oladigan; oila iste'mol savatiga 0%dan 25% daromad ulushini qoʻshib iqtisodiy nafsizlilik holatida qaror topgan, mehnat yoshidagi kishidir. 2.Iqtisodiy salohiyatli inson – oʻz mehnat qobiliyatini roʻyobga chiqarib ish haqi hisobidan oila iste'mol savatiga 26%dan 50% ulush qoʻshiladigan holda faqat oʻzining ehtiyojini qondirishiga qudrati yetadigan kishidir. 3.Iqtisodiy qudratli inson – oʻz mehnat qobiliyati bilan bir qatorga tadbirkorlik qobiliyatini ham roʻyobga chiqarib oila iste'mol savatiga 51%dan 100% ulush qoʻshiladigan holda oʻzining va oilasining ehtiyojlarini qondirishga qodir boʻlgan kishidir. 4.Iqtisodiy barkamol inson – bolalik va yoshlik davridan mehnatsevarlik ruhida tarbiya koʻrgan, oʻziga xos kasbni egallay olgan, oʻz mehnat va tadbirkorlik qobiliyatlarini jamiyat manfaati va xalq farovonligi yoʻlida samarali roʻyobga chiqargan holda oʻrtacha statistik oilaning bittadan koʻproq iste'mol savati qiymatiga ekvivalent boʻlgan daromad qoʻlga kiritib, oʻzining va oilasining ehtiyojlarini qondiradigan hamda kam ta'minlangan aholiga ijtimoiy koʻmaklasha turadigan, iqtisodiy kamolot choʻqqisiga erishilgan kishidir. 5.Iqtisodiy nomukammal inson – poraxoʻrlik, firibgarlik, norasmiy tadbirkorlik yoʻli bilan daromad qoʻlga kiritadigan, davlat soliqlarni qisman yoki umuman toʻlamasdan daromadga ega boʻladigan, ishlab topgan daromadining koʻp qismini qimorbozlik, nashamandlik, araqxoʻrlik, foxishabozlik kabi noshoista mashgʻulotlarga sarflanib oila iste'mol savatiga arzimas ulush qoʻshiladigan kishidir. Nihoyatda, mualliflik modelning soʻnggi “Individning turmush darajasini oshirish”, deb nomlangan umumiy natijaviy qismi inson iqtisodiy qobiliyatlarini sust darajadan rivojlangan darajasiga yetkazish va ularni pul oqimining yollanma va mustaqil mehnat, yakka tartibdagi tadbirkorlik va biznesga egalik hamda sarmoyadorlik va innovasion tadbirkorligi sektorlarida roʻyobga chiqara olish evaziga iqtisodiy komil insonning salohiyatli, qudratli va barkamollik martabalariga yetib borishi sari turmushining qashshoqlik darajasidan kambagʻallik darajasiga, kambagʻallikdan oʻrtahollikga va undan farovonlik darajasiga koʻtarishida namoyon boʻladi. Shunday qilib, Oʻzbekistonda kambagʻallikni monoiqtisodiy yoxud individning mehnat va tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va roʻyobga chiqarish asosida qisqartirish uchun, avvalo, iqtisodiy ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, ishga marhamat monomarkazlarning sonini koʻpaytirib, ularda ustoz-shogird munosabatlariga asoslangan kasbga va tadbirkorlikka oʻqitishni INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 698 yoʻlga qoʻyish, xorijiy va milliy investisiyalarni jalb etish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish asosida hududlarda yangi ish joylarini yaratishga qaratilgan keng koʻlamli va samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Prezident kambagʻallikdan chiqishda odamlarni tadbirkorlikka oʻrgatish haqida gapirdi. http://darakchi.uz/uz/86415. 2. Navruz-Zoda B.N.Iqtisodiy qobiliyatlarning oʻlchov mezonlari. Psixologiya ilmiy jurnal, 3son, 2014yil. 1-6 b. 3. Kiosaki R.T., Lechter Sh.L. Pul oqimi kvadranti. T.: Yurist-media markaxi, 2014. – 176 b. 4. Navroʻzzoda B.N. Barkamol avlodning iqtisodiy salohiyatini shakllantirish. Buxoro Davlat universiteti ilmiy axboroti, 2-son, 2010 y. 32-38 b.