scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"DIYDOR"DA YANGI MAVSUM - YANGI SPEKTAKL

Urayev O'lmas Umedovich

Abstract

ushbu maqolada joriy yilning 7-sentabr kuni “Diydor” yoshlar eksperimental teatr studiyasida O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi hamda 2025/2026- yilgi ijodiy mavsum ochilishi munosabati bilan namoyish etilgan “Hayvonlar hikoyasi” spektaklining premyera namoyishi haqida so‘z boradi.

Full text

IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 83 “DIYDOR”DA YANGI MAVSUM - YANGI SPEKTAKL Urayev O‘lmas Umedovich “Turon”xarbiy davlat teatri aktyori Annotatsiya: ushbu maqolada joriy yilning 7-sentabr kuni “Diydor” yoshlar eksperimental teatr studiyasida O‘zbekiston xalq artisti Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi hamda 2025/2026yilgi ijodiy mavsum ochilishi munosabati bilan namoyish etilgan “Hayvonlar hikoyasi” spektaklining premyera namoyishi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: teatr studiya, premyera, mavsum, rejissyor, spektakl, ramziy timsol. Аннотация: В этой статье говорится о премьере спектакля “История животных”, который был представлен 7 сентября текущего года в экспериментальной театральной студии “Дийдор” в связи с 80-летием Народного артиста Узбекистана Бахадира Юлдошева и открытием творческого сезона 2025/2026 годов. Ключевые слова: театр студии, актёр, репертуар, режиссёр, драматург, художник, спектакль. Abstract: This article talks about the premiere performance of the play “Animal Stories”, which was presented on September 7 of this year at the “Diydor” youth experimental theater studio in honor of the 80th birthday of the People's Artist of Uzbekistan, Bakhodir Yuldashev, and the opening of the creative season for 2025/2026. Keywords: theater studio, premiere, season, director, performance, symbol. Kirish. O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Bahodir Yo‘ldoshev ta’biri bilan aytganda - “Har bir teatr insonga o‘xshaydi, binosiyam insonday o‘z harakteri bo‘lishi kerak, o‘z yuzi bo‘lishi kerak u teatrning. Hammasini bir hil qurib bo‘lmaydi teatrlarni, o‘z jihozlari va faqat o‘ziga hos jihozlari bo‘ladi bu jihozlar faqat shu teatrga to‘g‘ri keladigan jihozlar bo‘lishi kerak. Teatr – Ollohning ne’mati! Oson kasbning o‘zi yo‘q, agar haqiqiy usta bo‘laman desangiz oson kasbning o‘zi yo‘q”. – deb ta’kidlagan edi “Diydor” yoshlar eksperimental teatr stusiyasining zabardast asoschilaridan biri va shu teatrda uzoq yillar davomida o‘z uslubida ijod qilgan, teatr studiyaning badiiy rahbari, rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev. 2025-yilning 7-sentabr kuni marhum rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tavalludining 80 yilligi hamda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr studiyasining 2025/2026yilgi ijodiy mavsum ochilishi munosabati bilan “Hayvonlar hikoyasi” (“Звериные истории”) spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Asar Amerikalik dramaturg Don Nigro qalamiga mansub bo‘lib, uning ko‘plab asarlarida inson va jamiyat, shuningdek, IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 84 ramziy voqealar orqali hayotiy falsafalar yoritiladi. “Hayvonlar voqeasi” pyesasi ham ramziy xarakterga ega bo‘lib, unda hayvonlar orqali insoniy fe’l-atvor, jamiyatdagi munosabatlar va falsafiy qarashlar ochib beriladi. Hozirgi kunda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr studiyasining badiiy rahbari sifatida ijod qilayotgan Bobur Yo‘ldoshev tomonidan ushbu spektaklda asosiy rollarni teatrning yosh aktyorlari ijro etishgan. Spektakl rassomi – Dono G‘aniyeva, Baletmeyster – Anna Trenina. Rollarda: Hamshira – Yulduz Rajabova Uchta kurka (Bob, George, Penny) – Umid Uzakov, Evilina Shmeleva, Sabina Asanova Lemminglar (Lem va Em) – Elmurod Zoitov, Malika Xabibullayeva. Platypus (o‘rdak burun) – Yulduz Rajabova Sichqon (The Trap) – Iroda Qosimova Burunduq (Labirintda) – Farrux Jurayev To‘tilar (Pickles va Pecky) – Doniyorxon Rahmatov, Dilnora Erimmatova Ko‘rshapalak (Bat) – Quvonchbek To‘rayev Babuin (Ed, “Baboon God”) – Elmurod Zoitov Sigirlar – barcha ishtirokchilar Spektaklni sahnalashtirish jarayonida rejissyor B.Yuldashev dramaturgning g‘oyasini to‘liq anglagan holda ramziylikka katta ahamiyat bergan. Chunki asardagi barcha hayvonlar insonlarning ramziy qiyofasini aks ettirishga xizmat qiladi. Masalan: kurkalar orqali, oddiy odamlarning jamiyatdagi turmush tarzi ochib beriladi. Bob va George hayotni faqat ovqat (manfaat) bilan bog‘lashadi, Penny esa san’at (sakasafon chalish) orqali ruhiy ozodlikni izlaydi. Jamiyatimizda odamlar turlicha yashashadi – kimdir faqat moddiy manfaat bilan band, kimdir esa orzu va ijod bilan. Lemminglar, ya’ni kemiruvchilar oilasiga kiruvchi ushbu hayvonlar obrazi orqali jamiyatdagi odamlarning ko‘r-ko‘rona ommaviy ergashishi illat sifatida tasvirlanadi. Lemminglar tabiatan o‘zlarini noma’lum “yo‘l”ga tashlab ketadilar, natijada halokatga ham uchrashlari mumkin. Insoniyat ham ba’zida ommaviy illatlar, siyosiy oqimlar yoki yolg‘on mafkuralar ortidan o‘ylamay ergashishi dramaturg va rejissyor tomonidan yaqqol ochib berilgan. Platypus ya’ni o‘rdakburun jamiyatga sig‘maydigan, “oraliq” odamlar tasviri deyish mumkin. Chunki platypus na qush, na sutemizuvchi – g‘alati, aralash ko‘rinishli hayvon hisoblanadi. Bu hayvon insonning o‘zini jamiyatga moslashtira olmasligini yoki o‘zligini topa olmasligini ifodalaydi. Bu hayvon orqali har bir insonning noyobligi va o‘ziga hosligi qadrlanishi kerakligi haqida so‘z boradi. Siqchon - bu orzular va xavf o‘rtasidagi kurashni tasvirlagan obrazdir, Sichqon bila turib doim qopqonga, tuzoqqa yaqinlashadi – u erda orzu qilingan taom bor, lekin halokat ham yashiringan. Ba’zi odamlar ham hayotda shirin vasvasa va katta xavf o‘rtasida qaror qabul qilishlari oldidagi kurashlari ramziy aks ettiriladi. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 85 Burunduq – bu hayvon orqali insonning Yaratuvchiga, hayot ma’nosiga bo‘lgan savollari haqida yoritilgan. Burunduq ham labirintdan chiqolmaydi, doimiy izlanishda. Huddi odamzod ham “hayot labirinti”da yashaydi – ba’zida esa nimaga yashayotganiga va nimaga intilayotganiga javob topolmaydi. To‘tilar – barchaga ma’lum to‘tilar tovushlarni, so‘zlarni takrorlaydigan qushlar hisoblanadi. Bu qushlar orqali jamiyatdagi ko‘plab insonlarning o‘z fikri yo‘qligi, boshqalarning gapini takrorlashi va biri boshqasini ko‘r-ko‘rona takrorlashi ko‘rsatiladi. Ko‘rshapalak - ramziy ma’noda jamiyatdan ajralib qolgan odam, ya’ni na qush, na yirtqich. O‘rtada, arosatda qolgan hayvon timsoli orqali ba’zi odamlarni qiynagan savol: “Men qayerga tegishliman?, Men kimman?” kabi savollarga javob izlanadi. Babuin – bu personajning ramziy ma’nosi fan, din va insoniy ishonch o‘rtasidagi ziddiyatni ifodalaydi. Babuin asarda “xudo” sifatida tasvirlanadi, lekin aslida bu narsa shubhali, kulgili. Sigirlar - odamlarning taqdirni kutishi. Sigirlar nimanidir kutib turishadi, lekin nima bo‘lishini bilishmaydi – ba’zida o‘lim ham, ba’zida najot ham. Odamzod ham hayotida noma’lum “kutish”da yashaydi – kelajak esa hech kimga ayon emas. Demak, Don Nigroning bu asaridagi har bir hayvon – insoniy xususiyatlarning ramzi: qo‘rquv, orzu, ergashish, yolg‘on, o‘zlikni anglash va kelajakni kutish kabi bir nechta insoniy hodisalar haqida yozilgan asardir. “Diydor” teatr studiyasi o‘zining uslubiga ega teatr hisoblanib, bu spektaklda ham ana shu uslub chizgilarini ko‘rish mumkin. Noodatiy dekoratsiya, chiroqlar, ifodaviy raqslar, sahnaviy liboslar, musiqa, bularning barchasi spektaklning umumiy g‘oyasini ochishga xizmat qilgan. Ushbu spektaklni aynan teatr studiyaning yangi ijodiy mavsum ochilishida premyera qilinishi borasida teatr studiyaning badiiy rahbari, spektakl rejissyori Bobur Yo‘ldoshev shunday deydi: - “Dadam Bahodir Yo‘ldoshev o‘limlaridan oldin menga vasiyat qilgan edilar, “Meni tug‘ilgan kunimga atab har yili teatrda yangi spektakl qo‘ygin”- deb, o‘ylaymanki men bugun shu vasiyatni bajardim” –deb o‘z otasining xotirasiga va tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida sahnalashtirilganligini ta’kidladi. Premyera spektakl to‘g‘risida teatrshunos Husan Jo‘rayev o‘zining “Teatr kundaliklari” nomli telagram kanali orqali quyidagi fikrlarni yozdi: “Кеча Дийдор театр-студиясида “Звериные истории” спектаклининг premyeraси бўлиб ўтди. Режиссер Бобур Йўлдошев tomonidan қўйilган спектаклда асосий ролларни ёш актерлар ижро қилган. Спектаклда режиссерлик талқини, турли монолог ва кичик пьесалардан иборат асарни ягона ғоя атрофида қурилишини, хореография, мусиқий лейтмотив, сценография уйғунлигини кўрамиз. Экспериментал театрстудия мақомига мос спектакл яратилган, менимча. Дийдор театрини яхши спектакл билан табриклайман”. – degan iliq fikrlarni qoldirgan. IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 86 Xulosa o‘rnida Don Nigroning “Hayvonlar voqeasi” asari asosida “Diydor” yoshlar eksperimental teatr studiyasida sahnalashtirilgan spektakl, avvalo, insoniyat tabiatini ramziy obrazlar orqali ochib berishi bilan qadrlidir. Eksperimental yondashuv spektaklni an’anaviy teatr shaklidan ajratib, uni tomoshabinga bevosita falsafiy savollar beruvchi, o‘zini va jamiyatdagi o‘rnini qayta ko‘rib chiqishga undovchi maydonga aylantiradi. Bunda oddiy hayvoniy qiyoslar orqali insoniyatning eng dolzarb muammolari – yolg‘izlik, ijtimoiy moslashuv, iztirob, e’tiqod va erkinlik masalalari ochib beriladi. Shunday qilib, teatr studiya bu yilgi ijodiy mavsum ochilishidagi mazkur eksperimental spektakl orqali odamzodning o‘zini tanishi va jamiyatdagi mavjudligini qayta anglash jarayoni san’at orqali jonli va ramziy shaklda ko‘rsatilishidir. Bu esa tomoshabinni faqat kuzatuvchi emas, balki fikrlovchi va izlovchi subyekt sifatida namoyishga jalb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Nigro, D. Animal Tales. – Official Website of Don Nigro. 2018. Elektron resurslar 1. https://donnigro.com/2018/10/24/animal-tales/ 2. https://t.me/diydor_ts/1848 3. https://t.me/hasanjuraev/1939 4. https://www.instagram.com/reel/DOTnYVygbQX/?igsh=YnEwdHEwaGJ2YnB k