HAJVIY SHЕ'RLAR MATNIDA O'ZLASHMAGAN SO'ZLARNING BADIIY-ESTЕTIK VAZIFALARI
Abstract
Ushbu maqolada hajviy she’riyatda qo‘llaniladigan o‘zlashmagan (begona, kirish) so‘zlarning badiiy va estetik vazifalari tahlil qilinadi. O‘zlashmagan leksik birliklarning hajviy ma’no yaratish, obrazlarni jonlantirish, ijtimoiy tanqidni kuchaytirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada muallif zamonaviy va an’anaviy hajviy she’rlardan misollar keltirib, ularning stilistik va semantik xususiyatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, begona so‘zlarning matndagi kontekstual moslashuvi va badiiy ekspressivlikni oshirishdagi roli ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari hajviy adabiyotdagi til vositalarining funksional imkoniyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
Full text
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 115 HAJVIY SHЕ’RLAR MATNIDA O‘ZLASHMAGAN SO‘ZLARNING BADIIY-ESTЕTIK VAZIFALARI Ortiqova Nargizaxon Yoqubjonovna Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Annotatsiya. Ushbu maqolada hajviy she’riyatda qo‘llaniladigan o‘zlashmagan (begona, kirish) so‘zlarning badiiy va estetik vazifalari tahlil qilinadi. O‘zlashmagan leksik birliklarning hajviy ma’no yaratish, obrazlarni jonlantirish, ijtimoiy tanqidni kuchaytirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada muallif zamonaviy va an’anaviy hajviy she’rlardan misollar keltirib, ularning stilistik va semantik xususiyatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, begona so‘zlarning matndagi kontekstual moslashuvi va badiiy ekspressivlikni oshirishdagi roli ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari hajviy adabiyotdagi til vositalarining funksional imkoniyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: hajviy she’r, o‘zlashmagan so‘z, stilistika, badiiy-estetik funksiya, obraz, til ekspressivligi, leksik birlik. Аннотация. В данной статье анализируются художественные и эстетические функции неосвоенной (иностранной, заимствованной) лексики, используемой в сатирической поэзии. Раскрывается роль заимствованных лексических единиц в создании комического смысла, оживлении образов и усилении социальной критики. Автор приводит примеры из современных и традиционных сатирических стихотворений, анализируя их стилистические и семантические особенности. Также освещается роль иностранных слов в контекстуальной адаптации текста и усилении художественной экспрессивности. Результаты исследования способствуют более глубокому пониманию функциональных возможностей языковых средств в сатирической литературе. Ключевые слова: сатирическое стихотворение, заимствованное слово, стилистика, художественно-эстетическая функция, образ, языковая экспрессивность, лексическая единица. Annotation. This article analyzes the artistic and aesthetic functions of nonassimilated (foreign, borrowed) words used in satirical poetry. It explores the role of these lexical units in creating humorous meaning, enlivening imagery, and enhancing social criticism. The author provides examples from both modern and traditional satirical poems, examining their stylistic and semantic features. Additionally, the article highlights the contextual adaptation of foreign words within the text and their contribution to increasing artistic expressiveness. The results of the study contribute to a deeper understanding of the functional potential of linguistic devices in satirical literature.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 116 Keywords: satirical poem, non-assimilated word, stylistics, artistic-aesthetic function, imagery, linguistic expressiveness, lexical unit. Badiiy matnga lingvopoetik yondashuv hamda uning muammolarini o‘rganishlar natijasida tilshunoslikda har bir satx birligi badiiy-estetik vazifa bajarishi haqidagi fikrlar ilgari suriladi. O‘zbek tilshunosligida bu borada ko‘plab izlanishlar olib borilganligiga qaramay, til birliklarining barchasi ham estetik hodisa sifatida mukammal tadqiq qilinmagan. Badiiy asar tilini o‘ziga xos estetik hodisa sifatida o‘rganuvchi til sohasi bo‘lgan lingvopoetikaga oid qilingan ishllarda ham bu birliklarning barchasi o‘rganilgan emas. Tildagi estetik vazifani ishga solish uchun ijodkor o‘z badiiy niyatiga ko‘ra tilning turli ifoda imkoniyatlaridan foydalanadi. Bunday imkoniyatlar esa tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va boshqa sathlarning barchasida mavjud. Tilshunos olim A.Nurmonov lingvopoetika “ lingvistik poetikaning qisqargan shakli bo‘lib, badiiy asarlarda qo‘llanilgan lisoniy birliklarning(fonetik, morfemik, leksik va boshqalar) badiiy –estetik vazifalarini, tilning konnotativ funksiyasini o‘rganadi. Boshqacha aytganda, lingvopoetika tilshunoslikning badiiy nutqni o‘rganuvchi bo‘limi” bo‘lib, u barcha satx birliklarining badiiy-estetik funksiyasini qamrab olishini ta’kidlaydi. [1.164] M. Yo‘ldoshev badiiy matnning lingvopoetik tahlilida “badiiy matnda poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash” [2.156] ni muhim tamoyillardan biri ekanligini ta’kidlaydi. Ushbu ishning obyekti sifatida Anvar Obidjonning ekspressivlik kategoriyasi yaqqol voqelangan “Bezgakshamol – Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni” asaridagi hajviy she’rlari na’munalari olindi. Gulmat Shoshiy – ushbu asardagi g‘azallar shaklida yozilgan, shoirning o‘z ta’biri bilan aytilganda “ aslida barmog‘roq”, ya’ni barmoq she’r vaznidagi hajviy she’rlarning lirik qahramoni bo‘lib she’rlarda tasvir va bayon uning tilidan ifodalanadi. Mahoratli hajvchi, yozuvchi, shoir va dramaturg Anvar Obidjonninng 1985 yili “Mushtum” kutubxonasi turkumida bosilgan “Bezgakshamol” asariga S.Ahmadning “Usta Gulmatning mirzosi” sarlavhali so‘zboshisida ta’kidlaganidek, asarning bosh qahramoni - o‘tgan asrda yashab o‘tgan Usta Gulmat degan shoir. Muallif asarda “unga o‘ziga bop til topgan, she’riy uslub ham topgan. G‘azallarning har bir bandidan, so‘zlaridan, hatto qofiyalaridan ham usta Gulmatning suvrati ko‘rinib turganga o‘xshaydi. Anvar o‘zining galdir qahramonidan juda ustalik bilan foydalangan. U hamma gapni yumoristik til bilan jiddiy tarzda aytayotgandek ko‘rinsa-da, aslida maishatparastlik, dumbul falsafabozlik, gumrohlarcha dindorlik, xudbinlik, qabihona ig‘vogarlik, loqaydlik, manmanlik, molparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, munofiqlik kabi illatlarni beayov masxaralaydi.” [3.3]
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 117 Asar qahramonining xarakterini aniq shakllantirish, asar g‘oyasini kuchaytirish uchun muallif asarda o‘rni bilan arxaizm, istorizm, dialektizm, vulgarizm, jargon va argo so‘zlar, professionalizm, evfemizm, kakofemizm(disfemizm), terminlar, kanselyarizmlar, varvarizmlar, sinonim, omonim va antonim so‘zlar kabi o‘zbek tilining deyarli barcha leksik birliklaridan unumli foydalangan. Bundan tashqari asar tilida muallif nutqining o‘zigagina xos bo‘lgan neologizm, okkazionalizmlarni, maqol, turg‘un iboralar, sintaktik figuralar va troplarni ko‘plab uchratish mumkin. Ushbu kichik bir tahlil asnosida asar matnida keng, unumli va o‘rinli qo‘llanilgan emotsional-ekspressiv bo‘yoqli leksika tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan o‘zlashma so‘zlar - varvarizmlarning lingvopoetik tahliliga to‘xtalishni maqsad qilindi. O‘zbek tilining tarixiy davrlariga xos bo‘lgan va bugun ham mavjud o‘zlashma so‘zlari haqida “O‘zbek tili leksikologiyasi”ning o‘zlashma qatlam so‘zlariga bag‘ishlangan qismida shunday deyiladi: “O‘zbek tilida hozirda mavjud va qo‘llanishda bo‘lgan barcha so‘zlar, grammatik vositalar bu tilning o‘ziniki, uning o‘z boyligidir. Ammo bu leksik boylik o‘zbek tilida birdan yuzaga kelgan emas. O‘zbek tili lug‘at sostavi murakkab rivojlanish bosqichlarini boshdan kechirgan. Ilk davrlarda u turkiy qabila tillari va ba’zi qadimiy chet tillarning ayrim leksik elementlarini o‘zida birlashtirgan holatda bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik o‘zbek tili lug‘at sostaviga fors-tojik tilidan, arab tilidan, mo‘g‘ul va xitoy tillaridan so‘zlar qabul qilingan” . [4.55] Rus tilshunosligida ayrim tilshunoslar qabul qilayotgan tilda to‘la o‘zlashib ketmagan yoki o‘zlashayotgan tildagi muqobili faol ishlatilayotgan so‘zlarni “inostrannoye slovo” – chet so‘z termini bilan ataydilar . [5.724] Tilshunos L.M.Bash o‘zlashma so‘z terminini juda keng ma’noda tushunadi. Olim o‘zlashmalarning 4 ta turini ko‘rsatgan. 1. Varvar so‘zlar. Muqobili bo‘la turib, boshqa tilga kirib kelgan chet so‘zlar. Ular o‘zi kirgan so‘zlarning tovush tizimiga moslashmagan bo‘ladi. 2. Transliteratsiya qilingan so‘zlar. So‘z o‘z ma’nosini saqlagan holda faqat bir yozuvdan ikkinchi yozuvga o‘giriladi. 3. Haqiqiy yoki tor ma’nodagi o‘zlashmalar. Ular yangi tushunchalarning nomi sifatida qabul qilinadi. Shakliy tuzilishi o‘zgarishi ham, o‘zgarmasligi ham mumkin. 4. Internatsionalizmlar. Ular chin o‘zlashmalar bilan yolg‘on o‘zlashmalar o‘rtasida oraliq o‘rinni egallaydi .[6.22] N.Uluqov tavsifiga ko‘ra esa, varvar so‘z (barborismos)lar ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi sifatida qo‘llangan so‘z va iboralardir. Varvar so‘zlar o‘z til matnlarida ma’lum uslubiy maqsadda qo‘llangani holda, ekzotizmlar tarjima matnida uchraydi. Varvar so‘zlar asosan uslubiy maqsadda qo‘llanishiga ko‘ra ekzotizmlarga yaqin turadi. Varvar so‘zlar chet til so‘zlari bo‘lsa ham, transliteratsiya qilinmasligi, qaysi tilga oid bo‘lsa, ko‘proq shu til grafik vositalarida berilishi bilan ekzotizmlardan farq qiladi .[7.46] Badiiy adabiyotda muayyan tasvir maqsadi bilan o‘zga tilga oid so‘z va iboralar qo‘llanishi kuzatiladi. Tilning lug‘at tarkibiga kiritilmagan, faqatgina og‘zaki nutqda
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 118 mavjud bo‘lgan bunday chet so‘zlaridan 1).badiiy nutqda qahramon xarakteri; 2). milliy mansubligi; 3). ichki dunyosi tasvirida; 4). voqea-hodisaga xorijga xoslik ta’kidini berish maqsadlarida ishlatiladi. Shuningdek, voqealar bo‘lib o‘tayotgan o‘ringa ishora qilish yoki nutqiy vaziyat va unda ishtirok etayotganlarning milliy mansubligi haqida ma’lumot berish istagi bilan ham kiritilishi mumkin. Bunday birliklar varvarizm (ayrim adabiyotlarda ekzotizm)lar deb yuritiladi. “Varvarizm (yun. barbarismos ). Ona tiliga o‘zlashmagan, o‘zga til hodisasi sifatida qo‘llangan so‘z yoki ibora. Varvarizmlardan, odatda o‘zga yerga xos rasm-odatlarni tasvirlashda, mahalliy koloritni yaratishda foydalaniladi: madam, missis va b.: Ich madam, potom gulyatga boramiz (Oybek).” [8.27] “Ekzotizmlar( yunon. “begona”, “boshqa yerniki” ) - boshqa xalqlarning hayotini tasvirlash uchun foydalaniladigan so‘zlar. M: mister(ingl.),sinorina (ital.), sulton (turk.)” [9.463] Varvarizm(ekzotizm)lar ham boshqa emotsional-ekspressiv bo‘yoqli leksik birliklar kabi badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida yozuvchining tildan foydalanish mahoratini namoyon etadigan, badiiy asarning g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi, adabiy qahramonning xarakterini ochib berishda muhim so‘z va iboralar sanaladi. A.Obidjon bu asardagi hajviy she’rlarida XIX asrdagi ijtimoiy hayotning achchiq haqiqatlarini o‘zining komik qahramoni Gulmat tilidan ustalik bilan bayon qilarkan uning tilida o‘sha davrda oddiy so‘zlashuv tilida keng qo‘llangan ayrim rus, ingliz, fransuz, arab, tojik tillaridagi va xalqaro so‘zlarni ham qo‘llaydi. Masalan, rus tilidan velik( velikiy – ulug‘, buyuk), agit(agitatsiya - targ‘ib, tashviq), lampo(lampa - chiroq), shlyapo(shlyapa - bosh kiyim), kalavvot(krovat – yotoq jihozi), bolshavoy(bolshevik), menshavoy(menshevik), lavka(kichik do‘kon), pajaliska(pojaluysta - iltimos), xaro‘sh(xoroshiy - yaxshi), beri(ol), papa(dada), zakun(zakon - qonun), izdiraska(zdravstvuy - salom), skuchna(skuchno –zerikarli), fabrikon(fabrika), drujna(drujno – do‘stona), kraso‘tka(krasotka – go‘zal ayol), zalato‘y(zolotoy – tilla), malado‘y(molodoy - yosh, navqiron), nachaylik(nachalnik – boshliq), astaro‘jna(ostorojno-ehtiyotkorona), dasfidayni( dosvidaniye-xayr), lublu(lyublyusevaman) va boshqa; tojik tilidan yak(bir), du(ikki), biyo(kel), korjoma( ustki kiyim) va boshqa; fransuz tilidan banjo‘r (bonjur-salom), frak( old qismi kalta orqasi uzun erkaklar ust kiyimi) va boshqa; arab tilidan astog‘firullo(astag‘firullah - Allohga tavba qildim), alhamdu(maqtov bo‘lsin), javhari limu( limon kislotasi) va boshqa; ingliz va xalqaro iste’moldagi so‘zlar guvbernator(gubernator – katta hududning rahbari), ginrol(general), mavuzerli(mauzer to‘pponchasi) va boshqa so‘zlar. “...Der emishki bolshavo‘yi: “Menshavo‘yning do‘konin bos! O‘g‘irlang‘on - uning omborida Markosning shapkosi.” Bu gaplardin bezillab men dedim: astog‘firulloh, kim Omon tursin bizi ombor, Temurning go‘rda sarposi.” [10.39)
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 119 Bu she’riy parchada qo‘llangan rus va arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarni buzib talaffuz qilinishi so‘zlovchi – Gulmatning o‘zlashgan so‘zning imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi natijasida qilayotgan xatosidan muallif poetik tasvir yaratishda mahoratli foydalangan. Qolaversa, ushbu o‘zga tildan o‘zlashgan so‘zlar orqali kinoya, piching va zaharhanda kulguni ifodalayapti. Bolsheviklar menshevik, ya’ni o‘sha davrdagi tuzumga qarshi boylarni ancha yillar burun o‘tib ketgan Marksning bosh kiyimini o‘g‘irlagan, degandek mantiqsiz ayblovlari haqidagi tasvirni o‘sha davrda yurtimizda rus mustamlakachilari tomonidan talon-taroj qilingan milliy boyliklarimiz –“bizning ombor” ga o‘xshatadi. “Temurning go‘rda sarposi” omon tursin, jumlasi orqali esa ajdodlarimizning kafanigacha talon-taroj qilinganiga satirik usulda ishora qilmoqda. Varvarizmlar esa ushbu g‘oyaviy maqsadni ifodalash uchun bir lisoniy vosita sifatida vazifa bajarmoqda. Gulmatning Peterburg shahriga borgani haqidagi hangoma she’rda deyarli 50% so‘zlar rus tilidan o‘zlashgan va buzib talaffuz etilgan varvarizmlardir. “Yarmarkada qator lavka, Bir do‘kondor tutdi gapga: “Xaro‘sh po‘stin”, “Beri shapka”, Ko‘p ustamon attor ekan. ...Bir mast kelib dedi: “Papa”, Yig‘loqi, beozor ekan. ...Barishnalar ochib yuzni, Muzqaymoqqa qator ekan.” [10.53] Bu she’riy parchada varvarizmlar qahramonning rus tilni yaxshi bilmasligi, o‘zga joy, muhit haqidagi tasavvur va bilimlari yetarli emasligini ko‘rsatish orqali yengil kulgi qo‘zg‘atish maqsadida qo‘llangan. Quyidagi parchadagi prasto‘y(prostoy-oddiy) varvarizmini qo‘llash bilan o‘ziga bino qo‘ygan bir go‘zal ayolga oshiq bo‘lgan Gulmatning komik holati ochib berilmoqda. Xudo, sajda, banda kabi diniy ma’nodagi so‘zlar orasida qo‘llanayotgan birgina prasto‘y - ruscha, buzib talaffuz qilinayotgan, banda so‘ziga sifatlash bo‘lib kelayotgan so‘z kulguga sababchi bo‘lmoqda: “...Xudo onglarmu u o‘zni husnig‘a qilsalar sajda, Sabr aylay, ketib husni, prasto‘y banda bo‘lg‘uncha.” [10.9] O‘sha davrdagi ba’zi kishilarning horijiy buyum va jihozlarga o‘chligi, moddiy boylikka rujo‘ qo‘yganliklarini kulgu ostiga olgan muallif she’r qahramoni bayonida varvarizmlarni badiiy o‘xshatishlar tarkibiga shunday mahorat bilan joylaganki, quyidagi she’riy parchadagidek aniq va komik tasvir yuzaga kelgan: “Azimboyning uyi, hay-hay, qasri sultonni eslatgay, Qator qirqinchi lampolar yonar qumg‘onni eslatgay. ...Mushuk uxlar kalavvotda, suyuq janonni eslatgay.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 120 ...Yurur tam-tam, shlyaposi buzuq ayvonni eslatgay.” [10.10] Horijiy yurtlarda ta’lim olgan yoshlarning o‘z tilini mensimay nutqiga shzga tildagi so‘zlarni qo‘shib ishlatishini hajviy tanqid ostiga olgan shoir poetik tasvirda yana varvarizmlardan unumli foydalanadi: “Faranglardin olib ta’lim Shoshga qaytmish bir olimcha, Burun ustinda aylang‘on buraq sochi soqolimcha. Boshimni irg‘asam g‘ayri lisonda u dedi: “banjo‘r”, Tavakkaldin dedim “mixlo‘sh” menam o‘zimning holimcha.” [10.29] Ushbu parchadagi “mixlo‘sh” so‘zi hech qanday tilga mansub emasligi, qahramon tomonidan “tavakkaldan” o‘zgacha alik olish uchun ataylab to‘qilgan so‘z ekanligini muallifning sahifa ostida ilova qilgan “bu so‘zning asl ma’nosini aniqlay olmadik” degan izohidan ham ko‘rish va ushbu izoh ham kulgu qo‘zg‘atish uchun keltirilganini anglash mumkin. Bu kabi misollarni Anvar Obidjon qalamiga mansub “Bezgakshamol” hajviyshe’riy asaridan ko‘plab keltirish mumkin. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy asar tilida varvarizmlardan badiiy ifoda vositasi sifatida foydalanish qahramon nutqini individuallashtirish; ifodani og‘zaki - jonli nutqqa yaqinlashtirish; ayrim o‘rinlarda yengil kulgi qo‘zg‘atish; mavjud illatlarni hajv qilib, tanqid ostiga olish; o‘zlashgan so‘zning imlosini to‘g‘ri tasavvur qilmasligi, boshqa millatga mansubligi natijasidagi noto‘g‘ri talaffuzni ko‘rsatish orqali poetik tasvir yaratish; kinoya, piching va zaharhanda kulguni yuzaga keltirish maqsadida qo‘llangan. Ushbu maqsadlarning barchasini amalga oshirish bilan badiiy asar muallifi tilning emotsional-ekspressivlik anglatish vazifasini ishga solgan, badiiy nutqda ijodkor o‘z badiiy niyatiga ko‘ra tilning ko‘plab ifoda imkoniyatlari, birliklari qatorida varvarizmlardan ham mahoratli foydalangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Нурмонов А. Тилшуносликнинг адабиёт билан муносабати/Танланган асарлар.3жилдлик.-Т.,2012.3-жилд.163-164-б. 2. Йўлдашев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. –Т.: “Фан”,2008.156 –б. 3. А.Обиджон Безгакшамол. Т.,1985. 3-бет 4. Муаллифлар жамоаси. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б.55 5. Маринова Е.В. Иноязычная лексика современного русского языка: учеб. пособие. – М.: Флинта, 2013. – 296 с.; Чжан К. Понимание термина заимствованное слово в русской и китайской лингвистике // Вестник РУДН. Серия: Теория языка. Семиотика. Семантика. Vol.8, – №3. – М., 2017. – С.724734.
IZLANUVCHI Vol. 2 No. 1 ILMIY-METODIK JURNALI WWW.PHOENIXPUBLICTAION.NET 121 6. Баш Л.М. Дифференциация термина «заимствование»: хронологический и этимологический аспекты // Вестник Моск. ун-та. Серия 9. Филология. – М., 1989. – С.22-34. 7. Улуқов Н. Экзотик лексика. Монография. – Тошкент: “Усмон Носир медиа” нашриёти, 2021. – Б.46-47. 8. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. -Т.: 2002. 27-бет 9. Жеребило Т. В. Словарь лингвистических терминов. Изд.5-е, испр.и доп.: НазраньИздательство ООО «Пилигрим» - 2010. Стр.463. 10. А.Обиджон Безгакшамол. n.ziyouz.com https://n.ziyouz.com › categoryPDF анвар обиджон гулмат шошийнинг ёввойи девони - Ziyouz.com.