TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI TA'MINLASHDA REPO BITIMLARINING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqola tijorat banklari likvidlikni boshqarishda REPO (Repurchase Agreement) bitimlarining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada likvidlik risklari, ularning bank tizimidagi o‘rni, REPO bitimlarining iqtisodiy mohiyati, amaliy qo‘llanilishi va O‘zbekiston tijorat banklari misolida ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil, komparativ tahlil va nazariy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar REPO bitimlarining likvidlikni barqarorlashtirishdagi samarali vosita ekanini ko‘rsatdi.
Full text
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 719 TIJORAT BANKLARI LIKVIDLIGINI TA'MINLASHDA REPO BITIMLARINING AHAMIYATI Qodirov Azamatjon Baxodirovich Farg‘ona davlat texnika universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17289095 Annotatsiya. Mazkur maqola tijorat banklari likvidlikni boshqarishda REPO (Repurchase Agreement) bitimlarining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada likvidlik risklari, ularning bank tizimidagi o‘rni, REPO bitimlarining iqtisodiy mohiyati, amaliy qo‘llanilishi va O‘zbekiston tijorat banklari misolida ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tahlil, komparativ tahlil va nazariy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijalar REPO bitimlarining likvidlikni barqarorlashtirishdagi samarali vosita ekanini ko‘rsatdi. Kalit so’zlar: tijorat banklari, REPO, likvidlik, pul-kredit siyosati instrumenti, qimmatli qog‘ozlar, qimmatli qog‘ozlar bozori. Abstract.This article analyzes the significance of REPO (Repurchase Agreement) transactions in managing liquidity in commercial banks. The paper examines liquidity risks, their role in the banking system, the economic essence of REPO transactions, their practical application, and their effectiveness using the example of commercial banks in Uzbekistan. Statistical analysis, comparative analysis, and theoretical generalization methods were used as the research methodology. The results show that REPO transactions are an effective tool for stabilizing liquidity. Keywords: commercial banks, REPO, liquidity, monetary policy instrument, securities, securities market. Аннотация. Данная статья анализирует значение сделок РЕПО (Repurchase Agreement) в управлении ликвидностью коммерческих банков. В статье рассматриваются риски ликвидности, их роль в банковской системе, экономическая сущность сделок РЕПО, их практическое применение и эффективность на примере коммерческих банков Узбекистана. В качестве методологии исследования использованы статистический анализ, сравнительный анализ и теоретическое обобщение. Результаты показали, что сделки РЕПО являются эффективным инструментом стабилизации ликвидности. Ключевые слова: коммерческие банки, РЕПО, ликвидность, инструмент денежнокредитной политики, ценные бумаги, рынок ценных бумаг. Tijorat banklari faoliyatida likvidlik risklarini boshqarish muhim strategik vazifalardan biridir. Likvidlik yetishmasligi bankning to‘lovga qobiliyatsizligi, moliyaviy beqarorlik va hatto bankrotlikka olib kelishi mumkin. Shu sababli xalqaro moliyaviy nazorat organlari (Basel qo‘mitasi) va markaziy banklar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham tijorat banklaridan likvidlikni maqbul darajada ta’minlash bo‘yicha o‘z talablarini qo‘yadi. Likvidlikni ta’minlash va boshqarish vositalari orasida REPO bitimlari muhim o‘rin tutadi.
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 720 Ushbu maqolada tijorat banklari likvidligini ta’minlashda REPO bitimlarining ahamiyati o‘rganilib, O‘zbekiston bank tizimidagi REPO bitimlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi. Frederic S. Mishkin va Anthony Saunders o‘zlarining asarlarida REPO – “Repurchase Agreement” (qayta sotib olish shartnomasi)ni qisqa muddatli moliyalash bitimlari sifatida bayon qilishadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda: “REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda davlat qimmatli qog‘ozlarini qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) bo‘yicha ikki tomonlama bitim” deya ta’rif berilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, REPO bitimi – bu pul-kredit siyosati instrumenti bo‘lib, unda Markaziy bank tijorat banklariga yuqori likvidli aktivlarni (odatda davlat qimmatli qog‘ozlari) sotish yoki sotib olish orqali qisqa muddatli likvidlikni ta’minlaydi hamda belgilangan muddat tugagach, oldindan kelishilgan narxda mazkur aktivlar bo‘yicha qayta sotib olish (yoki qayta sotish) majburiyatini oladi. REPO bitimlarining asosiy 3 ta afzalliklari va kamchiliklari quyidagilardan iborat: Afzalliklari: 1. Moliyaviy bozorning likvidligini oshiradi. REPO bitimlari orqali banklar va boshqa moliyaviy institutlar qisqa muddatli naqd mablag‘larni tezda jalb qilishi mumkin. Bu esa pul oqimlarini tezroq aylanishiga va bozorning umumiy likvidligi oshishiga olib keladi. Natijada to‘lov tizimlari barqaror ishlaydi va bozor ishtirokchilari uchun resurs yetishmovchiligi kamayadi. 2. Markaziy bank intervensiyalarini samarali qiladi. Markaziy bank REPO operatsiyalaridan pul-kredit siyosatining tezkor instrumenti sifatida foydalanadi. U bozor likvidligini oshirish uchun tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar garovi evaziga naqd pul beradi (REPO), yoki ortiqcha likvidlikni sterilizatsiya qilish uchun reverse-REPO orqali pulni vaqtincha chiqarib oladi. Bu Markaziy bankka foiz stavkalarini nazorat qilish va monetar siyosatni yanada aniqroq yuritish imkonini beradi. 3. Tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro ishonchni kuchaytiradi. Garov bilan ta’minlanganligi sababli REPO bitimlari ishtirokchilar o‘rtasidagi kredit riskini kamaytiradi. Banklar o‘zaro operatsiyalarni kamroq xatar bilan amalga oshiradi, chunki garov qaytarib berish majburiyatini kafolatlaydi. Bu esa banklararo bozorning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Kamchiliklari: 1. Qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanganligi talab etiladi. REPO bitimlari samarali ishlashi uchun yetarlicha hajmda likvid qimmatli qog‘ozlar (odatda davlat obligatsiyalari) mavjud bo‘lishi lozim. Rivojlanmagan yoki tor qimmatli qog‘ozlar bozori sharoitida REPO bozorining hajmi va samaradorligi cheklangan bo‘ladi. 2. Bozor foiz stavkalari keskin o‘zgarishi mumkin. REPO stavkalari qisqa muddatli bozor likvidligiga juda sezgir. Likvidlik taqchilligi yuzaga kelgan paytda stavkalar keskin oshishi, aksincha ortiqcha likvidlik davrida tushib ketishi mumkin. Bu esa banklar uchun foiz riskini oshiradi va rejalashtirishni murakkablashtiradi. 3. Over-leveraging xavfi mavjud. REPO bitimlari orqali banklar va boshqa ishtirokchilar ko‘p marotaba garovga qo‘yilgan aktivlardan (rehypothecation) foydalanib, juda katta hajmdagi
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 721 qarz jalb qilishi mumkin. Bu esa bozor shoklari vaqtida likvidlikning birdaniga yo‘qolishiga va tizimli risklarning ortishiga sabab bo‘lishi ehtimoli bor. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024-yil uchun taqdim qilingan statistik byulletinidan Respublikamizda amalga oshirilgan milliy valyutadagi banklararo REPO bitimlari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin: Yillar Hajmi, mlrd. so’m O‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, foizda 2023-yil 76 418,8 14,4 2024-yil 273 440,3 13,7 1-jadval. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha milliy valyutadagi banklararo REPO bitimlari. Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, milliy valyutadagi banklararo REPO bitimlari summasi yildan yilga karrasiga o‘sib borishi bilan birga o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi pasayib bormoqda. Bu tijorat banklari tomonidan likvidlik ko‘rsatkichlarining barqarorligini va banklarning to‘lovga layoqatliligini ta’minlashda muhim omillardan hisoblanadi. Sana Yuqori likvidli aktivlar, mlrd. so‘m Yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati, foizda Likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti, foizda (minimal talab100%) LCR Sof barqaror moliyalashtirish me’yori, foizda (minimal talab - 100 %)NSFR Lahzali likvidlilik koeffitsienti, foizda (minimal talab25%) 01.01.2024 y. 96 909,5 14,9 164,8 111,8 87,4 01.01.2025 y. 133 228,9 17,3 193,8 115,3 112,3 2-jadval. O‘zbekiston bank tizimi likvidlilik ko‘rsatkichlari. Yuqoridagi jadvallardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, qimmatli qog‘ozlar bozorining, xususan REPO bitimlari bozorining rivojlanishi pul narxining arzonlashishi bilan birga banklar likvidligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, Respublikamiz banklaridagi likvidlikni hamda iqtisodiyotimizni barqaror o‘sishini ta’minlash uchun arzon moliyalashtirish manbaalariga ega bo‘lish qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan operatsiyalarni kengayishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligini doimo hisobga olishimiz kerak. Xulosa va tavsiyalar: REPO bitimlari tijorat banklari uchun likvidlikni boshqarishning eng muhim vositalaridan biridir. O‘zbekiston sharoitida REPO bozorini yanada rivojlantirish quyidagilarni talab qiladi: - Qimmatli qog‘ozlar bozorini chuqurlashtirish va likvid aktivlar turini kengaytirish. - Markaziy bankning REPO operatsiyalari mexanizmini yanada shaffof qilish. - Tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro REPO bitimlarini rivojlantirish orqali ikkilamchi bozorni faollashtirish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 722 1. Basel Committee on Banking Supervision. (2013). Basel III: The Liquidity Coverage Ratio and liquidity risk monitoring tools. 2. Mishkin, F.S., & Eakins, S.G. (2012). Financial Markets and Institutions (7th ed.). Pearson. pp. 266–267. 3. Saunders, A., & Allen, L. (2010). Credit Risk Management In and Out of the Financial Crisis. Wiley. p. 254. 4. Bank for International Settlements (BIS). (2019). Glossary: Repurchase Agreement. 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining internetdagi rasmiy sayti. https://cbu.uz 6. Qodirov A.B. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida likvidlik riskini boshqarishning mavjud modellari tahlil qilish. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, Vol. 4 Issue 05 | pp. 32-38 | ISSN: 2181-1865. 2024. https://finance.tsue.uz/index.php/afa/article/view/330 7. Кодиров А.Б. Инструменты поддержки ликвидности: опыт и перспективы развития банковского сектора Узбекистана. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, Vol. 5 Issue 07 | pp. 58-64 | ISSN: 2181-1865. 2025. https://finance.tsue.uz/index.php/afa/article/view/1035/1065