scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA TA'LIM PLATFORMASINING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI

Rahimova Qutlibika Ergashevna

Abstract

Kredit-modul tizimi dunyoning ilg‘or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishi, ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 723 O‘ZBEKISTONDA TA’LIM PLATFORMASINING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI Rahimova Qutlibika Ergashevna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17289112 Annotatsiya. Kredit-modul tizimi dunyoning ilg‘or mamlakatlari oliy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan tizimdir. Ushbu ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri o‘quv jarayonida asosiy e’tibor talabalarning mustaqil ishlashiga qaratilganligidir. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi va uning O‘zbekiston ta’lim tizimida joriy etilishi, ahamiyati, dunyo mamlakatlarining ta’lim tizimida kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari haqidagi fikrlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: kredit, modul, kredit-modul tizimi, kredit-soat, kredit-modul tizimi imkoniyati, kredit-modul tizimi ahamiyati. Abstract. The credit-module system is a widely used system in the higher education system of the developed countries of the world. One of the peculiarities of this education system is that the main focus in the learning process is on the independent work of students. This article describes the credit-module system and its introduction in the education system of Uzbekistan, its importance, the peculiarities, opportunities and advantages of the credit-module system in the education system of the world. Keywords: credit, module, credit-module system, credit-hour, credit-module system opportunity, credit-module system importance. Zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligini oshirish har bir mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ushbu jarayon ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlarining samaradorligini aniqlash, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini baholash hamda talabalarning bilim darajasini tahlil qilish imkonini beradi. Malakali kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatbardoshligini oshirish, mustaqil fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish o‘quv dargohlarida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim berish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimi samaradorligini o‘qituvchi saviyasi, talab ehtiyoji, o‘quv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. Ta’lim mazmunini isloh qilib, u jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg‘or pedogogik va axborotkommunikatsion texnologiyalarni tadbiq qilish, xorijiy tajribalarni o‘rganib, tegishli xulosalar asosida ularni amaliyotga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga alohida e’tibor berilgan. "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"da oliy ta'lim jarayonlariga raqamli texnologiyalar va zamonaviy o‘qitish usullarni joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, muhandislik-texnik ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ulushini oshirish, kreditmodul tizimini joriy etish, o‘quv rejalarida amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 724 konsepsiyasi”ga ko‘ra mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarining 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha oliy ta’lim muassasalarining kredit-modul tizimida faoliyat yurita boshlashidan darak beradi. O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlariga kredit-modul tizimining joriy qilinishi, ta’lim tizimi sifatini oshirish, shafofflikni ta’minlash, korrupsiyaga barham berish, ta’lim oluvchining haqiqiy bilimini yuzaga chiqarish hamda talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlashiga zamin yaratadi. Kredit-modul tizimi - bu ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi, hamda o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Kredit-modul tizimidagi eng asosiy urg‘u – bu talabaning mustaqil ta’lim olishga qaratilganligi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda mustaqil fikrlashlarini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida ahamiyat beriladigan asosiy masalalar sifatida quyidagilardir: - har bir talaba bilim olish jarayonini dars auditoriyasi bilan cheklamasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ta’limga ham vaqt sarflashi kerak bo‘ladi. O‘qituvchi darsda bergan bilim va yo‘nalishidan kelib chiqib har bir talaba o‘zi mustaqil o‘qib o‘ganishi zarur; - ta’lim jarayonida baholash mezoni asosiy o‘rinni egallagani bois, mоdul аsоsidа оʻqitish tizimidа tаlаbаlаr bilimi, mаlаkаsi hаmdа kоʻnikmаsini bаhоlаshdа rеyting bаhоlаsh tizimidаn fоydаlаnilаdi. Undа tаlаbаning bаrchа оʻquv fаоliyаti, yаʼni аuditоriyа vа аuditоriyаdаn tаshqаridа оlgаn, оʻzlаshtirgаn bilimlаri bаll bеrish оrqаli bаhоlаnаdi; - kredit-modul tizimining amaldagi ta’lim tizimidan farq qiluvchi jihatlaridan yana biri shundaki, bunda fanlar modulli asosida tashkil qilinadi va o‘qitiladi. Ya’ni har bir modul (fan va uning bo‘limi) kirish nazorati, nazariy materiallar, amaliy va laboratoriya ishlari materiallari, mustaqil ish topshiriqlari, keyslar, nazorat materiallari, testlar, tarqatma materiallar, glossariy, adabiyotlar, chiqish nazoratlari va h.k. qismlardan tashkil topgan bo‘ladi. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: - modul asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish; - bitta fan va kurs kesimida kreditning qiymatini aniqlash; - talabalar bilimini reyting asosida aniqlash va baholash; - talabalarning o‘z shaxsiy o‘quv rejalarini individual tarzda shakllantirishga imkoniyat yaratish; - ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirish; - ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qo‘yiladigan talabdan kelib chiqib o‘zgarishlarni amalga oshirish; - talabalarning fanlar va professor-o‘qituvchilarni tanlashi uchun imkoniyatlar yaratish. Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Modulga asoslangan o'quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi: • o'quv maqsadi hamda vazifalarning to'liq ochib berilishi; INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 725 • talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar; • modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya'ni ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejasi, mustaqil ta'limni baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar; • o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat. [3] Ta’lim jarayonida talabaning mustaqil ta’lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta’lim masalasini qo’yilishining muhim sabablaridan biri, talabalarning tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil fikrlay olish darajasini yuksaltirish bilan xarakterlanadi. Hozirgi vaqtda oliy ta’limda o‘quv jarayoni mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning ma’lum kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash sharoitida talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha har tomonlama tizimli ish olib borishni talab etadi. Oliy ta’limda dars jarayoni ko‘plab ma’lumotlar sig‘imini egallashga, samarador, ijodiy tafakkurni shakllantirishga, shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirishga, mantiqiy tahlil va ma’lumotlarni har tomonlama qayta ishlashga bo‘ysundirilmog‘i lozim. Mutaxassislar tayyorlashda zamonaviy talablarga binoan ta’lim jarayonini tashkil etishning muhim shartlaridan biri talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. Talabalarning mustaqil ta’lim olish tizimida mustaqil ta’lim mazmuni uning asosini tashkil etadi. Ammo bugungi kunda ta’lim tizimida mustaqil ta’limning amalda bajarilishi biroz sust darajada, sababi talaba o‘qituvchi bergan mustaqil vazifalar bilan cheklanib qolmoqda. Talabani o‘zi ham mustaqil ta’limni bajarishi va bilimini mustahkamlab borishini nazorat qilish lozim bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF5847-son Farmoni. 2. Usmonov B.Sh., Xabibullaev R.A. Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma.–Toshkent, TKTI, 2020. – 120 bet. 3. O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020 y.