scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIL MILLAT RUHI

Qodirova Feruza Mamurovna

Abstract

Til - bu oddiy aloqa vositasi emas. Til - xalqning ko‘zgusi, millatning yuragi, uning ruhi, orzu-umidlari, g‘ami va quvonchi mujassam bo‘lgan muqaddas boylikdir. Til - milliy o‘zlik mezoni. Maqolada ham millat ruhi tilning millatlararo muloqotdagi ahamiyati xususida so‘z yuritiladi.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 30 TIL MILLAT RUHI Qodirova Feruza Mamurovna Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti Tillarni oʻrganish kafedrasi katta oʻqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17291934 Annotatsiya. Til - bu oddiy aloqa vositasi emas. Til - xalqning ko‘zgusi, millatning yuragi, uning ruhi, orzu-umidlari, g‘ami va quvonchi mujassam bo‘lgan muqaddas boylikdir. Til - milliy o‘zlik mezoni. Maqolada ham millat ruhi tilning millatlararo muloqotdagi ahamiyati xususida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: til, millat, ma’naviyat, ma’naviy boylik, inson. KIRISH Har bir millat o‘z tili orqali taniladi. Agar til yo‘qolsa, u millatning o‘zligi, tarixiy xotirasi, madaniyati ham xavf ostida qoladi. Shu bois, buyuk mutafakkir Abdulla Shu o‘rinda Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik. Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqolalarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizni sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”, –deya aytgan fikrlari til va madaniyatning o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini yana bir karra isbotlaydi. ASOSIY QISM Suvsiz daryo bo’lmaganidek, tilsiz millat ham vujudga kelmaydi. Biror millatga mansub bo’lgan til, o’sha millat bilan yashaydi va bardavom bo’ladi. Ota-bobolarimiz qadimdan tilni asrab-avaylashgan, rivojlantirishgan. Masalan, A.Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Lutfiy va boshqalar. O’zbek tilining rivoji uchun beqiyos hissa qo’shganlar. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilimiz bizning bebaho boyligimizdir. So’z mulkining sultoni,buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘zi yashagan murakkab davr – XV asrda tilimiz himoyasiga otlanib, turkiy til o‘z imkoniyatlari jihatidan boshqa tillardan sira qolishmasligini ilmiy va amaliy jihatdan isbotlab berdi. O‘zining “Xamsa” kabi shoh asarini turkiy tilda yaratdi. Hozirda ham shoirlarimiz o’zbek tilining boyligini, uning buyukligini namoyon etuvchi asarlar yaratmoqdalar. Boisi buyuk adabiyoti bo‘lgan xalqning buyuk tili ham bo‘ladi. Insonning qanday ma’naviyatga ega ekanini uning tilida, chiroyli nutqida namoyon bo’ladi. Til millatning buyuk boyligi, bebaho xazinasi, tuganmas mulkidir. Chunki millatning tarixi, uning madaniy, ma’naviy merosi, urf-odatlari va an’analari unda mujassam bo’ladi. Shu sababli ona tilimizni asrab-avaylash, uni boyitishimiz va avlodlarga to’liqligicha yetkazishimiz kerak. Birinchi Prezidentimizning ta’biri bilan aytganda “O’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-milliy bog’liqlik til orqali vujudga keladi”. Bu fikrlarni doimo yodimizda tutishimiz kerak. Darhaqiqat, tilsiz millat rivojlanmaydi, taraqqiy etmaydi. 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’zbek tili maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. O’zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng barcha davlat hujjatlari o’zbek tilida yuritiladi, gazeta va jurnallar o’zbek tilida chop etila boshlandi. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin tiliga asoslangan o’zbek Oktabr, 2025-Yil 31 alifbosini tuzish tog’risida”gi qonun qabul qilingandan so’ng, mamlakatimiz har tomonlama rivojlandi va jahon kommunikatsiya tizimidan munosib o’rin egallash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Shu sababli chet ellarda ham o’zbek tiliga qiziquvchilar, uni o’rganuvchilar soni ortib bordi. Dunyoda 5600 dan ortiq tillar mavjud bo’lib, bundan 200 tasigina davlat tili sifatida qabul qilingan. Ularning orasida o’zbek tilining borligi uning naqadar sof, mukammal, purma’no va jozibadorligidan darak beradi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘si oshdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod so‘z va so‘z birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalarda qo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu borada amalga oshirilgan ishlarning eng muhimlaridandir. XULOSA Bir so`z bilan aytadigan bo’lsak, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi, yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir. Biz o’z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. Erkaboyeva, N. O'zbek tilidan ma'ruzalar to'plami. Toshkent.: "Yosh kuch", 2021. 2. "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, 1995 yil, 12-son.