scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari

Ruziyev Baxtiyor Salimboyevich

Abstract

Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish bugungi kunda moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng muhim shartlaridan biridir. Ushbu tadqiqotda bank aktivlari samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — kredit portfeli sifati, likvidlik darajasi, foiz stavkalari, kapital yetarliligi va risk boshqaruvi tizimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari misolida aktivlar rentabelligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamli bank xizmatlarini kengaytirish, muammoli kreditlarni kamaytirish, resurs bazasini diversifikatsiya qilish hamda xalqaro standartlar asosida aktivlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklarining moliyaviy samaradorligini oshirish va raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 12 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari Ruziyev Baxtiyor Salimboyevich Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi, Toshkent Davlat sharqshunoslik Universiteti o’qituvchisi Е-mail: [email protected] ORCID: 0009-0002-4431-6659 Annotatsiya: Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish bugungi kunda moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng muhim shartlaridan biridir. Ushbu tadqiqotda bank aktivlari samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — kredit portfeli sifati, likvidlik darajasi, foiz stavkalari, kapital yetarliligi va risk boshqaruvi tizimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari misolida aktivlar rentabelligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida raqamli bank xizmatlarini kengaytirish, muammoli kreditlarni kamaytirish, resurs bazasini diversifikatsiya qilish hamda xalqaro standartlar asosida aktivlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklarining moliyaviy samaradorligini oshirish va raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, aktivlar samaradorligi, risk boshqaruvi, likvidlik, kapital yetarliligi, O‘zbekiston bank tizimi. Аннотация: Повышение эффективности активов коммерческих банков является одним из ключевых факторов обеспечения финансовой устойчивости и экономического роста. В исследовании анализируются основные факторы, влияющие на эффективность активов банков, такие как качество кредитного портфеля, уровень ликвидности, процентные ставки, достаточность капитала и системы управления рисками. На примере коммерческих банков Узбекистана предлагаются приоритетные направления повышения рентабельности активов: развитие цифровых банковских услуг, сокращение проблемных кредитов, диверсификация ресурсной базы и совершенствование механизмов управления активами в соответствии с международными стандартами. Полученные результаты могут быть использованы для повышения финансовой эффективности и конкурентоспособности банковского сектора. Ключевые слова: коммерческие банки, эффективность активов, управление рисками, ликвидность, достаточность капитала, банковская система Узбекистана. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 13 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Annotation: Enhancing the efficiency of commercial banks’ assets is one of the crucial conditions for ensuring financial stability and sustainable economic growth. This study analyzes key factors affecting asset efficiency — including credit portfolio quality, liquidity level, interest rates, capital adequacy, and risk management systems. Using the case of Uzbekistan’s commercial banks, the paper highlights priority directions such as expanding digital banking services, reducing non-performing loans, diversifying the resource base, and improving asset management mechanisms in line with international standards. The findings aim to strengthen financial performance and competitiveness within the banking sector. Keywords: commercial banks, asset efficiency, risk management, liquidity, capital adequacy, banking system of Uzbekistan. KIRISH Mamlakat iqtisodiy tizimida tijorat banklari muhim o‘rin egallaydi. Ular moliyaviy vositachilik orqali iqtisodiyotda kapitalning samarali taqsimlanishini ta’minlab, ishlab chiqarish jarayonlarini moliyalashtirish, aholining jamg‘armalarini jalb qilish va investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda asosiy institut sifatida faoliyat yuritadi. Shu bois bank aktivlarining samaradorligi nafaqat bank tizimi barqarorligini, balki butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va rivojlanish sur’atlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimida faol islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tijorat banklarining aktivlarini diversifikatsiya qilish, kapital yetarliligini oshirish, kredit portfeli sifatini yaxshilash, risklarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni davom etmoqda. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat tijorat banklarining jami aktivlari hajmi 700 trillion so‘mdan oshgan bo‘lib, ularning 60 foizdan ortig‘ini kreditlar tashkil etgan. Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi (NPL ratio) 3,8 foiz atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkichni xalqaro standartlar darajasiga yaqinlashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, global moliya bozorlaridagi beqarorlik, foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi, xalqaro me’yoriy talablarning kuchayishi hamda raqamli bank xizmatlariga o‘tish jarayonining jadallashuvi sharoitida tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi yanada dolzarb tus olmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tijorat banklarining aktivlar samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, amaldagi mexanizmlarni tahlil qilish va ularni PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 14 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Asosiy qism, Tijorat banklari faoliyatining samaradorligi, avvalo, ularning aktivlaridan oqilona va foydali foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Aktivlarning samarali boshqarilishi bank tizimining barqarorligini, foyda olish imkoniyatlarini, kredit siyosatining sifatini va risk darajasini bevosita belgilab beradi. Shu jihatdan qaraganda, aktivlar samaradorligini oshirish iqtisodiy o‘sishning moliyaviy poydevorini mustahkamlovchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi. Tijorat banklari aktivlarining samaradorligi ko‘plab ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Ichki omillar qatoriga kapital yetarliligi, likvidlik siyosati, kredit portfeli sifati, risklarni boshqarish tizimi, aktivlar tuzilmasi va daromadlilik darajasi kiradi. Tashqi omillar esa makroiqtisodiy muhit, inflyatsiya darajasi, Markaziy bankning pul-kredit siyosati, xalqaro moliyaviy bozorlar holati va raqobat muhitining darajasi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Markaziy bankining so‘nggi yillardagi hisobotlariga ko‘ra, 2023–2024-yillarda tijorat banklarining o‘rtacha aktiv rentabelligi (ROA) 2,2 foiz, kapital rentabelligi (ROE) esa 15 foiz atrofida bo‘lgan. Bu natijalar ijobiy bo‘lsa-da, rivojlangan davlatlar tajribasida bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori ekanligi, O‘zbekiston bank tizimida hali mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmaganini anglatadi. O‘zbekiston banklarining aktivlar tuzilmasiga nazar tashlasak, ularning asosiy qismini kreditlar tashkil etadi, ya’ni jami aktivlarning qariyb 60–65 foizi aynan kredit operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu holat likvidlikni pasaytirish xavfini keltirib chiqaradi. Shu sababli bank aktivlarini diversifikatsiya qilish, ya’ni turli moliyaviy vositalarga – davlat obligatsiyalari, xalqaro depozitlar, investitsiya loyihalari va raqamli moliya instrumentlariga yo‘naltirish orqali balansni muvozanatlashtirish zarur. 2020-yilda muammoli kreditlar ulushi (NPL) 5,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil yakunida bu ko‘rsatkich 3,8 foizgacha kamaygan. Bu esa tijorat banklarida kredit monitoringi va risklarni boshqarish tizimlari bosqichma-bosqich takomillashib borayotganidan dalolat beradi. Hozirgi sharoitda raqamli texnologiyalar bank aktivlari samaradorligini oshirishda strategik omilga aylanmoqda. Mobil ilovalar, onlayn kreditlash tizimlari, “open banking” platformalari va “big data” tahlil usullarining keng qo‘llanilishi natijasida tijorat banklari risklarni aniqlash va boshqarishda tezkorlikka erishmoqda, kredit portfelining sifatini yaxshilamoqda va operatsion xarajatlarni kamaytirmoqda. Masalan, 2024-yilda O‘zbekistonda raqamli bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar soni 18 milliondan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 2,3 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 15 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us baravar ko‘p bo‘lib, bank xizmatlarining raqamli sektorga o‘tishi natijasida aktivlar aylanish tezligi sezilarli darajada ortgan. Kapital yetarliligi va risk boshqaruvi tizimlari ham aktivlar samaradorligini belgilovchi muhim tarkibiy qismlar hisoblanadi. Basel III talablariga ko‘ra, kapital yetarlilik koeffitsienti kamida 13 foiz bo‘lishi lozim. O‘zbekiston bank tizimida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 16,5 foiz atrofida shakllangan bo‘lib, bu nisbatan yuqori barqarorlikni bildiradi. Shunga qaramay, risklarni aniqlash va ularga tezkor javob qaytarish mexanizmlarini yanada kuchaytirish lozim. Xususan, kredit riskini modellashtirish, “stress-test”lar o‘tkazish, “Value at Risk (VaR)” usulidan foydalanish hamda ssenariy tahlillari orqali aktivlar qiymatining potentsial yo‘qotishlarini oldindan prognozlash amaliyoti kengaytirilishi kerak. Bugungi kunda tijorat banklari uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu raqamli transformatsiyani jadallashtirishdir. Banklar mijozlarga tezkor, arzon va shaffof xizmatlar ko‘rsatish orqali nafaqat foydalilik darajasini oshiradi, balki aktivlardan olinadigan daromadni ham barqarorlashtiradi. Shu bilan birga, kredit portfeli sifatini yaxshilash, yuqori riskli sohalarda kreditlashni kamaytirish, ishlab chiqarish va eksport yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, kapital va resurs bazasini mustahkamlash, uzoq muddatli depozitlarni jalb qilish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish orqali banklar o‘z aktivlarini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aktivlarni xalqaro standartlar asosida – ya’ni IFRS va Basel me’yorlariga muvofiq baholash, ularni qayta tasniflash tizimini joriy etish ham muhim bosqich hisoblanadi. Bularning barchasi tijorat banklarining barqaror moliyaviy tizim sifatida shakllanishiga, raqobatbardoshligini oshirishga va iqtisodiyotning real sektoriga ko‘proq kredit resurslari yo‘naltirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish masalasi murakkab, ammo strategik ahamiyatga ega jarayon bo‘lib, u bank kapitalining tuzilmasini takomillashtirish, risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash, raqamli yechimlardan keng foydalanish hamda xalqaro moliyaviy standartlarni bosqichmabosqich joriy etish orqali amalga oshiriladi. Shu yo‘l bilan mamlakatimiz bank tizimi nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan birini shakllantiradi. XULOSA VA TAKLIFLAR Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish iqtisodiy o‘sishning moliyaviy asoslarini mustahkamlash, investitsion muhitni yaxshilash va bank tizimining PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 16 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, bank aktivlari samaradorligi ko‘p jihatdan kapital yetarliligi, likvidlik darajasi, kredit portfeli sifati, risklarni boshqarish mexanizmlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish moliyaviy barqarorlik va foydalilikni oshirishning zarur sharti sifatida qaralishi lozim. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda banklar aktivlarining hajmi ortib, ularning sifati bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda. Muammoli kreditlar ulushi 2020-yildagi 5,7 foizdan 2024-yilda 3,8 foizgacha kamaygani banklarning risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish yo‘lida muhim natijadir. Shu bilan birga, aktivlar tuzilmasining yuqori darajada kreditlarga tayanib qolishi bank tizimining likvidlik xavfini kuchaytiradi. Shuning uchun aktivlarni diversifikatsiya qilish, ya’ni turli moliyaviy instrumentlar — davlat obligatsiyalari, qimmatli qog‘ozlar, xalqaro investitsion loyihalar va raqamli moliya vositalariga sarmoya kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish tijorat banklari faoliyatida samaradorlikni keskin oshiruvchi omilga aylandi. Onlayn kreditlash, mobil ilovalar, “open banking” va “big data” tahlil tizimlaridan foydalanish natijasida banklar risklarni tezkor baholash, operatsion xarajatlarni kamaytirish va mijozlar bilan aloqalarni optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa aktivlarning aylanish tezligini oshirib, ularning rentabelligini yaxshilaydi. Yana bir muhim jihat – bu kapital yetarliligini mustahkamlashdir. Basel III standartlariga muvofiq, kapital yetarlilik darajasini yuqori saqlash bankning barqarorligi va to‘lov qobiliyatini ta’minlaydi. O‘zbekiston bank tizimida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 16,5 foiz atrofida shakllangan bo‘lib, bu mintaqaviy mezonlarga nisbatan ijobiy natijadir. Biroq, bank kapitalining sifat tarkibini yaxshilash, uzoq muddatli resurslar ulushini oshirish va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarur. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi amaliy takliflarni ilgari surish mumkin. Birinchidan, tijorat banklarida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, ya’ni “raqamli bank” konsepsiyasini keng joriy etish lozim. Bu nafaqat xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi, balki aktivlardan foydalanish samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi. Ikkinchidan, kredit portfelini diversifikatsiya qilish va yuqori riskli kreditlarni kamaytirish orqali aktivlarning sifatini yaxshilash zarur. Uchinchi jihat sifatida, kapital va resurs bazasini mustahkamlash, uzoq muddatli depozitlarni jalb qilish hamda banklarning xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlikni kengaytirish lozim. To‘rtinchidan, aktivlarni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiq PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 09, 2025 17 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us baholash tizimini to‘liq joriy etish, bu orqali ularning real qiymatini aniqlash va boshqaruv qarorlarini yanada asosli qabul qilish imkoniyatini yaratish zarur. Beshinchidan, bank xodimlarining malakasini oshirish, xususan, risklarni boshqarish, moliyaviy tahlil va aktivlarni modellashtirish sohalarida doimiy o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Umuman olganda, tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish – bu faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash emas, balki butun bank tizimining raqobatbardoshligini mustahkamlash, iqtisodiyotning real sektorini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish demakdir. Shu maqsadda ishlab chiqilgan strategik chora-tadbirlar nafaqat banklarning ichki barqarorligini ta’minlaydi, balki O‘zbekistonning global moliyaviy tizimdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. — Toshkent: Prezident.uz, 2024-yil 20-dekabr. 2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi ko‘rsatkichlari bo‘yicha yillik hisobot, 2024. — www.cbu.uz 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3270-son qarori. — Toshkent, 2024-yil. 4. Basel Committee on Banking Supervision (BCBS). Basel III: A global regulatory framework for more resilient banks and banking systems. — Bank for International Settlements, 2019. 5. World Bank. Financial Development and Stability Indicators. — Washington, D.C., 2024. 6. Mishkin, F. S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. — 13th Edition, Pearson Education, 2021. 7. Saunders, A., & Cornett, M. M. Financial Institutions Management: A Risk Management Approach. — 10th Edition, McGraw-Hill Education, 2020. 8. Ruziyev, B. S. Tijorat banklarida aktivlar sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish. — Toshkent: TDIU nashriyoti, 2022. 9. Jumayev, Sh. O‘zbekiston bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishlari. — Iqtisodiyot va ta’lim jurnali, №4, 2023. 10. IMF. Uzbekistan Financial System Stability Assessment. — Washington, D.C., 2023.