scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NAQSHLI TRIKOTAJ TO'QIMALARNING FIZIK-MEXANIK KO'RSATKICHLAR TAHLILI

O'ralov Lazizbek Sayibnazar o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi. fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga bog‘liqligi aniqlandi.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 30 NAQSHLI TRIKOTAJ TO‘QIMALARNING FIZIK-MEXANIK KO‘RSATKICHLAR TAHLILI O‘ralov Lazizbek Sayibnazar o‘g‘li Namangan Davlat texnika universiteti, katta o‘qituvchisi Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17291985 Annotatsiya. Ushbu maqolada ikki qavatli trikotaj to‘qimalarini fizik-mexanik ko‘rsatkichlar ko‘rsatkichlari o‘rganish maqsadida 3 ta naqshli trikotaj to‘qimalar tanlab olindi. fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga bog‘liqligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Ikki qatlamli trikotaj to‘qima, naqshli trikotaj, fizik-mexanik xossalar, qalinlik, havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga chidamlilik, qaytar deformatsiya, ishqalanishga chidamlilik, to‘qima tuzilishi, naqsh hosil qilish usuli, trikotaj mato sifati. Mazkur tadqiqotda ikki aylana ignadonli trikotaj to‘quv mashinasida tayyorlangan, turli tuzilma va naqshga ega bo‘lgan uch xil ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qima namunalarining qalinligi va tuzilishining havo o‘tkazuvchanlik, uzilish kuchi, cho‘ziluvchanlik, deformatsiyaga chidamlilik, kirishish, ishqalanishga chidamlilik kabi asosiy fizik-mexanik ko‘rsatkichlarga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot davomida har bir trikotaj namunasi GOST hamda xalqaro ISO standartlariga muvofiq maxsus laboratoriya uskunalari yordamida sinovdan o‘tkazildi. Olingan natijalar asosida trikotaj to‘qimalarining sifati ularning qalinligi, naqsh hosil qilish usuli va tuzilishiga bevosita bog‘liq ekani aniqlanib, bu holat matolarni amaliy qo‘llanilish sohasiga qarab to‘g‘ri tanlash va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda muhim omil hisoblanadi. Tanlab olingan ikki qavatli naqshli to‘qimalari bir-biridan to‘qima tuzilishi, naqshi va rapportlari ketma-ketligi va xom ashyosi bilan farqlanadi. I Variant II variant III variant 1-rasm. Naqashli trikotaj to‘qima namunalarining ko‘rinishi Naqshli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik ko‘rsatkichlari 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 31 1-jadval Ushbu tadqiqotda ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarining qalinligi ularning fizikmexanik xossalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Turli tuzilma va naqshga ega bo‘lgan, har xil qalinlikdagi uch xil namunalar asosida olib borilgan tajriba natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Havo o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi to‘qimaning qalinligiga teskari bog‘liqlikda ekanligi aniqlandi. Qalinligi katta bo‘lgan II variantda eng past havo o‘tkazuvchanlik (32,903 sm³/sm²·sek), eng yupqa bo‘lgan I variantda esa eng yuqori havo o‘tkazuvchanlik (44,989 sm³/sm²·sek) kuzatildi. 2. Uzilish kuchi va cho‘ziluvchanlik jihatidan II va III variantlar yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, to‘qima qalinligining ortishi matoning pishiqligi va cho‘zilish qobiliyatini oshirishi mumkinligini ko‘rsatdi. 3. Qaytar deformatsiya ulushi barcha variantlarda yuqori bo‘lib, trikotaj to‘qimalarning dastlabki holatga tez qaytish xususiyati borligi aniqlandi. Bu, ayniqsa, elastiklik talab qilinadigan mahsulotlar uchun muhim hisoblanadi. Ko‘rsatkichlar Variantlar Standartlar I II III Iplarni turlari, chiziqli zichligi Orqa qatlam Paxta ipi Paxta ipi Paxta ipi Old qatlam Paxta ipi Paxta ipi Paxta ipi Arqoq Polyester Havo o‘tkazuvchanligi V (sm3/sm2∙sek) 44,989 32,903 44,081 GOST 12088-22 30-100 Uzilish kuchi R (N) bo‘yiga 416 533 425 Kamida 80 N GOST 28554 eniga 540 724 813 Uzilishgacha cho‘zilish L (%) bo‘yiga 99,8 101 87,65 0 dan 100 % gacha GOST 28554 I va II eniga 56,4 45 35,85 Qaytmas deformatsiya εн (%) bo‘yiga 11 21 20 GOST 28882 20 % gacha eniga 14 17 18 Qaytar deformatsiya εо (%) bo‘yiga 89 79 80 GOST 28882 80 % dan yuqori eniga 86 83 82 Matoning kirishishi К (%) bo‘yiga 3 4 3 GOST 26667 ko‘pi b-n 5-8% eniga 3 5 5 Ishqalanishga chidamliligi I (ming.aylana) 45,9 33,2 37,8 GOST 16486 3060 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 32 4. Kirishish ko‘rsatkichlari 3–5% oraliqda bo‘lib, trikotaj matolarining issiq-nam ishlov berish jarayonlariga nisbatan nisbatan barqaror ekanligini ko‘rsatdi. 5. Ishqalanishga chidamlilik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 45,9 ming aylana bilan I variantda kuzatildi, bu uning amaliy foydalanishda nisbatan uzoq muddat xizmat qilishini anglatadi. Ikki qatlamli naqshli trikotaj to‘qimalarning fizik-mexanik xossalari ularning tuzilishiga, naqsh hosil qilish usuliga va qalinligiga kuchli bog‘liq bo‘lib, bu parametrlar mahsulotning maqsadga muvofiqligini belgilashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari trikotaj matolarini loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda amaliy qo‘llanilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Uralov L. et al. Study of technological performance of two-layer knitted fabrics //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040127. 2. Uralov L. et al. Comprehensive evaluation of dictations of two layer knitted textile fabrics from cotton and polyester yarn //Universum: Technicheskie nauki. – 2022. – №. 6. – С. 99. 3. Umarjonovna R. S. et al. Analysis of the Effect of Physical-mechanical Performance of Two-level Knitted Fabrics on Shape Stability //International Journal on Orange Technologies. – 2021. – Т. 3. – №. 2. – С. 43-47.